Press "Enter" to skip to content

Ii bob. C Dasturlash tiliga kirish

qaytariluvchi_qiymat_toifasi funksiya_nomi ( [parametrlar] )

1-dars. C++ algoritmik tilining asosiy tushunchalari

C++ tilida so’z deb bir nechta belgilar ketma-ketligi tushuniladi. Xizmatchi so’z deb C++ tilidagi standart nom tushuniladi. Bu maxsus ma’noni anglatadi va uni ma’lumotlarga berib bo’lmaydi.

Masalan: int, float, for, while va hokazo.

C++ tilida ma’lumotlarning elementlari bo’lib o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar, izohlar xizmat qiladi.

O’zgaruvchi:

Xotiraning nomlangan qismi bo’lib, o’zida ma’lum bir toifadagi qiymatlarni saqlaydi. O’zgaruvchining nomi va qiymatlari bo’ladi. O’zgaruvchining nomi orqali qiymat saqlanayotgan xotira qismiga murojaat qilinadi. Programma ishlashi jarayonida o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish mumkin. Har qanday o’zgaruvchini ishlatishdan oldin, uni e’lon qilish lozim.

Quyidagi butun sozlardan foydalanish uchun b, haqiqiy sonlardan foydalanish uchun h o’zgaruvchisi e’lon qilingan:

int b;

float h;

O’zgarmaslar (const)

Hisoblash jarayonida qiymatini o’zgartirmaydigan kataliklarga aytiladi.

float const pi = 3.14;

Programmaning ma’lum qismini tavsiflash uchun ishlatiladi va bu qatorda hech qanday aml bajarilmaydi, ya’ni programmaning biror qismini yaxshiroq tushuntirish uchun xizmat qiladi. Izoh «/*» va «*/» simvollari orasida beriladi.

/* Bu yerga izoh yoziladi. */

Bundan tashqari birsatrli izohlardan ham foydalanish mumkin. Buning uchun izoh boshiga «//» belgisi qo’yiladi.

Operator

Tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma’lumotlar taxlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operator nuqtali vergul «;» bilan ajratiladi.

Identifikator

Programmist tomonidan programma elementlari (funksiya, o’zgaruvchilar, o’zgarmaslar …) uchun ixtiyoriy nom.

Identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

  • Iden tifikator lotin harflaridan boshlanishi shart;
  • Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
  • C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya’ni quyidagilarning har biri alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, KattA, …
  • Probel C++ da so’zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo’lmaydi.
  • Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so’zlardan identifikator sifatida foydalanib bo’lmaydi;

Eslatma

Identifikator tanlashda birinchi belgi sifatida «_» belgisidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

C++ da programma

C++ da programma funksiya yoki funksiyalardan tashkil topadi. Agar programma bir nechta funksiyadan iborat bo’lsa, bir funksiyaning nomi main bo’lishi shart. Programma aynan main funksiyasining birinchi operatoridan birinchi operatoridan boshlab bajariladi.

Funksiyaning aniqlashishi quyidagicha bo’ladi:

qaytariluvchi_qiymat_toifasi funksiya_nomi ( [parametrlar] )

funksiya tanasini tashkil qiluvchi operatorlar

Qoida bo’yicha funksiya qandaydir bir qiymatni hisoblash uchun ishlatiladi. Shuning uchun funksiya nomi oldindan, funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yoziladi. Agar funksiya hech qanday qiymat qaytarmaydigan bo’lsa, void toifasi yoziladi. Agar funksiya qaytaradigan qiymat toifasi yozilmagan bo’lsa, int (butun) toifali qiymat qaytariladi deb qabul qilinadi.

Funksiya bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.

C++ da oddiy matnni ekranga chiqaruvchi programmani ko’rib chiqamiz

  1. // Muallif: Haydarov Abdulaminxon
  2. //Sana: 18 oktabr 2016 yil
  3. // Maqsad: Matnni ekranga chiqaruvchi programma
  4. # include // ekranga ma’lumot chiqarish uchun
  5. int main ()
  6. std :: cout
  7. return 0;
  8. >

Har bir satrni o’rganib chiqamiz:

1, 2, 3- satrlar izoh hisoblanadi. Malakali programmistlar har qanday programma muallif, programmaning tuzilish sanasi va maqsadini ifodalovchi izoh bilan boshlanishini maslahat berishadi.

4, 6, 10- satrlar bo’sh satrlar hisoblanadi. Bosh satrlar programma qismlarini bir- biridan ajratib qo’yish uchun ishlatiladi. Programma qismlarining bir- biridan ajralib turishi, programma o’qilishini osonlashtiradi.

5- satrda, klaviaturadan ma’lumotlarni kiritish va ekranga chiqarish uchun sarlavha fayli programmaga qo’shilyapti. Bu satr klaviatura orqali ma’lumot kirituvchi va ekranga nimadir chiqaruvchi har qanday programmada bo’lishi shart. Aks xolda xato sodir bo’ladi.

Agar sizning kompliyatoringiz eski bo’lsa, unda yozishingiz lozim bo’ladi.

7- satrda butun toifadagi qiymat qaytaruvchi main funksiyasi berilgan int xizmatchi so’zi butun toifadagi ma’lumotlarni e’lon qilishi uchun ishlatiladi.

12- satrdagi yopuvchi figirali > funksiya tanasining tugaganini bildiradi.

11- satrdagi return xizmatchi so’zi orqali funksiya 0 qiymat qaytaradi va programma muvoffaqqiyatli yakunlanadi.

O’zgaruvchilarni e’lon qilish

Programmada ishlatilgan barcha o’zgaruvchilarni qaysi toifaga tegishli ekanligini e’lon qilish kerak. Ma’lumotlarni e’lon qilishining umumiy ko’rinishi quyidagicha:

toifa_nomi o’zgaruvchi;

Agar bir nechta o’zgaruvchi bir toifaga mansub bo’lsa, ularni vergul bilan ajratib berish mumkin.

Butun sonlarni ifodalash uchun int va haqiqiy sonlarni ifodalash uchun float xizmatchi so’zlaridan foydalaniladi. Bu darsda shu 2 tasini bilish kifoya qiladi. Keyingi mavzuda butun va haqiqiy sonlar haqida batafsil gaplashamiz

int x, y; // butun toifadagi o’zgaruvchilarni e’lon qilish

float a, b, c; // haqiqiy toifadagi o’zgaruvchilarni e’lon qilish

Kiritish va chiqarish operatorlari

Programmada klaviatura orqali ma’lumot kiritish va ekranga chiqarish uchun preprotsessor direktivasini, ya’ni #include ni programmaga qo’shish shart.

Ma’lumot kiritish std::cin >>, ma’lumotlarni chiqarish std::cout operatori orqali amalga oshiriladi.

Bu operator bajarilgan ekranda kursor paydo bo’ladi. Kerakli ma’lumot klaviatura orqali kiritilgandan so’ng Enter tugmasi bosiladi.

cout orqali ekranga ixtiyoriy ma’lumotni chiqarish mumkin. Satrli ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun, ularni qo’shtirnoq orasida yozish kerak.

Quyidagi a va b sonlarning yig’indisini chiqaruvchi programma berilgan:

// Muallif: Abdulaminxon Haydarov

// Maqsad: a va b sonlari yig’indisini chiqaruvchi programma

// standart nomlar fazosidan foydalanishni e’lon qilish

using namespace std;

int main ()

int a, b, c;

return 0;

Arifmetik amallar:

  • + qo’shish
  • – ayirish
  • * ko’paytirish
  • / bo’lish

Ba’zi matematik funksiyalar:

Matematik funksiyalardan programmada foydalanish uchun math.h faylini programmaga qo’shish kerak

Funksiyaning C++ da ifodalanishi Funksiyaning matematik ifodalanishi

abs(x) – butun sonlar uchun |x|

fabs(x) – haqiqiy sonlar uchun |x|

pow(x, y) x ni y darajasi

Haqida Abdulaminxon

Saytda siz o’zingizga kerakli narsa oldingizmi demak bizni sayt sizga qandaydir yordam bergan. Sayt ya’nada ko’proq hizmat qilishi uchun qo’llab quvvatlang: Yandex Money: 410015117683936 WebMoney WMZ: Z501426318717 Sizning har qanday yordamingiz biz uchun muhum!

Ii bob. C++ Dasturlash tiliga kirish

Bilib olasiz: C++da har bir operatorni tugatish, operator turlari, qo`shimcha operatorlarni ishlatish, cin kiritish, cout chiqarish operatorlarini ishlatish, qiymat berish, increment, decrement operatorlari, mantiqiy and [&&], or [||], not [!] larni vazifalari va ishlatishni.

Har qanday dastur funksiyalar ketma ketligidan iborat bo`ladi. Funksiyalar sarlavha va funksiya tanasidan iborat bo`ladi. Funksiya sarlavhasiga void main() ifoda misol bo`la oladi. Funksiya tanasi ob`yektlar ta`riflari va operatorlardan iborat bo`ladi.

Har qanday operator nuqta-vergul [;] belgisi bilan tugashi lozim. Quyidagi ifodalar X=0, yoki I++ operatorga aylanadi agar ulardan so`ng nuqtali vergul [;] kelsa (X = 0; I++;).

Operatorlar bajariluvchi va bajarilmaydigan operatorlarga ajratiladi. Bajarilmaydigan operator bu izoh operatoridir. Izoh operatori [/*] belgisi bilan boshlanib, [*/] belgisi bilan tugaydi. Bu ikki simvol orasida ixtiyoriy jumla yozish mumkin. Kompilyator bu jumlani tekshirib o`tirmaydi. Izoh operatoridan dasturni tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi.

Bajariluvchi operatorlar o`z navbatida ma`lumotlarni o`zgartiruvchi va boshqaruvchi operatorlarga ajratiladi. Ma`lumotlarni o`zgartiruvchi operatorlarga qiymat berish operatorlari va [;] bilan tugovchi ifodalar kiradi. Masalan,

I++;
x*=I;
I=x-4*I;
  • Qo`shma operatorlar;
  • Tanlash operatorlari;
  • Takrorlash operatorlari;
  • O`tish operatorlari;

Bu fragment bo`lsa blok:

C++ Operatorlar

Assalomu alaykum bugun siz bilan operatorlar haqida gaplashib olamiz. Agar darsliklarni boshdan o’qib kelayotgan bo’lsangiz unda sizni tabriklashim mumkin chunki C++ dasturlash tilini tushunib boshlayabsiz! Operatorlar o’zgaruvchilar va qiymatlar bo’yicha operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladi.

Quyidagi misolda biz ikkita qiymatni qo’shish uchun + operatordan foydalanamiz:

int x = 100 + 50;

+ operator ko’pincha yuqoridagi misol kabi, birgalikda ikki qiymatlarni kiritish uchun ishlatiladi, u ham birga, bir o’zgarmaydigan va qiymat yoki o’zgaruvchilar va boshqa o’zgaruvchilar qo’shishingiz uchun foydalanish mumkin.

int n1 = 100 + 50; // 150 (100 + 50) int n2 = n1 + 250; // 400 (150 + 250) int n3 = n2 + n2; // 800 (400 + 400)

C ++ operatorlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:

Operator -o’zgaruvchilar va qiymatlar bo’yicha operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladi.

Arifmetik operatorlar

Umumiy matematik operatsiyalarni bajarish uchun arifmetik operatorlar qo’llaniladi.

= qiymati tayinlash uchun) 10 a o’zgaruvchi deb nomlangan uchun x :

int x = 10; 

Taqqoslash operatorlari

Ikki qiymatni taqqoslash uchun taqqoslash operatorlari ishlatiladi.

Izoh: taqqoslashning qaytarilish qiymati to’g’ri ( 1 ) yoki noto’g’ri ( 0 ).

Quyidagi misolda 5 dan 3 kattaroqligini bilish uchun operatordan ( ) dan kattaroq foydalanamiz > :

Barcha taqqoslash operatorlari ro’yxati:

C++ bo’yicha darsliklar va ko’nikmalar.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.