Press "Enter" to skip to content

Birjada Ai-80 benzinining narxi tushdi

Blumberg agentligining mutaxassislari benzinning narxi jahonda nisbatan pastroq tutib turilganini, biroq aholi cho‘ntagiga mos kelishi bir qator boshqa omillarga bog‘liq ekanligini xabar qilmoqda. Tadqiqot mobaynida joriy yilning uchinchi choragida jahonning 61 mamlakatidagi AI-95 benzin narxi o‘rganib chiqildi.

Dunyodagi eng arzon benzin?

Dunyo bo’ylab benzinning o’rtacha narxi litri uchun 1,22$ ni tashkil qiladi. Biroq, bu narx mamlakatlar o’rtasida sezilarli farq qiladi. Boy mamlakatlarda narxlar yuqori, qashshoq mamlakatlarda va neft ishlab chiqaradigan va eksport qiluvchi mamlakatlarda narxlar sezilarli darajada past bo’ladi. Mamlakatlar bo‘yicha narxlardagi farqlar benzinga turli soliqlar va subsidiyalar bilan bog‘liq.

Dunyodagi eng arzon benzin Venesuelada bir litr benzin narxi 2 sentni tashkil qiladi. Bizda esa bir litr benzin o’rtacha 0.92 dollor!
Benzin narxlari davlatlarda.
– Eronda 0.05$
– Turkmanistonda 0.42$
– Qozog’istonda 0.46$
– Fransiyada 1.93$

Oxshash xabarlar:

  • Dunyodagi eng arzon benzin narxi qancha?
  • Dunyodagi eng qimmat benzin narxi qancha?
  • Dunyodagi eng arzon mashinalarining narxi qancha?
  • Dunyodagi eng arzon telefon necha pul?
  • Dunyodagi eng arzon avtomobil necha pul?
  • Dunyodagi eng arzon smartfonning narxi qancha?
  • Dunyodagi eng arzon shaharlar reytingi.
  • Dunyodagi eng arzon elektrokar narxi qancha?
  • Saudiya Arabistonida benzin narxi qancha?
  • Hozirgi paytda chet davlatlarda benzin narxlari qanday?
  • Qanday qilib benzin toza yoki unga kerosin qo’shilganligini…
  • Dunyo mamlakatlarida benzin narxi qancha?
  • O’zbekistonda eng qimmat va eng arzon osh
  • O’zbekiston bozorlarida eng qimmat va eng arzon o’simlik…
  • Singapurdagi 5 ta eng arzon va sifatli universitetlar

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Birjada Ai-80 benzinining narxi tushdi

Iyul oyining so‘nggi haftasida Ai-80 benzinining ulgurji narxi 9,8 foizga pasaydi. Bu haqda tovar-xomashyo birjasi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

25-iyul kuni yonilg‘ining bir tonnasi qariyb 8,54 million so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 29-iyul kuni unga 7,699 million so‘mdan taklif qilindi. Bir litrning birja narxi yil boshidagi darajaga tushdi — 5,7 ming so‘m.

Ulgurji sotuvda Ai-91 benzini narxi ham tushdi. Bu turdagi benzinning hafta boshida bir tonnasi 15,95 million so‘mga baholangan bo‘lsa, yakunda 14,54 million so‘mga yoki 8,8 foizga arzonlashdi.

Birjada dizel yoqilg‘isi o‘rtacha 0,7 foizga oshib, 16,4 million so‘m bo‘lmoqada.

Avvalroq O‘zbekistonda va boshqa davlatlarda o‘rtacha oylikka qancha benzin sotib olish mumkinligi ma’lum qilingan edi .

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 275 dollar, 1 litr benzinning narxi esa 0,95 dollar. Ushbu oylikka 290 litr benzin sotib olish mumkin.

2022-yil iyun oyida eng arzon benzin Jazoir (0,31 dollar), Kuvayt (0,34 dollar) va Eronda (0,35 dollar) qayd etilgan. Gonkong esa eng yuqori narx — 1 litr benzin uchun 3 dollar.

Benzin narxining o‘rtacha ish haqiga nisbati bo‘yicha jahon reytingida Fors ko‘rfazi mamlakatlari yetakchi o‘rinlarni egallashda davom etmoqda: Qatar (5 968 litr), Kuvayt (5 578 litr) va Saudiya Arabistoni (4 372 litr).

Reytingda oxirgi o‘rinni Kuba egallab turibdi, u yerda o‘rtacha ish haqiga atigi 27 litr benzin olish mumkin.

Eng arzon benzin qaysi mamlakatda sotiladi?

Benzin uchun eng kam to‘laydigan venesuelaliklar, eng ko‘p to‘laydigan gongkongliklar bo‘lib chiqdi.

Blumberg agentligining mutaxassislari benzinning narxi jahonda nisbatan pastroq tutib turilganini, biroq aholi cho‘ntagiga mos kelishi bir qator boshqa omillarga bog‘liq ekanligini xabar qilmoqda. Tadqiqot mobaynida joriy yilning uchinchi choragida jahonning 61 mamlakatidagi AI-95 benzin narxi o‘rganib chiqildi.

Benzin uchun eng kam xarajat qiluvchi Venesuela aholisi bir litrini 0,01 dollardan oladi. Albatta, bunda davlat subsidiyalarini hisobga olish lozim, aks holda bunday narxni tutib turishning o‘zi ilojsiz. Shu bois mahalliy yoqilg‘i quyish shoxobchalarida tanqislik yuzaga kelib turadi. Ro‘yxatning ikkinchi qatoridagi Saudiya Arabistonida benzin narxi Venesueladagidan 24 barobar ortiqdir! Ya’ni arablar benzin uchun 0,24 dollardan to‘lashadi. Eronda esa benzin 0,34 dollar turadi. Forslar bu ro‘yxatda uchinchi o‘rinni band qildi.

Neft qazib chiqarish bo‘yicha ilg‘orlardanligiga qaramasdan Rossiya 8-qatorda – 0,59 dollar. Bu Indoneziyadagi yonilg‘i narxi bilan barobar. Shuningdek, benzin Quvaytda 0,35$, Malayziyada 0,41$, BAAda 0,45$, Nigeriyada 0,46$ turishini ro‘yxatdan bilib olish mumkin. Benzin uchun eng ko‘p pul sanaydigan Gongkongda uning bir litri 1,87 dollar. Bundan tashqari, Norvegiya (1,78$) va Niderlandiya(1,68$) fuqarolari ham benzin arzonligi bilan g‘ururlana olmaydi.

Benzinning nominal narxi bu hali hammasi degani emas. Aholining xarid qobiliyatini ham hisobga olish zarur. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Venesuela, AQSh va Saudiya Arabistoni fuqarolari kundalik o‘rtacha daromadining 0,23-0,43 foizini benzinga sarflashi mumkin ekan. Eng hammabop yonilg‘i aynan shu mamlakatlarda mavjuddir. Aksincha, hindistonlik (kundalik daromadining 21,21 foizi), pokistonlik (15,34%) va filippinliklarning (10,26%) cho‘ntagi benzinni ko‘taravermaydi. O‘rtahol rossiyalik bir kunlik daromadining 2,31 foizini benzinga sarflashi mumkin.

Yana bir qiziq ko‘rsatkich. Venesuelalik haydovchi maoshining 0,29 foizini sarflab bir yilda 454,53 litr benzin xarid qiladi. Bu dunyo miqyosida benzinga eng kam xarajatdir. Xitoylik va gongkongliklar daromadidan 0,43 va 0,46 foizini benzinga ajratadi.

Benzin eng arzon narxda sotiladigan mamlakatlar

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.