Botulizm – ovqatdan zaxarlanish
Medlife.uz sayti o’zbek tilida tibbiy ma’lumotlar keng tarqatish uchun yaratilgan. Ushbu sayt ma’lumotlaridan foydalanilganda, to’g’ridan-to’g’ri teskari havola qo’yilishi shart.
Ботулизм
Ботулизм [лот. botulus – колбаса] – одам ва ҳайвонлар (айрим сут эмизувчиларда учрайдиган ўткир юқумли касаллик; овқатдан бўладиган токсикоинфекциялар гуруҳига киради. Ботулизм (Clostridium botulinum) бактериялари билан ифлосланган овқатлар истеъмол қилинганда юзага келади. Ботулизм қўзғатувчилари табиатда кенг тарқалган бўлиб, чидамли (спорали) ва чидамсиз (вегетатив) хиллари учрайди. Спорлари ташқи муҳитда йиллаб сақланиши мумкин; споралар тупрокдан сув, мева, сабзавот, озиқ-овқат, ем-хашакка ўтади, кейин одам ва ҳайвонлар ичагига тушиб, сўнгра нажас билан ер юзига тарқалади. Ботулизм микроби фақат анаэроб (ҳавосиз) шароитда ривожланади. Шу сабабдан консерва қилинган, тузланган, дудланган маҳсулотлар ва колбасага тушиб қолган споралар анаэроб шароитда ўсиб, вегетатив шакл (бактериялар)га айланади. Улар ана шу шароитда кучли заҳар (экзотоксин) ҳосил қилади. Бу маҳсулотни истеъмол қилган одам касал бўлади. Ботулизм токсини ичакда тез сўрилади, қонга ўтади ва бутун организмга тарқалиб, асосан, нерв тизимини зарарлайди. Касаллик тўсатдан бошланади. Беморнинг боши оғрийди, тинкаси қурийди, кўзи тинади, лоҳасланади, кўнгли айниб қусади, уйқуси қолади, корни оғрийди, оғзи қурийди, ташна бўлади; кўпинча, қабзият кузатилади. Кейинчалик боши айланади, кўз хиралашади, ковоклар салқийди, бемор равон гапира олмайди ютиш, нафас олиш фаолияти бузилади; юрак ва нафас марказлари фалаланиши туфайли ўлим содир бўлиши мумкин. Бемор фақат касалхонада даволанади. Замонавий даво усуллари: ботулизмга қарши зардоб, сунъий нафас олдириш аппаратларини ўз вақтида қўллаш яхши наф беради.
Касалликнинг олдини олиш учун консерва тайёрлаш қонун-қоидаларига қатъий амал қилиш, уй шароитида консерва ва озиовқат тайёрлашда санитария талабларини ўрнига қўйиш талаб этилади.
Давоси: ботулизмга қарши махсус зардоб юборилади; зонд орқали меъдани ювилади, ҳуқна қилинади, юрак дорилари берилади, нафас олиш издан чиққанда сунъий нафас олдирилди ва бошқа(лар)
Ensiklopediya bo’yicha qidiruv
Tasodifiy Maqolalar
Bo’limlar
Biz haqimizda
Medlife.uz sayti o’zbek tilida tibbiy ma’lumotlar keng tarqatish uchun yaratilgan. Ushbu sayt ma’lumotlaridan foydalanilganda, to’g’ridan-to’g’ri teskari havola qo’yilishi shart.
Botulizm – ovqatdan zaxarlanish
Botulizm – ovqatdan zaxarlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste’mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi, hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi.
Botulizmning asosiy sabablari:
Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qo‘ziqorin,go‘sht,baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilinganda kelib chiqadi. Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj).
Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:
- odamning boshi og‘riydi
- ko‘ngli aynib, qusadiog‘zi quriydi
- ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi
- ko‘z qorachig‘i kengayadi
- nutqi buziladi (afoziya)
- nafas olishi qiyinlashadi
- yutinishi qiyinlashadi
- yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi
Kasallik qanday kechadi:
Kasallik zararlangan ovqatni iste’mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi.
Kasallikni oldini olish uchun:
- uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya va gigiуena qoidalariga rioya qilishi kerak;
- konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;
- sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;
- mahsulotlarni yuqori harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak;
- nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang;
- uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;
- konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.