Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib bo’y o’stirish kerak — usullar, yo’llari, mashqlar va ovqatlanish

Детская Школа Искусств Постановка Надежды Ловкачевой Пацаны В Строю Стоят

Bo Yni O Stirish Uchun Mashqlar – Скачать mp3 бесплатно

Для вашего поискового запроса Bo Yni O Stirish Uchun Mashqlar мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат BO Y O STIRISH YO LLARI VA BOY OSTIRUVCHI MASHQLAR БУЙ УСТИРИШ УСУЛЛАРИ ВА СИРЛАРИ который загружен Kadir UzSports размером 15.55 MB, длительностью 11 мин и 49 сек и битрейтом 192 Kbps.

Обратите внимание:

Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.

Слушают сейчас

Bo Yni O Stirish Uchun Mashqlar

Сангро Задан Ба Тише

Ghost Dance Macabre

Hot Girl Bummer

Руки Вверх 18 Мне Уже

Милена Мадмусаева Бир Дона

Ой На Івана Та Й На Купала Speed

Alex C Du Hast Den Schönsten Arsch

Close Eyes Dvrst

Я Потрачу На Тебя Свой Самый Лучший День Speed Up

Грустные Песни Из Tik Tok

Anandi Ve Shiv Evlendi Ikimizin Yerine

Сборник Мировых Хитов

Diamonds Speed Up

Team33 My Italo Disco Mix

Perfect Girl Slowed Instrumental

Head Heart Joel Corry Mnek

Don T Let Me Down Beatles

Гайдн Симфония 103

Скачивают

Don Solo Gunned Down Tiktok Full Remix

Brazilian Phonk Mano Slowed

Комсомольск Глаза Прилипли Speed Up

Она Бросила Меня Chernikov Ona Brosila Menya Chernikov

Life In Rio Brazilian Phonk

Fujii Kaze Shinunoga E Wa Sped Up

Кровосток Амфибия Speed Up Nightcore

Tik Tokdagi Mashhur Qo Shiqlar 2021 Tik Tokdagi Qo Shiqlar To Plami Видео 98

Le Rouge Et Le Noir Les Maudits Mots D Amour Lyrics

С Днем Рождения Внученька Любимая Красивое И Оригинальное Поздравление Для Внучки

Алена Швец Соперница Speed Up Nightcore

Время И Стекло Гармошка Sped Up

Винокур Сборник Самых Смешных Монологов

Amraum Когда Ты Улыбаешься Gabba Remix

Классная Песня Не Удается Сергей Комаров

Дольче Милк Дольче Милк Я Очень Люблю Нет

Детская Школа Искусств Постановка Надежды Ловкачевой Пацаны В Строю Стоят

Copyright ©Mp3crown.org 2019
Все права защищены

На нашем музыкальном сайте вы можете бесплатно прослушать и скачать любимые, новые и популярные mp3 песни в хорошем качестве. Быстрый поиск любой композиции!

Почта для жалоб и предложений: [email protected]

Qanday qilib bo’y o’stirish kerak — usullar, yo’llari, mashqlar va ovqatlanish

Ushbu maqolada biz eng keng tarqagan bo’y o’stirish usullarini va shuningdek: «Bo’yni o’stirish mumkinmi va iloji bo’lsa, qanday qilib?» degan savolni batafsil ko’rib chiqamiz. Bo’y o’stirish yo’llari turlicha bo’lib, har bir kishi o’ziga mos keladiganini tanlasa bo’ladi.

  • 1 Inson bo’yi uzunligiga ta’sir qiluvchi omillar
  • 2 Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?
  • 3 Bo’y o’stirish uchun mashqlar
  • 4 Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish
  • 5 Bo’y o’stirishning radikal usullari
  • 6 Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob
    • 6.1 1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?
    • 6.2 2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?
    • 6.3 3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?
    • 6.4 4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?
    • 6.5 5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?

    Inson bo’yi uzunligiga ta’sir qiluvchi omillar

    Insonning o’sishiga eng faol ta’sir qiluvchi uchta omil mavjud.

    • Irsiyat. Uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
    • Kasalliklar. Bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.
    • Hayot tarzi. Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.

    Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir.

    Qanday qilib bo’yni vizual uzaytirish mumkin?

    Ko’pincha odamlar qad-qomatni rost tutishni unutishadi. Yelkani tik ushlashni nazorat qilish, uzun ko’rinishni istaydigan shaxsga kerak bo’lgan birinchi narsadir. Egilgan yelka va bosh bo’yni bir necha santimetrga past qilib ko’rsatadi. Boshingizni, yelkangizni va qomatingizni qanday tutishingizni eslab, boshingizda kitob bilan xonada yurish juda foydali. Keng yelkalar va tekis qomat nafaqat sizni uzunroq ko’rsatadi, balki mushaklardan keraksiz zo’riqishni ham bartaraf qiladi, ularni charchashini oldini oladi. Bundan tashqari, qomatni tik holatda ushlash ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Bu omilar o’z navbatida ko’p narsaga ta’sir ko’rsatadi va tabiiy bo’y o’sishiga ham yordam beradi. Yana bir qator usullar sizni uzunroq qilib ko’rsatishga qodir:

    • Soch turmagi. Bir necha qo’shimcha santimetr «uzayishni» hohlasangiz, sochni balandroq qilb turmaklashingiz mumkin. Erkaklar ham sochini ko’tarishi va soch uchun lak bilan hajm berishlari mumkin.
    • Kiyim. Har qanday stilistdan kiyimlar yordamida bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishni iloji bormi deb so’rasangiz, bu turli uslublar qanchalik ko’p ekanligidan hayratda qolasiz. Vertikal chiziqlar, tasvirlar, gavda uzunligi bo’ylab bir qator terilgan tugmalar, erkin tushib turgan sharflar, uzun taqinchoqlar, V shaklidagi kesmalar va boshqalar bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Gorizontal chiziqlari mavjud yoki kontrast ranglarga ega kiyimlarni kiymaslik tavsiya etiladi. Kalta shimlar va beli pasaytirilgan kiyimlardan ham voz kechgan ma’qul.
    • Poyafzal. Bo’yni vizual tarzda uzunroq qilish uchun siz maxsus poyafzal pataklaridan foydalanishingiz mumkin. Siz ularni sotib olishingiz yoki o’zingiz tayyorlashingiz mumkin. Ushbu ichki patak sizni 2-4 sm va undan uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, sotuvda maxsus poyafzal mavjud bo’lib, unga bo’yni uzun qilib ko’rsatish uchun maxsus pataklar o’rnatilgan. Bularning hammasi ba’zan juda foydali bo’ladi va kishini o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi. Ayollarga kelsak, ular qanday qilib uzunroq ko’rinish mumkinligini yaxshi bilishadi. Oyog’iga baland poshnali poyafzal kiyish kifoya. Poshna qanchalik baland bo’lsa, shuncha uzunroq ko’rinishadi. Lekin juda baland poshnali oyoq kiyimlari oyoq va umurtqa pog’onasiga yuk tushirishini unutmaslik kerak.

    Tashqi ko’rinishga yetarlicha e’tibor berib, doimo yelkani tik tutsangiz va kiyimlarni e’tibor bilan tanlasangiz, qad-qomatingiz siz istagan chiroyda bo’ladi.

    Bo’y o’stirish uchun mashqlar

    Bo’yni o’stirish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan va ko’plab odamlar tomonidan sinovdan o’tkazilib, odamning tabiiy ravishda o’sishiga yordam berishi mumkin. Eng yaxshi ma’lum bo’lgan bo’y o’stirish texnikasi quyida keltirilgan:

    • Turnikda tortinish. Turnikda osilib turish va tortinish bo’y os’tirish uchun foydali ekanligini barcha bilsa kerak. Iloji bo’lsa har kuni tongda turib, 3-5 minut shunchaki turnikda osilib turing. Umuman olganda, turnikda qilinadigan barcha mashqlar bo’y o’sishiga yordam beradi.
    • Inversion mashqlari. Ushbu texnikaning ma’nosi shundaki, mashq tananing teskari holatida sodir bo’ladi (bosh pastda, oyoqlar yuqorida). Doimiy mashqlar ajoyib natijalarga erishishga yordam beradi. Bu mashqlar, bo’y o’stirishidan tashqari, umurtqa pog’onasi uchun juda foydali. Ular umurtqalararo churra, lumbosakral radikulit, bukrilik kabi turli xil muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.
    • Velosiped mashg’ulotlari. Velosiped hayadash oyoqlarini uzaytirishning eng samarali usullaridan biridir. Velosiped o’rindig’ini shunday ko’tarish kerakki, pedalga oyoqning uchi zo’rg’a yetsin. Mashg’ulotlar uchun sizning odatiy velosipedingiz ham to’g’ri keladi.
    • Suzish. Bo’yni o’stirish uchun suzishning eng yaxshi uslubi — brass usulidir. Agar siz muntazam ushbu uslubda suzayotgan bo’lsangiz, tanangiz doimiy cho’zilishlar va bo’shashishlar ta’sirida bo’ladi. 2 sm yoki undan ko’p o’sish uchun kuniga bir soatdan haftasiga kamida 3 marta mashq qilish kerak.

    Bo’y o’tirish uchun muntazam jismoniy mashqlar bilan bir qatorda, to’g’ri ovqatlanish, to’g’ri yondashuv va uyqu ham juda muhimdir.

    Bo’y o’sishi uchun to’g’ri ovqatlanish

    Kerakli «qurilish materiali» va energiya bo’lmasa, tana o’sish uchun resurslardan mahrum bo’ladi. Shuning uchun, siz qanday qilib bo’yingizni uzunroq qilish haiqda o’ylayotgan bo’lsangiz, ovqat ratsioningizga ko’proq e’tibor bering.

    Organizmdagi o’sish gormoni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun yuqori glitsemik indeksli mahsulotlar miqdorini kamaytirish kerak. Ratsiondan shirinliklar, un mahsulotlari, juda shirin mevalarni cheklash yoki chiqarib tashlash kerak. Dietologlar kechki taomga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilishadi. Kechqurungi taomnomada ko’proq oqsil va kamroq uglevod saqlagan mahsulotlar, masalan, tuxum, baliq, dengiz mahsulotlari, pishloq, ko’katlar, yong’oq, urug’lar, dukkaklilar bo’lishi kerak. Oziq-ovqat qo’shimchalarini iste’mol qilish ham zarar qilmaydi. Ularda rux mikroelementi bo’lishi kerak. Ushbu mikroelement o’sish gormoni ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi.

    Uzun bo’y sohibi bo’lishni hohlasangiz, shuningdek ovqat ratsionidagi kaltsiy miqdorini nazorat qiling. Ularning o’sish davrida yetishmasligi bo’yning past bo’lib qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’proq sut, pishloq, yogurt, tvorog iste’mol qiling, ular kasltsiyga boy hisoblanadi. Rux mikroelementi esa qovoq, qo’zichoq go’shti, yer yong’oq kabi mahsulotlarda ko’p.

    Bo’y o’stirishning radikal usullari

    Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.

    • Ilizarov usuli. Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.
    • Bliskunov usuli. Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.

    Bo’y o’stirsh haqidagi 5 savolga javob

    Xulosa o’rnida uzunroq bo’lishni istaganlar tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga e’tibor qarataylik.

    1. O’sish zonalari yopilib bo’lgach kishi o’sishi mumkinmi?

    Ehtimol, agar o’sish sohasini qandaydir tarzda uyg’otishga muvaffaq bo’lsa. Suyaklar doimo mexanik ta’sir natijasida tashqi sharoitlarga moslashishi uchun o’sishi mumkinligi ma’lum. Barmoqlari bilan doimo ishlaydigan ba’zi bir professional massajistlar, vaqt o’tishi bilan qo’llaridagi suyaklarini uzayganini sezishadi. Basketbol va voleybol o’yinchilarida yetakchi qo’l ko’pincha boshqasidan ko’ra uzunroq bo’ladi. Ko’proq oyoqari bilan ishlaydigan jangchilarda, hatto kattalarda ham oyoqlari uzayishi kuzatiladi. Har qanday pianinochi yoki gitarist barmoqlariga e’tibor bersangiz ham bunga amin bo’lasiz. Mantiqan, inson organizmi shunday tuzilganki, agar hayotiy zarur bo’lsa, suyaklar har qanday yoshda cho’zilishi va qalinlashishi mumkin.

    2. Bodibilding bo’y o’sishiga qanday ta’sir qiladi?

    Mashg’ulotlarga oqilona yondashuv bo’lganda ijobiy ta’sir qiladi.

    3. Jismoniy mashqlar orqali bo’y o’sishida tana nisbatlari o’zgaradimi?

    Inson tanasi o’ziga xos bo’lgan nisbatlarni saqlab qolish xususiyatiga ega.

    4. Agar istalgan natijaga erishilsa, erishilgan natijalarni yo’qotmaslik uchun ko’proq mashq qilish kerakmi?

    Odatda, 5 sm dan oshiq o’sganigizda, bu uzunlik siz bilan qoladi. Agar siz 1-2 sm o’sgan bo’lsangiz, unda bu yutuq vaqtinchalik bo’lishi mumkin va mashg’ulotlar davom ettirilishi kerak.

    5. Uyqu o’sishga qanday ta’sir qiladi?

    Uzoq muddatli uyqu tananing tabiiy o’sishi uchun juda muhim shartdir. Somatotropin gormonining asosiy miqdori uyqu paytida ishlab chiqariladi. Agar inson doimiy uyquga to’ymasa, unda bo’yni o’stirish uchun muntazam jismoniy mashqlar ham yordam bermaydi.

    Agar sizning bo’yingiz past bo’lsa, bu siz butun hayotingiz davomida past bo’y bilan yashashingizni anglatmaydi. Yuqorida tavsiya etilgan hayot tarzi, uslubi va ovqatlanish bo’yicha ko’rsatmalarni e’tiborga olib, o’zingizga mos usullardan foydalanishingiz mumkin. Sabr-toqat qilish kerak, agar siz choralarni qo’llayotgan bo’lsangiz, natijalar uzoqqa cho’zilmaydi.

    Bo’yni qanday o’stirsa bo’ladi

    Saytdagi ma’lumotlar tanishish uchun joylangan, ularni shifokor maslahatisiz qo`llashingizni maslahat berilmaydi! Tibbiyot.Info – 2020 – 2022

    Bo’limlar

    • BOSH SAHIFA
    • BO’LIMLAR
    • TIBBIY ENSIKLOPEDIYA
    • ONLINE XIZMATLAR
    • OG`RIQ VA BELGILAR
    • HOMILADORLIK TAQVIMI
    • KASALLIKLAR
    • DORILAR YO`RIQNOMASI

    Obuna bo’ling

    Tibbiyot.info Foydali maslahatlar Tibbiyot Bo’y o’stirish — usullari, mashqlar, ovqatlanish tartibi, maxsus vositalar

    Bo’y o’stirish — usullari, mashqlar, ovqatlanish tartibi, maxsus vositalar

    • 646 Views

    Biroz uzunroq bo’lishni istamaydigan kishi bo’lmasa kerak. Albatta, yoshlik va o’smirlik davrida buni uddasidan chiqish mumkin. Bo’y o’stirishning ikki yo’li bor: jismoniy (amaliy) va vizual. Quyida har ikkalasi haqida batafsil.

    Bo’y uzunligiga nima ta’sir qiladi

    Bo’yni vizual tarzda uzaytirish uchun uchun kiyim, poyabzal va qad-qomatni tekislash uchun bir nechta jismoniy mashqlar bajarish qilish yetarli bo’ladi. Jismoniy ravishda o’sish uchun amallar esa hammaga ham mos kelavermaydi, xususan:

    1. 25 yoshdan so’ng (bu yoshga yaqin rana o’sishdan to’xtaydi). Bu davrda faqatgina jarrohlik yoki medikamentoz choralar amalga oshirilishi mumkin.
    2. Irsiyat. Agar ota-ona novcha bo’lmasa, jiddiy natijalar kutmaslik kerak. Ammo bu urinib ko’rish arzimaydi degani emas.
    3. Tibbiy qarshi ko’rsatmalar mavjudligi. Agar sport bilan shug’ullanishga cheklovlar yoki umurtqa bilan bog’liq har qanday muammolar mavjud bo’lsa, bo’yni uzunroq qilishga qaratilgan urinishlar noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holda faqat shifokor bilan maslahatlashgach muayyan choralar ko’rish mumkin.

    Inson bo’yining uzunligi ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. Agar kishida tug’ma patologiyalar bo’lmasa, unda bo’yning pastligi — bu tabiiy reaktsiya, ya’ni mavjud tashqi sharoitda organizmning normal faoliyat uchun zarur bo’lgan optimal parametrdir.

    Bundan kelib chiqib, tashqi muhit sharoitini to’g’ri yo’nalishda o’zgartirib, inson o’z tanasining rivojlanish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin degan mantiqiy xulosa chiqarish mumkin.

    Demak bo’y o’sishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

    • Ovqatlanish, aniqrog’i, mahsulotlarning o’sish uchun zarur bo’lgan moddalar va vitaminlar bilan to’yinganligi. Asosan kaltsiy, temir, fosfor va oqsillar kerak bo’ladi;
    • Mushaklar. Ha, aynan yaxshi rivojlangan mushaklar, ayniqsa, orqa mushaklari, umurtqaga tushadigan yukning bir qismini yengillashtirishga yordam beradi. Bu shubhasiz rivojlanish va o’sish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
    • Moslashuvchanlik. Birinchi navbatda bo’g’imlar elastikligi va moslashuvchanligi muhim;
    • Zararli odatlar. Ular shunchaki bo’lmasligi joiz.

    Yuqorida sanab o’tilgan omillarga ta’sir qilish orqali tananing o’sishi va rivojlanishiga sezilarli darajada ko’maklashish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, vazifa organizmga tabiiy yo’llar bilan yordam berishdir, jiddiyroq ta’sirlar faqat shifokorlar nazorati ostida o’tkazilishi kerak.

    Uy sharoitida bo’y o’stirish usullari

    Bo’yni o’stirishning asosiy tamoyili — tashqi sharoitni maksimal darajada yaxshilash. Ya’ni, barcha zararli omillarni bartaraf etish va ijobiy ta’sirlarni maksimal darajada oshirish.

    To’g’ri ovqatlanish

    Organizmning normal ishlashi uchun ovqat hazm qilish va metabolizm jarayoniga e’tibor berish kerak. Shuning uchun mahsulotlar ro’yxati avvalambor muvozanatli bo’lishi talab etiladi. O’sish uchun kaltsiy va temir mikroelementlari eng zaruriy moddalar sanaladi. Shu sababli kundalik ratsionga ko’proq sut mahsulotlari (pishloq, qatiq, tvorog) kiritish lozim. Temir moddasi olma va boshqa mevalarda ko’p miqdorda mavjud.

    Albatta, bu minerallarning o’zi yetarli bo’lmaydi. Suyak o’sishi uchun fosfor va ayrim vitaminlar ham kerak. Lekin shubhali ko’rsatmalarga ko’r-ko’rona amal qilib, baliq va sabzi kabi mahsulotlarni me’yordan ortiq iste’mol qilmaslik zarur. Organizmning vitamin va minerallar bilan ortiqcha to’yinib ketishi yaxshi natijalarga olib kelmaydi.

    Yuklarni taqsimlash

    O’sish jarayoniga, ayniqsa bolalarda, umurtqaga tushadigan jismoniy yuklar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Agar bolada 18 yoshgacha tengdoshlaridan pastroq bo’lishga genetik moyillik bo’lsa, uni akrobatika yoki og’ir atletika bo’limiga berish tavsiya etilmaydi.

    Suzish tanaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham. Suzish davomida orqa mushaklari faol ishlaydi, bu qomatning holatiga ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, orqa mushaklar ishi umurtqaga «yuqoridan» hech qanday bosimsiz bajariladi.

    Cho’zilish

    Umurtqani shug’ullantirishdan tashqari, mushaklarning moslashuvchanligini ham rivojlantirish zarur. Bu cho’zilish uchun mashqlar qilishni nazarda tutadi. Umurtqa va chanoq mushaklari bilan ishlashga afzallik berish kerak. Bu oddiy yoki «kapalak» holatida bir oyoq ustiga o’tirish kabi murakkab mashqlar bo’lishi ham mumkin.

    Yana bir foydali, ammo bahsli mashq — tik, oyoqlarni jips qilib, qo’llarni tushirib, tovonni yerdan uzmagan holda yuqoriga cho’zilishdir. Dastlab bosh, so’ng butun tana yuqoriga qarab tortiladi.

    Mashqlar kompleksi

    Bo’y o’stirish uchun mashqlarning aksariyati juda oddiy, har qanday yoshda va deyarli har qanday jismoniy tayyorgarlik darajasida amalga oshirilishi mumkin. Ularni har kuni 10-15 daqiqa davomida bajarish tavsiya etiladi.

    1. Qo’shimcha og’irlik bilan turnikda osilish. Og’irroq yuk olib, oyoqlarga bog’lanadi. Og’irlik kishining kuchi turnikda o’rtacha 15 soniya osilib turishga yetadigan qilib tanlanishi kerak. Kun sayin mashqlar davomiyligini oz-ozdan oshirib, 1 daqiqa uzluksiz osilib turishgacha olib borishga harakat qilish lozim. Bunday ko’rsatkichga yetgach, uni boshqa oshirmasa ham bo’ladi.
    2. Tik turib, oyoqlar yelka kengligida yoyiladi. Oldinga egilib, qo’llar pastga tushiriladi. So’ng tana bilan aylana harakatlar bajariladi, ikkala qo’l bir vaqtning o’zida bir yo’nalishda harakatlanishi, ular orasidagi masofani bir metrga yaqin saqlash lozim. Shunday harakatlar 20-40 marotaba bajariladi.
    3. To’g’ri turib, bosh chap va o’ng tomonga egiladi. Yelka bu vaqtda bir xil darajada ushlab turiladi. Bosh har bir tomonga 10 martadan egiladi. Keskin nafas olmaslik, harakatlar qilmaslik, barcha mushak va boylamlarni maksimal darajada cho’zishga harakat qilish kerak.
    4. Tik turgan holatda oyoqlarni yonma-yon qo’yib, qo’llar bosh uzra ko’tariladi va bir-biriga biriktiriladi. Asta-sekin oyoq uchiga ko’tarilib, bir vaqtning o’zida yuqoriga imkon qadar cho’zilishga harakat qilinadi, so’ng dastlabki holatga qaytiladi. Mashq 15 marta takrorlanadi.
    5. Yerga o’tirib, oyoqlar chatishtirib olinadi. Qo’llar ko’krak sohasida biriktiriladi, so’ng yuqoriga ko’tarila boshlanadi, butun tana ham ularning ortidan yuqoriga tomon cho’ziladi. Eng yuqori nuqtada bir necha soniya turiladi, so’ng dastlabki holatga qaytiladi. Mashqlar 15 marta takrorlanadi.
    6. Ushbu mashq uchun gimnastik to’p (fitbol) kerak bo’ladi. To’pni yerga qo’yib, ustiga ko’krak bilan yotiladi. To’p ikkala tomonidan qo’llar bilan ushlanadi va kaftlar bir-biriga qulf qilib biriktiriladi. Oyoqlar orqaga cho’ziladi va tananing barqaror holatini ta’minlash uchun yerga tayantiriladi. Shundan so’ng bo’yin, bel va chanoq bitta chiziqqa kelguncha bosh yuqoriga ko’tariladi. Shu bilan birga, qo’llar orqa tomonga tortiladi, kuraklar bir-biriga tekkiziladi.
    7. Navbatdagi mashq uchun oddiy yoki giperekstenziya uchun maxsus skameyka kerak bo’ladi. Birinchi holatda skameyka ustiga faqat oyoqlarni qo’yib, beldan yuqorisi havoda qoladigan qilib yotiladi. Boshqa kishidan oyoqlarni ushlab turishni so’rash kerak. So’ng gavdani oyoqlar darajasidan balandorqqa ko’tarish uchun qorin va bel mushaklari zo’riqtiriladi. Mashq kuch yetgancha, biroq 20 martadan oshiq bo’lmagan miqdorda bajariladi. Maxsus skameyka mavjud bo’lsa, tashqi yordam kerak bo’lmaydi.
    8. Qoringa yotib, oyoq uchlari cho’ziladi, qo’llar esa bosh oldiga qo’yiladi. Chap qo’l va o’ng oyoq bir vaqtning o’zida ko’tariladi. Bunda umurtqa pog’onasi cho’zilishini his etish kerak. Keyin esa o’ng qo’l va chap oyoq bilan huddi shu harakat takrorlanadi. Ularni iloji boricha uzoqroq ko’tarilgan holatga ushlashga harakat qilish kerak. Har bir qo’l va oyoq uchun 4 martadan takrorlanadi.
    9. Tik turgan holatda, oyoqlarni yelka kengligida qo’yib, oldinga egilish va tizzani bukmasdan qo’l bilan yerga tegishga harakat qilinadi.
    10. Yerga o’tirib, oyoqlar bir-biridan maksimal uzoq masofaga yoyiladi. Navbati bilan avval bir oyoq, so’ng ikkinchi oyoq tomon egilish, har bir egilishda kamida 20 soniya shu holatda turish kerak. Mashq har bir oyoq tomonga 4 martadan takrorlanadi.
    11. Tik turgan holatdan yuqoriga sakrash. Bunda imkon qadar yuqoriga sakrashga harakat qilish kerak. 20 marta sakragach, biroz dam olinadi va shu tarzda 5-10 ta yondashuv bajariladi.

    Mashq bajarish qoidalari

    • Takrorlashlar orasidagi dam olish muddati bir daqiqadan oshmasligi kerak. Bu mashg’ulotlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirish imkonini beradi;
    • Haftada kamida 2-3 marta shug’ullanish kerak. Mashg’ulotlarga minimum 10-15 daqiqa ajratish tavsiya etiladi. Vaqt va xohish bo’lsa, ko’proq shug’ullanish ham mumkin, bu natijaga tezroq erishishga yordamlashadi;
    • Haftasiga 5-6 martadan va kuniga bir soatdan ortiq shug’ullanmaslik darkor. Aks holda mashg’ulotlar tezda kishi zeriktirib qo’yishi mumkin. Yaxshisi jarayondan zavq olib, orada tanaffuslar qilish kerak;
    • Muayyan mashqlarni ma’lum bir kunlarda bajarish ham mumkin. Masalan dushanba kuni 1-2 mashqlar, chorshanba kuni 4-5 va hokazo;
    • Shuningdek, bir kunda barcha mashqlarni kamroq yondashuvlar bilan bajarish ham mumkin. Bu mashg’ulotlarni yanada qiziqarli qiladi.

    Massaj

    Jismoniy mashqlar bilan bir qatorda massaj ham foydali hisoblanadi. Biroq uni faqat mutaxassis amalga oshirishi kerak. Bu nafaqat orqa mushaklarini yaxshi tonusda saqlab qolishga, balki umurtqani tekislashga ham yordam beradi. Amalga oshirilishi jihatidan soddaligiga qaramasdan, bu usul hatto 25 yoshdan oshgan kishilar uchun ham juda samarali hisoblanadi.

    Gormonlar

    Bo’yni o’stirish uchun nafaqat jismoniy mashqlar bajarish va to’g’ri ovqatlanish, balki zamonaviy gormonal vositalar yordamiga murojaat qilish ham mumkin.

    Darhol ogohlantirish joiz, bu usul nafaqat bahsli, balki tuzatib bo’lmaydigan asoratlarga olib kelishi ham mumkin.

    Gormonal vositalar faqatgina shifokor tomonidan aniq ko’rsatmalar mavjudligida belgilanishi mumkin.

    Metabolizmni kuchaytirish

    O’sish jarayoni tezlashishi uchun yuqorida aytilganlarning barchasidan tashqari butun organizmning funtksiyasini to’g’rilash mumkin, bu oziqa moddalari yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi. Modda almashinuvi jarayoniga ovqatlanishdan tashqari, chiniqish ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Buning uchun qishning sovug’ida muzdek suvda cho’milish shart emas, oddiy usullarga amal qilish kifoya:

    • Sovuq suv bilan artinish. Chiniqishning eng oson va «yumshoq» usuli;
    • Ertalab kontrastli dush qabul qilish. Bu nafaqat chiniqishga, balki tanani «uyg’otish»ga ham yordam beradi;
    • Uyda yalangoyoq yurish. Bu sovuq pol ustida yurish kerak degani emas. Bu tamoyilga ko’ra, oyoq panjalari ostida ko’plab asab oxirlari mavjud va yalangoyoq yurish butun organizm uchun o’ziga xos bir massaj hisoblanadi.

    Va nihoyat, yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda yetarlicha dam olish va sog’lom uyqu ham kerak. Normal uyqu vaqtida nafaqat tiklanadi va dam oladi, balki o’sish uchun kerakli bo’lgan modda almashinuvi jarayonlarini me’yorga ham keltiradi.

    Vizual ravishda uzunroq ko’rinish

    Orqa va boshni egib yurish bo’yni bir necha santimetrga past qilib ko’rsatadi. Tekis qomat kishini nafaqat uzunroq qilib ko’rsatadi, balki mushaklarga tushadigan ortiqcha zo’riqishni ham bartaraf qiladi. Bundan tashqari:

    • Sochni balandroq qilb turmaklash. Erkaklar uchun biroz bahsli masala bo’lsa, ayollar uchun muammo tug’dirmaydi.
    • Kiyim. Vertikal chiziqlar, tasvirlar, gavda uzunligi bo’ylab bir qator terilgan tugmalar, erkin tushib turgan sharflar, uzun taqinchoqlar, V shaklidagi kesmalar va boshqalar bo’yni uzunroq qilib ko’rsatishi mumkin. Gorizontal chiziqlari mavjud yoki kontrast ranglarga ega kiyimlar kiymaslik tavsiya etiladi. Kalta shimlar va beli pasaytirilgan kiyimlardan ham voz kechgan ma’qul.
    • Poyabzal. Buning uchun maxsus pataklardan foydalanish mumkin. Ayollar uchun baland poshnali poyabzal kiyish kifoya. Biroq juda baland poshnali oyoq kiyimlar oyoq va umurtqa pog’onasiga yuk tushirishini unutmaslik kerak.

    Normal rivojlanish ko’rsatkichlari

    O’g’il bolalar uchun

    To’liq yosh Bo’y uzunligi (sm) Vazn (kg)
    10 133-142 28-35
    11 139-148 31-40
    12 144-155 34-45
    13 150-161 38-51
    14 156-168 43-57
    15 163-174 48-63
    16 167-178 54-70
    17 172-182 60-74

    Qizlar uchun

    To’liq yosh Bo’y uzunligi (sm) Vazn (kg)
    10 134-143 28-35
    11 140-149 31-39
    12 146-154 36-45
    13 152-160 43-53
    14 155-164 48-58
    15 157-166 51-60
    16 158-167 52-61
    17 159-170 53-62

    Shuni ta’kidlash kerakki, agar sizdagi ko’rsatkichlar jadvalda keltirilganlaridan farq qiladigan bo’lsa, bu vahimaga tushish kerak degan ma’noni anglatmaydi. Bu davrda odam organizmi juda tez o’zgaradi. Bu holda faqatgina organizmga yordam berish mumkin — to’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarziga rioya qilish.

    Xulosa

    1. Bo’yni ikki usulda balandroq qilish mumkin: vizual tarzda va amalda.
    2. Inson bo’yiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan omillar: to’g’ri ovqatlanish, umurtqa mushaklarini rivojlantirish, bo’g’imlarni moslashuvchan qilish va yomon odatlardan voz kechish.
    3. Gormonal dori-darmonlarni faqatgina shifokor bilan maslahatlashib va ​​uning nazorati ostida qabul qilish mumkin.
    4. Organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun sog’lom metabolizm juda muhimdir.
    5. Mashqlar 25 yoshgacha bo’lgan davrda kerakli natija beradi.
    6. Jismoniy mashqni boshlashdan oldin har doim qizinib olish kerak. Haftada kamida 2-3 marta shug’ullanish tavsiya etiladi.
    7. Bo’yi uzunlik — bu muvaffaqiyatga erishish kaliti emas, huddi bo’yning pastligi muvaffaqqiyat uchun to’siq bo’lmagani kabi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.