Press "Enter" to skip to content

Yaponiyalik olimlar eng baland teleminoraga atom soatini joylab, Eynshteyn haq ekanini yana bir karra isbotladi

Shunga qaramay, olimlar hozirgacha ham nisbiylik nazariyasi ustida ko‘plab yangi-yangi tekshirishlarni o‘tkazishda davom etmoqda va bundan muddao, odatda, uning yangicha, avval ma’lum bo‘lmagan jihatlarini ochish va muayyan amaliy masalalarning yechimini topishga ham qaratilgan bo‘ladi. Xususan, Katori boshchiligidagi yapon olimlari nisbiylik nazariyasining mazkur xulosasidan, ya’ni vaqtning turli gravitatsiya muhitida turlicha kechishi faktidan yer qa’ridagi eng nozik siljishlarni ham qayd etish hamda turli obyektlarning balandligini favqulodda o‘ta katta aniqlikda o‘lchash ishlari uchun foydalanmoqchi.

Ulug’bek Toshkandiy

Dunyodagi eng baland Teleminoralarning TOP-10 talik reytingi bilan tanishing.

12-o’rin: Toshkent Teleminorasi: (Toshkent,O’ZBEKISTON) – (375 Metr/1985-yil)

* * * * * * * * * * * * * * *
10-o’rin: Zhongyuan Tower (Chenjou,XITOY) – (388 Metr/2011-Yil)
(foto: farm6.staticflickr.com)

9-o’rin: Pekin markaziy Teleminorasi (Pekin,XITOY) – (405 Metr/1992-yil)
(foto: ru.wikipedia.org)

8-o’rin: Tianzin Minorasi (Tianzin,XITOY) – (415.2 Metr/1991-yil)

(foto: www.sky-towers.ru)

7-o’rin: Manara (Kuala Lumpur,MALAYZIYA) – (421 Metr/1994-Yil)
(foto: en.wikipedia.org)

6-o’rin: Milodiy Minora (Tehron,ERON) – (435 Metr/2007-yil)
(foto: ic.pics.livejournal.com)

5-o’rin: Sharq Gavhari (Shanhay,XITOY) – (468 Metr/1994-yil)
(foto: ru.wikipedia.org)
4-o’rin: Ostankino (Moskva,ROSSIYA) – (540 Metr/1967-yil)
(foto: ru.wikipedia.org)
3-o’rin: CN Tower (Toronto,KANADA) – (553,3 Metr/1976-yil)
(foto: ru.wikipedia.org)
2-o’rin: Canton Tower (Guanjou,XITOY) – (600 Metr/2009-Yil)
(foto: ru.wikipedia.org)
1-o’rin: Tokyo Skytree (Tokio,YAPONIYA) – (634 Metr/2012-Yil)
(foto: www.obayashi.co.jp)

Ma’lumot o’rnida: 324 Metrlik Eyfel minorasi Dunyoda balandligi bo’yicha 28-o’rinni band etgan bo’lsa.
Qo’shnimiz Qozog’istonning Olma-Ota shahridagi Teleminora dunyo reytingida 14-o’tinni band etgan (371,5 Metr)
Yana bir qiziqarli ma’lumot shundakiy,Osmon o’par binolari bilan nom taratgan AQSH dagi birontaham teleminora Dunyoda balandligi bo’yicha TOP-15 talikda yo’q.

Xudoyberganov Ulug’bek (Bek_Uzbekistan)

  • Получить ссылку
  • Facebook
  • Twitter
  • Pinterest
  • Электронная почта
  • Другие приложения

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения

Dunyodagi eng baland Binolar (TOP-10 / +foto)

Dunyoda balandligi bo’yicha TOP-10 talikka kiruvchi binolar. Marhamat. 10-o’rin: “Willis Tower” (Chikago,A.Q.SH) – (442 Metr/1973-yil) (foto: www.livejournal.com) 9-o’rin: “Zisifen” Savdo markazi (Nankin,Xitoy) – (450 Metr/2010-yil) (foto: www.pinterest.com) 8-o’rin: “Petronas” binosi (Kuala-Lumpur,Malayziya) – (452 Metr/1998-yil) (foto: www.desktopbackgrounds.me) 7-o’rin: Xalqaro Tijorat Markazi (Gon-Kong,Xitoy) – (484 Metr/2010-yil) (foto: www.panoramio.com) 6-o’rin: Butunjahon Moliya markazi (Shanhay,Xitoy) – (492 Metr/2008-yil) (foto: ru.wikipedia.org) 5-o’rin: “Taypey 101” (Tayvan,Xitoy) – (509 Metr/2001-yil) (foto: www.taipei-101.com.tw) 4-o’rin: Butunjahon savdo markazi (Nyu-York,A.Q.SH) – (541.3 Metr/2014-yil) (foto: onewtc.com) 3-o’rin: “Abraj Al Bait” (Makka,Saudiya-Arabistoni) – (601 Metr/2012-yil) (foto: www.hdwallpapersos.com) 2-o’rin: S

Kosem serialida o’ynagan aktyor-aktrissalarning instagramdigi sahifalari

foto: trendbintang.blogspot.com Ko’sem (yoshi) – instagram.com/anastasia_tsilimpiou Ko’sem (o’rtadigisi)) – instagram.com/berenn_saat Ko’sem (qarisi) – instagram.com/nurgulyesilcayy Sulton Ahmed (Kosemmi eri) – instagram.com/ekocoffcial Handon Sulton (Ahmeddi onasi / Volida Sulton) – instagram.com/ozentulin Safiya Sulton – instagram.com/hulyavsr İskandar (Shahzoda Yahyo) – instagram.com/berkcankat Humoshoh Sulton (Sofiyani kotta qizi) – instagram.com/atasevervildan Fahriya Sulton (Sofiyani kichkina qizi) – instagram.com/gulcanarslann Halima Sulton (Mustafo bilan Dilraboni onasi) – instagram.com/gurbuzasli Sulton Mustafo (Yigit bo’gani) – instagram.com/borankuzum Sulton Mustafo (Yoshligi) – instagram.com/alihanturkdemir.official Dilrabo Sulton (Kotta bo’gani) – instagram.com/karameeel Dilrabo Sulton (Yoshligi) – instagram.com/melisailaydaozcanikk Mahfiruz Sultan (Kosemmi kundoshi, Usmonni radnoy onasi) – instagram.com/dilar

Yaponiyalik olimlar eng baland teleminoraga atom soatini joylab, Eynshteyn haq ekanini yana bir karra isbotladi

Yapon olimlari yer yuzidagi eng baland teleminoraga o‘ta aniq atom soatini joylashtirish orqali Albert Eynshteyn haq ekanini yana bir karra isbotladi. Nature Photonics jurnali esa tajriba va uning xulosalari haqida e’lon qildi.

Foto: Google Photos

Nisbiylik nazariyasining navbatdagi eksperimental isboti o‘laroq yakunlangan tajribani olimlar yer yuzidagi hozirgi paytda mavjud eng baland teleminora bo‘lmish Tokyo Skytree minorasining pastki va yuqori qavatlariga atom soatlarini o‘rnatish orqali o‘tkazdi.

Eksperimentga Tokio universiteti professori Xidetoshi Katori rahbarlik qildi. Uning aytishicha, ular qo‘llagan atom soatini nafaqat Eynshteynning nisbiylik nazariyasini tekshirish uchun, balki zamon va makon uyg‘unligi strukturasini o‘ta aniqlikda o‘lchash ishlari uchun ham qo‘llash mumkin bo‘lar ekan. Olimning qayd etishicha, tajriba yer qa’ri qatlamlarining faol vulqonlar atrofidagi yoki seysmik xatarli hududlardagi “shishib” qolishini kuzatishda qo‘l keladi.

Eynshteynning nisbiylik nazariyasi taqdim etadigan xulosalardan biri shuki, turlicha kuchga ega gravitatsiya maydonlari ta’sirida vaqt ham turlicha kechadi. Gravitatsiya qancha kuchli bo‘lsa, vaqt ham shuncha “cho‘ziq” bo‘lib boradi. Shu sababli, masalan, qora tuynuklarning hodisalar gorizonti tevaragida vaqtning o‘tishi deyarli butunlay to‘xtaydi.

So‘nggi 50 yil mobaynida astronomlar va fiziklar olis koinotda joylashgan obyektlarni kuzatish va yer orbitasidagi eksperimentlar orqali nisbiylik nazariyasining mazkur xulosasini bir necha marotaba qayta-qayta tekshirib tasdiqlagan va unga hozirda hech kimda shubha qolmagan. Haqiqatan ham gravitatsiya vaqtning o‘tishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Shunga qaramay, olimlar hozirgacha ham nisbiylik nazariyasi ustida ko‘plab yangi-yangi tekshirishlarni o‘tkazishda davom etmoqda va bundan muddao, odatda, uning yangicha, avval ma’lum bo‘lmagan jihatlarini ochish va muayyan amaliy masalalarning yechimini topishga ham qaratilgan bo‘ladi. Xususan, Katori boshchiligidagi yapon olimlari nisbiylik nazariyasining mazkur xulosasidan, ya’ni vaqtning turli gravitatsiya muhitida turlicha kechishi faktidan yer qa’ridagi eng nozik siljishlarni ham qayd etish hamda turli obyektlarning balandligini favqulodda o‘ta katta aniqlikda o‘lchash ishlari uchun foydalanmoqchi.

Buning uchun ular o‘ta katta aniqlikka ega bo‘lgan portativ atom soati yasadi. Uni istalgan joyga o‘rnatish imkoni bo‘ladigan qilib konstruksiyalashdi. Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur atom soati turli osmono‘par inshootlar va boshqa tabiiy obyektlarning balandligini har bir santimetrigacha aniqlikda o‘lchash imkonini beradi. Atom soatining aniqligi shu darajada ekanki, u 30 milliard yilda atiga bir soniyaga orqada qolib, xatolik qilishi mumkin!

Atom soatini amalda tekshirib ko‘rish uchun Katori guruhi Tokiodagi eng baland imorat va dunyodagi eng baland teleminora bo‘lmish Tokyo Skytree (Tokio osmon daraxti) ustiga chiqib tajriba o‘tkazdi. Ushbu minora balandligi 634 metrni tashkil qiladi.

Olimlar atom soatining bittasini teleminoraning birinchi qavatiga o‘rnatdi, yana birini esa 450 metr yuqoridagi kuzatuv maydonchasiga joylashtirdi. Shu orqali ular bu balandlikda vaqt o‘tishi gravitatsiya tufayli qanchaga ildamlashini aniqladi. Katorining aytishicha, bu o‘lchashlardagi o‘ta aniqlik darajasi avval sun’iy yo‘ldoshlar vositasida qilingan shu singari eksperimentlardagi o‘lchash aniqligidan kam bo‘lmaydi.

Soat ko‘rsatkichi shunga ishora berganki, birinchi qavatda qoldirilgan atom soati 450 metr balanddagi atom soatidan bir sutkada 4,3 nanosoniyaga ortda qolgan (nanosoniya — bu soniyaning milliarddan biri). Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday tafovut bilan yillik vaqt farqi bu ikki balandlik orasida 1,6 mikrosoniyaga teng bo‘ladi (mikrosoniya — soniyaning milliondan biri).

Shundan kelib chiqib, eksperiment mualliflari teleminora birinchi qavatida qoldirilgan atom soati aynan pastda gravitatsiya kuchliroq ekani tufayli sekinroq yuryapti degan xulosaga keldi. Bu esa Eynshteynning haq ekanini yana bir karra isbotladi. Kelajakda bu ilmiy guruh yanada balandroq oraliq masofalar bilan tajriba qilib ko‘rmoqchi.

Muzaffar Qosimov tayyorladi.

Dunyodagi eng baland teleminora.

Bu nom 610 m balandlikdagi Xitoyning Guanchjou teleminorasiga berildi.Bu minora loyihasi va qurilishi ustidagi ishlar taxminan 5 yil davom etdi.

Oxshash xabarlar:

  • ‍Dunyodagi eng uzun va eng baland shisha ko‘prik.
  • Dunyodagi eng baland tog’ cho’qqilari reytingi
  • Dunyodagi eng baland binolar
  • Dunyodagi eng baland restoran
  • Dunyodagi eng baland favvora (фонтан)
  • Dunyodagi eng bo’yi baland ayollar reytingi.
  • Dunyodagi eng baland bayroq
  • Dunyodagi eng baland sharsharalar reytingi.
  • Dunyodagi eng baland osmono’par binolar reytingi.
  • Dunyodagi eng baland atraksion charxpalak
  • Dunyodagi eng qadri baland valyuta qaysi?
  • Eng reytingi baland kasblar oʻntaligi
  • 29-may Yerning eng baland cho‘qqisi Jomolungma zabt etilgan…
  • Hamma davlatning eng baland nuqtalari reytingi (metrda)
  • Eng baland tog’lar

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.