Press "Enter" to skip to content

Adliya vazirligi O‘zbekistonda FHDY organlari tugatilishi haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi

OITS/OITV tekshiruvidan o‘tish uchun yashash joyi bo‘yicha anonim kabinetga yoki OITS markazlariga murojaat etish kerak.

FHDYo organlariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun FHDYo organlariga zarur bo‘lgan hujjatlar qanday? Norma.uz bu borada tavsiyalar berdi.

Nikohlanayotgan shaxslardan birining yashash joyi bo‘yicha FHDYo organlari tomonidan nikoh rasmiylashtiriladi.

Nikoh tuzilganligini rasmiylashtirish uchun FHDYoga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• nikoh tuzish istagida bo‘lganlarning belgilangan namuna bo‘yicha arizasi nikoh rasmiylashtirilishidan kamida bir oy muddat oldin taqdim etiladi;

• shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar: pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma yoki harbiy xizmatchining harbiy bileti.

Muqaddam nikohda bo‘lgan shaxslar avvalgi nikoh bekor qilinganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishlari darkor.

Nikohni rasmiylashtirish uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi – EKIHning 20%i.

Nikoh tuzilganligini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani olishda FHDYo organlari nikoh tuzayotgan shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanmalar beriladi.

Tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibi Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

Tibbiy tekshiruv shifokorlar – psixiatrlar, narkologlar, dermato-venerologlar, ftiziatrlar (dispanserlar va tuman kabinetlarida) yashash joyi bo‘yicha bepul ravishda shaxslarning tibbiy muassasaga murojaat etgan kundan e’tiboran 2 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.

Nikoh qurayotgan 50 yoshdan katta shaxslarning tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi majburiy emas, ularning roziligi bilan o‘tkaziladi.

Nikohlanayotgan shaxslar ruhiy, narkologik, teri-tanosil kasalliklari, sil va OITV/OITS bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi.

Ruhiy xastaliklar bo‘yicha tekshiruvlar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yashash joyi bo‘yicha poliklinikaning psixiatr shifokori tomonidan o‘tkaziladi.

Tuman psixiatr shifokori bo‘lmagan taqdirda ruhiy tekshiruv tumanlararo yoki viloyat psixonevrologik dispanseri psixiatr shifokorlari tomonidan o‘tkaziladi.

Viloyat markazlari va Toshkent shahri aholisi hududiy viloyat yoki shahar psixonevrologik dispanserida tekshiruvdan o‘tadi.

Toshkent shahridagi 1-son shahar psixonevrologiya dispanseri Yakkasaroy, Chilonzor, Uchtepa, Olmazor, Shayxontohur tumanlariga xizmat ko‘rsatadi. Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasi, 94-uy manzilida joylashgan.

Toshkent shahridagi 2-son shahar psixonevrologiya dispanseri Mirobod, Yashnobod, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Bektemir tumanlariga xizmat ko‘rsatadi. Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasi, 25-uy manzilida joylashgan.

Shaxsning psixonevrologik hisobga olinmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma erkaklar uchun – pasport va harbiy bilet yoki harbiy ro‘yxatga olish guvohnomasi (45 yoshgacha), ayollar uchun – pasport bo‘lgan taqdirda beriladi.

Narkologik tekshiruv yashash joyi bo‘yicha narkolog shifokor tomonidan o‘tkaziladi (narkologiya dispanserida yoki tuman narkologiya kabinetida).

Toshkent shahar narkologiya dispanseri Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi, 32-uy (sobiq 7-tug‘ruqxona) manzilida joylashgan. Pasport va yashash joyi bo‘yicha poliklinika yo‘llanmasini o‘zi bilan olish kerak.

Zaxm kasalligiga tekshiruv teri-tanosil dispanserida yoki yashash joyi bo‘yicha poliklinikada dermato-venerolog shifokor tomonidan o‘tkaziladi. U shaxsni umumqabul qilingan uslubiyat bo‘yicha tekshiradi.

Teri-tanosil dispanserlari Toshkent shahrida tumanlararo tamoyil bo‘yicha faoliyat yuritadi.

Chilonzor va Uchtepa tumanlarining teri-tanosil dispanseri Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 33/1 uy manzilida joylashgan.

Olmazor va Shayxontohur tumanlarining teri-tanosil dispanseri. Manzil: Olmazor tumani, Usta Shirin 1-berk ko‘chasi, 5-uy.

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek teri-tanosil dispanseri. Manzil: Yunusobod tumani, 17-daha, 22-A uy.

Yakkasaroy va Sergeli teri-tanosil dispanseri. Manzil: Sergeli tumani, Yo‘ldosh-7 mavzesi, 23-uy.

Bektemir, Mirobod va Yashnobod tumanlari teri-tanosil dispanseri. Manzil: Yashnobod tumani, Zohidov ko‘chasi, 8 uy.

Toshkent viloyat teri-tanosil dispanseri. Manzil: Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 2-A uy.

Sil tekshiruvini yashash joyi bo‘yicha poliklinika terapevti o‘tkazadi. Terapevt ko‘krak qafasi flyurografiya ko‘rigiga yo‘llanma beradi. Ko‘krak qafasi flyurografiyasida patologik o‘zgarishlar va kasallikning klinik o‘zgarishlari bo‘lmagan taqdirda hududiy poliklinika tekshirilgan shaxslarda sil kasalligi aniqlanmaganligi haqida ma’lumotnoma beradi.

Tekshirilayotgan shaxslarda sil xastaligi va flyurogrammalarda o‘zgarishlar borligiga shubha uyg‘onsa, ular yashash joyi bo‘yicha silga qarshi dispanserga yo‘naltirilishi darkor.

OITS/OITV tekshiruvidan o‘tish uchun yashash joyi bo‘yicha anonim kabinetga yoki OITS markazlariga murojaat etish kerak.

Tekshiruv yashash joyi bo‘yicha poliklinika yo‘llanmasi asosida tuman tibbiyot birlashmalarida o‘tkaziladi.

Shuningdek, mavjud muammolar bo‘yicha OITS markazlariga murojaat etish mumkin.

Toshkent shahar OITS markazi Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi, 305-uy manzilida joylashgan.

Respublika OITS markazi. manzil: Chilonzor tumani, Farhod ko‘chasi, 16-daha, 12 uy.

Adliya vazirligi O‘zbekistonda FHDY organlari tugatilishi haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda FHDY organlari tugatilar emish, degan asossiz mish-mishlar tarqaldi. Shu munosabat bilan ushbu masala yuzasidan Adliya vazirligi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDY bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi. FHDY bo‘limlari tomonidan esa 4 ta (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) turdagi harakat amalga oshiriladi.

“Nikoh uylari mustaqilligimizning ilk yillarida barcha FHDY organlarida yetarlicha sharoit bo‘lmagan, binolar bilan bog‘liq muammolar fonida aholining nikohni tantanali qayd etilishiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun ayrim hududlarda tashkil etilgan edi.

Hozirgi kunda, FHDY organlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi tufayli barcha FHDY organlarida nikohni tantanali qayd etish uchun alohida xonalar va sharoitlar yaratilgan.

Shundan kelib chiqib, nikoh uylarini saqlab turishning zaruriyati qolmaganligi sababli nikoh uylarini qayta tashkil etib, ularni FHDY bo‘limlariga aylantirish rejalashtirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa adliya organlari faoliyatini optimallashtirish, xodimlarga kelayotgan ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash, binolardan unumli foydalanishdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.

  • Namangandagi “Saxovat uyi”da istiqomat qiluvchi 70 yoshli ikki qariya turmush qurdi. Ular 35 yil davomida bir-biriga ko‘ngil qo‘yib kelgan (foto va video)
  • Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi
  • Namangandagi davlat xizmatlari markazida ilk bor surdo tarjimonlik yo‘lga qo‘yildi

FHDY organi qanday organ?

— Qo’zivoy shahar aylanib yurganida FHDYO yozuvi tushirilgan binoga ko’zi tushar edi. Ammo hech ham bu qanday ma’noni anglatar ekan deb o’ylab ko’rmas edi. Ammo oxirgi ko’rishidan keyin, bu katta harflardagi sirni ochish uchun «google amaki»ga murojaat qildi. ����

— FHDY organi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidir. Fuqaro hayotida eng muhim voqealar sodir bo’lsa, albatta FHDY organiga murojaat qiladi. Eng muhim voqealarga esa tug’ilish, nikoh, nikohdan ajralish va o’lim kabilar kiradi va bu FHDY organlarida qayd etiladi.

Oxshash xabarlar:

  • Qanday qilib uy sharoitida, hech qanday parhezlarsiz ozish…
  • Qanday qilib har qanday biznesni muvaffaqiyatli ravishda…
  • WebMoney attestat nima, qanday turlari mavjud va uni qanday…
  • Qanday qilib ko’zlarga qarab suhbatdoshingizni qanday…
  • olxga elon berish, olxda qanday elon beriladi
  • Bolada gijja borligining alomatlari qanday?
  • Qabziyatni uy sharoitida qanday qilib bartaraf qilish…
  • Ramazon qayerda qanday kutib olinadi?
  • Qanday qilib issiqxona qurish
  • Qanday qilib oʻzingizda ijodiy fikrlashni rivojlantirish…
  • Fransiyada oʻqish uchun talablar qanday ?
  • Germaniyada oʻqish uchun qanday hujjatlar kerak
  • Onlayn xatmi Qurʼon qanday boʼladi?
  • Tug‘ilgan kuningiz sanasi qanday xosiyatga ega
  • Qanday qilib WebMoney karmonini yaratish mumkin

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.