Germaniyada o‘qish osonmi? O‘zbekistonlik talaba hikoyasi
Mustaqil to’lovchi sifatida siz seminarlar boshlanishiga to’rt hafta qolgunga qadar yil davomida ariza topshirishingiz mumkin.
O’lkashunoslik seminarlari doirasida tashkilotllarga tashrif, kasbingiz doirasidagi insonlar bilan suhbatlar, kichik guruhlarda shahar bo’ylab sayr qilish, shuningdek, o’lkashunoslik darsi yuzasidan metodik-didaktik mavzularda fikr almashish va olingan bilimlarni o’z darsingizda tadbiq etish qamrab olingan.
Seminarlarda siz o’z dars rejangizni tuzasiz, kichik guruhlarda loyihaviy ishlar hamda hayotiy vaziyatlar asnosida materiallar to’playsiz.
Germaniyada malaka oshirish
Gyote-Institut 2023 yilda ham nemis tili fanidan dars beradigan yoki biron bir fanni nemis tilida olib boradigan o’qituvchilarga Germaniyada, shuningdek, oflayn, yoki Blended-Learning formatida (onlayn fazalar bilan) malaka oshirish uchun ko’plab imkoniyatlarni taklif etadi. O’quv kurslari 3 xil formatda o’tkaziladi: an’anaviy formatda, aralash o’qitish formatida (an’anaviy format onlayn bosqichlar bilan) va raqamli (faqat onlayn).
Seminarlarni tanlashda yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olishingizni so’raymiz.
Siz nemis tilini o’qitish metodikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, mamlakatshunoslik bo’yicha bilimlaringizni kengaytirishingiz, trener sifatida malaka oshirishingiz yoki til darajangizni oshirishingiz mumkin.
Ariza topshirishdan avval iltimos, malaka oshirish bo’yicha seminarlar mazmuni bilan tanishib chiqing va bir seminar turiga tegishli, sizning faoliyatingiz uchun zarur bo’lgan 3 ta seminarni tanlang. Seminarlar haqida qisqacha ma’lumotni bu yerda topishingiz mumkin.
- Malaka oshirish kurslari ro’yxati 2023 (onlayn formatda) (XLS, 367 kB)
- Malaka oshirish seminarlari ro’yxati 2023 (oflayn va BL-formatida) (XLS, 419 kB)
Hujjatlarni quyidagi manzilga yuboring: stipendien-taschkent@goethe.de
Arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi: 2022 yil 15 oktyabr.
Shuni esda tutingki, faqatgina o’z vaqtida yuborilgan va to’liq to’ldirilgan hujjatlar ko’rib chiqiladi.
Stipendiya o’z ichiga turar joy, ovqatlanish, tibbiy sug’urta va baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, shuningdek yo’l xarajatlarini oladi.
Sizning arizangiz quyidagi shartlarga javob bersa muvaffaqiyatli bo’ladi:
– so’nggi to’rt yil (2019-2022) Gyote-Instituti va O’zbekistondagi boshqa tashkilotlarning malaka oshirish seminarlarida ishtirok etgan bo’lsangiz.
– oxirgi to’rt yil (2019–2022) Germaniya Federativ Respublikasidan stipendiya olmagan bo’lsangiz.
– seminarda olgan bilimlarni o’z shahringizdagi hamkasblar bilan almashishga tayyor bo’lsangiz.
Savollaringiz bo’lsa, elektron pochta orqali biz bilan bog’lanishingiz mumkin.
- davlat ta’lim muassasasida ishlasangiz: maktab (shu jumladan PASH maktabida), universitet, kollej yoki o’qituvchilar malakasini oshirish institutida;
- haftasiga kamida 18 soat (maktabda) / 12 soat (universitetda) nemis tilidan dars bersangiz;
- keyingi yillarda siz o’qituvchi sifatida davlat ta’lim muassasasida yoki o’qituvchilar malakasini oshirish institutida o’qituvchi sifatida ishlashni davom ettirsangiz;
- so’nggi 4 yil ichida Gyote-Institutining Germaniyada malaka oshirish uchun stipendiyasini olmagan bo’lsangiz;
- seminarning barcha dasturlarida to’liq ishtirok etishga tayyor bo’lsangiz;
- o’z shahringizdagi hamkasblaringiz bilan seminar davomida qo’lga kiritgan bilim va tajribangizni almashishga tayyor bo’lsangiz;
- Gyote-Institut stipendiatlari uchun bo’lgan”Virtu Treff” nomli (Virtueller Treffpunkt) onlayn kursida qatnashishga tayyor bo’lsangiz;
- Sizda tanlangan seminarda qatnashish uchun talab qilinadigan nemis tili darajasini minimal ko’rsatgichi mavjud bo’lsa;
- Horijga chiqish imkonini beruvchi pasportga ega bo’lsangiz (Reisepass);
- Siz tanlagan seminarlarning ustuvor taqsimoti har doim ham hisobga olinmasligi mumkinligi to’g’risida xabardor va rozi bo’lsangiz;
- homiladorlik paytida ishtirok etish tavsiya qilinmasligi to’g’risida xabardor bo’lsangiz, chunki sug’urta homiladorlik tufayli kelib chiqqan asoratlar xavfini qoplamaydi;
- o’zingiz tanlagan uchta seminarning hammasi sanaga ko’ra sizga mos kelishini va siz ulardan biriga tashrif buyurishingiz imkoni to´liq mavjudligini tasdiqlasangiz;
- qarindoshlaringizni, do’stlaringizni o’zingiz bilan olib kelish qat`iy ravishda tavsiya qilinmasligidan xabardor bo’lsangiz, chunki butun kuchingiz seminarga yo’naltirilishi kerak bo’ladi. Gyote-Instituti yaqinlaringizni sayohatini tashkil etish va ularni sug’urtalashni o´z zimmasiga olmaydi;
- uy hayvonlarini o’zingiz bilan olib bormaslik to’g’risida xabardor bo’lsangiz.
- Blended-Learning-Fortbildung (BL) – kurslar uchun qo’shimcha ma´lumot
- yetarlicha kompyuter bilimiga va internet tarmog’idan foydalanish, shuningdek uyda yoki ish joyida internetga uzluksiz kirish imkoniyatiga ega bo’lsangiz;
- kursning taklif etilayotgan onlayn bosqichlarida to’liq ishtirok etishga tayyor bo’lsangiz.
- Methodik/Didaktik und Mediendidaktik (M-BL, MDP-BL, MDS-BL, MDE-BL, MDSE-BL)
- Landeskunde (L, L-BL)
- Train the Trainer (FSE-BL)
- Deutsch für Lehrkräfte (DLP, DLSE)
- Malaka oshirish kurslari ro’yxati 2023 (onlayn formatda) (XLS, 367 kB)
- Malaka oshirish seminarlari ro’yxati 2023 (oflayn va BL-formatida) (XLS, 419 kB)
Tashkiliy va texnik sabablarga ko’ra Sizdan faqatgina 2023 yil iyun-avgust oylariga mo’ljallangan seminarlarni tanlashingizni so’raymiz. Ushbu ma’lumot onlayn kurslarga taalluqli emas.
Bizga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuboring:
5. Xorijga chiqish uchun biometrik pasporti skaner qilingan nusxasi.
Arizangizni, shu bilan birga barcha hujjatlarni (ariza 2023, “Mein Deutschunterricht” so’rovnomasi, ish beruvchidan ma´lumotnoma, shaxsiy imzoyingiz bor arizaning so’nggi sahifasi, xorijga chiqish uchun biometrik pasporti nusxasi) Toshkentdagi Gyote-Institutiga elektron pochta orqali quyidagi manzilga yuboring:
stipendien-taschkent@goethe.de.
Afsuski, to’liq ravishda to’ldirilmagan arizalar, hujjatlarning to’liq bo’lmagan to’plamlari, shuningdek, noto’g’ri nomlangan hujjatlar va fayllar ko’rib chiqilmaydi.
Bizga ariza va hujjatlar to’plamini yuborganingizdan so’ng, bizdan ularni qabul qilinganligi to’g’risida tasdiq olasiz. Agar siz ikki hafta ichida bunday tasdiqni olmagan bo’lsangiz, bu hujjatlar yetib kelmaganligini anglatadi. Shunday holatda, yana biz bilan bog’lanishingizni so’raymiz.
Sizning arizangiz va uni qabul qilinganligini tasdig’i stipendiya olishni kafolatlamaydi. Sizga saralash bosqichi natijalari to’g’risida 2023 yil yanvar oyining ikkinchi yarmiga qadar elektron pochta orqali xabar qilinadi. Bunga qadar arizangiz to’g’risida telefon orqali biron-bir ma´lumot berilmaydi.
Barcha davlat ta’lim muassasalarida ishlaydigan stipendiya dasturiga qiziquvchi o’qituvchilar Gyote-Institutning malaka oshirish bo’yicha takliflaridan foydalanishlari mumkin. Biroq, stipendiyalar soni cheklangan. Shuning uchun Sizning e’tiboringizni Germaniyada mustaqil to’lov asosida malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyatiga qaratamiz.
Germaniyada Gyote-Institut uslubiy-didaktik, o’lkashunoslik va til bo’yicha bir haftadan to’rt haftagacha bo’lgan dars amaliyotiga yo’naltirilgan malaka oshirish kurslarini taklif qiladi.
Mustaqil to’lovchi sifatida siz seminarlar boshlanishiga to’rt hafta qolgunga qadar yil davomida ariza topshirishingiz mumkin.
O’lkashunoslik seminarlari doirasida tashkilotllarga tashrif, kasbingiz doirasidagi insonlar bilan suhbatlar, kichik guruhlarda shahar bo’ylab sayr qilish, shuningdek, o’lkashunoslik darsi yuzasidan metodik-didaktik mavzularda fikr almashish va olingan bilimlarni o’z darsingizda tadbiq etish qamrab olingan.
Seminarlarda siz o’z dars rejangizni tuzasiz, kichik guruhlarda loyihaviy ishlar hamda hayotiy vaziyatlar asnosida materiallar to’playsiz.
Germaniyada o‘qish osonmi? O‘zbekistonlik talaba hikoyasi
Germaniya Yevropaning eng ko‘zga ko‘ringan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. U yerda tahsil olishni xohlamagan odam bo‘lmasa kerak. Germaniyada o‘qish uchun nima qilish kerak? Qanday grantlar bor? O‘qishga borgan talaba ham o‘qib, ham ishlashi mumkinmi?
Bu haqda “Daryo”ga Germaniyaning Shmalkalden amaliy bilimlar universiteti talabasi Muhammadsaid Fatullayev batafsil gapirib berdi.
Muhammadsaid Fatullayev Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. U 24 yoshda, Germaniyaning Shmalkalden amaliy bilimlar universiteti xalqaro iqtisodiyot va biznes yo‘nalishida grant asosida tahsil oladi. Rus, ingliz, nemis, turk va tojik tillarini mukammal biladi.
Germaniyaga borishim haqida
Akademik litseyni bitirganimdan so‘ng, Toshkent Moliya institutiga hujjatlarimni topshirgandim. Ammo urunishlarim besamar ketdi. Tushkunlikka tushmay, ingliz tilini mukammal bilganim uchun xorijda o‘qishni maqsad qildim. Ilmiy va moliyaviy imkoniyatlarimni chamalab, ta’lim olishim uchun mumkin bo‘lgan mamlakatlar “xarita”sini tuzib chiqdim. Angliya, Amerika va oxiri Germaniyada to‘xtadim. Lekin bu mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish mushkul edi. Keyin Latviyaga ketishga qaror qildim. Shuni faxr bilan aytamanki, bu yer mening maqsadlarim yo‘lida mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tadi. Latviyada bir yarim yil vaqt mobaynida ta’lim oldim. 2017-yil iyul oyida o‘tkazilgan “Erasmus exchange program” tanlovining barcha bosqichlaridan o‘tib, final bosqichiga yo‘llanma oldim. Komissiya a’zolari tomonidan ingliz tilida yozgan inshoyim yuqori baholangani bois birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdim. Tanlovning ikkinchi bosqichi suhbat edi. Yaxshigina ter to‘kib, tayyorlandim. Suhbatda Yevropalik vakillar menga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Shuni alohida aytishim kerakki, suhbatda intilish va istaklaringizni sodda va lo‘nda qilib hakamlar hay’atiga tushuntirib bera olishingiz sizning grant yutish uchun imkoniyatlaringizni oshiradi. Xullas, tanlovda g‘olib bo‘lib, 2017-yil oktabrda Germaniyaga 6 oylik grant asosida o‘qishga keldim. Shu vaqt mobaynida nemis tilini B2 darajada o‘rgandim. Dekanimiz tavsiyaga ko‘ra Shmalkalden amaliy bilimlar universitetining xalqaro iqtisodiyot va biznes fakultetiga qabul qilindim.
Men bilgan Germaniya
Ilk bor Germaniyaga kelgan vaqtlarimda o‘zimni go‘yo boshqa dunyoga tushib qolganday his qilganman. Birinchi galda toza havosi yoqdi. Chunki, nemislar atrof-muhitga juda e’tiborli, jonivorlarga mehribon. Esimda, talabalar yotoqxonasi yonidagi bog‘da olmaxonni ko‘rib aqldan ozay degandim. Tabiatning noyob mavjudodlari, insonlardan qo‘rqmasdan erkin yashashi meni hayratlantirgan. Men yashagan joy adirliklar yonbag‘rida joylashgani uchunmi ayrim hayvonot bog‘larida ham uchratish qiyin bo‘lgan bug‘ularni saharda ko‘rib qolaman. Bu ham tabiat ne’matlariga bo‘lgan ehtiyotkorona munosabatdan deb bilaman.
Odamlarining o‘ziga xos prinsplari bor. Ya’ni yoqmadimi qilmaydi, ipidan ignasigacha o‘rganmaguncha tinmaydi. Biroz qattiqqo‘lroq, lekin do‘stlashib ketish muammo emas. Begonalarni ajratishmaydi.
Ularning kasbiga bo‘lgan muhabbati menga hayratlantirgan. Umuman ko‘cha supuruvchisi ham ishini yurakdan bajaradi. Buncha maqtadi deb o‘ylamang, oddiy ishlarini ham sifatli bajarganini ko‘p kuzatganim uchun shunday deyapman.
Nemislardan o‘rganadigan jihatlar ko‘p. Tartibli, hamma narsani o‘z vaqtida, reja asosida qilishadi. Borgan kunimdan boshlab, shu xislatni o‘zlashtirib olganman. Shuning uchun doimo ishlarim unumli, baroridan kelaveradi.
Imkoniyatlar nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, Germaniya ayni talabgor mamlakat deyish mumkin. Chunki, aksariyat universitetlar tekin, darsdan keyin ishlashga sharoit bor.
Bu yerda kompaniyalar ko‘pligi bois, nemis tilini bilgan yaxshi kadrga ish muammo bo‘lmaydi. Talabalar haftasiga 20 soat davomida ishlashi mumkin. Masalan, men o‘qishdan bo‘sh paytlarimda xususiy maktabda 7—9-sinf o‘quvchilariga matematika va ingliz tilidan dars beraman. Topib tutishim ko‘ngildagidek. Xarajatlarimdan ortib, gohida boshqa davlatlarga ham sayohat qilib turaman. Xullas, intilgan talaba o‘zini bemalol ta’minlay oladi.
Albatta, hamma narsa ham mukammal bo‘lmaydi. Ularning ham o‘ziga yarasha minus taraflari bor. Meni eng xafa qiladigani, ko‘pchilik oilalarda qariyalarni tashlab ketishadi yoki umuman qarashmaydi. Shuning uchun ham qariyalar uyi ko‘p. Pensiya solig‘i ham oshib bormoqda. Sababi ko‘pchilik o‘rta yoshdagilar qariganda oilasi tashlab ketishidan, farzandlarisiz qolishdan qo‘rqib, pensiya jamg‘armalariga juda katta soliq to‘lashadi. Shuning hisobiga mamlakatda aholi o‘rtasida tug‘ilish kamaygan. Menimcha, odamlar farzandli bo‘lishdan naf yo‘q deb o‘ylashmoqda.
Germaniyada o‘qish uchun qanday grantlar bor?
Odatda ko‘p grantlar, dasturlar Germaniya uchun keladi. O‘rinli bir savol tug‘iladi. Nega aynan Germaniyada grantlar ko‘p?
Birinchidan, nemislarning faol va izlanuvchan talabalarni dunyo bo‘ylab izlab topish va rag‘batlantirishga bo‘lgan e’tibori kuchli.
Ikkinchidan, deyarli barcha ta’lim bepul. Uchinchidan, talabalarni moddiy rag‘batlantirish asosida nemis tilining dunyo bo‘ylab yoyilishini ta’minlash va iqtidorli talabalarni qulay infratuzilmaga ega bo‘lgan kompaniyalarda ishlatishni maqsad qilgan. Ana shunday dasturlardan biri, nafaqat Germaniyada balki, butun Yevropada talabalar uchun eng mashhur va har tomonlama qulay bo‘lgan dastur DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst yoki German Academic Exchange Service) hisoblanadi. Har yili dunyo bo‘ylab, 29 ta yo‘nalish bo‘yicha yuz mingdan ortiq talabaga DAAD stipendiyasi tarqatiladi. Dastur tomonidan ta’lim berish sifati past, oqsayotgan ayrim mamlakatlarga rivojlantirish uchun maqsadli kvotalar ajratiladi. Shuningdek, davlatlarning elchixonasi bilan hamkorlikda ko‘plab musobaqalar ham tashkil qilinadi.
Agar siz Germaniyaga o‘qish uchun grant yutolmasangiz, o‘z hisobingizdan ham borishingiz mumkin.
Universitetda o‘qish osonmi?
U yerdagi ta’lim tizimi biznikidan keskin farq qiladi. Universitetim misolida bir qancha faktlarni hisobga olgan holda, Germaniyada o‘qish bir muncha qiyin degan bo‘lardim.
Sababi, birinchidan, o‘quv yili davomida faqat ma’ruzalar o‘tiladi. Darsni tinglash majburiy emas. O‘zbekistondagi universitetlardagiday darsga kelgan, kelmagan talaba davomat qilinmaydi. O‘qishga kelish ixtiyoriy lekin, o‘quv yili so‘nggida barcha talabalar belgilangan imtihondan o‘tishlari kerak.
Ikkinchidan, dars ikkita professor tomonidan o‘tiladi va semestr so‘nggida imtihon ikkala o‘qituvchiga topshiriladi. Ya’ni bir fandan ikki bor sinovdan o‘tasiz. Buni talabaga qulaylik tarafi shundaki, agar birinchi o‘qituvchidan yaxshi ball ololmasangiz, ikkinchidan olishingiz mumkin. Va ikkala ustozdan olgan baholaringiz reyting daftarchangizga qo‘yiladi. Uchinchidan, bir fandan 3 bora yiqilish — bu o‘qish bilan butunlay xayrlashish degani. Buni mag‘zini chaqqan talaba, albatta, har bitta fanni sinchkovlik bilan o‘rganadi.
Kontraktlar har bir viloyatning qonunlariga va universitetlarning salohiyatiga qarab belgilanadi. Lekin Germaniyaning aksariyat viloyatlarida o‘qish tekin. Men ham grant asosida tahsil olaman.
Umuman olganda, Germaniyada O‘zbekistondagiday talabalarga “3”, “4”, “5”lik stipendiyalar berilmaydi. Lekin talabalar uchun ko‘plab stipendiya dasturlari bor. Agar siz qattiq harakat qilib, iqtidor va qobiliyatlaringizni ko‘rsata olsangiz ularni yutib olishingiz mumkin. Ya’ni grantni qo‘lga kiritsangiz, bir yil davomida o‘rtacha (dasturda belgilangan mablag‘ga qarab) 450—500 yevro atrofida stipendiya beriladi. Men ham bir yil oldin shunday dasturda g‘olib bo‘lib, yil davomida 660 yevro atrofida stipendiya olganman.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.