BREVEFLORA kapsulasi
Saqlash sharoiti
BREVEFLORA kapsulasi
Sog’ligingizga ziyon yetkazmang .
Saytda ko’rsatilgan ma’lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so’ng foydalaning.
Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagi 5 mlrd faol bakteriyalar shtammini saqlaydi: Lactobacillus casei 1,5 mlrd. KHB (KOЕ) Lactobacillus rhamnosus 1,25 mlrd. KHB Lactobacillus acidophilus 0,75 mlrd. KHB Bifidobacterium longum 0,75 mlrd. KXB Bifidobacterium breve 0,75 mlrd. KHB Yordamchi moddalar: mavjud emas
Preparatning savdo nomi:
Farmakalogik guruhi:
Dori shakli:
Oq/oq kapsulalar. Kapsula ichidagisi: oqdan och sariq ranggacha bo‘lgan granulalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Farmakokinetikasi
Probiotiklarning samaradorligi, ularni me’daning kislotali muhitida va o‘n ikki barmoq ichakning ishqoriy sharoitida barqaror qolish xususiyati, shuningdek yo‘g‘on ichaking shilliq qavatiga birikib olishi va u yerda koloniyalarni hosil qilishi bilan bog‘liq. Me’da va ingichka ichakdan o‘tganidan so‘ng, yashab qolgan barqaror probiotiklar yo‘g‘on ichakda vaqtinchalik qoladi.
Qo’llanilishi
Breveflora kapsula quyidagilarda qo‘llaniladi: ichak mikroflorasini normalashtirishda va tutib turishda;chaqaloqlar, bolalar va kattalarda diareyani davolash va oldini olishda;chaqaloqlar, bolalar va kattalarda me’da ichak yo‘llarining virusli va bakterial infektsiyalar kabi ichak mikroflorasi disbalansi oqibatidagi ovqat xazm bo‘lishini buzilishi;antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq diareyada;qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarining nurli terapiyasi oqibatidagi diareya;ichakni ta’sirlanish sindromi(ITS) da; tutib turuvchi terapiya sifatidasog‘lom immun tizimini bir maromda tutib turishda qo‘llanadi.
Qo’llash usuli va do’zalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-3 marta buyuriladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1 marta buyuriladi. Samarasi yuqori bo‘lishi uchun, kapsulalarni ovqat bilan qabul qilish lozim. Kapsulani yuta olmaydigan bolalar va go‘daklar uchun: dorini qobig‘ini ochib, osh qoshiqga ichidagi moddalarini (kukun) to‘kib, suv/sut bilan aralashtiring.
Nojo’ya ta’sirlar
Nojo‘ya samaralari odatda juda ahamiyatsiz bo‘lib, ko‘proq ovqat hazm qilinishining meteorizm kabi buzilishlarini o‘z ichiga oladi. Nojo‘ya samralar yuz bergan taqdirda xam, ular preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo’llash mumkin bo`lmagan holatlar
Breveflora kapsulalarini preparatning komponentlariga va sut kislotasi mahsulotlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Antibiotiklar Breveflora bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Antibiotiklarni birga qo‘llanishi Lactobacillus ning samradorligini pasaytirishi mumkin. Bu o‘zaro ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik uchun Lactobacillus mahsulotlarini antibiotiklarni qabul qilishdan hech bo‘lmaganda 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Maxsus ko’rsatmalar
Har qanday buzilishlarni davolash uchun probiotiklarni qabul qilinishi shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Probiotiklar alkogol yoki issiq ichimliklar bilan bir vaqtda ishlatilmasligi lozim. O‘ramdagi yaroqlilik muddatini tekshiring va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatmang. Homiladorlik va laktatsiya Homilador va emizikli ayollar, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
BREVEFLORA kapsulasi
— Ichakda ko’pgina zararli bakteriyalar ko’payishiga to’sqinlik qiladi.
— Ovqat hazm qiluvchi fermentlarni normal funksiyasini ta’minlaydi.
— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda virusli infeksiyalar oqibatida kelib chiqqan diareyani davolashda qo’llaniladi.
— Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda diareyani davolash uchun.
— Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda ichak mikroflorasini normallashtirish uchun va mikroflora buzilish oqibatidagi ovqat hazm qilish buzilishi kabi xolatlarda.
— Antibiotiklar qabul qilish oqibatidagi diareyada qabul qilinadi.
— Qorin bo’shligi va kichik tos a’zolarining nurli terapiya oqibatidagi diareyada qo’llaniladi.
— Ichakni ta’sirlanish sindromida qo’llaniladi.
— Sog’lom immun tizimni bir me’yorda tutib turish uchun qabul qilinadi.
— Disbakteriozda qabul qilish buyuriladi.
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
Kattalar va 12 yoshdan kattalar uchun kuniga 1 — 3 kapsulagacha qabul qilish buyuriladi.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar esa kuniga 1 kapsuladan 1 — 2 marta qabul qilishlari mumkin.
Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kuniga 1 kapsuladan 1 marta qabul qilish buyuriladi.
Go’daklar yoki kapsulani yuta olmaydigan bolalarga kapsulani qobig’ini ochib , ichidagi kukunini osh qoshiqqa to’kib suv yoki sut bilan aralashtirib berishingiz mumkin.
Kapsulani ovqatlanish vaqtida ovqat bilan bir vaqtda qabul qilgan ma’qul.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Nojo’ya ta’siri kam bo’lib , biroz meteorizm ( qorin dam bo’lishi ) kuzatilishi mumkin. Preparatni qabul qilish to’xtatilsa o’tib ketadigan holat hisoblanadi.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
?ADMIN MASLAHATI ?
Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashib keyin qabul qiling.
?Ishlab chiqaruvchi — Hindiston
Oxshash xabarlar:
- Lakto -G kapsulasi — ichak mikroflorasini…
- Stopdiar kapsulasi — diareyaga qarshi vosita.
- Gipoksen kapsulasi — gipoksiya ( kislorod yetishmovchiligi)…
- Nipidoks kapsulasi — qonda qand miqdori oshganda
- Detoksik kapsulasi — organizmdagi gijja va parazitlarga…
- FIGURIN kapsulasi
- Kurkuma kapsulasi — hind tabiiy antibiotiki hisoblanadi.
- ADENO RITZ kapsulasi
- Tebantin kapsulasi — og’riq qoldiruvchi va epilepsiyaga…
- POLIJINAKS qin kapsulasi
- Tongkat ali – quvvat kapsulasi — jinsiy quvvatni oshiruvchi…
- Verona kapsulasi — aqliy va jismoniy charchoqda
- Jenavit kapsulasi — ayollar gormonal faoliyatini…
- VAGIMILT kapsulasi
- DYUSPATALIN kapsulasi
BREVEFLORA (Sotish taqiqlangan)
Har bir kapsula quyidagi 5 mlrd faol bakteriyalar shtammini saqlaydi:
Lactobacillus casei 1,5 mlrd. KHB (KOE)
Lactobacillus rhamnosus 1,25 mlrd. KHB
Lactobacillus acidophilus 0,75 mlrd. KHB
Bifidobacterium longum 0,75 mlrd. KXB
Bifidobacterium breve 0,75 mlrd. KHB
Yordamchi moddalar: mavjud emas
Ta‘rifi: Oq/oq kapsulalar. Kapsula ichidagisi: oqdan och sariq ranggacha bo‘lgan granulalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: probiotik
ATC kodi: A07FA90
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Breveflora kapsulalari ichak mikroflorasi muvozanatini organik birikmalarini ishlab chiqarish yo‘li bilan yo‘lga soluvchi liofilizasiya qilingan sut kislotasini hosil qiluvchi bakteriyalar va bifidobakteriyalarni saqlaydi. Bu organik birikmalar sut kislotasi, vodorod peroksidi va sirka kislotasini o‘z ichiga oladi va ular ichakning kislotali muhitini oshiradi xamda ko‘pgina zararli bakteriyalarni ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Sut kislotasini hosil qiluvchi bakteriyalar ingichka va yo‘g‘on ichakda tabiiy tarzda ishlab chiqariladi va ovqat hazm qiluvchi fermentlarning normal funksiyasi uchun zarur bo‘lgan balansni bir maromda saqlab turishda ishtirok etadi.
Lactobacillus Casei me‘da-ichak yo‘llarida sut kislotasini hosil qiluvchi bakteriyalarni xaddan ziyod ko‘payishini oldini oladi. Lactobacillus Casei diareyani kamaytiradi va organizmda mikroflorani modifikasiyasiga yordam beradi.
Lactobacillus Rhamnosus organizmning, birinchi navbatda ichakning normal mikroflorasini bir qismi bo‘lgan bakteriyalardir. Bu bakteriyalar me‘da va ichakda patogen bakteriyalarni o‘sishini bartarf etish uchun zarur bo‘lgan “yaxshi bakteriyalar” balansini bir maromda saqlab turadi. Lactobacillus Rhamnosus yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda rotavirusli va boshqa virusli infeksiyalar tomonidan chaqirilgan diareyani oldini olish va davqolash uchun ishlatilgan. Bu mahsulot shuningdek antibiotiklarni qabul qilish vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan diareyani davolash uchun xam ishlatiladi.
Lactobacillus acidophilus bakteriyalarining shtammlari ovqat vaqtida ajralib chiqadigan me‘da kislotasi va o‘t kislotalarining tuzlari tomonidan shikastlanmay, ichakkacha yetib boradi. Ichakka tushganidan so‘ng, ular koloniyalar hosil qiladi, immun xujayralarni quvvatlaydi va zararli bakteriyalarni yashab qolishiga to‘sqinlik qiluvchi sog‘lom sut kislotasi muhitini hosil qiladi. Lactobacillus acidophilus bakteriyalari kislotali muhitda ko‘payadi va boshqa mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun noxush sharoitlarni yaratuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Ular ozuqa moddalari uchun boshqa mikroorganizmlar (masalan, E.coli) bilan raqobatlashgan holda, ingichka ichakda o‘z faoliyatini ko‘rsatadi. Ular shuningdek yog‘lar, oqsillari va sut mahsulotlarini hazm qilinishida yordam beruvchi ferment – laktaza fermentini ishlab chiqaradi, shu yo‘l bilan laktozaga sezuvchanlikni pasaytiradi. Bundan tashqari, bakteriyalar xolesterinning metabolizmida ishtirok etadi va shu yo‘l bilan yurak ishemik kasalligini potensial rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Bifidobacterium longum and Bifidobacterium breve eng avvalo yo‘g‘on ichakda koloniyalar hosil qiladi. Bu yerda ular antitelolarni ishlab chiqarilishiga yordam beradi, organizmni toksinlardan himoya qiladi va keraksiz bakteriyalarni, ularni ichakning shilliq qavatiga birikib olishini raqobatli bloklash yo‘li bilan rivojlanishini tormozlaydi.
Farmakokinetikasi
Probiotiklarning samaradorligi, ularni me‘daning kislotali muhitida va o‘n ikki barmoq ichakning ishqoriy sharoitida barqaror qolish xususiyati, shuningdek yo‘g‘on ichaking shilliq qavatiga birikib olishi va u yerda koloniyalarni hosil qilishi bilan bog‘liq. Me‘da va ingichka ichakdan o‘tganidan so‘ng, yashab qolgan barqaror probiotiklar yo‘g‘on ichakda vaqtinchalik qoladi.
Qo‘llanilishi
Breveflora kapsula quyidagilarda qo‘llaniladi:
- ichak mikroflorasini normalashtirishda va tutib turishda;
- chaqaloqlar, bolalar va kattalarda diareyani davolash va oldini olishda;
- chaqaloqlar, bolalar va kattalarda me‘da ichak yo‘llarining virusli va bakterial infeksiyalar kabi ichak mikroflorasi disbalansi oqibatidagi ovqat xazm bo‘lishini buzilishi;
- antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq diareyada;
- qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a‘zolarining nurli terapiyasi oqibatidagi diareya;
- ichakni ta‘sirlanish sindromi(ITS) da; tutib turuvchi terapiya sifatida
- sog‘lom immun tizimini bir maromda tutib turishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-3 marta buyuriladi.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-2 marta buyuriladi.
Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1 marta buyuriladi.
Samarasi yuqori bo‘lishi uchun, kapsulalarni ovqat bilan qabul qilish lozim. Kapsulani yuta olmaydigan bolalar va go‘daklar uchun: dorini qobig‘ini ochib, osh qoshiqga ichidagi moddalarini (kukun) to‘kib, suv/sut bilan aralashtiring.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralari odatda juda ahamiyatsiz bo‘lib, ko‘proq ovqat hazm qilinishining meteorizm kabi buzilishlarini o‘z ichiga oladi. Nojo‘ya samralar yuz bergan taqdirda xam, ular preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Breveflora kapsulalarini preparatning komponentlariga va sut kislotasi mahsulotlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar Breveflora bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi. Antibiotiklarni birga qo‘llanishi Lactobacillus ning samradorligini pasaytirishi mumkin. Bu o‘zaro ta‘sirga yo‘l qo‘ymaslik uchun Lactobacillus mahsulotlarini antibiotiklarni qabul qilishdan hech bo‘lmaganda 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Har qanday buzilishlarni davolash uchun probiotiklarni qabul qilinishi shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Probiotiklar alkogol yoki issiq ichimliklar bilan bir vaqtda ishlatilmasligi lozim.
O‘ramdagi yaroqlilik muddatini tekshiring va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatmang.
Homiladorlik va laktasiya
Homilador va emizikli ayollar, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni bir marta qabul qilinganidan so‘ng dozani oshirib yuborilish simptomlarini yuz berish ehtimoli kam.
Davolash simptomatik bo‘lishi lozim.
Chiqarilish shakli
10 kapsula blisterda. 1 blister yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramga joylangan.
Saqlash sharoiti
Salqin, qorong‘i va quruq joyda, 25°S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Tayyorlangan kundan boshlab 3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.