Press "Enter" to skip to content

Чет тилини тез ўрганишнинг бешта оддий усули

4. Mazmunni anglang. Xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha tadqiqot olib boruvchi ruhshunoslar juda koʻp odamlar yoʻl qoʻyadigan bitta xatoga eʼtibor qaratdi: oʻrganuvchilar koʻpincha suxandonning gapi yoki diktofondagi suhbatni toʻliq tushunib yetish payida boʻladi. Aslida har bir tovushni ilgʻashga emas, umumiy mazmunni fahmlashga intilish kerak. Tilning ohangini, koʻp qaytariladigan soʻzlar va gap qurilishini oʻrganishga harakat qiling. Mayda tafsilotlarga eʼtibor qaratmang.

Chet tillarini samarali o’rganish uchun bepul ilovalar

Ushbu maqolamizda sizlarga xorijiy tillarni o’rganish jarayonini qiziqarli va oson qilib beruvchi foydali ilovalar haqida aytib beramiz. Ilovalardan Ingliz, Rus, Arab, Nemis, Fransuz va ko’plab boshqa tillarni o’rganishda foydalanishingiz mumkin.

Butunlay yangi tilni oʻrganish, uning grammatik tuzilishi va umuman notanish soʻzlarini yodlash yangi oʻrganuvchilarni biroz zerikishiga va tillarni oʻrganish qiyin ekan degan tushunchaga olib kelishi mumkin. Aslida, esa har bir narsani qiziqarli qilib, oʻz xarakteriga qarab tanlov qilib osongina oʻrganib olish mumkin.

Masalan, yangi til oʻrganayotganda kimdir soʻz yodlash orqali, kimdir gapirib mashq qilib, kimdir eshitib videolar, kinolar koʻrib oʻrganadi yoki har kunlik qiziq voqealarni yozib borishni yoqtiradi. Demak har qanday til oʻrganishda:

  • Vocabulary – soʻz boyligi
  • Grammar – grammatika
  • Listening – tinglab tushunish
  • Reading – oʻqish
  • Speaking – gapirish muhim elementlardan hisoblanadi.

Hozir esa yuqoridagi 5 ta muhim elementni birlashtirib xuddi native spikerlardek gapira olishingizga yordam beradigan mobil ilovalar bilan birma-bir tanishib chiqamiz. Quyidagi ilovalarni barchasi foydalanuvchilarni qiziqishlari va darajalariga moslashgan.

Duolingo

Duolingo — bugungi kunda 9.6 million aktiv foydalanuvchilarga ega eng mashhur va keng qoʻllaniladigan ilova hisoblanadi.

Afzalliklari:

  • Bepul
  • Barcha darajadagi oʻrganuvchilar: beginner, intermediate, advanced foydalanish imkoniyatiga ega
  • Mashqlar turli xil mavzularga moslab chiqilgan
  • Oʻqish, yozish, gapirish, tinglash – barchasi uchun mashqlar mavjud
  • Kunning istalgan vaqtida istalgan muddat foydalanish mumkin
  • Har bir bajarilgan mashqdan soʻng harakatlanuvchi odamcha shaklidagi animatsiyalar foydalanuvchiga oʻziga xos emotsiya beradi. Masalan mashqlarni yaxshi bajarsangiz animatsion odamchalar harakatlanib sizga tabassum qiladi va zoʻr deb ishora koʻrsatadi

· Har safar sizga notanish boʻlgan soʻzlarni turli ranglarda ajratib koʻrsatadi, bu esa foydalanuvchiga aynan qaysi soʻz yangi ekanligini osongina bilib olishiga yordam beradi

Nega bu ilovadan boshqalariga qaraganda samarali va foydaliroq?

  • Har bir bajargan mashqingiz uchun ball beriladi va bu doimiy kunlik, haftalik tarzda davom etadi. Masalan, dushanba kuni barcha mashqlarni va testlarni bajarib 60 ballni yigʻsangiz, seshanba kuni 80 ball yigʻishga harakat qilishga undaydi;
  • Duolingo ilovasi orqali xalqaro foydalanuvchilar bilan jamoa tuzib oʻzaro kim eng koʻp ball yigʻish musobaqasini tashkil qilish mumkin.

Qanday ishlatish mumkin:

  • Dastlab saytga kirib roʻyxatdan oʻtish yoki shunchaki kirib sinab koʻrish mumkin. Saytga ilk bor kirganda darajangizni aniqlab olish uchun test topshirasiz va shunga qarab foydalanishda davom etasiz.

Keyingi ilovamiz esa tilni ilk bosqichlarini oʻzlashtirishga ulgurgan va maʼlum bir grammatika qoidalaridan xabari bor foydalanuvchilar uchun moʻljallangan:

Hello English

Hello English – bu ilova orqali til oʻrganish jarayoni yanada interaktiv qiziqarli boʻlishni boshlaydi, yaʼni bunda foydalanuvchi darajasiga qarab audio kitoblarni tinglashi, qiziqarli kontentga ega videolarni tomosha qilishi mumkin.

Afzalliklari:

  • Bepul videolar, darajangizga mos audio kitoblarni yuklab olib eshitish mumkin;
  • Oʻrganilgan mavzular boʻyicha oʻyinlar oʻynash;
  • Koʻproq interaktiv boʻlganligi sababli oʻrganish jarayoni qiziq boʻladi.

Qanday ishlatish mumkin:

  • Ilovani yuklab olganingizdan soʻng darajangizni aniqlash uchun test topshirasiz va darajangizga qarab videolar, qiziqarli audio kitoblarni chiqarib beradi;
  • Ilovani yuklab olish: Android tizimi uchun, iOS tizimi uchun, Windows uchun

Darajangiz ancha yaxshilanib olganidan soʻng esa, endi xabarlarni va turli mavzudagi suhbatlarni eshitish orqali til boyligingizni yanada boyitishingiz mumkin bunda esa quyidagi ilova yordam beradi:

FluentU

FluentU – ushbu ilova orqali dunyo boʻyicha eng koʻp tarqalgan tillardagi video suhbatlarni subtitr bilan koʻrish mumkin. Bu ilova koʻrib oʻrganish qobiliyati (Audio-visual learners) kuchli oʻrganuvchilar uchun oʻz qulayliklariga ega.

Afzalliklari:

  • Mavzular doirasi juda keng: turli reklamalar ulardagi musiqalar va videolarni, suhbatlarni tinglash mumkin;
  • Videoni koʻrish davomida soʻzlarning subtitr chiqib turadi va tushunishda qandaydir muammoga duch kelsangiz ana shu soʻzni ustiga bosilsa soʻz maʼnosini osongina topib olish mumkin boʻladi;
  • Bepul va pullik holatda ham foydalanish imkoniyati.

Qanday ishlatish mumkin:

Maʼlum bir mavzularda lugʻat boyligiga va fikrga ega boʻlganingizdan soʻng oʻrganganlaringizni ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan foydalanuvchilar bilan suhbatlashish orqali oshirish imkoniyatida ega boʻlasiz.

HelloTalk

HelloTalk – bu ilova orqali ingliz tilida erkin soʻzlashadigan va turli mavzularda suhbatlasha oladigan doʻstlar orttirishingiz mumkin.

Afzalliklari:

  • Til oʻrganayotgan odam nafaqat oʻsha tilni, balki shu tilda soʻzlashuvchilarning ham madaniyatini oʻrganadi. Bu ilova esa shu ajoyib imkoniyatni taqdim etadi;
  • Oʻzingizga doʻst topib oʻsha inson bilan SMS, ovozli xabar va video suhbatlarni bevosita amalga oshirishingiz mumkin;
  • Siz oʻrganayotgan tilda gaplashadigan yangi doʻstlar orttirasiz, madaniyatiga oid savollar boʻlsa soʻrash imkoniyati mavjud.

Qanday ishlatish mumkin:

Blogni til oʻrganishning foydali jihatlari haqida 2 ta asosiy fakt bilan tugatmoqchimiz:

  • Agar siz bitta til bilsangiz 1 ta odamsiz, agar 2 ta til bilsangiz 2 ta odamsiz. Demak, yangi zamonaviy xorijiy tillarni bilish sizga juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi;
  • Til oʻrgangan insonlarning miyasi doimiy ravishda yangi neyronlar birliklarini hosil qiladi va bu miyani yosharib teran fikrlay olishida asosiy funksiyalardan birini bajaradi.

Xulosa: Barchaga qaysi til boʻlishidan qatʼi nazar qiziqishlariga moslab, bu jarayonni xuddi oʻyin yoki musobaqa shaklida bajarib koʻrishlarini tavsiya qilamiz. Til oʻrganish shaxsiy rivojlanishingizda ham muhim rol oʻynaydi. Yuqoridagi eng sara ilovalar esa sizga bunda, albatta, yordam beradi deb umid qilamiz!

Чет тилини тез ўрганишнинг бешта оддий усули

Чет тилини ўрганишда сабрсизлик қилмайдиган одам камдан кам топилади. Куф-суф десангу тилни ўрганиб қўя қолсанг. Лекин бу у қадар осон иш эмас, шу билан бирга, тасаввурдагидай қийин иш ҳам эмас.

Исталган хорижий тилни ўрганишда муваффақиятни таъминлайдиган энг муҳим жиҳат бу қобилият ва истакдир. Қобилият масаласида қўрқмасангиз бўлади, чунки у ҳар бир одамда бор. 2006 йили америкалик олим Ричард Спаркс ўз тадқиқотлари билан тил ўрганиш учун аллақандай оламшумул туғма истеъдодлар керак деган фикр асоссиз эканини исботлади. Энди истакка келсак. “Истак – бу минглаб имкониятдир, хоҳламаслик эса – минглаб баҳонадир” деган ҳикматли гап жуда топиб айтилган. Бир нарсани аниқлаб олинг: сиз тилни ўрганишни истайсизми ёки йўқ? Агар хоҳишингиз жиддий бўлса, қуйидаги маслаҳат-йўриқлар сизга албатта ёрдам беради.

Сўзлашгичлардан фойдаланинг. Жуда кўп тилчи олимлар фикрича, тилни сўзлашгичлар ёрдамида ўрганиш алоҳида сўз ва ибораларни, гап қурилишини ёдда сақлаб қолишга катта туртки беради. Тилни биринчи шахс тилидан айтиладиган тайёр жумлалар орқали ўрганаётган одам гапларни шунчаки такрорламайди, ўзини маълум ҳолат-вазиятларда ҳис этади. Масалан, дўконда савдо қилиш учун керак бўладиган гап-ибораларни ўрганиш асносида киши худди олди-сотди қилаётгандай сезади ўзини. Россияда инглиз тилини чуқурлаштириб ўргатишга ихтисослашган мактабда тадқиқот ўтказилди. Ўқувчилар матннинг биринчи шахс тилидан айтиладиган қисмини тўқсон саккиз фоизга эсда сақлаб қолди. Бу тилни сўзлашгичлар ёрдамида ўрганиш катта самара беришини кўрсатади.

Қоида бўйича ишланг. Мутахассислар янги сўзларни ўзлаштиришнинг жуда унумли усулини топди. Кунига 30 та сўз ёдлайсиз, уларнинг 5 таси феъл бўлиши керак. Ҳар куни луғатдаги сўзлардан алифбо бўйича саралаб оласиз. Масалан, бугун “А” ҳарфидаги дастлабки ўттизта сўз танланса, эртага “Б” ҳарфидаги ўттизта сўз танланади. Алифбо бўйича тўлиқ айланиб чиқилгач, яна “А” ҳарфининг кейинги ўттизта сўзи ёдланади. Бу одат аста-секин тизим бўлиб шаклланади ва ёдлашингиз борган сари осонлашади.

Ушбу усул фойда бериши учун ҳар куни сўз ёдланг, дам олиш куни умуман бўлмаслиги керак!

Шеър ва қўшиқларни ўрганинг. Энг ёқимли ва самарали усуллардан бири хорижий шеър, қўшиқларни уларнинг таржималари билан бирга ўрганишдир. Бу усулдан фойдаланиб инглиз тилини уч ой ичида ўрганиб олганлар жуда кўп топилади. Тилшунослар бу йўл шеър ва қўшиқларни ўрганувчининг ўзи ўгирганда айниқса унумли бўлишини айтади.

Мазмунни англанг. Хорижий тилларни ўзлаштириш бўйича тадқиқот олиб борувчи руҳшунослар жуда кўп одамлар йўл қўядиган битта хатога эътибор қаратди: ўрганувчилар кўпинча сухандоннинг гапи ёки диктофондаги суҳбатни тўлиқ тушуниб етиш пайида бўлади. Аслида ҳар бир товушни илғашга эмас, умумий мазмунни фаҳмлашга интилиш керак.

Тилнинг оҳангини, кўп қайтариладиган сўзлар ва гап қурилишини ўрганишга ҳаракат қилинг. Майда тафсилотларга эътибор қаратманг.

Вазиятни ҳис қилинг. Тилни ўрганишга киришган илк кунларингизданоқ атроф-теваракдаги нарсалар, ҳодисалар ва ҳолатларни ифода этишга интилинг. Масалан, ўқувчи ва ўқитувчи ошхонадаги суҳбатни “уюштириш”лари мумкин. Албатта, бунинг учун овқатланишга бориш шарт эмас. Синфхонанинг ўзида улар худди овқатланаётгандек муомала қилади. Суҳбат давомида ошхона анжомлари, озиқ-овқатлар ва масаллиқлар номи тилга олинади. Бир-бирларидан ниманидир узатиб юборишни сўрашлари мумкин.

Хорижий тилни ўзлаштиришнинг одатий йўсини шундай: олдин гап-сўзлар ва иборалар эсда сақлаб қолинади, кейин грамматика ўрганилади. Масалан, бошқа тилли тенгдошлари орасига тушиб қолган болалар чет тилини жуда осон ўрганади. Гапларини грамматик жиҳатдан ҳам тўғри тузади. Чунки улар тил ўрганиш жараёнида ҳамиша вазиятнинг ичида бўлади. Шу сабаб ҳам тилни ҳис қилишлари осон кечади.

Агар тил ўрганиш билан мустақил шуғулланаётган бўлсангиз, машғулотларга ҳар куни ярим соат вақт ажратинг. Сўз ва ибораларни мавзулар бўйича таснифлаб ўрганинг. Теваракда кўраётган нарсаларингизни ифодалашга ҳаракат қилинг. Ўзингиз билан гаплашишдан уялманг.

“Ирфон” тақвимининг 2014 йил 4-сонидан олинди.

Chet tilini o‘rganishda sabrsizlik qilmaydigan odam kamdan kam topiladi. Kuf-suf desangu tilni o‘rganib qo‘ya qolsang. Lekin bu u qadar oson ish emas, shu bilan birga, tasavvurdagiday qiyin ish ham emas.

Istalgan xorijiy tilni o‘rganishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim jihat bu qobiliyat va istakdir. Qobiliyat masalasida qo‘rqmasangiz bo‘ladi, chunki u har bir odamda bor. 2006 yili amerikalik olim Richard Sparks o‘z tadqiqotlari bilan til o‘rganish uchun allaqanday olamshumul tug‘ma iste’dodlar kerak degan fikr asossiz ekanini isbotladi. Endi istakka kelsak. “Istak – bu minglab imkoniyatdir, xohlamaslik esa – minglab bahonadir” degan hikmatli gap juda topib aytilgan. Bir narsani aniqlab oling: siz tilni o‘rganishni istaysizmi yoki yo‘q? Agar xohishingiz jiddiy bo‘lsa, quyidagi maslahat-yo‘riqlar sizga albatta yordam beradi.

So‘zlashgichlardan foydalaning. Juda ko‘p tilchi olimlar fikricha, tilni so‘zlashgichlar yordamida o‘rganish alohida so‘z va iboralarni, gap qurilishini yodda saqlab qolishga katta turtki beradi. Tilni birinchi shaxs tilidan aytiladigan tayyor jumlalar orqali o‘rganayotgan odam gaplarni shunchaki takrorlamaydi, o‘zini ma’lum holat-vaziyatlarda his etadi. Masalan, do‘konda savdo qilish uchun kerak bo‘ladigan gap-iboralarni o‘rganish asnosida kishi xuddi oldi-sotdi qilayotganday sezadi o‘zini. Rossiyada ingliz tilini chuqurlashtirib o‘rgatishga ixtisoslashgan maktabda tadqiqot o‘tkazildi. O‘quvchilar matnning birinchi shaxs tilidan aytiladigan qismini to‘qson sakkiz foizga esda saqlab qoldi. Bu tilni so‘zlashgichlar yordamida o‘rganish katta samara berishini ko‘rsatadi.

Qoida bo‘yicha ishlang. Mutaxassislar yangi so‘zlarni o‘zlashtirishning juda unumli usulini topdi. Kuniga 30 ta so‘z yodlaysiz, ularning 5 tasi fe’l bo‘lishi kerak. Har kuni lug‘atdagi so‘zlardan alifbo bo‘yicha saralab olasiz. Masalan, bugun “A” harfidagi dastlabki o‘ttizta so‘z tanlansa, ertaga “B” harfidagi o‘ttizta so‘z tanlanadi. Alifbo bo‘yicha to‘liq aylanib chiqilgach, yana “A” harfining keyingi o‘ttizta so‘zi yodlanadi. Bu odat asta-sekin tizim bo‘lib shakllanadi va yodlashingiz borgan sari osonlashadi.

Ushbu usul foyda berishi uchun har kuni so‘z yodlang, dam olish kuni umuman bo‘lmasligi kerak!

She’r va qo‘shiqlarni o‘rganing. Eng yoqimli va samarali usullardan biri xorijiy she’r, qo‘shiqlarni ularning tarjimalari bilan birga o‘rganishdir. Bu usuldan foydalanib ingliz tilini uch oy ichida o‘rganib olganlar juda ko‘p topiladi. Tilshunoslar bu yo‘l she’r va qo‘shiqlarni o‘rganuvchining o‘zi o‘girganda ayniqsa unumli bo‘lishini aytadi.

Mazmunni anglang. Xorijiy tillarni o‘zlashtirish bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi ruhshunoslar juda ko‘p odamlar yo‘l qo‘yadigan bitta xatoga e’tibor qaratdi: o‘rganuvchilar ko‘pincha suxandonning gapi yoki diktofondagi suhbatni to‘liq tushunib yetish payida bo‘ladi. Aslida har bir tovushni ilg‘ashga emas, umumiy mazmunni fahmlashga intilish kerak.

Tilning ohangini, ko‘p qaytariladigan so‘zlar va gap qurilishini o‘rganishga harakat qiling. Mayda tafsilotlarga e’tibor qaratmang.

Vaziyatni his qiling. Tilni o‘rganishga kirishgan ilk kunlaringizdanoq atrof-tevarakdagi narsalar, hodisalar va holatlarni ifoda etishga intiling. Masalan, o‘quvchi va o‘qituvchi oshxonadagi suhbatni “uyushtirish”lari mumkin. Albatta, buning uchun ovqatlanishga borish shart emas. Sinfxonaning o‘zida ular xuddi ovqatlanayotgandek muomala qiladi. Suhbat davomida oshxona anjomlari, oziq-ovqatlar va masalliqlar nomi tilga olinadi. Bir-birlaridan nimanidir uzatib yuborishni so‘rashlari mumkin.

Xorijiy tilni o‘zlashtirishning odatiy yo‘sini shunday: oldin gap-so‘zlar va iboralar esda saqlab qolinadi, keyin grammatika o‘rganiladi. Masalan, boshqa tilli tengdoshlari orasiga tushib qolgan bolalar chet tilini juda oson o‘rganadi. Gaplarini grammatik jihatdan ham to‘g‘ri tuzadi. Chunki ular til o‘rganish jarayonida hamisha vaziyatning ichida bo‘ladi. Shu sabab ham tilni his qilishlari oson kechadi.

Agar til o‘rganish bilan mustaqil shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, mashg‘ulotlarga har kuni yarim soat vaqt ajrating. So‘z va iboralarni mavzular bo‘yicha tasniflab o‘rganing. Tevarakda ko‘rayotgan narsalaringizni ifodalashga harakat qiling. O‘zingiz bilan gaplashishdan uyalmang.

“Irfon” taqvimining 2014 yil 4-sonidan olindi.

Chet tilini tez oʻrganishning beshta oddiy usuli

Chet tilini oʻrganishda sabrsizlik qilmaydigan odam kamdan kam topiladi. Kuf-suf desangu tilni oʻrganib qoʻya qolsang. Lekin bu u qadar oson ish emas, shu bilan birga, tasavvurdagiday qiyin ish ham emas.

Istalgan xorijiy tilni oʻrganishda muvaffaqiyatni taʼminlaydigan eng muhim jihat bu qobiliyat va istakdir. Qobiliyat masalasida qoʻrqmasangiz boʻladi, chunki u har bir odamda bor. 2006-yili amerikalik olim Richard Sparks oʻz tadqiqotlari bilan til oʻrganish uchun allaqanday olamshumul tugʻma isteʼdodlar kerak degan fikr asossiz ekanini isbotladi. Endi istakka kelsak. “Istak – bu minglab imkoniyatdir, xohlamaslik esa – minglab bahonadir” degan hikmatli gap juda topib aytilgan. Bir narsani aniqlab oling: siz tilni oʻrganishni istaysizmi yoki yoʻq? Agar xohishingiz jiddiy boʻlsa, quyidagi maslahat-yoʻriqlar sizga albatta yordam beradi:

1. Soʻzlashgichlardan foydalaning. Juda koʻp tilchi olimlar fikricha, tilni soʻzlashgichlar yordamida oʻrganish alohida soʻz va iboralarni, gap qurilishini yodda saqlab qolishga katta turtki beradi. Tilni birinchi shaxs tilidan aytiladigan tayyor jumlalar orqali oʻrganayotgan odam gaplarni shunchaki takrorlamaydi, oʻzini maʼlum holat-vaziyatlarda his etadi. Masalan, doʻkonda savdo qilish uchun kerak boʻladigan gap-iboralarni oʻrganish asnosida kishi xuddi oldi-sotdi qilayotganday sezadi oʻzini. Rossiyada ingliz tilini chuqurlashtirib oʻrgatishga ixtisoslashgan maktabda tadqiqot oʻtkazildi. Oʻquvchilar matnning birinchi shaxs tilidan aytiladigan qismini toʻqson sakkiz foizga esda saqlab qoldi. Bu tilni soʻzlashgichlar yordamida oʻrganish katta samara berishini koʻrsatadi.

2. Qoida boʻyicha ishlang. Mutaxassislar yangi soʻzlarni oʻzlashtirishning juda unumli usulini topdi. Kuniga 30 ta soʻz yodlaysiz, ularning 5 tasi feʼl boʻlishi kerak. Har kuni lugʻatdagi soʻzlardan alifbo boʻyicha saralab olasiz. Masalan, bugun “A” harfidagi dastlabki oʻttizta soʻz tanlansa, ertaga “B” harfidagi oʻttizta soʻz tanlanadi. Alifbo boʻyicha toʻliq aylanib chiqilgach, yana “A” harfining keyingi oʻttizta soʻzi yodlanadi. Bu odat asta-sekin tizim boʻlib shakllanadi va yodlashingiz borgan sari osonlashadi. Ushbu usul foyda berishi uchun har kuni soʻz yodlang, dam olish kuni umuman boʻlmasligi kerak!

3. Sheʼr va qoʻshiqlarni oʻrganing. Eng yoqimli va samarali usullardan biri xorijiy sheʼr, qoʻshiqlarni ularning tarjimalari bilan birga oʻrganishdir. Bu usuldan foydalanib ingliz tilini uch oy ichida oʻrganib olganlar juda koʻp topiladi. Tilshunoslar bu yoʻl sheʼr va qoʻshiqlarni oʻrganuvchining oʻzi oʻgirganda ayniqsa unumli boʻlishini aytadi.

4. Mazmunni anglang. Xorijiy tillarni oʻzlashtirish boʻyicha tadqiqot olib boruvchi ruhshunoslar juda koʻp odamlar yoʻl qoʻyadigan bitta xatoga eʼtibor qaratdi: oʻrganuvchilar koʻpincha suxandonning gapi yoki diktofondagi suhbatni toʻliq tushunib yetish payida boʻladi. Aslida har bir tovushni ilgʻashga emas, umumiy mazmunni fahmlashga intilish kerak. Tilning ohangini, koʻp qaytariladigan soʻzlar va gap qurilishini oʻrganishga harakat qiling. Mayda tafsilotlarga eʼtibor qaratmang.

5. Vaziyatni his qiling. Tilni oʻrganishga kirishgan ilk kunlaringizdanoq atrof-tevarakdagi narsalar, hodisalar va holatlarni ifoda etishga intiling. Masalan, oʻquvchi va oʻqituvchi oshxonadagi suhbatni “uyushtirish”lari mumkin. Albatta, buning uchun ovqatlanishga borish shart emas. Sinfxonaning oʻzida ular xuddi ovqatlanayotgandek muomala qiladi. Suhbat davomida oshxona anjomlari, oziq-ovqatlar va masalliqlar nomi tilga olinadi. Bir-birlaridan nimanidir uzatib yuborishni soʻrashlari mumkin.

Xorijiy tilni oʻzlashtirishning odatiy yoʻsini shunday: oldin gap-soʻzlar va iboralar esda saqlab qolinadi, ke­yin grammatika oʻrganiladi. Masalan, boshqa tilli tengdoshlari orasiga tushib qolgan bolalar chet tilini juda oson oʻrganadi. Gaplarini grammatik jihatdan ham toʻgʻri tuzadi. Chunki ular til oʻrganish jarayonida hamisha vaziyatning ichida boʻladi. Shu sabab ham tilni his qilishlari oson kechadi.

Agar til oʻrganish bilan mustaqil shugʻullanayotgan boʻlsangiz, mashgʻulotlarga har kuni yarim soat vaqt ajrating. Soʻz va iboralarni mavzular boʻyicha tasniflab oʻrganing. Tevarakda koʻrayotgan narsalaringizni ifodalashga harakat qiling. Oʻzingiz bilan gaplashishdan uyalmang.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.