Oyoqning uzun-kalta bo’lishi — sabablari, oqibatlari, tashxislash va davolash
Manual terapiyaga suyakni joyiga kiritishdan keyin biroz vaqt o’tib murojaat qilinadi. Manual terapevt zaiflashgan mushak tizimini kuchaytirishi, bo’g’im to’qimalarda distrofik o’zgarishlar bo’lishini oldini olishi kerak.
Bo’g’imlar displaziyasi
Bo’g’imlar displaziyasi – bu tos suyagi chuqurchasining tug‘ma yaxshi rivojlanmaganligi bo‘lib, bo‘ksa suyagi bilan son suyagi tutashgan joyda nuqson kuzatiladi. Bunday bolalarda son suyagi bilan bo‘ksa suyagi tutashgan joy chiqib ketishga moyil bo‘ladi, yaxshi o‘smaydi. Bolalardagi tug`ma displaziyani tug’ilgandan keyin darhol aniqlash mumkin, ammo kattalarda bu kasallik kam uchraydi.
Bo’g’imlar displaziyasini davolovchi barcha shifokorlarni ko’rish
Bo’g’imlar displaziyasi – bu tos suyagi chuqurchasining tug‘ma yaxshi rivojlanmaganligi bo‘lib, bo‘ksa suyagi bilan son suyagi tutashgan joyda nuqson kuzatiladi. Bunday bolalarda son suyagi bilan bo‘ksa suyagi tutashgan joy chiqib ketishga moyil bo‘ladi, yaxshi o‘smaydi. Bolalardagi tug`ma displaziyani tug’ilgandan keyin darhol aniqlash mumkin, ammo kattalarda bu kasallik kam uchraydi.
Displaziya tananing quyidagi qismlarida yuzaga kelishi mumkin:
- chanoq-son bo’g’imlarida;
- tirsak bo’g’imida (juda kamdan-kam hollarda);
- yelka bo’g’imida;
- tizza bo’g’imida.
Kelib chiqish sabablari
Kasallik biriktiruvchi to’qima tuzilmalarining buzilishi tufayli rivojlanadi. Sabablari:
- irsiy omil, ya’ni irsiyat;
- tug’ruq paytidagi yoki tug’ishdan keyin jarohatlar;
- homilador ayol organizmidagi gormonal buzilishlar;
- bachadonda homilaning noto`g`ri joylashuvi (chanoq-son bo’g’imlari displaziyasini keltirib chiqaradi).
Shuningdek, agar ota-onaning yoshi 40 yoshdan oshgan bo`lsa, chaqaloqda kasallik aniqlanishi ehtimoli bor.
Kasallik belgilari
Displaziyaning har bir turi uchun kasallik belgilari farq qiladi:
- Chanoq-son displaziyasida: bolaning oyoqlari har xil uzunlikda, assimmetrik dumbalar, dumba burmalari ham assimmetrik holatda, oyoqlar bir-biridan uzoqlashtirilganda ularda ham assimmetriya kuzatiladi;
- Yelka displaziyasi: kurak suyagi shakli o’zgaradi, harakat paytida og’riq paydo bo’ladi, bo’g’im chiqishi holatlari tez-tez kuzatiladi;
- Tizza displaziyasi: harakat paytida tizza og’riydi, tizza kosachasi shakli o`zgaradi.
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.
Diagnostika
Displaziya tashxisini qo’yish uchun ortoped quyidagi tekshiruvlarga yo`naltiradi:
- bo’g’imlarning ultratovush tekshiruvi;
- bo’g’imlarning rentgenologik tekshiruvi.
Kasallikni davolash
Bo`g`imlar displaziyasini davolash uchun quyidagilar buyuriladi:
- massaj;
- davolovchi jismoniy mashqlar;
- fizioterapiya;
- dori vositalari;
- maxsus shinalar yoki moslamalar;
- jarrohlik operatsiyalari (sun`iy bo’g’im o`rnatish).
Davolashning barcha usullari (jarrohlikdan tashqari) faqat bir yoshga qadar samarali bo’ladi. Bir yoshdan keyin displaziya faqat jarrohlik yo’li bilan davolanishi mumkin.
Kerakli ma’lumot topmadingizmi?
Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz
Xavfli jihatlari
Agar kasallik erta yoshda davolanmasa, quyidagi muammolar paydo bo’lishi mumkin:
- yurishning buzilishi;
- qomatning buzilishi;
- umurtqa pog’onasidagi o’zgarishlar.
Xavf guruhi
Quyidagilarda kasallikka chalinish ehtimoli yuqori:
- ota-onasi 40 yoshdan oshgan yangi tug’ilgan chaqaloqlar;
- bola organizmidagi gormonal o‘zgarishlar;
- og`ir vazn bilan tug`ilgan chaqaloqlar.
Profilaktika
Kasallikning oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- Homiladorlik davrida ayol bolada turli kasalliklarning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun o`z vaqtida barcha tekshiruvlardan to’liq o’tishi kerak;
- Chaqaloqlarni juda qisib yo`rgaklamaslik lozim, chunki chaqaloqning sonlari bir-biriga juda yaqin tortilishi mumkin;
- Davolovchi gimnastika bilan shug’ullantirish kerak.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Oyoqning uzun-kalta bo’lishi — sabablari, oqibatlari, tashxislash va davolash
Bolalarda oyoq suyaklarining katta-kichikligi, ya’ni biri uzun, biri esa kalta bo’lishini ota-onalar bolani cho’miltirish, kiyintirish yoki chaqaloq bilan o’ynash vaqtida sezib qolishadi. Darhol bir oyoqning kalta ekanligi shubhasi uyg’onadi. Bunday vaziyatlar — kamyob emas. Ular chin va soxta kaltalikdan guvohlik berishi mumkin.
- 1 Bir oyoqning ikkinchisidan kalta bo’lishi sabablari
- 1.1 Displaziya
- 1.2 Sonning chiqishi
- 1.3 Mushaklar gipertonusi
- 1.4 Irsiyat
Bir oyoqning ikkinchisidan kalta bo’lishi sabablari
Patologiya tashxisini faqatgina oyoqlar uzunligi farqi ½ santimetrdan ko’p bo’lgandagina qo’yish mumkin. Bir oyoqning suyagi ikkinchisinikidan kalta bo’lsa — chin kaltalik haqida gapiriladi. Buning sababi suyak to’qimalarining rivojlanmaganligida, ya’ni rivojlanish anomaliyalarida. chanoq-son bo’g’imining yiringli-yallig’lanishli kasalliklari oqibati hisoblanadi.
8 oygacha bo’lgan bolalarda patologiya langetlar, massaj va bosqichma-bosqichli gipsli bog’lamlar yordamida tuzatiladi. Bundan keyingi yoshda terapiya tashxisga bog’liq, ammo aksariyat hollarda operatsiya o’tkazish talab etiladi.
Displaziya
Bunday holda, oyoq suyaklar uzunligi bir xil bo’ladi, ammo oyoqning bittasi yuqoriga tortiladi va bu soxta kalta oyoqlik deb ataladi.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda bu holat ko’pincha chanoq-son bo’g’imi displaziyasi, qisman / to’liq sublyuksatsiya, son chiqishi tufayli yuzaga keladi. Shifokor patologiyani vizual tarzda aniqlaydi. Tashxis qo’yish qiyinchiligi bola hayotining dastlabki 2 oyligida kuzatiladi. 3-4 oyligida bir tomonlama chiqishni aniqlash osonroq.
9 oylikkacha bo’lgan bolalarda oyoq katta-kichikligini davolash chanoq suyaklarini tuzatish uchun manual massajlar qilishni o’z ichiga oladi. Bu yoshdan oshgan bolalar uzoqroq muddat davolanadi, bunda maxsus shinalar taqish kerak bo’lishi mumkin. Displaziya fizioterapiya, massaj va terapevtik mashqlar yordamida davolanadi.
Agar u davolanmasa, patologiya yanada rivojlanadi.
Ota-onalar chaqaloqni mahkam yo’rgaklamasligi, oyoq-qo’llarini majburiy ravishda to’g’irlamasligi, muddatidan oldin oyoqqa qo’ymasligi, vertikal ravishda tushadigan yuklarni bartaraf etishlari kerak, chunki bu holda deformatsiyaning kuchayishi ehtimoli mavjud mumkin.
Sonning chiqishi
Tug’ma patologiya asta-sekin qayta joyiga solish, gipsli bog’lamlar va shinalar bilan tuzatiladi. Davolashning davomiyligi bir necha oydan bir yilgacha bo’lishi mumkin. Davolash kompleksi manual terapiyani ham o’z ichiga oladi: selektiv, nuqtali massaj, maxsus mashqlar. Homiladorlik taqvimi chaqaloqning qanday rivojlanishi kerakligini aniqlashga imkon beradi, bunda bo’lajak ona UTT davomida tug’ma nuqson mavjudligini aniqlashi va chaqaloqni tug’ilganidanoq davolashga kirishishi mumkin.
Manual terapiyaga suyakni joyiga kiritishdan keyin biroz vaqt o’tib murojaat qilinadi. Manual terapevt zaiflashgan mushak tizimini kuchaytirishi, bo’g’im to’qimalarda distrofik o’zgarishlar bo’lishini oldini olishi kerak.
Tug’ma chiqishni davolash hayotning dastlabki 3 oyligida eng samarali hisoblanadi. Agar bolaning yoshi ancha kattaroq bo’lsa, operatsiya qilish talab etiladi.
Mushaklar gipertonusi
Oyoqlardan birining soxta kaltaligi sababi uning tonusi oshganligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu olti oylikdan keyin ko’zga yaqqol tashlanadi.
O’z navbatida, gipertonus kalla ichi bosimi oshishi, homilaning gipoksiyasi va miya kamqonligi tomonidan chaqirilishi mumkin. Ushbu holat ko’pincha jarohatli tug’ruq va asfiksiyada tug’ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi.
Patologiyani chaqaloq hayotining birinchi oylarida u embrion holatida yotganda, qo’llari barcha bo’g’imlarda bukilgan, gavdaga tortilgan, oyoqlari ham bukilgan, biroz chetga olingan, boshi ortga tashlanganligidan aniqlab olish mumkin.
Ota-ona bolaning oyoq-qo’llarini bir necha marta yozib ko’rishlari mumkin, agar qarshilik bo’lmasa, mushaklar tonusi me’yorda bo’ladi.
Bola tayanch bilan oyoq uchlariga tursa, barmoqlarini qisib olsa, nevropatolog konsultatsiyasi kerak bo’lishi mumkin. Bolaga gimnastika va, ehtimol, dori-darmonlar tayinlanadi.
Irsiyat
Bu xususiyat avloddan avlodga uzatilishi mumkin. Agar bunday patologiya ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar orasida kuzatilgan bo’lsa, u holda bolada bu o’zgarish irsiyat tufayli deb taxmin qilish mumkin. Bu holda mustaqil o’lchovni amalga oshirsa bo’ladi, o’lchov tasmasi kerak bo’lmaydi. Shunchaki qattiq tekis yuzaga yotib, oyoqlarni birlashtirish va to’piq, tovon bir darajada ekanligiga e’tibor berish kerak.
Oyoq suyuklarining katta-kichikligi: me’yoriy ko’rsatkichlar
Kichik o’zgarishlar odatda patologiya haqida gapirmaydi. Oyoqlarning fiziologik qisqaligi kabi tushuncha mavjud. Masalan, chapaqay bolalarda o’ng oyoqning kaltaligi va aksincha, o’ng qolda yozuvchilarda chap oyoqning qisqaligi kuzatiladi.
Bola yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun u jismonan faol bo’lishi kerak. Yugurish, sakrash, harakatlanish bir oyoqning yetakchi bo’lishiga, ya’ni boshqasidan ko’ra ko’proq yuk ko’tarishiga olib keladi. Shuning uchun kuchli oyoq biroz kalta bo’ladi. Keyinchalik bu farq yo’qolib ketadi.
Qanday qilib oyoqning kalta-uzunligini aniqlash mumkin?
Ko’p tajribaga ega bo’lmay turib ham uy sharoitida o’zgarishlarni aniqlash imkoni mavjud. Ota-onalar o’zlar sinov o’tkazishlari mumkin.
- Nazoratdan oldin bolani to’g’ri yotqizish kerak. Optimal variant — stol yuzasiga. Stolning ustiga choyshab yoki boshqa mato to’shash mumkin, faqat u qalin va yumshoq bo’lmasligi, ya’ni bolaning bir qismi qismi unga «cho’kmasligi» kerak.
- To’g’ri vaqtni tanlash kerak. Bolalarni ko’pincha injiqliksiz yotqizish qiyin, chunki bolalar ulardan nimani xohlashlarini tushunishmaydi.
- Chaqaloqni avval qornini pastga qilib yotqizish kerak. Mushaklarini bo’shashtirish uchun uni orqa tomonini uqalash mumkin. So’ng u chalqancha qilib yotqiziladi. Bu holatda unga yotish qulaymi yoki yo’qligini e’tiborga olish kerak. So’ng, unga barmoqlaringizni ushlab olishga bering. Agar bola faol ravishda ushlasa, cho’zilishga harakat qilsa, ritmik tarzda harakatlansa, oyoq qo’llari bilan avtomatik tarzda simmetrik harakatlantirsa, bu bolaning sog’lom ekanligini anglatadi. Mushak tonusining yuqoriligida uning oyoqlari chalkashib ketadi.
- Shundan so’ng oyoqlarni yonga ochishning cheklanishini e’tiborga olish kerak bo’ladi: bolaning oyog’ini tizzalari va sonida bukib, keyin ehtiyotkorlik bilan yon tomonlarga ochish kerak. Displaziya mavjud bo’lganda, buni amalga oshirib bo’lmaydi.
- Agar chaqaloq olti oylikdan katta bo’lsa, unda assimetriya mvjudligi predmetiga tanasini tekshirib ko’rish, shuningdek, bo’g’imlarning simmetriyasini o’rganish kerak.
- Bir yoshdan oshgan bolalarda oyoqlar mushaklari simmetriyasi tekshiriladi. Agar ulardan biri (son va kichik boldirda) ingichkaroq bo’lsa, bu holda unga kamroq yuk tushishi ma’lum bo’ladi.
Agar shubha qiladigan bo’lsangiz, albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, masalan, bolalar jarrohi, ortoped yoki nevrolog bilan kerak. Patologiyaning sababiga qarab, u davolash usulini tanlaydi.
Oyoqning katta-kichkina bo’lishi oqibatlari
Ko’pgina ota-onalar oyoqning turli xil uzunlikda bo’lishi albatta oqsoqlikka olib keladi deb o’ylashadi. Bu har doim ham to’g’ri emas. Patologiya davolanmasa, bola organizmida metamorfoz yuzaga keladi: mavjud nuqson chanoqning kalta oyoq tomonga egilishi bilan kompensatsiyalanadi.
Kelajakda bu holat umurtqa pog’oniasining qiyshayishi, bo’g’imlarda degenerativ o’zgarishlarga olib keladi. Oxir-oqibat umurtqa «S» yoki «C» harfi shaklida qiyshayadi, yelkalar balandligi ham ikki xil bo’lib qoladi.
Bolaning oyog’i uzun va kalta bolsa nima qilish kerak?
Agar bunday o’zgarish o’z vaqtida, ya’ni organizmning faol o’sishi davrida aniqlansa, uni samarali tuzatish ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Davolash kompleksiga yuqorida aytib o’tilganidek, manual terapiya kiritilgan. Shu bilan birga, trofik massaj va maxsus mashqlar nafaqat mutaxassis, balki ota-onalar tomonidan ham amalga oshirilishi kerak. Natijada, kalta oyoq tezroq o’sadi.
Bola o’zi mustaqil yura boshlaganda (odatda, bir yoshdan keyin), uning bir poyabzaliga yana bitta taglik qo’yish kerak.
Ammo bunday choralar faqat oyoqlar uzunligi orasidagi farq ½ santimetrdan ortiq bo’lgan hollarda talab qilinadi. Bolaning poyabzali poshnali va qattiq bo’lishi kerak. Bu poyabzal oyoqqa emas, balki oyoq poyabzalga «moslashishi» uchun kerak. Bu yondashuv yassioyoqlikni oldini olish uchun ham muhimdir.
Shu bois, barcha poyabzallar shaklini yo’qotmaslik va to’piqni yaxshi qoplashi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, tekstildan tayyorlangan poyabzal bu holda to’g’ri kelmaydi.
Ota-onalar muntazam ravishda ortoped va manual terapevtga murojaat qilib turishlari kerak. Agar buzilish konservativ terapiya yordamida tuzalmasa, unda jarrohlik amaliyotini o’tkazish kerak bo’ladi.
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi – sabablari, belgilari, asoratlari, tashxislash va davolash usullar
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi – chanoq-son boʻgʻimi shakllanishidagi tugʻma buzilish boʻlib, uning asorati son boshchasi chiqishi bilan yakunlanadi. Bunda boʻgʻim toʻliq rivojlanmagan yoki biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan struktur elementlari yetarlicha boʻlmaydi. Erta yoshlarda teri burmalari assimetriyasi, nisbiy kaltalik va son harakatchanligidagi chegaralanish bilan namoyon boʻladi.
Keyinchalik ogʻriqlar, oqsoqlanish, tez charchab qolish kabi holatlar yuzaga chiqadi. Patologiya UTT tekshiruvi va rentgenografiya usuli bilan tashxislanadi. Davo muolajalari maxsus fiksatorlardan foydalanish va maxsus mashqlar yordamida olib boriladi.
Chanoq-son displaziyasi (grekcha dys – buzilish, plaseo – hosil boʻlish) – tugʻma patologiya boʻlib, son boshchasi chiqishi yoki chala chiqishi bilan asoratlanadi. Boʻgʻimning shakllanmaslik darajasi shunchaki kosmetik jihatdan noqulaylik tugʻdirishi yoki harakatdagi turli xil kamchiliklar bilan namoyon boʻladi. Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun patologiyani erta muddatlarda davolash kerak boʻladi, yaʼni bola hayotining birinchi oyidan.
Ushbu patologiya tugʻma kasalliklar orasida keng tarqalgan boʻlib, statistika boʻyicha barcha tugʻilgan chaqaloqlarning 2-3 % ini tashkil etadi. Millatlar orasida esa: afroamerikaliklar orasida kamroq, amerikalik hindular orasida – boshqa irqlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Qiz bola jinsidagi chaqaloqlar oʻgʻil bolalarga qaraganda koʻproq chanoq-son displaziyasidan aziyat chekadi (barcha patologiyaning 80 % holatlarida).
- Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi sabablari
- Patogenez
- Displaziya belgilari
- Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari
- Diagnostika
- Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi davosi
- Patologiya oqibati va profilaktikasi
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi sabablari
Displaziya kelib chiqishida bir necha omillar ishtirok etadi. Nasliy omil yaʼni ota onalarida ham chanoq sohasi bilan bogʻliq boʻlgan tugʻma patologiyalar boʻlishi kasallikka moyillikni 10 marotabagacha oshirib yuboradi. Bundan tashqari tugʻruq vaqtida homilaning chanoq bilan kelishi ham patologiyaning asosiy sababchilaridan biri hisoblanadi. Homiladorlik vaqtida toksikoz, turli preparatlar qabul qilish, homilaning kattaligi, homila suyuqligining kamligi va boshqa homiladorlik patologiyalari ham displaziyaga olib kelishi qayd etiladi.
O‘QING: Egizak homiladorlik – turlari, kechishi va oʻziga xos jihatlari
Olimlar izlanishiga koʻra ekologik jihatdan qoniqarsiz mintaqalarda chanoq-son displaziyasi bilan tugʻiladigan chaqaloqlar 5-6 barobar koʻp boʻlishi aniqlangan. Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi millat urf odatlariga ham bogʻliq holda shakllanadi, yaʼni turli mintaqalarda bolakaylarni turlicha belaydilar. Masalan, oyoqlari orasini ochiq holda beshikka belaydigan mintaqalar yoki bolalarini orqa sohasida oyoqlari ochiq holda koʻtarib yuruvchilar orasida ushbu patologiya kam qayd etiladi.
Patogenez
Chanoq-son boʻgʻimi son boshchasi va quymich kosasidan tashkil topgan. Quymich kosasining yuqori qismi quymich labidan iborat va bu qism son boshchasini kosachaga kirib turishida maydonni kengaytirib turadi. Yangi tugʻilgan bolalar chanoq-son boʻgʻimi kattalarnikidan farq qiladi: quymich kosasi bolalarda yassi, deyarli vertikal holatda hamda boylamlar elastikligi koʻproq boʻladi. Son boshchasi quymich kosasiga yumaloq boylam, boʻgʻim kapsulasi va quymich lablari yordamida birikib turadi.
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasining 3 xil shakli farqlanadi: asetobulyar (quymich kosasi rivojlanishidagi kamchiliklar), son suyagi yuqori qismi displaziyasi va rotatsion displaziya yaʼni gorizontal yuzada suyaklar geometriyasi oʻzgarishi.
Boʻgʻimni tashkil etuvchi har qanday elementning buzilishi son boshchasining quymich kosasida joylashib turishini taʼminlay olmaslikka olib keladi. Natijada son boshchasi tashqariga va yuqoriga chiqib qoladi. Quymich kosasi ham oʻz tuzilishini oʻzgartiradi va son boshchasini biriktirish qobiliyatidan ayriladi. Agar son boshchasi quymich kosasidan toʻliq chiqib qolsa son boshchasi yuqorida joylashib qoladi. Davo choralari oʻz vaqtida olib borilmasa quymich kosasi biriktiruvchi toʻqima va yogʻ toʻqimasi bilan toʻladi, bu esa son boshchasini joyiga tushirishda qiyinchilik tugʻdiradi.
Displaziya belgilari
Chanoq-son displaziyasi oyoqlar nisbiy kaltaligi, teri burmalari assimetriyasi, son harakati cheklanishi va Marks-Ortolani shilqillash belgisiga qarab tashxislashda ilk qadam qoʻyiladi. Chov, tizza orti va dumba sohalari teri burmalari assimetriyasi asosan 2-3 oylik bolalarda yaxshi bilinadi. Koʻruvda burmalar orasidagi farqqa, shakliga va Burma chuqurligiga eʼtibor qaratiladi.
O‘QING: Ovulyatsiya va homiladorlik (Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)
Yuqoridagi tekshiruvlar displaziya tashxisini qoʻyishga yetarli boʻlmaydi. Ikki tomonlama displaziya holatlarida burmalar simmetrik boʻlishi ham mumkin. Baʼzida teri burmalari assimetriyasi sogʻlom bolalarda ham kuzatilishi mumkin. Nisbiy kaltalik tugʻma son chiqishini aniqlashda yaxshi maʼlumot beradi. Bolakayni orqasi bilan yotqizgan holda oyoqlari chanoq-son va tizza boʻgʻimida bukiladi, hamda tizzalarning bir biriga nisbatan joylashuviga eʼtibor beriladi, agar bir taraf ikkinchi tarafidan yuqorida joylashsa – bu tugʻma son chiqishidan darak beradi.
Marks-Ortoloni shilqillash belgisi tugʻma son chiqishini aniqlashda eng aniq maʼlumotni beradi. Bolakay orqasi bilan yotqiziladi, shifokor bola oyogʻini bukadi va qoʻllari bilan shunday ushlaydiki II-V barmoqlar sonning tashqi yuzasida joylashadi. Soʻngra shifokor bir xil kuch bilan bir vaqtda sonni tashqariga bukadi. Displaziya holatida patologiya tarafda son boshchasining quymich kosasiga qayta tushishi hisobiga shilqillagan tovush eshitiladi. Bu belgi yangi tugʻilgan chaqaloqlar hayotining 1-haftasida 40 % chaqaloqlarda musbat boʻladi va keyinchalik oʻz oʻzidan yoʻqolib ketadi.
Boʻgʻim patologiyasini aniqlashda yana bir usul mavjud – harakatning cheklanishi. Sogʻlom bolalarda oyoqlar tashqariga 80-90 gacha ochiladi. Harakat cheklanganda esa bu burchak 50-60 foizni tashkil etadi.
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari
Boʻgʻim displaziyasi erta yoshdagi bolalarda hech qanday shikoyatlarga sabab boʻlmasligi mumkin. Ammo, inson yoshi 25-55 yoshlarga yetganda displastik koksartroz rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi. Ilk belgilar harakat cheklanishi yoki ayollarda gormonal oʻzgarishlar roʻy berayotgan davrda yuzaga chiqishi mumkin.
Displastik koksartrozning oʻziga xos jihati shundaki- kasallik juda qisqa muddat ichida boshlanadi va tezda avjiga chiqadi. Kasallik noxush his, ogʻriq va boʻgʻimda harakat cheklanishi bilan kechadi. Kech bosqichlarda oyoqlar tashqariga chiqqan, bukilgan holatga kelib qoladi. Boʻgʻimda harakat keskin cheklanadi. Son boshchasi sekin astalik bilan yuqoriga koʻtariladi va yonbosh suyakda soxta boʻgʻim hosil qiladi, ammo bunday holat hozirgi kunda juda kam qayd etiladi.
O‘QING: Yo’ldosh erta ko’chishi – sabablari, belgilari, turlari va davolash usullari
Diagnostika
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi tugʻruqxonaning oʻzidayoq tashxislanadi. Agar patologiya aniqlansa 3 hafta ichida bolalar ortopediga murojaat etish kerak. Bundan tashqari bolalar 1, 3, 6 va 12 yoshlarida ham profilaktik tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Xavf guruhidagi bolalarga masalan homiladorlik vaqtida onada anemiya, toksikoz, homilaning kattaligi, chanoq bilan joylashishi hamda displaziyadan aziyat chekadigan ota onalardan dunyoga kelgan bolalarga eʼtibor qaratish lozim. Displaziyaga shubha qilinsa kerakli tekshiruvlardan oʻtish buyuriladi.
Tashxisni aniqlashtirish uchun rentgenografiya va ultrasonografiya tekshiruvlari oʻtkaziladi. Erta yoshdagi bolalarda boʻgʻim elementlari togʻaydan iborat boʻladi va ular rentgenogrammada koʻrinmaydi. Shu sababli rentgenografiya usuli 3 oydan katta yoshdagi bolalarda oʻtkaziladi. Ultrasonografiya tekshiruvi erta yoshdagi bolalar uchun juda qulay hamda zararsiz hisoblanadi.
Kasallik tashxisi instrumental tekshiruv javoblari va umumiy koʻrik bilan birgalikda qoʻyiladi.
Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi davosi
Davo muolajalari erta muddatlarda olib borilishi kerak. Bunda bolala oyoqlari ochilgan va bukilgan holda ushlovchi turli xil fiksatorlardan foydalaniladi: apparatlar, shinalar, stremenlar, shtanishkalar va maxsus yostiqchalar.
Erta yoshdagi bolalar elastik konstruksiyaga ega boʻlgan moslamalardan foydalangan yaxshiroq. Masalan Pavlikov stremenasi – koʻkrak qismga taqish uchun moʻljallangan moslama, bunda bolakay oyoqlari tashqariga ochilgan va tizza boʻgʻimida bukilgan holatda onaning koʻkrak qismida osilgan holatda turadi. Bu moslamaning qulayliklaridan yana biri bolakay oyoqlari harakati cheklanmasligidir.
Chanoq-son displaziyasini davolashda samarali usullardan biri mushaklarni mustahkamlovchi maxsus mashqlarni bajarishdir. Qoʻshimcha ravishda dumba sohasi mushaklari massaji ham buyuriladi.
Ogʻir holatlarda oyoqlarni kerakli holatda ushlagan holatda gipsli bogʻlam qoʻyiladi va boʻgʻim immobilizatsiya qilinadi. Bu kabi davo muolajasi 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda oʻtkaziladi. 8 yoshgacha boʻlgan bolalarda son tortmaga olinadi. Agar ushbu chora tadbirlar foyda bermasa, jarrohilk amaliyoti bilan son boshchasi boʻgʻim yuzasiga tushiriladi.
Patologiya oqibati va profilaktikasi
Patologiyani erta muddatlarda aniqlash va davo muolajalarini boshlash natijasida kasallik oqibati ijobiy hisoblanadi. Kasallik qancha kech davolansa asoratlar boʻlish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi. Chanoq-son displaziyasi profilaktikasi bolalarda patologiyani erta muddatlarda aniqlashdan iborat.
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.