Press "Enter" to skip to content

Farmonbibining shaddod kelini Nigora — 59 yoshda. Taniqli aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning hayoti va ijodi haqida (foto)

Mashhurlik olib kelgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”

Nasiba Abdullayeva Dilorom Egamberdiyeva – Скачать mp3 бесплатно

Для вашего поискового запроса Nasiba Abdullayeva Dilorom Egamberdiyeva мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Nasiba Abdullayeva Dilorom Egamberdiyeva который загружен Иброхим Ахмедов размером 5.09 MB, длительностью 3 мин и 52 сек и битрейтом 192 Kbps.

Обратите внимание:

Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.

Слушают сейчас

Nasiba Abdullayeva Dilorom Egamberdiyeva

Музыка Маша И Медведь Пам Пам

Gordonjohn Money Callin Feat Lazy Boy D

Ночь Ooes Slowed

I Just Threw Out The Love Of My Dreams By Weeze

Заблудился В Ее Глазах Slowed

Роман Бобров My Mother Told Me

Уннв А Ты Целуешь Speed Up

Портвейн Алена Швец

Rhinestone Eyes Tik Tok Remix

Патамушка Speed Up

Ніно Бомбезна Переробка

Devil May Cry 3 Now You Ve Really Crossed The Ilne

Strike Force Heroes Ost

Это Даже Мило Когда Ты Ему Врёшь

Speed Gang 1 900 Speed Up Reverb

Фоновая Музыка На Пасху

I Wanna Be Yours

Portugal The Man Feel It Still Medasin Remix

Скачивают

Uglystephan Ahh Speed Up Nightcore

Запрети Мне Носить Stone Island

Mayot Feat Feduk Море Speed Up

Yad Яд English Version Lyric Video

Кот В Сапогах Fearless Hero На Русском

Betty Official Music Video Curtis Damage

Miyagi Эндшпиль Ft Симптом Люби Меня Текст Песни

Mumiya Beats Born To Bi Number One

Нервы Самый Дорогой Человек Audio

Валентин Стрыкало Я Бь Женщин И Детей

Kovacs Foolish 2018

Morgenstern Ice Sped Up

Overlord Season 3 Op Opening Full Voracity By Myth Roid

Vspak Дорогая Сегодня Загнался Сильнее Обычного Speed Up

1 Часовая Версия Я Боюсь Ножей Мем

Этот Прицел Просто Имба

Devil Eyes Zodivk Bass Boosted

Farmonbibining shaddod kelini Nigora — 59 yoshda. Taniqli aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning hayoti va ijodi haqida (foto)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilorom Egamberdiyeva 25-oktabr kuni muborak 59 yoshga to‘ldi. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Temir xotin”, “Armon” kabi ko‘plab filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan aktrisa har doim yosh va xushbichim ko‘rinadi. Quyida jurnalistlarga deyarli intervyu bermaydigan Dilorom Egamberdiyeva haqida so‘z yuritamiz.

Farg‘ona vodiysidan Moskvaga.

Dilorom Egamberdiyeva 1962-yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Maktabda o‘qib yurgan davrida Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)da o‘qish uchun iqtidorli yoshlar orasidan tanlab olinadi. U 9-sinfni tamomlab, Rossiyaga ketadi va oliy o‘quv yurtida Boris Chirkovning aktyorlik kurslarida o‘qiydi.

Talabalik paytidanoq kino olamiga kirib kelgan aktrisa debyut rolini 1981-yil suratga olingan “Oltin jun” filmida o‘ynaydi. Zuhra ismli tarjimon qiz ijrosi unga ketma-ket loyihalar uchun eshik ochadi. 1983-yilda “Uyg‘onish” va “Yolg‘iz” kinolarida ishtirok etadi.

To‘qqiz yil umrini bilim olish maqsadida Moskvada o‘tkazgan Dilorom 1983-yili institutni bitiradi va O‘zbekistonga qaytadi.

Mashhurlik olib kelgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”

Ona yurtiga qaytgan Dilorom o‘z mehnat faoliyatini “O‘zbekfilm” kinostudiyasida boshlaydi. 1984-yili Melis Abzalov rejissorligidagi “Kelinlar qo‘zg‘oloni” badiiy filmida qatnashadi. Kartina 1985-yili ekran yuzini ko‘rgach, u Nigora roli bilan xalqqa taniladi.

“Syomka jarayonida Dilbar opa Ikromova bilan gapimiz gapimizga to‘g‘ri kelib, juda ahil bo‘lib ketgandik. Bo‘sh qoldik deguncha bir chekkaga o‘tib olib, gapdan bo‘shamasdik. To hay-haylab chaqirishmaguncha boshqa narsa bilan ishimiz bo‘lmasdi.

Butun boshli qozon ag‘darilib, sho‘rva yer bilan bitta bo‘libdi-yu, biz bilmabmiz. Suratga olish boshlanganida sinchiklab qarasam, kosada loy, tosh, go‘sht, kartoshka hammasi bor. Qozon ag‘darilganda yerdan sidirib, barchasi aralash-quralash qaytarib olingan-da! O‘shanda sho‘rvani hech qaysimiz ichmay, o‘zimizni huddi sho‘rva ichayotganday qilib ko‘rsatganmiz.

Raqs sahnasiga esa aerobikani taklif qilganman. O‘sha paytlarda hali aerobika bizgacha yetib kelmagandi. Men yaqindagina Moskvadan o‘qishdan qaytgan paytim, u yerda aerobikaga qatnashgandim. Ko‘rasiz, rosa chiroyli chiqadi, shov-shuv bo‘ladi, deganman. Rejissor esa o‘ylab o‘tirmay, rozi bo‘lgan va undan haligacha minnatdorman. Uning o‘rnida boshqa rejissor bo‘lganida, badiiy kengash bilan maslahatlashib ko‘raman, degan bo‘lardi.

Bu sahna filmning eng chiroyli, eng kulgili sahnasi bo‘lgan. Toshkentda hali “gedri”lar yo‘q edi, men birinchi bo‘lib shu raqs sahnasida kiyganman. Belimga salom qiladigan ro‘molimni bog‘lab olgandim. ”, — degan edi u intervyularining birida.

Muvaffaqiyat qozongan kinolar.

“Kelinlar qo‘zg‘oloni”dan keyin “Hujum”, “Poklanish” kabi bir qancha kinolarda suratga tushgan aktrisa 1987- yili “Armon” filmida Humor qiyofasini gavdalantiradi. Mazkur rol ham omadli chiqib, uning muxlislari safini yanada kengaytiradi. 1990-yili yaratilgan “Temir xotin”dagi Alomat obrazini yosh-u keksa birdek sevib ko‘radi.

Dilorom Egamberdiyevaning filmografiyasida muvafaqqiyatli kinolar talaygina. Aktrisa O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ham ko‘plab kino va seriallarda turli xarakterdagi qahramonlarni talqin qiladi.

Xususan, “Yulduzingni ber osmon”, “Chol va nabira”, “O‘limdan keyingi hayot”, “Ko‘chaning quyoshli tomonida”, “Madina”, “Muhabbatimsan”, “Gulchatoy”, “Baron” kabi filmlarda suratga tushadi. Bundan tashqari, “Qozoqfilm” va “Tojikfilm” kinostudiyalarining qator loyihalarida ham o‘ziga xos rollar o‘ynaydi.

“Boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilaman”

1995-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan Dilorom Egamberdiyeva televideniye va internet saytlaridagi loyihalarda deyarli ko‘rinish bermaydi.

U jurnalistlardan o‘zini olib qochadi, turli tadbir va festivallarda ham OAV vakillarining savollariga javob bermaydi. Shu bois uning bolaligi, ijodiy faoliyati va hayoti to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam.

Dilorom Egamberdiyeva 1990-yilda turmushga chiqqan va qiz farzand ko‘rgan. Umr yo‘ldoshi erta vafot etgan. U qizini turmushga uzatgach, jiyani bilan birga yashaydi. Ammo aktrisaning shaxsiy hayoti har doim omma uchun sirli bo‘lib kelgan.

U intervyularining birida “Bosib o‘tgan yo‘lingizdan qoniqasizmi?”, degan savolga shunday javob bergan:

“Hayotdan ko‘p narsa istaymiz. Lekin men boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qiladigan insonman. Boshqalarning hayotida sodir bo‘layotgan ishlarga bir e’tibor qiling: g‘iybatlarga quloq tutmang, bemorlarni, nogiron bolalarni kuzating. Naqadar ayanchli.

Hayit arafasida onamning qabrini ziyorat qilgani bordik, qo‘yilganlariga chamasi ikki oycha bo‘lgandi. Shu vaqt mobaynida qabrlar oltmish bittaga ko‘payibdi. Muzlab ketdim. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, shukronalik hissi bilan yashash uchun ba’zan shunday joylarga borib turish kerak, shekilli. ”

Aktrisa bugungi kunda ham faoliyatini Toshkentda davom ettirib, film va seriallarda suratga tushmoqda, kino sohasiga oid tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Mirolim Isajonov tayyorladi

  • Ilk mashinasi — “Jiguli”, 5 ta tilni biladi, ikki marta to‘yi buzilgan, prokurorning nevarasi Munisa Rizayeva 35 yoshda (foto)
  • Dardlarini kulgi ortiga yashirgan ulkan qalb sohibi. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlab

Dilorom Egamberdiyeva haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Ushbu aktrisa maktabda o’qib yurgan vaqtda Moskvadagi ButunRossiya kinomatagrafiya oliygohida o’qish uchun iste’dodli yoshlar orasidan tanlab olingan.O’sha vaqtda u 9-sinf o’quvchisi bo’lgan. Aktrisa ushbu oliygohda Boris Chirkovning aktyorlik kurslarida tahsil olgan va 1983 yilda o’qishni tamomlagan.

Dilorom Egamberdiyeva o’z faoliyatini “O’zbekfilm” kinostudiyasida boshlagan. Aktrisa ilk bor “Oltin jun” deb nomlangan filmda “Zuhra” rolini ijro etgan. Keyinroq u “Kelinlar qo’zg’oloni” filmidagi “Nigora” hamda “Temir Xotin” kinokomediyasidagi “Temir Xotin” rollari bilan xalqqa tanilgan va aynan shu obrazlari orqali mashxur bo’lgan.

Dilorom Egambediyeva bugungacha, “Chol va Nabira”, “Gulchatay” hamda “Baron” kabi o’nlab bizga tanish filmlarda suratga tushgan.

Ushbu aktrisa o’z faoliyati orqali 1995 yilda “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Dilorom Egamberdiyeva 1990 yilda turmushga chiqqan va bir qiz farzandli bo’lgan.

Taqdir taqazosi bilan uning turmush o’rtog’i erta olamdan o’tgan, shundan keyin u boshqa turmush qurmagan.Aktirsa yolg’iz qizini turmushga bergan hozirda jiyani bilan birga yashaydi.

Dilorom Egamberdiyeva bugungi kunda 56 yoshda bo’lib, hozir ham o’zining aktrisalik faoliyati muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.