Press "Enter" to skip to content

Dangasalikdan qutulish uchun 7 ta foydali maslahat

4. Oldingizda turgan ishlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani cho‘t bo‘lmay qoladi.

Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam

«Buni keyinroq bajaraman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?» Bu gaplarni qanchalik ko‘p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o‘sha «keyin» ham qachondir kelishi kerak-ku! Ungacha uyingizdagi yumushlar yig‘ilib qoladi-ku!

  1. Nima yo‘qotayotganingizni o‘ylab ko‘ring. Til o‘rganishni orqaga suryapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo‘q joydan janjal chiqib, ko‘ngil xira bo‘ladi.
  2. O‘zingizga rag‘batlantiruvchi omil toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o‘zib ketibdi-ku! Xasadingiz kelyaptimi? Unda ishlang!
  3. Diqqatingizni chalg‘itmang. Muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi? «Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri»ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.
  4. Oldingizda turgan ishlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani cho‘t bo‘lmay qoladi.
  5. Siz ishlayotganingizda o‘zgalar bezovta qilmasligini ta’minlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg‘itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko‘ring.
  6. O‘zingizga ish yig‘mang. Masalan, ba’zi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o‘sha zahoti qilgan ma’qul. Chunki tartib o‘rnatishdan ko‘ra uni saqlab turish osonroq.
  7. O‘zingiz kabi o‘zgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda o‘zingizni kattaroq ishlarni bajarishga rag‘batlantirasiz.

Maslahatlarni shu joyigacha o‘qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Natijalar ko‘zga tashlanishi bilan yutuqlarni o‘zingizga-o‘zingiz sovg‘a qilib mustahkamlang.

    Keling dangasalikni birgalikda yengamiz(16824)Vaqtni Boshqarish: Ishni O’z Vaqtida Tugatishning 8 Ta Yo’li(8941)Soat Nechada Tug‘ilgansiz? (O’zingizni O’rganing)(25072)Choy Haqida Talaygina ma’lumotlar(19968)Uzoq umr ko’rish Sirlari(4904)Erkaklar e’tiborida bo’lish uchun. (yigitlar o’qishi mumkin emas)(23641)Asabiylikdan qutulish yo’llari(7009)Yoqtirgan Mevangizni Ayting, Kimligingizni Aytamiz…(4899)Shaxsiy hususiyatlaringizni bilasizmi? (Pisixalogya)(13300)Xotirani charxlash usullari(2947)Atir tanlash borasida maslahatlar(5384)KAMQONLIKNING OLDINI OLING!(5845)Opasi bor qizga uylaning!(5396)Tashqi ko’rinish borasidagi havoti(5211)Ovqatdan so’ng saqich chaynang(3038)

Порядок вывода комментариев:

Dangasalikdan qutulish uchun 7 ta foydali maslahat

“Buni keyinroq bajararman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan. ” Bu gaplarni qanchalik ko‘p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o‘sha “keyin” ham qachondir kelishi kerak-ku! Xuddi ayoliga uydagi yumushlarni bajarishga va’dabozlik qilgan multfilm qahramoni kabi uyingizdagi buyumlardan tog‘ paydo bo‘lib, qulab tushishi mumkin. Xo‘sh, nima qilish kerak?

1. Nimani yo‘qotayotganingizni o‘ylab ko‘ring. Til o‘rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo‘q joydan janjal chiqib, ko‘ngil xira bo‘ladi.

2. O‘zingizga stimul toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o‘zib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.

3. Diqqatingizni chalg‘itmang. Kompyuterda muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi, “butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.

4. Oldingizda turgan ishlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani cho‘t bo‘lmay qoladi.

5. Siz ishlayotganda o‘zgalar bezovta qilmasligini ta’minlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg‘itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko‘ring.

6. O‘zingizga ish yig‘mang. Masalan, ba’zi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o‘sha zahoti qilgan ma’qul. Chunki tartib o‘rnatishdan ko‘ra uni saqlab turgan osonroq.

7. O‘zingiz kabi o‘zgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda o‘zingizni avval o‘rtog‘ingizga, so‘ng boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga rag‘batlantirasiz.

Maslahatlarni shu joyigacha o‘qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Endi reja asosida ishlarni taqsimlang. Natijalar ko‘zga tashlanishi bilan yutuqlarni o‘zingizga o‘zingiz sovg‘a qilib mustahkamlang.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.