Diaxron tadqiqot metodi qanday metod
24. Eksperimental – fonetik metod qanday usullar bilan ish olib boradi?
5-6-amaliy mashg’ulot: Tilshunoslikning tadqiq metodlari (4 soat ) Reja
4. Tilni bilish metodlari. Qiyosiy metod. Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog’ishtirma metod.
5. Struktur metod va uning yo’nalishlari.
6. Glossematika. Funksional lingvistika.
7. Despriktiv tilshunoslik. Distributsiya. Bevosita ishtirokchilar metodi. Transformatsiya.
Tayanch tushunchalar: Bilish. Hissiy bilish, ilmiy bilish, bilish bosqichlari, bilish usullari, qiyosiy metod, qiyosiy–chog’ishtirma metod, struktur metod, glossematika, funksional lingvistika, despriktiv tilshunoslik,diistributsiya, bevosita ishtirokchilar metodi, transformatsiya.
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Talabalarning tilshunoslik metodlari bo’yicha bilimlarini mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar:
1. Bilish qanday jarayon?
2. Bilish haqida qaysi qomusiy olimlar fikr bildirishgan?
3. Diaxron metod qanday metod?
4. Diaxron tadqiqot metodlariga qanday metodlar kiradi?
5. Qiyosiy-tarixiy metod asoschilari kimlar?
6. Qiyosiy-tarixiy metod asosida qanday munosabatdagi tillar o’rganiladi va qanday natijalarga erishiladi?
7. Chog’ishtirish metodi qanday metod?
8. Distributiv tahlil metodi nimaga asoslanadi?
9. Deskriptiv tilshunoslik qanday tilshunoslik?
10. Bevosita ishtirokchilar metodi tilshunoslikda qanday ahamiyatga ega?
11. Quyidagi gaplarni bevosita ishtirokchilar metodi asosida tahlil qiling.
1). Bobur shunday paytda ota yurti Andijonni tashlab ketganini xalq bilsin, undan ixlosi qaytsin. (P.Qodirov) 2). Derazamning ostida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi. (H.Olimjon). 3). Mustaqillik xalqimizga erkin fikrlash, o’zlikni anglash, tariximizga xolis yondashish imkonini berdi. 4). So’z so’zlashda, ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak (A.Qodiriy).
10. Quyidagi jadvallarni to’ldiring.
1-jadval. Hissiy bilish va ilmiy bilishning umumiy va farqli jihatlarini aniqlang.
2-jadval. Qiyosiy-tarixiy va chog’ishtirma metodlarning umumiy va farqli jihatlarini aniqlang.
Seminar mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi 1-mavzu Tilshunoslik tarixi, maktablari. Hind va Yunon tilshunosligi
d) falsafiy (dialektik, umumiy) va fanga oid (xususiy).
6. Tilshunoslikning tadqiqot metodlari nechta?
7. Diaxron tadqiqot metodi qanday metod?
a) tarixiy metod;
b) sinxron metod;
d) nazariy metod.
8. Diaxron tadqiqot metodiga qaysi metodlar kiradi?
a) struktural metod;
b) avtomatik tahlil qilish metodi;
v) tipologik metod;
g) eksperimental metod;
d) tasviriy, qiyosiy-tarixiy, chog‟ishtirish, tarixiy-qiyosiy, tipologik metod.
9. Tasviriy metodning maqsadi nimadan iborat?
a) lisoniy birliklarni tasvirlash, tavsiflash;
b) lisoniy birliklarni shaklan guruhlash;
v) lisoniy birliklarni mazmunan guruhlash;
g) lisoniy birliklarga falsafiy yondashish;
d) lisoniy birliklarga formal-semantik yondashish.
10. Qiyosiy-tarixiy metodning maqsadi nimadan iborat?
a) tillarni sharhlash;
b) qarindosh tillarni qiyoslab, ular o‟rtasidagi o‟xshashlik-umumiylikni aniqlash;
v) tillarga tarixiy yondashish;
g) tillarni chog‟ishtirish;
d) tillarni umumlashtirish.
11.Qiyosiy-tarixiy metod qaysi tilshunoslikning yaratilishiga xizmat qildi?
a) struktural tilshunoslikning;
b) sistem tilshunoslikning;
v) qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning;
g) nazariy tilshunoslikning;
d) sinxron tilshunoslikning.
12. Qiyosiy-tarixiy metodning asoschilari kimlar?
a) V. Gumbolьdt, A. A. Potebnya;
b) F. Bopp, R. Rask, Ya. Grimm, A. Vostokov;
v) A. SHleyxer, A. Marr, F. Fortunatov;
g) Navoiy, Kurtsius, M. Zamaxshariy;
d) M. Mehdixon, V. Vinogradov.
13. CHog’ishtirish metodining maqsadi nimadan iborat?
a) tillarni statistik tekshirish;
b) tillarni tarixiy o‟rganish;
v) tillarni eksperiment qilish;
g) qarindosh yoki qarindosh bo‟lmagan tillarni qiyoslash;
d) qarindosh tillarni taqqoslash.
14. Tarixiy-qiyosiy metodning maqsadi nimadan iborat?
a) tillarni komponent tahlil qilish;
b) tillarni tasnif qilish;
v) tillarni sinxron o‟rganish;
g) tillarni tipologik o‟rganish;
d) bir tilni yoki qarindosh tillarni tarixiy jihatdan qiyoslab, ulardagi umumiylikni va farqlarni
15. Tipologik metodning maqsadi nimadan iborat?
a) tilllarni avtomatik tahlil qilish;
b) qarindosh va qarindosh bo‟lmagan tillarni qiyosiy o‟rganib, ular tuzilishiga xos umumiy va
farqli jihatlarni aniqlash;
v) tillarni morfologik tasnif qilish;
g) tillarni geneologik tasnif qilish;
d) tillarni tuzilishiga ko‟ra o‟rganish.
16. Sinxron tadqiqot metodi qanday metod?
a) hozirgi – vaqt jihatidan yuzaga kelishiga, qo‟llanishiga ko‟ra yangi, zamonaviy metod;
b) tarixiy metod;
v) qiyosiy-tarixiy metod;
g) statistik tahlil metodi;
d) tavsifiy metod.
17. Distributiv tahlil metodining maqsadi nimadan iborat?
a) lisoniy birliklarning nutqda joylashgan o‟rnini, muayyan tartibda kelishini, o‟zaro
b) lisoniy birliklarni fonetik tahlil qilish;
v) lisoniy birliklarni tarjima qilish;
g) lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilish;
d) lisoniy birliklarni sintaktik tahlil qilish.
18. Statistik tahlil metodining vazifasi nimadan iborat?
a) lisoniy birliklarni komponent tahlil qilish;
b) lisoniy birliklarning nutqda ishlatilish miqdorini aniqlash;
v) lisoniy birliklarni ma‟no jihatdan tahlil qilish;
g) lisoniy birliklarni avtomatik tahlil qilish;
d) lisoniy birliklarni so‟z turkimlariga ajratish.
19. Bevosita tashkil etuvchilarga ajratib tahlil qilish metodining vazifasi nimadan iborat?
a) so‟z birikmasi va gapning tuzilishini aniqlash;
b) so‟z birikmasi va gapni valentlik tahlil qilish;
v) so‟z birikmasi va gapni tarjima qilish;
g) so‟z birikmasi va gapni leksik tahlil qilish;
d) so‟z birikmasi va gapni tarixan o‟rganish.
20. Transformatsion tahlil metodining vazifasi nimadan iborat?
a) sintaktik birlikni (gapni) qismlarga ajratish;
b) sintaktik birlikni (gapni) mazmuniga ko‟ra tahlil qilish;
v) sintaktik birlikni (gapni) tuzilishiga ko‟ra tahlil qilish;
g) sintaktik birlik (gap) asosida hosil qilingan boshqa gaplarni aniqlash va ularni yadro gap bilan
d) sintaktik birlikni (gapni) chet tiliga tarjima qilish.
21. Komponent tahlil metodining vazifasi nimadan iborat?
a) so‟z ma‟nosini etimologik o‟rganish;
b) so‟z ma‟nosini izohlash;
v) so‟z ma‟nosini tarkibiy qismlarga – komponentlarga ajratish va ularni har tomonlama
g) so‟z ma‟nosini sinxron o‟rganish;
d) so‟z ma‟nosini diaxron o‟rganish.
22. Valentlik tahlil metodining vazifasi nimadan iborat?
a) so‟zni formal tahlil qilish;
b) so‟z ma‟nosini aniqlash;
v) so‟zni tarixan o‟rganish;
g) so‟zni tarjima qilish;
d) so‟zning ma‟nosi asosida boshqa so‟zlar bilan birikuvini, birikishini aniqlash.
23. Eksperimental-fonetik tahlil metodining vazifasi nimadan iborat?
a) fonetik birliklarning (masalan, tovushlarning) artikulyatsion, akustik xususiyatlarini texnik
vositalar yordamida o‟rganish;
b) fonetik birliklarning talaffuz qilinish xususiyatlarini o‟rganish;
v) fonetik birliklarning nutqda qo‟llanish xususiyatlarini o‟rganish;
g) fonetik birliklarning nutqda o‟zgarish xususiyatlarini o‟rganish;
d) fonetik birliklarning eshitilish xususiyatlarini o‟rganish.
24. Eksperimental – fonetik metod qanday usullar bilan ish olib boradi?
a) somatik usul bilan;
b) somatik, pnevmatik va elektrokustik usullar bilan;
v) elektroakustik usul bilan;
g) pnevmatik usul bilan;
d) qiyoslash usuli bilan.
25. Avtomatik tahlil metodining vazifasi nimadan iborat?
a) bir tildagi lisoniy birliklarni mazmun mezoni asosida boshqa bir tildagi muqobiliga
kompьyuter orqali tarjima qilish;
b) bir tildagi lisoniy birliklarni boshqa bir tildagi muqobili bilan qiyoslash;
v) bir tildagi lisoniy birliklarni komponent tahlil qilish;
g) bir tildagi lisoniy birliklarni distributiv tahlil qilish;
d) bir tildagi lisoniy birliklarning nutqdagi pozitsion imkoniyatlarini o‟rganish.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.