Press "Enter" to skip to content

Dunyodagi barcha saytlarning ma’lumotlari

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p kiriluvchi 15 sayt nomi ma’lum qilindi

Alexa dunyodagi eng qadimiy va nufuzli tahlil kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ekspertlari sutkalik o‘rtacha auditoriya hamda sahifalarning so‘nggi uch oydagi ko‘rilishidan kelib chiqib, saytlarni baholaydi. Reyting tuzishdan avval butun dunyo bo‘ylab 30 million resurs ma’lumotlari tahlil qilib chiqiladi. Hi-tech-mail.ru nashri Alexa reytingi haqida ma’lumot berdi.

Manbaga ko‘ra, bugungi kunda eng ko‘p kiriladigan sayt – Google.com.

Uning hind versiyasi – yettinchi pog‘onada, yapon versiyasi esa – o‘n birinchi o‘rinda. Darvoqe, Xitoyning Baidu qidiruv sayti mazkur ro‘yxatning to‘rtinchi, Wikipedia erkin ensiklopediyasi esa – beshinchi o‘rnidan joy oldi.

Quyida eng ko‘p kiriladigan saytlarning umumiy reytingi taqdim etiladi:

1. Google.com
2. Youtube.com
3. Facebook.com
4. Baidu.com
5. Wikipedia.org
6. Yahoo.com
7. Google.co.in
8. Twitter.com
9. Amazon.com
10. Qq.com
11. Google.co.jp
12. Live.com
13. Taobao.com
14. Vk.com
15. Instagram.com

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i Alexa reytingida avval 21-o‘rinda qayd etilgandi, endilikda u yetti pog‘onaga ko‘tarildi va ro‘yxatning 14-o‘rnidan joy oldi.

Dunyodagi barcha saytlarning ma’lumotlari

Dunyodagi barcha saytlarning ma’lumotlari hamda ularning kodlarini ko’rish uchun sayt. Hattoki saytning IP si va saytni kim yaratganicha bilasiz.

Oxshash xabarlar:

  • Web-saytlarning oldingi vaqtlardagi dizaynlari
  • Ob-havo ma‘lumotlari real vaqtda
  • «Omikron» shtammi haqida JSST ma’lumotlari.
  • 2020-yil barcha sinflarning imtihon biletlari
  • Barcha fanlardan attestatsiya 2020 savollari
  • BBC: barcha davrlarning yang yaxshi 200 ta romani
  • Xorijga chiqish pasportlari haqidagi barcha maʼlumotlar
  • SAMYUNWAN HAQIDA BARCHA SIRLAR OSHKOR BO’LDI
  • QIZLIK PARDASI HAQIDA. BARCHA SAVOLLARGA JAVOBLAR
  • Piyoz yetishtirishga oid barcha maʼlumotlar
  • Oylik Internet paketlar barcha kampaniyalar
  • UMS’ning barcha USSD-kodlari
  • Barcha formatlarni o’zgartirish
  • Sayyoradagi barcha shamollar harakati
  • Dunyoning barcha soʼzlari

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Hammaga kerak bo‘luvchi eng foydali 20 ta sayt bilan tanishamiz

Albatta, foydali va ommabop saytlar ham talaygina va ularni bilib qo‘yish hech qachon zarar qilmaydi. Quyida sizga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng kerakli 20 ta sayt bilan tanishamiz.

Agar xalqaro talaba bo‘lsangiz va kollej/universitetingiz yaqinidan hamyonbop turar-joy qidirayotgan bo‘lsangiz, ushbu sayt sizga qo‘l keladi. Saytda yuzlab shaharlardagi turar-joylarni topish mumkin. Saytdan foydalanish butunlay tekin.

Ko‘plab boshqa ma’lumotlar bilan birga ushbu sayt inson anatomiyasini interaktiv usulda o‘rganish imkonini beradi. Inson tanasining turli tizim va qismlarini oson o‘rganish niyatida bo‘lsangiz, saytga tashrif buyuring. Inner Body, shuningdek, tibbiy sinovlar, tibbiy mahsulotlar va tele-meditsina kabilarni ham taklif qiladi.

Ushbu sayt sizga orqa fonsiz yuqori sifatli PNG rasmlarni taqdim etadi. Broshyura, banner, vebsayt va h.k. larda ishlatishingiz mumkin bo‘lgan millionlab PNG rasmlarni aynan shu yerdan topasiz. Saytda hech qanday cheklov mavjud emas, registratsiya talab qilinmaydi.

4. Pixlr

Pixlr yordamida Photoshop yoki GIMP kabi dasturlarsiz, brauzeringizning o‘zidan turib rasmlarni tahrirlashingiz mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanish oson. Agar qo‘shimcha funksiyalarga murojaat qilmasangiz, saytdan tekin foydalanasiz. Hech qanday murakkab asboblarsiz, Pixlr’dan istalgan brauzer va qurilmada foydalanish mumkin.

Ko‘plab oddiy foydalanuvchilar uchun Shutterstock singari saytlar qimmatlik qiladi. Pixabay esa bunga muqobil bo‘la oladi. Saytda ikki milliondan ortiq royalti-fri (mualliflik gonorari to‘lanmaydigan) rasmlar, illustratsiyalar, videolar va vektor grafikalar bor. Ularni tekinga yuklash mumkin.

Elementar dizayn bilan shug‘ullanuvchilar yoki biror loyiha uchun tekin stok foto qidirayotganlarga Pixabay qo‘l keladi.

Privnote yordamida o‘qilganidan keyin o‘chib ketuvchi qaydlar jo‘natish mumkin. Bu kimgadir maxfiy ma’lumot jo‘natayotganingizda qo‘l keladi.

Saytda bir qator funksiyalar mavjud bo‘lib, xabar qachon o‘chib ketishini belgilashingiz, qo‘shimcha himoya uchun xatga parol qo‘yishingiz va xat yo‘q qilinganidan keyin elektron pochta orqali xabar berilishini belgilab qo‘yishingiz mumkin.

Sayohat qilayotganda pul tejashni kim ham xohlamaydi? Reys bron qilayotganingizda bu sayt qo‘l keladi, chunki u sizga qator kriteriyalarga asosan eng arzon chiptalarni ko‘rsatib beradi. Ushbu usul har bir aviakompaniya saytiga alohida-alohida kirib chiqishdan ko‘ra ancha vaqtni tejaydi.

Chiptalar bilan birgalikda sayt mehmonxona va avtomobil ijarasi chegirmalarini ham ko‘rsatib beradi.

Agar o‘rtacha uzoq yoki uzoq muddatga uy yoki kvartira ijaraga olmoqchi bo‘lsangiz, mana shu saytni eslab qoling. Spotahome’da uylarga virtual sayohat qilishingiz va ularning HD rasmlarini ko‘rishingiz mumkin.

Ayni damda, saytda Yevropaning ko‘plab shaharlaridagi uylar va kvartiralar ro‘yxati keltirilgan. Agar siz ham qadimiy qit’aga ko‘chib ketayogan yoki uzoq muddatga jo‘nab ketayogan bo‘lsangiz, eslab qoling: Spotahome.

Qaysidir saytga kira olmayapsizmi? Faqat siz kirolmayapsizmi yoki boshqalardayam shu muammomi? Buni bilish uchun Down for Everyone or Just Me saytidan foydalaning. Saytga kirib, muammoli sahifa URL’ini kiriting. Agar bu sayt orqali ham ko‘zlangan sahifa ochilmasa, demak, muammo faqat sizdamas. Saytga, shuningdek, qisqaroq downfor.io manzili orqali ham kirsa bo‘ladi.

Ushbu veb-sayt mamlakat, til, narx, vaqt va h.k. lar borasidagi tanlovingizga asoslanib, sizga mos bakalavr kurslarini topib beradi. Saytda, shuningdek, yangi qo‘shilgan kurslar va eng ommabop yo‘nalishlar ro‘yxati ham bor.

11. Ninite

Yangi Windows kompyuterni sozlayotganda sizga, albatta, Ninite sayti kerak bo‘ladi. Bosh sahifada eng ommabop dasturlar bor. Yuklab olmoqchi bo‘lgan barcha dasturlaringizni tanlab, tugmani bosing. Ninite ularning hammasini o‘rnatib beruvchi faylni qurilmangizga yuklaydi. Agar MacBook ishlatsangiz, macapps.link saytidan foydalaning.

Lucidchart sayti sizga diagramma va jadvallar yaratish imkonini beradi.

Saytdan foydalanib, ma’lumotlarni chiroyli diagrammalarga aylantirish mumkin. Sizdan hech qanday maxsus dasturni o‘rnatish talab qilinmaydi; brauzerning o‘zidan ishlaysiz. Tekin rejada uchtagacha hujjat bilan ishlab, hamkasblar bilan hamkorlik qilish mumkin. Qo‘shimcha funksiyalar kerak bo‘lsa, pullik rejaga o‘tsangiz bo‘ladi.

Eat This Much avtomatik diyeta tuzib beradi. Qancha kaloriya iste’mol qilmoqchi ekaningiz va kuniga necha marta taomlanishni rejalashtirayotganingizni kiriting. Servis sizga diyeta rejasini tuzib beradi. Sayt sizga har hafta qanday meva-sabzavot sotib olishingiz kerakligi haqida email jo‘natib turadi, taomlarni qanday tayyorlash kerakligini o‘rgatadi va ma’lumotlaringizni yangilab boradi.

Kino va teleko‘rsatuvlar ishqibozlariga JustWatch juda qo‘l keladi. Saytning eng foydali funksiyasi qaysi kinoni qayerda ko‘rish mumkinligini aytib berishidir. Sayt, shuningdek, sizga qaysi kinolarni ko‘rish borasida ham tavsiyalar berib boradi.

Video o‘yinlarni oxirgi bosqichgacha o‘ynashga ancha vaqt ketishi mumkin. Qancha vaqt ketishini esa sizga mazkur sayt ko‘rsatib beradi. O‘ynamoqchi bo‘lgan o‘yiningizni HowLongToBeat’da qidiring va o‘yinni tugatish uchun qancha vaqt ketishini bilib oling.

Joriy tarmoq ulanish tezligiga qiziqyapsizmi? Unda, Netflix yaratgan fast.com saytini oching, joriy ulanish tezligini bilib oling. Bu uyali aloqa nuqtalari, uyingiz yoki tekshirmoqchi bo‘lgan boshqa tarmoqlar uchun ishlaydi.

To‘g‘ri, mazkur vazifani bajaradigan boshqa saytlar ham bor, lekin brauzerga fast.com deb yozish har qanday qurilmada oson va sodda.

Jahongashta, talaba, biznesmen bo‘lasizmi — bundan qat’i nazar, ushbu sayt istalgan parvoz ma’lumotlarini kuzatish imkonini beradi. Parvoz raqamini kiritib, real vaqt rejimida samolyot qayerda uchib ketayotganini bilib oling.

Mamlakatlar o‘rtasidagi vaqt tafovutini hisoblab chiqish ko‘pchilik uchun oson emas. Ushbu sayt ayni damda dunyoning yirik shaharlarida soat necha bo‘lganini taqqoslab ko‘rsatadi.

Ushbu onlayn PDF muharriri ortiqcha ilovalarni o‘rnatmasdan turib PDF fayllarni tahrirlash imkonini beradi. Uning yordamida fayllarni annotatsiya qilish va PDF blankalarni to‘ldirish mumkin.

Mazkur veb-sayt bilan chiroyli inforgafikalar, shuningdek, jadval, hisobot va ijtimoiy tarmoq uchun vizual qo‘llanmalar yaratish mumkin. Zamonaviy muharrir yordamida ma’lumotni qiziqarli usulda taqdim etishingiz mumkin bo‘ladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.