Furayha binti Molik
Imom Molik «Muvatto»larida bu voqeani Zaynab binti Ka’b ibn Ujradan sanad bilan bunday rivoyat qiladilar: «Furayha binti Molikning Zaynab binti Ka’bga so‘zlab berishicha, u Rasululloh huzurlariga kelib, eri qochib ketgan qullarini qidirib, ularga Qodim tarafda yetib olganida qullar erini o‘ldirishgani xabarini ma’lum qiladi. Furayha eri uysiz-joysiz, nafaqasiz qoldirib ketganini tufayli bani Xudradagi ota xonadoniga qaytsam bo‘ladimi, deb ijozat so‘raydi.
Furayha binti Molik
Imom Molik rohimahullohning Fotima ismli qizlari bor edi. U imomning «Muvatto» nomli hadis to‘plamlarini yoddan bilar edi. Shogirdlar imom Molikka «Muvatto»ni yoddan o‘qib berishayotgan paytda Fotima eshikning ortida o‘tirar, agar u eshikni taqillatsa imom Molik shogirdlarining xato qilganini shundan bilar edilar.
Imom Molikning Muhammad ismli o‘g‘illari bo‘lib u kabutar boqishga qiziqar edi. Imom ilmni unga suydirish uchun barcha ishni qildilar ammo foydasi bo‘lmadi. Bir kuni imom o‘g‘illarini kabutarning ortidan yugurib yurganini ko‘rib qizlariga ishora qilib dedilar:
«Odob Allohning odobidir. Bu o‘g‘limning ahvoli, mana bu esa qizim». Ushbu jumlani arablar tasalli va yupanch uchun ishlatishadi. Agar ota-ona farzandi tarbiyasi uchun yetarlicha sa’y va harakat qilsa-yu ammo natija bo‘lmasa shu gapni ishlatishadi. Bu gap ham tasalli, ham eslatmadir. Bu solih farzandi borlarga eslatmadir. Ularga faqatgina mehnatlariga suyanmaslikni ta’lim beradi. Tarbiyali farzand ne’mati ilohiydir!
Imom Molikning qizlari Fotima otasi faqir bo‘lib qolganida bozorga chiqib ko‘kat va sabzavotlar sotar, otasiga yordamlashar edi. Ular non va ko‘kat sotishar edi.
Bir kuni imom Molik rohimahullohning ishlari chiqib qolib qizlari Fotima bozorda o‘zi yolg‘iz qoldi. Bir kishi uning oldiga kelib: «Ko‘kat olmoqchiman, ertaga bizga non kelsa pulini olib kelaman» dedi. Ya’ni, ko‘katning o‘rniga non bermoqchiligini aytdi. Fotima: «Bu joiz emas», dedi.
U kishi: «Nega?», deb so‘radi.
Fotima: «Chunki taomni taomga sotish qo‘lma-qo‘l bo‘lishi lozim».
U kishi Fotimadan kimligini so‘radi. Fotima imom Molikning qizi ekanligini aytdi.
Solihlarning ahli ham yomon bo‘lishi mumkin. Bunda bizga payg‘ambarlar misol bo‘la olishadi. Lut alayhissalomning xotinlari kofira edi. Nuh alayhissalomning o‘g‘illari va xotinlari kofir edilar. Ibrohim alayhissalomning otalari kofir edi. Nabiy alayhissalomga amakilari Abu Lahabning kofirligini aytib, uni tanqid qilib oyat nozil bo‘ldi.
Inson farzandlariga yaxshi tarbiya berishga harakat qiladi. Aslida qoida shuki, tarbiya o‘z samarasini berishi kerak. Ammo har qanday qoidaning istisnoli tomoni bo‘ladi. Nuh alayhissalom o‘g‘illarining tarbiyasida, Allohga bo‘lgan da’vat yo‘lida nuqsonga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Ammo hidoyat Allohning qo‘lida ekanda, na chora. Nuh alayhissalomning oq bo‘lgan o‘g‘li suvga cho‘kmaslik uchun kemaga minish o‘rniga toqqa chiqmoqchi bo‘ldi. Mehribon ota: «Ey o‘g‘lim! Biz bilan (kemaga) chiq», deyishiga qaramasdan u otaga itoat qilmadi.
Biz harakatdan mas’ulmiz, natijadan emas. Alloh taolo bizdan o‘g‘il-qizlarimizni qay tariqada tarbiya qilganimiz haqida so‘raydi. Bu tarbiya nega natija bermadi deya so‘ramaydi. Solihlar qissasida biz uchun yupanch bor.
Agar xotining senga itoat qilmasa Nuh alayhissalomning xotinlarini esla. Agar otang ko‘nglingdagidek solih bo‘lmasa bilginki, u aniq Ibrohim alayhissalomning otalaridan yaxshidir. Kufrdan o‘tadigan gunoh yo‘qdir.
Agar o‘g‘ling seni mashaqqatga qo‘ysa bilgin, u aniq Nuh alayhissalomning o‘g‘illaridan afzaldir. Sen aniqki, o‘g‘lingni kofir holda ko‘z o‘ngingda cho‘kib o‘lishini tasavvur qila olmaysan!
Amirov To‘lqin Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi tayyorladi
Furayha binti Molik
Fazilatli xonadon qizi
Bu ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatlaridan bahramand bo‘lish sharafiga erishgan, ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritgan, Allohga bergan ahdiga umr bo‘yi sodiq qolgan ulug‘ sahobiyalardan edi. Uning nasl-nasabi mashhur, o‘zi ansoriylardan edi. Ansoriylar makkalik muhojirlarni sevib qabul qilgan, ular muhtoj bo‘lib turishganida o‘zlaridagi bor narsani ular bilan baham ko‘rgan, uyining to‘ridan joy bergan, og‘zidagi luqmasini tutgan, hatto kasbi-koriga o‘rgatgan madinalik musulmonlar edi. Iymon bilan sharaflanishganidan so‘ng Alloh taolo ularni qalblariga suyumli bir nom – «ansoriylar» (Alloh yo‘lida yordam beruvchilar) laqabi bilan taqdirladi.
Ansoriylar Makkada birinchi bo‘lib Islomni tanigan, buning orqasidan katta xo‘rlik-mashaqqatlar chekkan hamda ona-shaharlari, yaqinlari, mol-mulklarini tashlab Madinaga hijrat qilgan muhojirlardan fazlda keyinda turishsa-da, ammo ularning dindoshlariga ko‘rsatgan fazlu karami, mehr-shafqati, xayrixohligi va fidoyiligi tillarda zarbulmasal bo‘lib ketgan edi. Muhojirlar ham o‘z navbatida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rsatmalariga binoan yaxshilik va karam bulog‘i bo‘lmish ansoriylarning haqqiga duolar qilib, ularning xizmatini mukofotlashni Alloh taoloning O‘ziga havola etishgan edi. Bizning qahramonimiz sahobiya Furayha binti Molik roziyallohu anho ham ana shu maqtovga sazovor qavmga mansub edi.
Furayha binti Molik ibn Sinon al-Ansoriy al-Xudriya roziyallohu anho hamma yerda barcha yaxshilikni birinchi bo‘lib bajaradigan mashhur xonadonlardan birida ulg‘aydi. Va Islom tarixi mana shu ayolning barakotidan ezgulik to‘lib-toshgan voqea-hodisalar bilan boyidi. Furayra o‘sgan oilaning Islom dinini yoyish sohasidagi xizmatlari o‘zi alohida kitoblarga mavzu bo‘lg‘usidir.
Sahobiyaning otasi Hazrati Molik ibn Sinon ibn Ubayd al-Ansoriy al-Xazrajiy al-Xudriy roziyallohu anhu jannat bilan bashoratlangan buyuk sahobiylardan edilar. Suyukli Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam uning haqida: «Kim jannat ahlidan bo‘lgan kishini ko‘rmoqchi bo‘lsa, mana bunga qarasin», deb Molik ibn Sinonga ishora qilganlar. Uning tug‘ishgan akasi mujohidlar imomi, Madina muftiysi, Abu Said Xudriy kunyasi bilan mashhur bo‘lib ketgan Sa’d ibn Molik ibn Sinon roziyallohu anhu edi. Abu Said Handaq g‘azoti qahramonlaridan, Rizvon bay’ati haqida eng bilimdonlardan, Payg‘ambar alayhissalomdan 1170 ta hadis rivoyat qilgan ulug‘ sahobiy, mujtahid faqihlardan edilar.
Furayhaning ona bir akasi esa mujohidlar amiri, ulug‘ sahobiy Qatoda ibn No‘‘mon al-Ansoriy al-Zafariy roziyallohu anhu edi. Bu zot Badr g‘azotining eng ko‘zga ko‘ringan qahramonlaridan bo‘lgan, Uhud kuni jangda yangilik kiritgan, Payg‘ambar alayhissalom bilan birga barcha g‘azotlarda qatnashgan edi. U oz sonli kamonchilardan bo‘lib, Uhud jangida bir ko‘zi oqib tushdi. U shu holatda Rasululloh huzurlariga boradi. Payg‘ambarimiz muborak qo‘llari bilan ko‘zini joyiga qo‘yib, silab qo‘yadilar. Uning ko‘zi tuzalib, avvalgidan ham o‘tkir nazar bo‘lib qolgan.
Sahobiyaning ona bir opasiga kelsak, Ummu Sahl binti No‘‘mon al-Ansoriya az-Zafariya roziyallohu anho hech ikkilanmay iymonga kelib, Hazrati Rasulullohga bay’at qilgan saodatmand ayollardan edi. Xullasi, hikoyamiz qahramoni Furayha binti Molik ana shunday ulug‘ va sharafli bir xonadonning farzandi bo‘lgan.
Molik ibn Sinon Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hali Madinaga hijrat qilmaslaridan turib oila a’zolariga u Zot haqlarida to‘lqinlanib so‘zlab berardi. Chunki u kishi haqlarida madinalik yahudiylardan eshitgan edi. Otasining gaplaridan oila a’zolari, xususan Furayha zehnida Alloh Elchisining muborak siymolari gavdalanar edi. Nabiy alayhissalom Madinaga yetib kelishlari bilan Molik u Zot bilan uchrashuvga oshiqdi. Barcha oila a’zolari, jumladan, qizi Furayha ham, unga hamrohlik qilishdi. Ayniqsa, Furayha Rasuli akram bilan uchrashuvni o‘ylab, hayajonga tushar, niyati u Zotga bay’at qilish edi.
Iymon bilan sharaflangan bu oila Rasululloh nazdlarida baland maqomga erishdi va u kishiga eng yaxshi safdosh bo‘ldi. Ular Alloh va Uning Rasuli roziligi yo‘lida qo‘llaridan kelganicha, qodir bo‘lishganicha ko‘p ishlarni qila olishdi. Bu muborak oiladan jasur jangchi, din fidoyisi, muhaddis, taqvoli obidlar yetishib chiqdi.
Chiroyli sabr
Molik ibn Sinon Badr jangida qatnasha olmagan edi. Chunki Badrda jang bo‘lmaydi, degan xayolga borgandi. Uhud kuni u Allohning roziligi yo‘lida oliy maqomga erishish uchun fursat kelganini tushundi. Mushriklarga qarshi jang oldidan bo‘lgan mashvaratda u oldinga chiqib bunday dedi: «Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, biz hozir ikki yaxshilik o‘rtasidamiz. Biri – Alloh dushman ustidan biz istagan zafarni berib, uni bizlarga taslim qiladi. Bunda xuddi Badrdagidek bir jang bo‘lib, undan faqat qochoqlargina tirik qolishadi. Boshqasi esa – bizga chiroyli o‘lim ne’matini berib, jonimizni shu jangda oladi. Bu ikkisidan qay biriga yo‘liqishimning menga ahamiyati yo‘q. Albatta, ularning ikkovida ham yaxshilik bordir».
Hazrati Molik o‘g‘li Abu Saidni ham boshlab olgan edi. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshi kichikligi uchun bir necha yosh bolalar qatori unga ham urushda qatnashishga ijozat bermadilar. Abu Said bundan afsuslanib, ko‘zida jiqqa yosh bilan noiloj uyiga qaytdi. Buni ko‘rib turgan Furayha ukasining ko‘z yoshlarini artar ekan, unga tinmay tasalli berar, o‘zi esa jangga ketgan otasidan xabar kutar edi.
Molik ibn Sinon urush shiddatli tus olgan tahlikali damlarda Nabiy alayhissalom yonlarida mardlarcha jang qildi. U Zot yaralanganlarida muborak yuzlaridan qon oqayotganini ko‘rib, uni tezda artib-tozalab olgan ham Molik edi. U niyatiga erishdi: ulug‘ muhorabada qahramonlarcha halok bo‘ldi. Alloh bilan qovushayotganida uning yuzida tabassum o‘ynar, holsiz qo‘llari buyuk muhabbat ila sevgani Rasuli akramning yuzlarini ohistagina silar edi.
Abu Said Payg‘ambar alayhissalomning Uhuddan qaytayotganlari xabarini eshitgach, u Zotga peshvoz chiqdi. Rasululloh yigitchaga qarab: «Sen Molikning o‘g‘li Saidmisan?» dedilar. U: «Ha, Allohning Rasuli», deb otda turgan Nabiyning tizzalaridan o‘pdi va: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin!», dedi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Otang sababidan Alloh senga ajr bersin!», dedilar. Furayha esa jangda juda ko‘p musulmonlar, ular qatorida sevikli otalari ham halok bo‘lgani tufayli Allohning Rasuliga katta aziyat yetganidan qanchalik qayg‘urgan bo‘lsa, u Zotning salomat qaytganlaridan shunchalik sevindi, Allohga hamdlar aytdi. Ikki farzand otalarining o‘limi tufayli yetgan musibatga chiroyli sabr qilishdi…
Otalari oila a’zolariga hech narsa qoldirmay dunyoni tark etgan edi. Goho ular uyda hatto biror yegulik narsa ham topa olmay qolishardi. Eskirib-to‘zib ketgan kiyimlarini yangilashga ham imkonlari yo‘q edi. Ammo ular Allohning bu sinoviga ham sabr etishar, sadaqa so‘rashdan hayo qilishar, o‘zlarini behojat ko‘rsatishar edi. Shundan so‘ng Alloh ularni boy-badavlat qildi. Chiroyli sabrlari va Rasulullohga ixlos-sadoqatlari barakotidan boshqa ansorlarga qaraganda ham ko‘proq mol-davlatga ega bo‘lishdi.
«Nima deding?»
Furayha Sahl ibn Rofe’ ibn Bishr al-Xazrajiy degan kishiga turmushga chiqqan edi. U bilan bir muddat yashagach, eridan ajrab qoldi. Sahl qochib ketgan qullarini izlab yo‘lga chiqqanida qo‘lga tushib qolishdan qo‘rqqan qullar uni Madina yaqinida o‘ldirib ketishdi. Unga erining o‘limi haqida xabar kelganida u eriga Allohdan savob umid qilib sabr etdi. Yolg‘iz va yordamchisiz qolgan ayol uyiga, yaqinlari oldiga qaytishni o‘yladi. Ammo o‘z rejasidan ko‘nglida noxushlik sezib, bu haqda Rasulullohdan maslahat so‘rashni dilladi.
Imom Molik «Muvatto»larida bu voqeani Zaynab binti Ka’b ibn Ujradan sanad bilan bunday rivoyat qiladilar: «Furayha binti Molikning Zaynab binti Ka’bga so‘zlab berishicha, u Rasululloh huzurlariga kelib, eri qochib ketgan qullarini qidirib, ularga Qodim tarafda yetib olganida qullar erini o‘ldirishgani xabarini ma’lum qiladi. Furayha eri uysiz-joysiz, nafaqasiz qoldirib ketganini tufayli bani Xudradagi ota xonadoniga qaytsam bo‘ladimi, deb ijozat so‘raydi.
Payg‘ambar alayhissalom uning qaytishiga izn beradilar. Furayha aytadi: «Men ortimga qaytib, uyimga yetay deganimda Rasululloh chaqirayotganlari xabarini yetkazishdi. Huzurlariga borsam: «Boya nima deding?» deb so‘radilar. U kishiga erim bilan bog‘liq voqealarni gapirib berdim. Shunda u Zot: «To iddang tugamagunicha uyingda o‘tirgin», dedilar. Uyimda to‘rt oyu o‘n kun iddada o‘tirdim». Yana Furayha bunday degan: «Usmon ibn Affon xalifaligi davrida meni chaqirtirdi va bu haqda so‘radi. Unga Rasulullloh gaplarini yetkazdim. U bu xabarga ergashdi va u bilan hukm qildi».
Furayra Nabiy alayhissalomning amriga bo‘ysunib, erining uyida to‘rt oyu o‘n kun idda saqlab o‘tirdi. Iddasi tugagach, unga Sahl ibn Bishr degan kishi uylandi. U ansoriylarning bani Zafar qabilasidan edi. Furayra murg‘ak Islomning barcha bosqichlarida eriga tobe’ bo‘ldi, din izn bergan hamma ishlarda unga sherik bo‘ldi.
Jannat bashorati
Furayha binti Molik Rasulullohning majlislarida ishtirok etib, nubuvvat madrasasida tahsil olgan baxtiyor sahobiyalardan edi. Kuchli hofiza va sog‘lom tafakkur sohibasi bo‘lgan bu ayol Payg‘ambar alayhissalomdan 80 ta hadis rivoyat qilgan. Undan esa Zaynab binti Ka’b ibn Ujra rivoyat qilgan. Eri o‘lgan ayolning iddasi haqidagi yuqorida tilga olingan hadis ham ana shu ikki sahobiya rivoyati orqali bizgacha yetib kelgan. Furayha rivoyat qilgan hadislarni Misr, Iroq, Shom, Hijoz va Madina faqihlari qabul qilib, undan hukm chiqarishgan.
Furayha jannat bashorati ila sharaflangan sahobiyalar sirasiga kiradi. U hijratning oltinchi yilida Hudaybiyada, daraxt ostida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgan bir guruh sahobiyalar safida bo‘lgan. Bu voqea mushriklar musulmonlarni Makkai mukarramaga kirishdan to‘sib qo‘ygan paytda sodir bo‘lgandi. Ana shu bay’atda ishtirok etganlarning barchasi ahli jannatdan hisoblanadi. Chunki Alloh taoloning bunday oyati karimasi bor: «(Ey Muhammad, alayhissalom), darhaqiqat Alloh mo‘minlardan ular daraxt ostida sizga bay’at qilayotgan vaqtlarida rozi bo‘ldi. U Zot ularning dillaridagi narsa (sadoqat va vafo)ni bilib, ularga sakinat – orom tushirdi…» (Fath, 18).
Nabiy alayhissalom Furayha va u bilan birga bay’atda hozir bo‘lgan sahobiyalarga jannat bashoratini berdilar. Ummu Mubashshir al-Ansoriyadan rivoyat qilinishicha, u kishi Rasulullohning Xafsa huzurida bunday deganlarini eshitgan: «Inshaalloh, daraxt ostida bay’at qilganlarning hech biri do‘zaxga kirmaydi».
Ahmad Xolid Juma’ning «Jannat ila bashoratlangan ayollar» kitobidan Yulduz Komil qizi tarjimasi | Siyrat.uz
Furayha binti Molik
Бу аёл Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) суҳбатларидан баҳраманд бўлиш шарафига эришган, икки дунё саодатини қўлга киритган улуғ саҳобалардан эди. У насл – насаби машҳур ансорийлардан эди.
Фурайъа бинти Молик (разияллоҳу анҳо) ҳамма ерда яхшиликлар қилишга интилган машҳур хонодонлардан бирида улғайди. Ислом тарихи мана шу аёлнинг баракотидан эзгуликка тўлиб тошган воқеа ҳодисалар билан бойдир. Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ўсган оиланинг Ислом динини ёйиш соҳасидаги ҳизматлари ўзи алоҳида китобларга мавзу бўлади.
Саҳобиянинг отаси ҳазрати Молик ибн Синон жаннат билан башоратланган буюк саҳобий эдилар. Абу Саид Ҳудрий куняси билан машҳур бўлган Саъд ибн Молик (разияллоҳу анҳу) унинг акаси эди.
Фурайъанинг бир акаси эса улуғ саҳобий Қатода ибн Нўмон Зафарий (разияллоҳу анҳу) эди. Бу зот бадр ғазоти қаҳрамонларидан бўлган. Уҳуд куни жангда бир кўзи оқиб тушди. Шу ҳолатда Расулуллоҳ ҳузурларига борди. Пайғамбаримиз муборак қўллари билан кўзини жойига қўйиб, силаб қўйдилар. Унинг кўзи тузалиб, аввалгидан ҳам ўткир бўлди.
Молик ибн Синон ҳали Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) Мадинага ҳижрат қилмасларидан олдин ҳам оила аъзоларига у зот ҳақларида завқ билан сўзлаб берарди. Унинг ҳикояларидан оила аъзолари, хусусан Фурайъа зеҳнида ҳам Аллоҳ элчисининг муборак сиймолари гавдаланар, қалбида муҳаббат уйғонар эди. Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) Мадинага етиб келишлари билан Молик у зот билан учрашишга ошиққан. Барча оила аъзолари, жумладан, қизи Фурайъа ҳам унга эргашиб борган.
Молик ибн Синон фарзандларига бирон қийматли мерос қолдирмай дунёни тарк этди. Гоҳо улар уйида бирор егулик ҳам топа олмай қолишарди. Эскириб тўзиб кетган кийимларни янгилашга ҳам имконлари йўқ эди. Аммо улар Аллоҳнинг бу синовига ҳам сабр қилишар, садақа сўрашмас, ҳожатларни билдиришмас эдилар. Шундан сўнг Аллоҳ таоло уларни бой – бадавлат қилди. Чиройли сабрлари ва Расулуллоҳга ихлос – садоқтлари барокотидан яна кўп молу давлатга эга бўлишди.
Фурайъа Ҳазраж қабиласидан Саҳил ибн Рофеъ исмли кишига турмушга чиққан эди. Бир муддат бирга яшагач, эридан ажраб қолди. Саҳл қочиб кетган қулларни излаб йўлга чиққанда, қўлга тушиб қолишдан қўрққан қуллар Мадина яқинида уни ўлдириб кетишди. Рофеънинг ўлими ҳақида хабар келганда Фурайъа эрига Аллоҳдан савоб умид қилиб сабр қилди. Ёлғиз ёрдамчисиз қолгач уйига, яқинлари олдига қайтди.
Фурайъа эрининг уйида тўрт ой ўн кун идда сақлаб ўтирди. Иддаси тугагач, унга Саҳил ибн Бишр уйланди. Саҳил ансорийларнинг Бани Зафар қабиласидан эди. Фурайъа исломнинг барча босқичларида эрига тобе, динимиз изн берган ҳамма ишларда унга ёрдамчи бўлган.
Фурайъа бинти Молик Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) мажлисларида иштирок этиб, нубувват мадрасасида таҳсил олган бахтиёр саҳобиялардан эди. Кучли ҳофиза соғлом тафаккур эгаси бўлган бу аёл Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам)дан саксонта ҳадис ривоят қилган. Ундан эса Зайнаб бинти Каъб ибн Ҳужра ривоят қилган. Фурайъа ривоят қилган ҳадисларни Миср, Ироқ, Шом, Ҳажоз ва Мадина фақиҳлари қабул қилиб, ҳукмлар чиқаришган.
Фурайъа жаннат башорати ила шарафланган саҳобиялар сирасига киради. У ҳижратнинг олтинчи йили Ҳудайбияда дарахт остида Пайғамбар (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) байъат қилган бир гуруҳ саҳобиялар сафида эди. Мушриклар мусулмонларни Маккаи мукаррамага киришдан тўсиб қўйганда бўлган ушбу байъатда иштирок этганлар аҳли жаннат ҳисобланишади.
Пайғамбар (салоллоҳу алайҳи васаллам) Фурайъа у билан байъатда ҳозир бўлган саҳобияларга жаннат башоратини бердилар. Умму Мубашшир ал–Ансорийдан ривоят қилинишича, у киши Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) Ҳафса онамиз ҳузурида бундай деганларни эшитган: “Иншааллоҳ дарахт остида байъат қилганларнинг ҳеч бири дўзахга кирмайди”.
Манбалар асосида
Тошкент Ислом Институти 4-курс талабаси
Тожиддинов Абдуссомад Абдулбосит ўғли тайёрлади
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.