Press "Enter" to skip to content

Dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i vafot etdi

Noel va Syu bir-biri bilan bolalikdan do‘st bo‘lishgan. Sekin-asta do‘stlik muhabbatga aylanib, ular uchrasha boshladi. Ularning birinchi farzandi dunyoga kelganida Noel 18 yoshda, yosh ona Syu 14 yoshda edi. Ikkala sevishgan ham asrandi bo‘lganlari uchun chaqaloqni bolalar uyiga topshirishdan bosh tortishdi.

Ҳиндистонда дунёдаги энг катта оила бошлиғи вафот этди, унинг 39 нафар хотини бўлган

Ҳиндистоннинг Мизорам штатида дунёдаги энг катта оила бошлиғи ҳисобланган Зиона Чана 76 ёшида вафот этди: унинг 39 хотини, 94 нафар ўғил-қизи, 14 келини ва 33 набираси бор эди. Чананинг ўлими ҳақида штат Ички ишлар вазирлиги маълум қилган.

Зиона Чана кўпхотинлилик одатига амал қилувчи маҳаллий Чана Чавл сектаси раҳнамоси эди. Сектага унинг отаси 1942 йилда асос солган. Ҳозирда мазкур секта мухлислари Аиджал шаҳридан 55 чақирим нарида жойлашган Бактаунг қишлоғида истиқомат қилишади. Жамоа қарийб 400 оиладан ташкил топган.

Зиона Чана оиласи сайёҳларни жалб қилувчи ўзига хос маҳаллий сенсация саналади, унинг ўзи эса бир неча марта жаҳон матбуот нашрлари сарлавҳаларида тилга олинган.

Чана бадавлат одам эди: унинг мебел фабрикаси ва чўчқачилик фермаси бўлиб, қишлоқдошларини иш билан таъминлаган. Хотинлари, фарзандлари ва кўплаб набиралари қишлоқ хўжалиги ишлари билан шуғулланишган.

Зиона Чана биринчи хотинига 17 ёшида уйланган. Ўн марта уйланишга улгурган йилини эса ўз рекорди деб ҳисоблаган.

Улкан оила Chuuar Than Run, яъни “янги авлод уйи” деб аталувчи жами 100 хонадан иборат 4 қаватли уйда истиқомат қилади. Зиона Чананинг хотинлари эса умумий ётоқхонада яшайдилар, у ерда Чананинг алоҳида хобгоҳи бўлган. Оиланинг бир марта овқатланишига 30 та товуқ, 60 килограмм картошка ва 100 килограмм гуруч сарф бўлади.

Мизорам штати Ички ишлар вазирлиги Зиона Чана диабет ва гипертония хасталигига чалингани, сўнгги пайтларда соғлиғи кескин ёмонлашганини маълум қилган.

Кўпхотинлилик бобида ҳинди билан канадалик Уинстон Блэкмор беллашаётган эди: у “Муқаддас охир замон Исо Масиҳ фундаменталистик черкови” номли секта етакчиси бўлиб, 27 нафар хотини ва 150 нафар фарзанди бор.

Уинстон Блэкмор ва унинг издошлари Канададаги Баунтифул қишлоғида яшайди: жамоага 1946 йилда асос солинган бўлиб, 1,5 минг нафар полигамия тарафдорларини бирлаштиради. Улар ўзларига ўзлари озиқ-овқат топадилар, секта хўжалиги эса маҳсулот алмашиш тамойилига асосланган. Блэкмор бир неча йил аввал Канадада кўпхотинлиликни қонунийлаштиришга қарши чиққан эди.

Dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i vafot etdi

76 yoshli Chana dunyodagi eng katta oila boshlig‘i sifatida tanilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Chananing aslida 39 rafiqasi, 94 farzandi va 33 nabirasi bo‘lgan. U o‘zidan 3 yoshga katta bo‘lgan birinchi rafiqasini 17 yoshida uchratgan.

«Dunyodagi eng katta oila boshlig‘i bo‘lgan janob bilan yurakda dard ila vidolashmoqdaman. Baktaung Tlangnuam qishlog‘i ushbu oila evaziga Mizoramning sayyohlarni jalb qiluvchi diqqatga sazovor joyiga aylangandi. Oxirating obod bo‘lsin, ser!» deb yozgan Mizoram bosh vaziri Twitter’da.

OAVda ma’lum qilinishicha, rekordchi ota qand kasalligi va qon bosimidan aziyat chekkan. U 13 iyun kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning oilasi 4 qavatli uyda yashagan. Chuuar Than Run, ya’ni «Yangi avlod uyi» deb nomlangan ushbu uyda 100 xona mavjud bo‘lib, u shtatning bosh turistik obekti hisoblanadi. Bu yerga sayyohlar ushbu noodatiy oila qanday yashashini ko‘rish uchun kelishadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, oila kechki ovqatning o‘zida 100 kg guruch, 60 kg kartoshka va 30taga yaqin tovuq iste’mol qiladi.

Dunyodagi eng serfarzand oilalar

Farzand – hayotning eng katta boyligi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi qahramonlarimizni eng badavlat insonlar, deb atasak bo‘ladi. Zamonaviy dunyoda serfarzandlik juda kam uchraydigan holatga aylanib ulgurdi. Ota-onalar bir yoki ikki nafar farzand bilan chegaralanayotgan bir vaqtda nafaqat serfarzand, balki o‘ta serfarzand oilalar ham uchrab turar ekan. Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan qahramonlarimiz besh yoki olti nafar farzand bilan chegaralanmagan.

Yanlar oilasi (Shotlandiya)

Shotlandiyalik Emmi va Roy Yanlar oilasida 13 nafar farzand voyaga yetmoqda. Farzandlarning kenjasi to‘rt yoshga to‘lgan bo‘lsa, oilaning katta farzandi allaqachon balog‘at yoshiga yetgan – uning yoshi 27 da. Emmi va Roy turmush qurganlaridan so‘ng farzand ko‘rish masalasini to‘liq tabiat ihtiyoriga ishonib topshirdilar. Roy shifokor bo‘lib ishlaydi, Emma farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.

Bonellar oilasi (Avstraliya)

Jeni va Ray Bonellar oilasi “yashil qit’adagi” eng katta oila hisoblanadi. Ular 5 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar farzandning ota-onasi. Oilaning katta farzandlari Jeni va Rayga nabiralar hadya etishga ham ulgurishgan. Bonellar bor yo‘g‘i to‘rt xonali, bitta yuvinish xonasi va bir nafar hojatxonasi bor uyda yashaydi. Ikki yil ilgari Jenida saraton aniqlandi, biroq Jeni saratonni yengishda o‘zida kuch topa oldi.

Redfordlar oilasi (Buyuk Britaniya)

Noel va Syu bir-biri bilan bolalikdan do‘st bo‘lishgan. Sekin-asta do‘stlik muhabbatga aylanib, ular uchrasha boshladi. Ularning birinchi farzandi dunyoga kelganida Noel 18 yoshda, yosh ona Syu 14 yoshda edi. Ikkala sevishgan ham asrandi bo‘lganlari uchun chaqaloqni bolalar uyiga topshirishdan bosh tortishdi.

Bir yil ilgari Noel va Syu oilasida 21-farzand dunyoga keldi. Bundan tashqari, ayni vaqtda Syu 22-farzandiga homilador. O‘lkan oilaning bir necha daromad manbalari mavjud. Ular oilaviy tadbirkorlik bilan birga, televideniyeda oilaviy shou olib boradi.

Shishkinlar oilasi (Rossiya)

Rossiyadagi eng serfarzand oila Voronej shahrida istiqomat qiladi. Aleksandr Shishkin va Yelena Shishkinalar 20 nafar farzandning ota-onasi. Sasha va Yelena turmush qurganlaridan so‘ng shifokorlar ularning farzand ko‘ra olishlariga shubha qilishgan. Biroq sevishganlar 9 nafar o‘g‘il va 11 nafar qizni ustirib voyaga yetkazdi. Ularning eng katta farzandi 41 yoshda va uning o‘zini 5 nafar farzandi bor. Bugungi kunda, Sasha va Yelenaning faqat ikki nafar kichik qizi ular bilan birga istiqomat qiladi. Bir yil ilgari Shishkinlar oilasida 51-nabira dunyoga keldi.

Namenilar oilasi (Ukraina)

Ukrainaning Chernoviskoy viloyati, Ostrisa qishlog‘ida yashovchi Yanush va Leonora 21 nafar farzandning ota-onasi – 11 nafar o‘g‘il va 10 nafar qiz. E’tiqodli bo‘lgan Namenilar oilasi farzandlariga faqatgina muqaddas kitoblarda qayd etilgan ismlarni quyishadi. Yanush va Leonoraning katta farzandlari o‘zlari ham oila qurishgan va ularga nabiralar tuhfa etishgan. Oilaning kichik a’zolari uchun yettita xona ajratilgan. Yanush va Leonoraning o‘zlari ham ko‘p farzandli oilalarda katta bo‘lganlar. Yanushning 16 ta aka-uka va opa-singillari bor. Leonora 14 farzandli olilada ulg‘aygan.

Beytslar oilasi (AQSh)

AQShning Tennessi shtatida istiqomat qiluvchi mazkur oilaning 19 nafar farzandi bor. Gil va Kelli bundan 32 yil ilgari turmush qurgan. O‘shanda 20 va 21 yoshda bo‘lgan yoshlar, dastlab ko‘p farzand ko‘rishni rejalashtirmagan. Ammo birinchi farzand dunyoga kelganidan so‘ng ularning rejalari o‘zgargan. Juftlikning eng kichik farzandi 2012 yilda dunyoga keldi. Ayni vaqtda ular 10 nafar nabiraning buvisi va bobosi hisoblanishadi. Bundan tashqari, nabiralar soni yana to‘rttaga ko‘payishi kutilmoqda. Beytslar oilasi shaxsiy oilaviy shou tufayli mo‘maygina daromad oladi.

Xonlar oilasi (Hindiston)

Ro‘yxatimizning mutlaq g‘olibi Sion Xon. Uning naslini 94 nafar farzand davom ettiradi. Xonga 94 farzandni uning 39 rafiqasi hadya etgan. Serfarzand otaning uyi katta mehmonxonaga o‘xshaydi. Uyda yuzdan ortiq xona mavjud. Xonlar oilasi har kuni 40 kilogramm guruch va 27 kilogramm kartoshka iste’mol qiladi. O‘lkan oilani ta’minlash uchun Xon fermer xo‘jaligi tashkil etgan. U yerda qora mol, poliz ekinlari, meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Xonlar oilasida yollanma ishchiga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Ko‘p sonli oila a’zolari bir tanu bir jon bo‘lib, fermada mehnat qiladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.