Press "Enter" to skip to content

Yangi yetakchi. Eng yaxshi displeyga ega smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Yosh bo‘yicha cheklov

Dunyodagi eng ilg‘or ekranga ega smartfon ma’lum bo‘ldi

Displeylarning rang uzatish aniqligi va boshqa parametrlarini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan DisplayMate korporatsiyasi yaqindagina taqdim qilingan iPhone X’dagi OLED-displeyni imtihondan o‘tkazib ko‘rdi.

Apple kompaniyasi flagmani reytingning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha «yashil» rangga munosib ko‘rildi. Bu esa iPhone X ekranining har bir jihati ishlashiga ko‘ra qariyb bekami-ko‘st degani.

Gadjetning o‘zi “A+” bahosiga munosib ko‘rilgan bo‘lsa, uning displeyi smartfonlarda shu vaqtga qadar o‘rnatilgan eng ilg‘or ekran deb e’tirof etildi.

iPhone X quyidagi toifa va kategoriyalar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi:

Rang-tus uzatish bo‘yicha eng yuqori aniqlik. Vizual jihatdan ideal ekrandan farq qilmaydi. Shu vaqtga qadar sinovdan o‘tkazilgan OLED-ekranlar orasida eng yuqori yorqinlik (643 nit).

Yorug‘lik past sharoitda eng yuqori kontrast darajasi. Shuningdek, ekran akslanishining eng past darajasi (4,5%).

Qiyalik burchagi o‘zgarganida yorqinlikning eng past ko‘rsatkichda o‘zgarishi: 30 gradus nishablikda -22% yorqinlik.

DisplayMate mutaxassislari Apple’ni eng yaxshi displeyga ega smartfon yaratishda maqtash barobarida, uning ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Samsung’ni ham e’tirofga loyiq topishdi.

«Biz birinchi navbatda Samsung kompaniyasini tabriklashimiz kerak. Ular iPhone X uchun g‘oyatda innovatsion OLED-panelni yaratishgan. Shunday bo‘lsa ham, Apple muhandislari sa’y-harakatlari evaziga ekran shu qadar takomillashgan. Ikki tomon hamkorligi jahondagi eng go‘zal va ilg‘or displeyning ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lgan», — deyiladi DisplayMate hisobotida.

Samsung iPhone X uchun tayyorlaydigan eng murakkab (shuningdek, eng qimmat) tarkibiy qism, bu — yangi OLED-ekran hisoblanadi. Bu «eksklyuziv» displey Samsung tomonidan shaxsan Apple buyurtmasi asosida tayyorlangan. 5,8 dyuymli OLED-displeyning har birini Apple 65,50 dollardan xarid qiladi. iPhone X ekrani ishdan chiqsa, uni almashtirish uchun $279 dollar xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.

Yangi yetakchi. Eng yaxshi displeyga ega smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Uzoq vaqtdan buyon DxOMark platformasida displeylar testi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Samsung o‘z o‘rnini Huawei P50 Pro’ga bo‘shatib berdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

  • Huawei P50 Pro — 93 ball;
  • Samsung Galaxy S21 Ultra — 91 ball;
  • Galaxy Note 20 Ultra — 90 ball.

P50 Pro modeli piksellari soni 2700×1125 bo‘lgan 6,6 dyuymli egilgan OLED-displeyga ega bo‘lgan. Ekranning yangilanish chastotasi flagmanlar uchun standart — 120 gerts, sensorli ekranning diskretizatsiya chastotasi esa 300 gertsga yetadi. Ekranning korpusga nisbati 91,3 foiz.

Avvalroq Huawei P50 Pro+ modeli 20 karrali optik va 200 karrali raqamli zumga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Kecha, 22:33
Kecha, 23:43
Kecha, 20:41
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube | Daryo
    • YouTube | Daryo Rus tilida
    • YouTube | Daryo Global
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    2023-yil yanvar oyiga ko’ra eng yaxshi ishlaydigan smartfonlar o’ntaligi

    AnTuTu benchmarki jamoasi 2023-yil yanvar oyiga ko’ra eng yaxshi smartfonlar ro’yxatini e’lon qildi. Unga ko’ra, Vivo X90 Pro+ smartfoni 1,283,893 ball bilan top o’nlikning eng birinchi o’rnini egallagan, aniqrog’i saqlab qolgan, chunki smartfon 2022-yil dekabrida ham eng yuqori o’rinda turgan edi. Aytish kerakki, ushbu smartfon Snapdragon 8 Gen 2 va Vivo’ni o’zining V2 chiplarida ishlaydi.

    Ehtimol, Snapdragon 8 Gen 2 kuchi bilan shekilli, iQOO 11 ikkinchi o’rinni 1,272,580 ball bilan band qilgan. Ta’kidash joizki, u o’zining Pro modelidan o’zib ketishga muvaffaq bo’lgan.

    Top uchlikni Snapdragon 8+ Gen 1 chipida ishlaydigan Legion Y70 geyming smartfoni 1,112,092 ball bilan yakunlaydi. Garchi faqat Xitoyda sotilayotgan bo’lsa ham, u hozirda geyming smartfonlar bozoridagi eng yaxshi tanlovlardan biridir.

    Navbatdagi to’rtinchi o’rinni Xiaomi’ning Redmi K50 Ultra smartfoni egallagan bo’lsa, beshinchi o’rin Asus’ning Zenfone 9 smartfoniga tegishli. Ikkala smartfonlar ham Snapdragon 8+ Gen 1 chipida ishlaydi.

    Yana bir Xiaomi smartfoni, 200 MP kamerali 12T Pro modeli esa 1,062,046 ball to’plab ro’yxatning oltinchi o’rnidan joy olgan. Undan keyingi o’rinni esa o’tgan yilning oxirgi oyida top o’ntalikka kirolmagan, ammo bu safar 1,048,268 ball bilan buni uddalagan Nubia’ning Red Magic 7 geyming smartfoni egallagan va u Snapdragon 8 Gen 1 chipida ishlaydi.

    iQOO Neo 7 ro’yxatdagi Dimensity 9000+ chipi bilan “top 10″ga kira olgan yagona smartfon bo’lib, u sakkizinchi o’rinni egallagan. To’qqizinchi o’rinni esa Samsung buklamafoni, Galaxy Z Fold 4 band qilgan. Xiaomi 12 Pro o’zining Snapdragon 8 Gen 1 chipi orqali olgan 986,518 balli bilan top o’nlikka yakun yasaydi.

    Flagmanlardan tashqari AnTuTu o’rta flagman smartfonlarning ham top o’ntaligini ham chiqargan. Ro’yxat quyidagicha:

    1. Redmi 12T Pro (Dimensity 8100 Ultra) – 821860
    2. realme GT Neo 3 (Dimensity 8100) – 812167
    3. Poco X4 GT (Dimensity 8100) – 806615
    4. Redmi K50i (Dimensity 8100) – 786095
    5. OnePlus 10R 5G (Dimensity 8100 Max) – 784142
    6. Redmi Note 11T Pro (Dimensity 8100) – 765264
    7. realme GT Neo 2 (Snapdragon 870) – 730630
    8. iQOO Neo 6 (Snapdragon 870) – 723830
    9. realme GT Neo 3T (Snapdragon 870) – 711343
    10. Poco F3 (Snapdragon 870) – 703865

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.