Press "Enter" to skip to content

O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2021-yil sentabr oyida ushbu mayda zarrachalar uchun havo sifati bo‘yicha ko‘rsatmani har kubometr havo uchun 5 mikrogramgacha pasaytirdi.

Eng toza havoga ega davlat ma’lum qilindi

AQShning atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi prezident Donald Trampning “Amerika dunyodagi eng toza havoga egaligi” haqidagi so‘zlari xatoligini ma’lum qildi. Agentlik vakillarining fikricha, Tramp xato qilib, o‘z tviti uchun havoda og‘ir zarralar miqdori haqidagi ma’lumotlarni qo‘llagan.

Foto: twetter\Donald Trump

Olimlarning ta’kidlashicha, AQSh xaritada oq rang bilan belgilangani sababli u yerda havo toza bo‘la olmaydi. Ekologlarning ta’kidlashicha, dunyo xaritasida Rossiya va boshqa davlatlar ham shunday rangda belgilangan.

Olimlar dunyodagi eng toza havoga Yangi Zelandiya egaligini aniqlashgan. Yirik ishlab chiqarishlarning shaharlar tashqarisiga olib chiqilishi, ekologik me’yorlarga qat’iy amal qilish Yangi Zelandiya hukumatiga ekologiya va hududning tozaligi bilan bog‘liq bir necha muammoni hal qilishga imkon bergan.

Shu bilan birga eng ekologik toza va yashash uchun yaroqli yirik shaharlarga ega davlat nomini Shvetsiya o‘zida saqlab turibdi. Olimlarning fikricha, skandinavlar chiqindilarni utillashtirish, oqova suvlarni filtrlash va boshqa ko‘plab ekologik masalalarda hammadan ilgarilab ketishgan.

O‘zbekiston dunyoning 15 ta eng havosi ifloslangan mamlakatlari ro‘yxatiga kiritildi

Biz nafas olayotgan havo nafas olish tizimini shikastlash xususiyatiga ega barcha turdagi mayda qattiq yoki suyuq aerozollarni o‘z ichiga oladi. Ammo sog‘liq uchun eng katta global xavf sanoat faoliyati natijasida chiqadigan tutun bug‘laridir.

Mikroskopik ifloslantiruvchi moddalar tananing eng chuqur hududlariga kirib boradi va astma, insult, yurak va o‘pka kasalliklariga olib keladi. Bu moddalar bolalarda miya rivojlanishiga ham xalaqit berishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2021-yil sentabr oyida ushbu mayda zarrachalar uchun havo sifati bo‘yicha ko‘rsatmani har kubometr havo uchun 5 mikrogramgacha pasaytirdi.

Yaqinda 118 mamlakatning 6475 shahridagi havo ifloslanishi monitoringi ma’lumotlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bu joylarning 97 foizi JSSTning sog‘lom havo bo‘yicha yangi PM2,5 yo‘riqnomasiga mos kelmaydi.

Dunyodagi havo eng ifloslangan 25 mamlakatni aniqlash uchun PM2,5 yillik o‘rtacha konsentratsiyalari bo‘yicha har bir kubometr uchun mikrogramlarda (mkg/m3) ko‘rsatilgan.

25 ta mamlakat orasida Markaziy Osiyodan 4 ta davlat joy olgan. Qozog‘iston 23-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Tojikiston va Qirg‘iziston mos ravishda 4- va 7-pog‘onani band qilgan.

O‘zbekiston 12-o‘rinni egalladi. Mamlakatda PM2,5 konsentratsiyasi 42,8 mkg/m³ ga teng.

Havo sifati yomonlashishiga chang bo‘ronlari, chiqindilarni yoqish, tog‘-kon, neft-gaz sanoati va avtomobillar chiqindilari sabab bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent, Farg‘ona va Olmaliq shaharlari havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan shaharlardir.

Dunyodagi havo ifloslanishi eng yuqori davlat Bangladesh bo‘ldi. Shaharlarning kengayishi, qurilish, ifloslanishni yumshatish bo‘yicha markazlashtirilgan boshqaruvning yo‘qligi Bangladeshdagi havo sifati inqirozining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

2021-yilgi Jahon havo sifati indeksi hisobotiga ko‘ra, mamlakat havosining ifloslanishi o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foizga oshgani taxmin qilinmoqda. Bangladeshda 2020-yilgi ma’lumotga ko‘ra, 165 mln aholi istiqomat qiladi va PM2,5 konsentratsiyasi — 76,9 mkg/m³.

  1. Bangladesh — 77,1 mkg/m³
  2. Chad — 75,9 mkg/m³
  3. Pokiston — 66,8 mkg/m³
  4. Tojikiston — 59,4 mkg/m³
  5. Hindiston — 58,1 mkg/m³
  6. Ummon — 53,9 mkg/m³
  7. Qirg‘iziston — 50,8 mkg/m³
  8. Bahrayn — 49,8 mkg/m³
  9. Iroq— 49,7 mkg/m³
  10. Nepal — 46 mkg/m³

Dunyodagi eng havosi iflos davlat

Bangladesh dunyodagi eng ifloslangan mamlakat bo’lib, uning Dakka shahri dunyodagi eng iflos shaharlardan biri. Havo ifloslanishning eng katta manbai bu million kishi ishlaydigan va har yili 23 mlrd g’isht yaratadigan g’isht ishlab chiqarish sanoati. G’isht ishlab chiqarishda pechlarda o’tin va ko’mirni yoqib yuboradi va ko’p miqdordagi tutun va chang hosil qiladi.

G’ishtga bo’lgan talabning oshishi tufayli g’isht ishlab chiqarish sanoati faqat o’smoqda, bu esa havoning ifloslanishiga olib keladi. «Meni, mebellarim tozalanganidan keyin, bir necha soat ichida chang zarralari qatlami bilan qoplanadi» — dedi Shimoliy Dakada yashovchi inson — va «meni o’pkamda changning qancha qismi cho’kkani tashvishlantiradi»

Toza havo va musaffo osmonga shukur qilish kerak

Oxshash xabarlar:

  • Eng iflos daryo
  • Dunyo eng havosi ifloslangan shaharlar reytingi
  • Havosi eng ko’p ifloslangan shaharlar
  • Dunyodagi eng yirik davlat neft kompaniyalari reytingi
  • Dunyodagi eng qimmat davlat raqamining narxi qancha?
  • Dunyodagi transport vositalari davlat raqamlari toʼgʼrisida…
  • Dunyodagi kumush qazib oluvchi 20 ta yirik davlat reytingi.
  • Dunyo boʻyicha ayni damda yashash uchun eng qulay (eng zoʻr)…
  • 2020-yil uchun dunyodagi eng nufuzli (eng ta’siri katta)…
  • ‍Dunyodagi eng uzun va eng baland shisha ko‘prik.
  • Eng ko’p davlat gaplashadigan tillar
  • O’zbekistondagi eng zamonaviy davlat maktabi qayerda…
  • Dunyoda eng kam korrupsiya holatlari uchrovchi 10ta davlat
  • Dunyo boʻyicha eng koʻp jinoyat sodir boʻluvchi 10ta davlat
  • Dunyoda odamlari eng takabbur 10ta davlat

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.