Erimni “issiq-sovuq” qilgandim
– O‘rtog‘im u qiz,- dedi erim janjal qilganim uchun g‘azabi qaynab.- Nima bo‘libdi yozishsam? Turmushga chiqmagan u qiz. Ko‘rishmaymiz. Shunchaki gaplashib turamiz. Fojia yasama.
Ortiq bir so‘z deyolmadim. Chunki erimga gap qaytarolmasdim. Avvalo, menga berilgan tarbiya shunday edi. Qolaversa, erimga yomon gapirsam men va bolalarini tashlab o‘sha qizning oldiga ketadiganday tuyuldi. Bu gapni yaqinlarimga aytishdan istihola qilib, yana o‘sha dugonamga gap ochdim.
Erimga qanday yoqsa bo’ladi
Erni tunda xursand qilish bu ayolning vazifasi. Jinsiy aloqa sifatli va yoqimli bo‘lishi uchun ayol ham, erkak ham birdek izlanish va harakatda bo‘lishi lozim. Barcha ma’suliyat erkakda deb o‘ylamang, aziz ayollar.
Ayollar tunda qiladigan xatolarning aksariyati bilan tanishtirib o‘tamiz:
1. “Men qimirlamay’ yotsam ham bo‘ladi. Erim hammasini o‘zi bajaradi” degan fikrda bo‘lsangiz, adashasiz. Erkak jinsiy aloqa jarayonida ayolini hissiyotlarini ko‘rishni, sezishni istaydi. Erkak “qimirlamay” yotgan ayoli o‘ziga, qilayotgan harakatlariga va jinsiy aloqaga nisbatan befarq ekan deb o‘ylaydi. Tinch yotib aloqani tugashini kutmay, o‘z tuyg‘ularingizni, xohish va ehtiyojlaringizni namoyon eting. Ayolini erkalayotgan erkak unga yoqimli ekanini sezishi lozim.
2. Suhbatlashish uchun boshqa vaqt toping. Eringiz sizni aloqaga undab erkalashni boshlaganda suhbatlashish niyatingizni uzoqroqqa surib qo‘ying. Farzandingiz bugun maktabda “5” baho olgani haqida aloqadan keyin ham suhbatlashsa bo‘ladi. Erkalash va jinsiy aloqa davomida esa butun xayolingz va fikringiz aynan eringizda va uning harakatlarida bo‘lsin. Bundan o‘zingiz yutasiz.
3. Birga bo‘lishdan oldin pardoz qilmang. Ayolning go‘zalligi uning tabiiyligidadir. Pomada, pudra, tush kabilar sizga to‘shakda go‘zallik qo‘shib bermaydi. Ularni restoranga borishga ishlatish uchun olib qo‘ying. To‘shakda esa eringizga toza, xushboy va tabiiy bo‘lib olsangiz yoqimliroq bo‘ladi.
4. Eringizni biling. Unga nima yoqadi-yu, nima yoqmasligini o‘rganing. Sizning harakatlaringiz unga yoqimli va kerakli bo‘lsin. Izlaning, aloqangiz davomida siz qiladigan erkalash har safar bir xil bo‘lmasin. Bir xillik zeriktiradi.
5. Eringiz bilan aloqangizni unga ta’na qilmang, bir narsani undirib olish uchun aloqaga kirishaman deb bozorga solmang. Jinsiy aloqa bu ne’mat, undan manfaat ko‘zlamang.
6. Uyatchanlik. Albatta ibo, sharm-hayo bu o‘zbek ayollariga xos go‘zallik. Lekin bir necha yildan beri birga yashab kelayotgan er-xotin orasida ortiqcha uyatchanlik erkakka yoqmaydi. Yillar o‘tib erkak uchun ayoli ochiq va lazzatlanishga tayyor bo‘lganini istaydi.
7. Ichki kiyimingizga doim ahamiyat bering. Erkaklar ko‘zi bilan suyadilar. Eski, qaralmagan, ko‘rimsiz ichki kiyim hech qaysi erkakka yoqmaydi. Doim toza, chiroyli, yoqimtoy ichki kiyimlar kiyib yurishni o‘rganing.
8. Siz ham tashabbuskor bo‘ling. Har doim ham eringiz sizni aloqaga undayverishi, aloqa davomida harakatlarini o‘zgartirishi, yangilarini tadbiq qilishi unga zerikarli bo‘lib qoladi. Sizdan ham tashabbus chiqsin. “Bugun mana shunday bo‘lsin” yoki “men shunday qilib ko‘ray” kabi takliflaringiz erkakni sizga nisbatan munosabatini yanada qizdiradi.
9. Sizning aloqadan lazzatlanishingizga faqat eringiz ma’suliyatli deb o‘ylasangiz adashasiz. Ayolni qondirish erkakni vazifasi, lekin ayol ham buning uchun ancha harakat qilishi kerak. Buning uchun siz o‘z badaningizni, o‘z xohish va ehtiyojlaringizni aniq bilishingiz va eringizga yetkaza olishingiz lozim.
Нозланиш билан уялишнинг фарқи катта.
10. Эрингиз қилаётган айрим таклифларидан бош тортманг. Эрингиз бирга бўлаётганингизда сиздан бир нима талаб қилса, рад этишга шошилманг, ахир бундан сиз ҳам манфаатдорсиз. Икки севувчи қалб орасидаги жинсий алоқанинг асосий мақсади бир бирига лаззат ато этиш. Эрингизни хурсанд қилиш имконияти бор экан, йўқ деманг.
Эр-хотин бутун ҳаёт давомида бирга бўлишни ният қиладилар. Улар орасидаги жинсий алоқа эса ана шу ҳаётнинг ажралмас қисмидир. Уни биргаликда яхшилаш, сифатини ошириш, унга нисбатан фақат ижобий муносабатда бўлиш, алоқадан ҳар томонлама бахраманд бўлиш ва лаззатланиш бу сизнинг ва суюкли ёрингизнинг вазифаси. Бунинг натижаси эса аҳил муносабатлар.
Ахир сезмаганмисиз, ажойиб ўтказилган “тун”дан кейин яхши кайфиятли, табассумга бой тонг келишини.
Erimni “issiq-sovuq” qilgandim.
Erim bilan qarindosh edik. Menga uylanishidan oldin boshqa qizni yoqtirgan ekan. Ota-onasi xohlab meni kelin qilishgan. Munosabatlarimiz yomon emasdi. Erim juda oilaparvar, farzandlarini jonidan ortiq yaxshi ko‘radi. Nikoh qalbimga muhabbat uchqunini soldimi, erimga sevgim kuchli edi. Uni juda yaxshi ko‘rardim. Erim hech qachon menga qo‘pollik qilmagan, kamsitmagan, hamisha qadrimni, qalbimni avaylagan bo‘lsa-da, uning ko‘ngli bo‘m-bo‘shligini, meni jufti haloli, rafiqasi sifatida hurmat qilishini ammo bu tuyg‘u hech qachon ishq darajasiga ko‘tarilmaganini sezardim. Bu yuragimga achchiq og‘riq berar, erim meni sevishini, dunyodagi yagona oshig‘im bo‘lishini istardim.
Birin-ketin farzandlarimiz tug‘ildi. O‘g‘il-qizimiz nikoh rishtalarini mustahkam bog‘ladiyu, qalblarimizni tutashtirmadi. Erim qachondir kimnidir sevib qolishini o‘ylasam, yuragim uvishardi. Chunki inson sevgisi yasholmaydi bu dunyoda. Insonni ko‘ngil boshqaradi, deyishadi-ku. Ayniqsa, erkak kishi ko‘ngil quli bo‘ladi. Shu xavotirda olti yashadim. Nimadan qattiq qo‘rqsang, bir kun kelib shu narsa hayotingda ro‘y beradi, deganlari rost ekan. Bir kuni erimning hayotida kimdir paydo bo‘lganini bildim. O‘zimni qo‘yarga joy topolmasdim. Yig‘ladim. Siqtadim. Erim bilan janjal qildim. Hayotida hech kim yo‘qligini, hech qachon oilasi, bolalaridan kechib ketmasligini aytdi. Unga ishongim kelardiyu, lekin ko‘nglim xotirjam emasdi. Yaqin dugonamga dardimni yorgandim “Qo‘yaver, har bir erkakning hayotida bir marta bo‘lsa ham shunday holat bo‘ladi.
Allaqayoqdagi bir suyuqoyoqni deb o‘zingni qiynab, eringni asabini buzib, bolalaringni tinchini buzma. O‘sha suyuqoyoq eringni qanday topgan bo‘lsa, yana bittasini topadiyu yo‘qoladi” dedi. Xotirjam bo‘ldim. Haqiqatdan ham erimning bizga munosabati o‘zgarmagan edi. Erkaklar begona ayollarga ilakishsa, ro‘zg‘origa, ayoli, bolalariga qaramay qo‘yishadi-ku, erim unday emasdi. Ammo bir kuni uning telefoni qo‘limga tushib, o‘sha bilan yozishmalarini o‘qib qoldim. O‘qidimu, muzlab qoldim. Chunki erim ilakishgan ayol dugonam va men o‘ylaganday suyuqoyoq emas, tuzukkinaga o‘xshardi. Telefondagi xabarlar ham savodli yozilgan, behayo gap-so‘zlar umuman uchramas, faqat hol-ahvol so‘rashish, bolalarning sog‘ligini so‘rash va yaxshi kayfiyat tilab yozilgan sms xabarlar kelgandi undan. Erim ham behayo gaplar gapirmagan, hol-ahvol so‘rab, vaqtida ovqatlanishini aytgan ekan. Darhol o‘sha raqamga erimning telefonidan qo‘ng‘iroq qildim. Go‘shakni ovozi behad chiroyli qiz oldi. Ovozini eshitdimu tanamdan mador ketdi. O‘zimni bilmay yig‘lab yubordim. “Kimsiz? Bu raqamga nimaga yozasiz? Boshqa yozmang!” deyoldim xolos. Telefonda aloqa uzildi, jismimda yuragim parchalandi. Kechqurun erim bilan janjal qildim.
– O‘rtog‘im u qiz,- dedi erim janjal qilganim uchun g‘azabi qaynab.- Nima bo‘libdi yozishsam? Turmushga chiqmagan u qiz. Ko‘rishmaymiz. Shunchaki gaplashib turamiz. Fojia yasama.
Ortiq bir so‘z deyolmadim. Chunki erimga gap qaytarolmasdim. Avvalo, menga berilgan tarbiya shunday edi. Qolaversa, erimga yomon gapirsam men va bolalarini tashlab o‘sha qizning oldiga ketadiganday tuyuldi. Bu gapni yaqinlarimga aytishdan istihola qilib, yana o‘sha dugonamga gap ochdim.
– Suyuqoyoq bo‘lmasa, qiz bola yana-da xavfli,- dedi dugonam qoshini chimirib.- Ering uni yaxshi ko‘rsa, seni tashlab uylanib olishi mumkin. Yaxshi domla bor, xohlasang, eringni senga isitib, o‘sha megajinidan sovutamiz.
– Voy, issiq-sovuq qilamizmi?- deya qo‘rqib ketdim. Chunki bunaqangi ishlarning gunohligini eshitgandim.- Gunoh-ku.
– Ey, oilang uchun, o‘zingni baxting uchun qilsang gunoh bo‘lmaydi. Sen o‘z eringni isitasan. Birovning erini o‘ziga isitib olish gunoh. Dugonam domlaga borib issiq-sovuq qildirishga ko‘ndirdi. Biror haftalardan so‘ng erimda o‘zgarish sezganday bo‘ldim. Avvalgidek telefonini yashirmay qo‘ydi. Bemalol ochilib-sochilib gaplashadi, hazillashadi. “Issiq-sovuq”ning kuchi shunchalik zo‘r ekan, deya yana dugonam bilan o‘sha domlaga bordik. Erim menga mehribon bo‘layotgandek, hayotimiz kundan kunga yaxshilanib borayotgandi. Kutilmaganda yana erim telefonini yashiradigan, ochiqda qoldirganda ham maxfiy raqamlab qo‘yishga odatlandi. Yuragim uvishdi. Yana o‘zsha qiz bilan topishib olganini sezdim. “Issiq-sovuq” qildirib keldim. Ammo negadir erimning menga munosabati o‘zgarmadi. Qandaydir tushkun, serzarda, jahldor bo‘lib qoldi.
Buning ustiga tinimsiz boshi og‘rirdi. Hatto uxlayolmay, o‘zini idora etolmay qoldi. Endi topganimiz tabibu do‘xtirga keta boshladi. Erim yotoqchilab qolib, bir kuni ishga chiqsa, ikki kun boshini ko‘tarolmay uyda yotadi. Kamiga munosabatimiz ham yomonlashib ketgan. Janjallarimiz ko‘payib ketgan. Bir yig‘inda xotinlarning “Falonchini eri soppa-sog‘ yurgandi, tap etib yiqilib o‘lib qolibdi. Hammadan qizg‘onib “issiq-sovuq” qilib yurardi”, “Issiq-sovuqning zahri yomon, kishiga ters ta’sir qiladi hatto o‘limgacha olib borishi mumkin” degan gaplarni eshitib yuragim yorilayozdi. Shu kunlar ham bormidi peshonamda? Nahotki, o‘z qo‘lim bilan erimni begonaga tutqazib qo‘ygan bo‘lsam? Buning ustiga gunohga botganmi-chi.
Halovatim yo‘qolgan. Gunohlarimga tavba qilib, erimga Allohdan ofiyat va sog‘lik so‘rab o‘tinyapman. Afsusdaman. Ayollarga hech qachon bunday ishlarni qilmasliklarini aytmoqchiman. Issiq-sovuq, sehr-jodudan ko‘ra eringizni shirin so‘z, mehribonlik, g‘amxo‘rligingiz bilan o‘zingizga maftun qiling. Gunoh ishlar hech qachon yaxshilikka olib bormas ekan.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.