Press "Enter" to skip to content

Egizak farzand ko’rish — superovulyatsiya, ovqatlanish, maxsus vositalar

Kafolatlangan bo’lmasa-da, shifokorlar egizaklar ko’rish uchun ba’zi ilmiy maslahatlar beradi. Shu bilan birga, bu ayol organizmi uchun xalq tabobati usullari kabi darajada xavfsiz emas.

EGIZAK FARZAND KO’RISH – SUPEROVULYATSIYA, OVQATLANISH MAXSUS VOSITALAR / ДВОЙНЯ / БЛИЗНЕЦЫ / ЭГИЗАК

Если вам понравилось бесплатно смотреть видео egizak farzand ko’rish – superovulyatsiya, ovqatlanish maxsus vositalar / двойня / близнецы / эгизак онлайн которое загрузил DIL UZ 27 августа 2022 длительностью 00 ч 03 мин 47 сек в хорошем качестве, то расскажите об этом видео своим друзьям, ведь его посмотрели 1 025 раз.

Nodir Gulnora

1 месяц назад

Ollohim farzandman kelinlarga farzand bersin duolarni ijobat qilsin

Dilorom Akhmedova

1 месяц назад

Мен эгизак болларимни эримни мажбурияти Билан олдириб ташладим.Хозир килган ишимдан жуда хам пушаймонман.Мен килган ишни хеч бир банда такрорламасин.

Яхе Xolmatova

1 месяц назад

Assalom aleykum bugun men uziga bordim va sizlar bilan bo’liwkim keldi ikki o’g’il ikki qizim bor qornimda 4haftalik ekan olloximga wukur egiz ekan bewinchi qorin oltita bolani onasibo’larkanman yowim esa 26yow ��eng qizig’i xech narsa qilganimiz yoq diyarli tayorgarlik xam ko’rganimiz yoq mo’jiza olloxim berdi olloxga wukur berganiga wukur qiynalsam xam katta qilvolaman bir umir egiz tug’iw orzuyim edi o’zi��������

Hushnud Polvanov

1 месяц назад

Хаммага экизак фарзандлар берсин оллохим умри билан

Hushnud Polvanov

1 месяц назад

Мен 2 марта экизакларга хомиладор булдим 2020й2023й лекин иккаласиям усмай колди 6_7 хафталикда буни сабаби нима деб уйлайсиз

Гули Икромова

1 месяц назад

Саволим бориди Утрожестан клостабегит таблеткалари фолекулаларни бирданига 2йоки3та йорилишига йордам берадими гниколог шу дориларни ичинг деб йозди

my Love ��

2 месяца назад

Assalomu alaykum opa 7 haftalik egizak homilani yuragi urmay qolibdi. 11 yanvarda dori bn tushirdi. Tushgandan uziga tushganimda chap tuxumdonda shamollash bor dedi. Sheykada chandiq bor degandi buni zarari yoʻqmi. Keyingi hayz qancha vaqtda keladi?

Malika Xalilova

2 месяца назад

Ассалому алекум 9хафтали хомилами юреги тўхтаб қолди 21.01.2023да тозалаб опташашти..гармон дори ярина плюсси хомила олинганни 4куни яни 24.01.2023дан ичишши бошласам бўладими

Dilnoza Olimjonova

2 месяца назад

Egizaklar uchun kim qandey protsedura qildi fikr almashinglar
Biz ham egizak reja qilmoqchimiz

Mahliyo Xujayeva

2 месяца назад

Assalomu alaykum men egizak farzandlar kutyapman ollohim bersa hech gapmas

Jasurbek Qodiraliyev

3 месяца назад

Super ovulatsiya bo’lshi uchun qanday dorilar ichsa bo’ladi.

Avazbek Madaliev

5 месяцев назад

Assalomu alaykum opa yaxshimisiz bu oy falekulamqtri qildirdim 2ta falekula yorildi sariqtanacha bor dedi hayzimni 23chi kuni kindigim atrofida tortishishlar bòlyapti xomilador bòlishim mumkinmi

Egizak farzand ko’rish — superovulyatsiya, ovqatlanish, maxsus vositalar

Egizak farzand ko’rish uchun nima qilish kerak, buni oldindan rejalashtirish mumkinmi. Quyida ko’pchilikni qiziqtiradigan ushbu savol va homiladorlikni rejalashtirishning mavjud usullari haqida batafsil.

Urug’lantirish mexanizmi

Dastlab embriologiya asoslariga murojaat qilib, egizaklar urug’lantirilishi qay tarzda sodir bo’lishi va uning qanday turlari mavjudligini bilib olish kerak. Shunday qilib, urug’lantirish jarayonida nechta tuxum hujayra ishtirok etganiga qarab, quyidagilar farqlanadi:

  • Bitta tuxum hujayrdan rivojlanadigan egizaklar (gomozigotali);
  • Turli tuxum hujayralardan rivojlanadigan egizaklar (geterozigotali).

Urug’lantirish mexanizmi quyidagicha bo’ladi:

  1. Gomozigotali. Bu holda embrionlarning onaning bitta tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Bunda ko’p yadroli tuxum hujayrani bir nechta spermatozoid urug’lantiradi. Bundan tashqari, xuddi shunday egizaklar homilalik tuxumning ikki qismga bo’linishi natijasida ham shakllanishi mumkin. Natijada, rivojlanish jarayonida har bir bo’lakdan alohida embrion hosil bo’ladi. Gomozigotali egizaklar birgalikda o’sadi. Ular umumiy tashqi qobiq va bitta yo’ldosh bilan birlashgan bo’ladi. Bundan tashqari, bunday homilalarda qon aylanishi ham umumiy sanaladi. Genlarning o’xshashligi tufayli chaqaloqlar ko’pincha bir jinsda va tashqi ko’rinishdagi bir-biriga o’xshash bo’lishadi.
  2. Geterozigotali. Turli spermatozoidlar bilan bir necha tuxum hujayrani bir vaqtda urug’lantirish natijasida dunyoga keladi. Bundan tashqari, har bir homilaning o’z qobig’i, qon aylanish tizimi, alohida yo’ldoshi mavjud. Xromosomalar majmuasidagi farqlar tufayli bolalar odatda turli jinsda bo’lishadi (bir jinsda bo’lishlari ham mumkin) va ularning tashqi ko’rinishi turlicha bo’ladi.

Ba’zi hollarda ayol organizmida superovulyatsiya sodir bo’lib, bir vaqtning o’zida bir necha tuxum hujayra yetiladi va follikullardan chiqadi. Ularning bir vaqtning o’zida urug’lantirilishi va muvaffaqiyatli implantatsiyalanishida ko’p homilali homiladorlik rivojlanadi. Bu jarayonlar natijasida bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq embrion rivojlana boshlaydi.

Ehtimollik

Ayolning egizak bilan homilador bo’lish ehtimoli haqidagi savoliga hech bir shifokor aniq javob bera olmaydi. Shunga qaramay, bu holatga ta’sir etadigan omillar borligini aniqlangan. Ularning birinchisi bu onaning yoshi. 35 yoshdan keyin ayollar organizmida superovulyatsiya ko’proq sodir bo’lishi kuzatiladi. Bu holat jinsiy gormonlar sintezining oshishi bilan bog’liq. Shuning uchun bu toifa ayollarda egizaklar bilan homilador bo’lish ehtimoli yuqoriroqdir.

Bundan tashqari, irsiy omil juda muhim o’rin tutadi. Statistikaga ko’ra, egizaklar tug’ilishi ehtimoli 1:85 ni tashkil etadi. Agar avlodda egizaklar tug’ilishi kuzatilgan bo’lsa, keyingi avlodlarda bu ehtimollik yuqoriroq bo’ladi. Shuni esda tutish kerakki, bu xususiyat faqat ayol chizig’i orqali nasl suradi.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar mavjudligi tufayli tibbiy muassasaga tashrif buyurib, ona batafsil ko’rikdan o’tgach birvarakayiga ikki yoki undan ortiq farzandli bo’lish ehtimolini aniqroq bilib olishi mumkin. Bundan tashqari, EKU muolajasi o’tkazish masalasini muhokama qilish imkoni bo’ladi.

Tabiiy ravishda egizaklarga homilador bo’lish

Egizaklarni orzu qilayotgan onalar bunga erishishning kafolatlangan va samarali usullarini izlashadi. Bunday holatda ular dugonalarining tajribasi, ko’pgina forumlardan olingan ma’lumotlarni asos qilib olishadi. Shunga qaramasdan, har bir organizmning individual ekanligini hisobga olish lozim, shuning uchun faqatgina olingan ma’lumotlarning o’zi yetarli bo’lmaydi.

Egizaklarning uruglantirilishi uchun genetiklarning yordamiga murojaat qilish kerak. Ixtisoslashgan markazlarda tekshiruvlar egizak farzand ko’rish mumkinligiga oydinlik kiritadi va aniq tavsiyalar beradi. Odatda, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Vitamin komplekslarini qabul qilish;
  • Zararli odatlardan voz kechish;
  • Oqsilga boy va sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol qilish.

Ovulyatsiyani rag’batlantirish

Ovulyatsiyani rag’batlantirish yoxud stimulyatsiya qilish — bu menstrual siklda bir nechta tuxum hujayra yetishtirishga mo’ljallangan chora-tadbirlar majmuidir. Bunday harakatlar natijasida tuxumdonlarda ikki yoki undan ortiq tuxum hujayra yetiladi va follikullardan ajralib chiqadi. Natijada, egizak homiladorlik ehtimoli ancha oshadi.

Manipulyatsiya organizmga reproduktiv tizimda ovulyatsiya jarayonlarini rag’batlantiradigan gormonal vositalarni kiritishni nazarda tutadi.

Maxsus vositalar

Odatda ko’p homilali homiladorlikni rejalashtirish gormonal terapiya kursini o’z ichiga oladi. Bunda shifokorlar ayollarga progesteron va follikul stimulyatsiyalovchi gormonlar buyuradilar. Ushbu birikmalar ko’p miqdorda tuxum hujayralarning faol pishib yetilishiga hissa qo’shadi, implantatsiya jarayonini rag’batlantiradi.

Terapiyani boshlashdan avval ayolga qondagi gormonlar konsentratsiyasini aniqlash uchun qon tahlili belgilanadi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, davolanish kursi, doza, davomiyligi ko’rsatib o’tiladi. Foydalaniladigan preparatlar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Klostilbegit;
  • Puregon;
  • Menogon.

Xalqona usullar

Mavjud prognozlash usullarining aksariyati tavsiya o’rnida sanaladi va ayol organizmining fiziologik xususiyatlariga asoslanadi. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor beriladi:

  1. Tanadagi jinsiy gormonlar kontsentratsiyasi ortishi kun uzunligi bilan ortadi. Shunga ko’ra, egizak farzandli bo’lish uchun qulay vaqt yoz faslining boshlari sanaladi.
  2. Oqsil jinsiy gormonlar konsentratsiyasini oshiradi. Ushbu xususiyatni hisobga olgan holda, ayollarga homiladorlikni rejalashtirish davrida taomnomaga ko’proq go’sht va sut mahsulotlari kiritish tavsiya etiladi.

Jinsiy aloqa pozalari

Ayrim ayollarning fikriga ko’ra, egizaklar rivojlanishi ehtimolini oshirish uchun maxsus pozalar mavjud. Albatta ular bitta tuxum hujayra rivojlanganida besamar sanaladi, biroq tuxum hujayralar birdan ortiq bo’lgan hollarda erkak urug’ suyuqligining bachadon bo’yniga yaqinroq tushishi va ularning «safarini» tezlashtirishga ko’maklashadi. Bu ayol yuqoridan kelgan va missionerlik pozalari sanaladi.

Ovqatlanish tartibi

  1. Ratsionni oqsil bilan boyitish. Yuqorida aytilganidek, oqsil ayol gormonlarining sintezini faollashtiradi. Yog’siz go’sht (mol, qo’y go’shti), baliq organizmni oqsil bilan boyitishga yordam beradi.
  2. Mevalar. Nok, kivi, olma, ananas, nektarinlar, shaftoli organizmni vitamin va mikroelementlar bilan to’ydiradi.
  3. Sut va sut mahsulotlari. Qatiq, yogurt, tvorog, qattiq pishloqlar nafaqat oqsil, balki boshqa foydali moddalarning konidir.

Bugungi kunda eng zamonaviy va muvaffaqqiyatlik ehtimoli yuqori bo’lgan muolaja EKU yoxud sun’iy urug’lantirish sanaladi. Bu muolaja bir vaqtning o’zida bir, ikki va hatto uchta urug’lantirilgan tuxum hujayrani kiritishni nazarda tutadi. Aksariyat hollarda implantatsiya muvaffaqqiyatli o’tadi.

Egizak farzand ko’rish — ilmiy usullari, xalqona vosita va maslahatlar

Egizak farzandlar nafaqat ikki baravar ko’proq mushkullik, balki ikki baravar ko’proq quvonch hamdir. Ko’pgina turmush qurgan juftliklar bir vaqtning o’zida ikki farzandning ota-onasi bo’lishni orzu qilishadi. Kimdir egizaklar birgalikda ulg’ayganda ko’proq imkoniyatga ega deb hisoblasa, kimdir kelajakda farzand tug’ilishi masalasiga nuqta qo’yib, bir vaqtning o’zida «bir o’q bilan ikki quyonni urishni» rejalashtirishadi.

Bunday qarorning sabablari nima bo’lishidan qat’iy nazar, homiladorlikni rejalashtirishning hech bir usuli onalarga egizak farzandli bo’lishga kafolat berolmaydi. Shunga qaramasdan, akusher-ginekologlar bunday urug’lantirish ehtimolini oshirish mumkinligini ta’kidlaydilar.

  • 1 Egizaklar urug’lantirilishi qanday sodir bo’ladi
  • 2 Egizaklarga homilador bo’lishning ilmiy yo’llari
  • 3 Egizak ko’rishga yordam beradigan xalqona vositalar

Egizaklar urug’lantirilishi qanday sodir bo’ladi

Egizaklar bir yoki turli tuxum hujayralardan rivojlangan bo’lishi mumkin:

  • Birinchi holda, homiladorlikning dastlabki bosqichida bitta urug’lantirilgan hujayra bir-biridan ajralgan ikkita (yoki undan ko’p) qismga bo’linishi kuzatiladi. Keyinchalik, ulardan mustaqil organizmlar rivojlanadi.
  • Boshqa-boshqa tuxum hujayralarning urug’lanishi natijasida esa egizaklar tug’iladi.

Bitta urug’lantirilgan tuxum hujayraning noto’liq ajralishidan «siam egizaklari» tug’iladi.

Statistikaga ko’ra, egizaklar tug’ilishi ehtimoli 1:85 ni tashkil etadi. Ota-onaning avolida egizaklar bo’lgan bo’lsa, bu ehtimollik ortadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlanadigan egizaklar tug’ilishiga ta’sir ko’rsatish deyarli imkonsiz, biroq ayolda bir nechta tuxum hujayra yetilishiga hissa qo’shish mumkin. Xo’sh, egiz farzand ko’rish uchun nima qilish kerak?

Egizaklarga homilador bo’lishning ilmiy yo’llari

Kafolatlangan bo’lmasa-da, shifokorlar egizaklar ko’rish uchun ba’zi ilmiy maslahatlar beradi. Shu bilan birga, bu ayol organizmi uchun xalq tabobati usullari kabi darajada xavfsiz emas.

«Ikkitalik» urug’lantirish uchun oral kontraseptivlarga murojaat qilish mumkin. Ularni uzoq muddat qabul qilib, keskin to’xtatishga organizm kuchli gormonal «chaqnash» bilan javob qaytaradi. Natijada, kontraseptiv tabletkalar qabul qilishni bekor qilgandan keyin birinchi siklda ayolda bir vaqtning o’zida bir nechta tuxum hujayra yetilishi mumkin. Buning uchun kontratseptivlarni qabul qilish uchun eng optimal vaqt 6-9 oyni tashkil qiladi.

Biroq, teskari ta’sir kuzatilishi ham mumkin: ayrim ayollarda tuxumdonlar kontratseptivlar qabulini bekor qilgandan so’ng «uyg’onish» darhol sodir bo’lmaydi, shuning uchun birinchi sikllarda ovulyatsiya umuman sodir bo’lmasligi ham mumkin.

Shunday qilib, tezda egizaklarga homilador bo’lish mumkinmi? Aksariyat juftlik rozi bo’lmaydigan yana bir ishonchliroq usul mavjud. Bu ekstrakorporal urug’lantirish yoxud EKU sanaladi. Homiladorlikka tayyorgalik vaqtida ayol ko’p miqdorda gormonlar qabul qiladi, buning natijasida bir vaqtning o’zida ko’plab tuxum hujayralar yetiladi.

Tuxum hujayrala ona organizmidan ajratib olinadi va suniy urug’lantiriladi, so’ng embrionlar bachadonga joylashtiriladi. Agar ular o’rnashib ketsa va normal rivojlansa, 9 oydan keyin ayollar bir vaqtning o’zida ikki yoki hatto uchta farzandning onasi bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Egizak ko’rishga yordam beradigan xalqona vositalar

Ikkita tuxum hujayra yetilishi ehtimolini oshirishning eng oson va xavfsiz usuli — taomnomani qayta ko’rib chiqish sanaladi. Ko’proq oqsil iste’mol qilish 9 oydan keyin bir yo’la bir nechta farzandli bolish ehtimolini oshiradi. Go’sht, baliq va sut va sut mahsulotlariga afzallik berish kerak.

Dioskoreya nomli o’simlik qabuli ham tuxumdonlar faoliyatini rag’batlantiradi va onada ikki, hatto uchta tuxum hujayra yetilishiga hissa qo’shadi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.