Farzand qanday dunyoga keladi
Bu yerda bundan boshqa manfaat ham bor – o‘g‘il bolalarni tarbiyalashda otaning o‘rni juda katta. O‘g‘il bola tarbiyasida onaning ko‘p ishtirok etishi oqibatida bola ayol tabiatiga xos jihatlarni o‘ziga singdiradi. Qat’iyatsizlik, irodasizlik, qo‘rqoqlik kabi fe’l-atvorga ega bolalarning tarbiyasiga qaralsa, ularning hayotida onalarining o‘rni ko‘p bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yiladigan xatolar – Odinaxon Muhammad Sodiq bilan suhbat
Oila qurishdan maqsad iffatni saqlash hamda nasl qoldirishdir. Allohdan zurriyot so‘rashda ham maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish lozim. Zurriyot so‘rashdan maqsad – kelajakda o‘z ortidan solih bandani qoldirishdir.
Ko‘pincha shu maqsadni qo‘yishda ham xato qilinadi. Ota-ona farzand kutayotgan bo‘lsa, bu bilan maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish holatlari uchraydi. Bundan imkon qadar chetlanish lozim. Farzand tilaganda “xizmatimizni qilsin, rohatini ko‘raylik” deb niyat qilishadi. Niyatda solih farzand so‘ralishining o‘zi yetarli. Solih farzand tufayli ota-ona barcha yaxshiliklarga yetishi mumkin. Zurriyot so‘rashda ayni shu tomoniga urg‘u berish kerak.
Qur’oni karimda ota-onalarning bu boradagi yolvorishi: “Bizga solih farzand bersang, shukr qiluvchilardan bo‘lamiz” deya bo‘lmog‘i lozimligi aytiladi.
Ammo har bir ota-ona ham shukr qilishni amalda qo‘llamaydi. Farzand uchun shukr shundaki, farzandni Alloh taolo istagandek tarbiyalashdir. Maqsad boshqa tomonga qaratilib, farzanddan boshqa narsalar talab qilib, tarbiyada xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa berilgan va’daga xilof bo‘ladi.
Farzandning huquqlari nimada?
Farzand dunyoga kelmasdan turib unda huquqlar paydo bo‘ladi. Ya’ni ota o‘z farzandi uchun munosib ona tanlashi, ona esa bolasi uchun munosib ota tanlashi lozim.
Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.) ham farzand ko‘radigan insonni to‘g‘ri tanlashni ta’kidlaganlar. Erkak ham, ayol ham farzand ko‘radigan insonini to‘g‘ri tanlashi farzandning ilk huquqi hisoblanadi. Ularning diniga, taqvosiga qarab tanlanishi esa eng ahamiyatli jihati hisoblanadi.
Farzand homilalik chog‘ida unga yashash huquqini berish (tushirish, abort qildirmaslik) ham farzandning huquqidir. Homilani o‘z vujudida olib yurgan onaning parvarishi erning zimmasida bo‘lib, bu ham tug‘ilajak bolaning huquqlaridan biri. Afsuski hozirgi vaqtda homilador ayollarimiz ham zo‘ravonliklarga, e’tiborsizlikka uchrayapti. Ularning ma’naviy tushkunlikka tushib qolishayotgani achinarli holat. Homilali ekanliklari, kelgusida bir insonni dunyoga keltirishi inobatga olinmayapti. Farzand hurmati uchun, uning haq-huquqlari uchun ham homilador ayollarga e’tibor berish kerak. Bu otaning vazifasi sanaladi.
Farzandning ta’minoti otaning zimmasida
Farzand dunyoga kelgach, uning huquqlari yanada ko‘payadi: munosib ism tanlash, aqiqa qilish, azon aytish kabilar ham shular jumlasidan.
Farzandning haqi 3 turga bo‘linadi. Ta’lim, tarbiya, ta’minotdagi huquqlari uning eng asosiy huquqlari bo‘lib, qolgan huquqlari shularning tarkibida bo‘ladi. Bola voyaga yetib, mustaqil rizq topishga qodir bo‘lgunga qadar ta’minoti otasining zimmasida bo‘ladi.
Farzandni ta’minlash onaning emas, otaning burchi – buni ba’zi otalar yaxshi bilib olishlari kerak. Bolaning ta’minotidan qochayotgan ko‘p otalarni ko‘ryapmiz. Ayniqsa, ajrashib ketayotgan erkaklar ayoli bilan birga bolasidan ham ajrashyapti. Ayol bilan ajrashish, bola bilan ajrashish degani emas. Farzand voyaga yetguncha bu otaning bo‘ynidagi qarz bo‘lib turadi.
Bolaning ta’lim olish huquqi ham bor: unga diniy va dunyoviy bilimlarni berish, bir sohani egallashga yo‘naltirish ota-onaning burchidir. Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.): “Farzandlaringizni 7 yoshdan namozga o‘rgating. Agar 10 yoshida ham o‘qimasalar yengil uring. Shuningdek, ularning yotar joylarini alohida qiling”, deganlar. Shu hadisdan ko‘rinadiki, bolani 7 yoshdan farz amallarga o‘rgatish ota-onaning vazifasi hisoblanadi.
Ota-ona oldidagi muhim burch – farzandga go‘zal tarbiya berish, chiroyli xulq-atvorli etib voyaga yetkazish. “Ota-ona bolasiga berishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal tortiq – go‘zal tarbiyadir”, deb marhamat qiladi payg‘ambarimiz.
Farzand tarbiyasi uchun ota-ona teng mas’ul
Bola tarbiyalashda ko‘pincha onaning o‘rni ta’kidlanadi. Bundan ba’zi otalar boshqacha xulosaga borib, o‘zlarini bu vazifadan mustasno hisoblashadi. Bola tarbiyasini butkul ayolga yuklab, o‘z mas’uliyatini ham ayolning zimmasida qoldirish odatga aylanyapti. Ayol farzandlari bilan ko‘p vaqt o‘tkazishi ma’lum, chunki erkakning tashqaridagi mas’uliyatlari ko‘proq bo‘ladi. Lekin bu ko‘chada choyxonalarda, oshna-og‘aynilar bilan vaqt o‘tkazib, uyda telefondan bosh ko‘tarmasligi kerak degani emas – ota ham farzand uchun vaqt ajratishi shart. Bola tarbiyasida er-xotin teng mas’ul.
Ona farzandni vujudida ko‘tarib yursa, katta qilsa, yuvib-tarasa, yedirib-ichirsa-yu, bolani tarbiyalashni ham to‘liq o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, bundan ayolga jabr bo‘lib ketadi.
Bu yerda bundan boshqa manfaat ham bor – o‘g‘il bolalarni tarbiyalashda otaning o‘rni juda katta. O‘g‘il bola tarbiyasida onaning ko‘p ishtirok etishi oqibatida bola ayol tabiatiga xos jihatlarni o‘ziga singdiradi. Qat’iyatsizlik, irodasizlik, qo‘rqoqlik kabi fe’l-atvorga ega bolalarning tarbiyasiga qaralsa, ularning hayotida onalarining o‘rni ko‘p bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Avvalo, ota-ona o‘zlari shaxsiy namuna bo‘lishlari kerak. Chunki bola uyida ko‘rganini qiladi. Ularning tarbiyasi go‘zal va mukammal bo‘lishi uchun ota-onaning tarbiyasi shunday bo‘lmog‘i lozim.
Gulmira Toshniyozova suhbatlashdi.
Tasvirchi – Abdusalim Abduvohidov.
Odinaxon Muhammad Sodiq bilan turkum suhbatlar:
Shuningdek, Bintu Sodiq kanali orqali ham barcha savollarga javob olish mumkin.
Farzand-ota-ona ko’rki
Farzand-ota-ona ko’rki
Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, ma’lum bir oilada dunyoga keladi. Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi. Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega ota-onalarning farzandlari ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odobaxloq inson ko’rki sanaladi. Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir. Otaona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi.
Demak, ikki musulmon uchrashganda eng avval salomlashishi lozim. Salomlashmasdan so’z boshlash sunnatga muvofiq bo’lmaydi. Qo’l berib ko’rishish salomlashuvning mukammali ekani ham hadislarda ta’kidlab o’tilgan. Bu salomlashuv odobiga taalluqli bo’lgan gap. Bunday hadislar odamlarning ma’naviy va moddiy turmush tarzini to’g’ri yo’lga solishi, turli bid’atlardan uzoq bo’lishi uchun eng muhimi pokiza e’tiqodli buyuk ajdodlarga munosib avlod hamda chin musulmon sifatida hayot kechirishi uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
OILA FARZAND TARBIYASINING ASOSIY BO’G’INIDIR
Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo’lib, har tomonlama sog’lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo’lgan g’oyat muhim tarbiya o’chog’dir.
O’zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bo’lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida o’g’il va qizlar bilimli, fikr-mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo’lib voyaga etmoqdalar.
Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o’zlari ham tarbiyaning o’ziga xos sir-sinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lib turishlari kerak bo’ladi.
O’z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog’atda o’tkazadilar, bolalaridan hamisha olijanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko’radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o’kinish hissiga duchor bo’lmaydilar. Oilaning asosiy tayanchi bo’lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko’radi, o’zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi. Ota — oilaning boshlig’i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko’z ilg’amas nuqtalarini ilg’ay olish, oila a’zolariga faqat to’g’ri, haq yo’lni ko’rsatib turishdek insoniy mas`uliyat ota zimmasida turadi. Ota oilada o’z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o’zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to’g’rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko’rsatadi.
Murg’ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi ibratli o’g’itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim”.
Bola uchun oiladagi sog’lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an`analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko’nikma va malakalar manbaidir.
Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo’lib, tarbiyaning mazmuni, yo’nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog’liq.
Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo’ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o’zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruxida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruxiy olamiga, xissiyoti va tuyg’ulariga chuqur ta`sir ko’rsatadi.
Oiladagi ma`naviy-ruxiy muhit, bola tarbiyasida g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lib, oila a`zolarining turmush tarzi ko’p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va xissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog’lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas`uldir.
Oilada tarbiya topgan xar bir inson xar jixatdan umuminsoniy ahloqiy, ilmiy, e`tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o’zligini taniy boshlaydi.
Komillik insonning adolatli bo’lishi, xaqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o’z hatolarini anglab, ulardan xalos bo’lishga xarakat qilishi demakdir, ma`naviyatni boyitish, iymon-e`tiqodli, aql-zakovatli bo’lish kishilarni g’aflatdan uyg’otadi, barcha ezgu tilaklarini ro’yobga chiqaradi.
Do’stlaringiz bilan baham:
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.