Press "Enter" to skip to content

Kimda qancha? Dunyoning eng aholisi ko‘p mamlakatlari

1. Xitoy

Dunyo mamlakatlari aholisinig o’rtacha IQ ko’rsatkichlari:

���� Dunyo mamlakatlari aholisinig o’rtacha IQ ko’rsatkichlari:

1���� Gonkong IQ: 107
2���� Koreya Respublikasi IQ: 106
3���� Yaponiya IQ: 105
4���� Tayvan IQ: 104
5���� Singapur IQ: 103
6���� Avstriya IQ: 102
7���� Germaniya IQ: 102
8���� Italiya IQ: 102
9���� Gollandiya IQ: 102
10���� Shveytsiya IQ: 101

67���� O’zbekiston IQ:87

Oxshash xabarlar:

  • Dunyo mamlakatlari xalqning qo’lidagi boyligi qancha?
  • Dunyo mamlakatlari va O’zbekiston talabalari qancha…
  • Dunyo mamlakatlari eng xavfli mafiyalar:
  • Dunyo mamlakatlari tomonidan harbiy xarajatlar
  • Dunyo mamlakatlaridagi o’rtacha Internet tezligi
  • Dunyo bo‘yicha shifokorlarning oladigan yillik o‘rtacha…
  • Dunyo mamlakatlarida o’rtacha maosh qancha?
  • Jahon mamlakatlari
  • Eng kichik aholi Mamlakatlari
  • Dunyodagi eng qashshoq mamlakatlari reytingi.
  • Dunyoning eng innovatsion mamlakatlari qaysi?
  • Dunyoning va Osiyoning eng boy mamlakatlari haqida
  • Dunyoning eng ifloslangan mamlakatlari (2020-yil)
  • NATO mamlakatlari mudofaaga qancha sarflaydi?
  • Osiyoning eng ko’p turist tashrif buyuradigan mamlakatlari…

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Kimda qancha? Dunyoning eng aholisi ko‘p mamlakatlari

Matematikada bir qo‘shuv usuli bor. Unga ko‘ra, bir soniga birni qo‘shsa, ikki bo‘ladi; ikkiga ikkini qo‘shsa, to‘rt bo‘ladi; to‘rtga to‘rtni qo‘shsa, sakkiz bo‘ladi va shu tarzda raqamlar kattalashgani sayin natija ham kattalashib boraveradi. Agar Yer sharida yashayotgan insonlar sonining oshib borishiga nazar solsangiz, matematikadagi o‘sha qo‘shuv usuliga o‘xshaydi. Ya’ni amaliyotda oldiniga kichik raqamlar bir-biriga qo‘shilganda katta raqamga aylanishi qiyin. Raqamlar biroz kattalashganidan keyin uyog‘iga natija tobora yiriklashib boraveradi. Shu mantiqdan kelib chiqsak, Yer yuzidagi odamlar soni milliardga yetguncha qancha ming yoki yuz minglab yillar o‘tgan. Milliardga yetganidan keyin esa uning 2 milliardga, 4 milliardga, 6 milliardga yetishi uchun juda qisqa muddat kifoya qildi.

Bugungi kunda Yer sharida 7 milliarddan oshiq odam yashamoqda. Shuning qariyb 30 foizi ikkita mamlakat – Xitoy va Hindistonga to‘g‘ri keladi.

Marhamat, quyida aholi soni bo‘yicha birinchi o‘nlik mamlakatlari bilan tanishing.

10. Yaponiya

Foto: Google Photos

Aholi soni: 126 440 000 (2018-yil oktabr holatiga ko‘ra)

Yaponiya aholisi Yer shari umumiy aholisining 1,65 foizini tashkil etadi.

Yaponiya aholisi bir necha yillardan beri passiv pasayishni ko‘rsatmoqda. Ammo mamlakat dunyoning turli davlatlaridan muhojirlarni fuqarolikka qabul qilib, yo‘qotishlar o‘rnini qoplashga urinyapti.

9. Rossiya

Foto: Google Photos

Aholi soni: 146 877 088 (2018-yil yanvar holatiga ko‘ra)

Rossiya aholisi Yer shari umumiy aholisining 1,91 foizini tashkil etadi.

Bir paytlar SSSR aholi soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda edi. 1991-yilda tarqab ketganidan keyin uning eng katta respublikasi bo‘lgan Rossiya pastki o‘rinlarga tushib ketdi.

Buning ustiga, 1991-yildan beri Rossiya aholisi kamayib kelmoqda. Tahlilchilarning xulosalariga ko‘ra, Rossiya yaqin yillarda aholisi eng ko‘p davlatlar o‘ntaligidan chiqib ketadi. Ahvol shu tarzda ketaversa, 2050-yilga borib Rossiya aholisi minimum 120 millionga, maksimum 100 milliongacha kamayadi.

8. Bangladesh

Foto: Google Photos

Aholi soni: 166 009 000 (2019-yil fevral holatiga ko‘ra)

Bangladeshda Yer shari aholisining 2,16 foizi yashaydi.

Bangladesh bir paytlar Pokiston tarkibida bo‘lgan va keyinchalik mustaqil bo‘lgan. Ammo bu mamlakat aholisi eng ko‘p davlatlar ro‘yxatida o‘ntalikda yurishiga xalal bermaydi. Chunki aholisi ko‘p.

7. Nigeriya

Foto: Google Photos

Aholi soni: 188 500 000 (2016-yil oktabr holatiga ko‘ra)

Nigeriyada Yer aholisining 2,45 foizi yashaydi.

Nigeriya aholisi ham tez sur’atlarda o‘smoqda. U Afrika qit’asidagi aholisi eng ko‘p davlat hisoblanadi va yaqin kelajakda eng aholisi ko‘p musulmon davlatiga aylanishi kutilmoqda.

6. Braziliya

Foto: Google Photos

Aholi soni: 210 215 000 (2019-yil fevral holatiga ko‘ra)

Braziliya aholisi Yer aholisining 2,74 foizini tashkil etmoqda.

Braziliya Janubiy Amerikadagi aholisi eng ko‘p davlat. Shuningdek, u g‘arbiy yarim sharda aholi soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

5. Pokiston

Foto: Google Photos

Aholi soni: 212 742 631 (2017-yil may holatiga ko‘ra)

Pokistonda Yer aholisining 2,77 foizi yashaydi.

Pokiston aholisi bir paytlar hozirgidan ancha ko‘p edi. Hindiston Buyuk Britaniya qo‘l ostidan mustaqil bo‘lar ekan, mamlakat ikkiga ajraldi. Hindlar ko‘proq yashaydigan tomoni Hindiston, musulmonlar ko‘proq yashaydigan qismi Pokiston nomini oldi. O‘shanda Bangol sohillarida yashaydigan musulmonlar ham Pokiston tarkibiga kirdi. Keyinchalik quruqlikda o‘zaro chegara yo‘qligi va boshqa sabablar bilan Bangol qo‘ltig‘ida joylashgan Bangladesh Pokistondan ajralib, mustaqil davlat bo‘ldi. Shu tariqa Pokiston o‘zining ancha hududidan va aholisidan ajraldi.

4. Indoneziya

Foto: Google Photos

Aholi soni: 265 015 300 (2018-yil iyul holatiga ko‘ra)

Indoneziya aholisi Yer shari aholisining 3,45 foizini tashkil etadi.

Indoneziya aholi soni haqidagi turli hisobotlarda faqat bir ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda kelyapti. U ham bo‘lsa, mamlakat aholisining aksar qismi islom diniga e’tiqod qiladigan mamlakatlar orasida aholi soni bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.

3. AQSh

Foto: Google Photos

Aholi soni: 328 655 000 (2019-yil fevral holatiga ko‘ra).

AQShda Yer aholisining 4,28 foizi yashaydi.

1991-yili SSSR parchalanib ketguncha AQSh aholi soni bo‘yicha dunyoda Xitoy, Hindiston va SSSRdan keyin 4-o‘rinda edi. SSSR parchalanib ketgach o‘z-o‘zidan AQSh 3-o‘ringa ko‘tarildi. Mamlakat aholisi ancha yillardan beri bir maromda ko‘payib kelmoqda. Ko‘payishning bir qismi tug‘ilish hisobidan bo‘lsa, yana bir qismi AQShga ko‘chib kelayotgan muhojirlar hisobidan bo‘lyapti.

2. Hindiston

Foto: Google Photos

Aholi soni: 1 343 160 000 (2019-yil fevral holatiga ko‘ra)

Hindiston aholisi Yer shari umumiy aholisining 17,5 foizini tashkil etadi.

Xitoy aholisi 1 milliarddan oshganda Hindiston aholisi bor yo‘g‘i 400–500 million atrofida edi. O‘tgan asrning 2-yarmida Xitoy fuqarolariga bittadan ortiq farzand ko‘rishni taqiqlab qo‘ygani uchun aholi o‘sish dinamikasi sekinlagan bo‘lsa, Hindistonda, aksincha, jadallik bilan o‘saverdi va yangi asr boshida Xitoyga qariyb yetib oldi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin yillarda Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoyni quvib o‘tadi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqadi.

1. Xitoy

Foto: Google Photos

Aholi soni: 1 394 470 000 (2019-yil fevral holatiga ko‘ra)

Xitoyda Yer shari aholisining 18,10 foizi yashaydi.

Agar o‘tgan asrning 2-yarmida Xitoyda bittadan oshiq farzand ko‘rish cheklanmaganida, tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Xitoy aholisi bugun 2 milliarddan oshiq bo‘lar edi.

Xitoyda bitta farzandga ruxsat berilishi natijasida mamlakatda bir necha yuz millionli ishga yaroqsiz keksalar armiyasi shakllandi va ishga yaroqli yosh avlod kamayib ketaverdi. Bir kun borib ishchi kuchi yetishmasligi xavfi bilan to‘qnash kelishi mumkinligini inobatga olgan Xitoy hukumati 2016-yil 1-yanvardan xitoyliklarga ikkita farzand ko‘rishga ruxsat berdi.

Qo‘shimcha ma’lumot tariqasida O‘zbekistonga to‘xtalib o‘tamiz.

O‘zbekiston, 2019-yil yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, 33 254 100 aholi bilan dunyo mamlakatlari orasida 44-o‘rinda turibdi.

O‘zbekistonda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrda o‘rtacha 74,1 kishini tashkil etadi.

O‘zbekiston aholisining 50,5 foizi shaharlarda, 49,5 foizi qishloqlarda yashaydi. Andijon viloyati aholi eng zich yashayotgan hudud hisoblanadi. Bu yerda 1 kvadrat kilometrda o‘rtacha 713 kishi yashaydi. Eng aholi tarqoq yashaydigan hudud Navoiy viloyati hisoblanadi. Bu yerda 1 kvadrat kilometrda o‘rtacha 8,8 kishi yashaydi.

G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.