Press "Enter" to skip to content

Biznesni davlat ro’yxatidan o’tkazish usullari

-elektron raqamli imzo olishingiz kerak. my.soliq.uz sayti orqali yoki istalgan Davlat soliq inspeksiyasining tuman (shahar) bo’limidan elektron raqamli imzo olishingiz mumkin;
-id.gov.uz saytidan login va parol olish uchun ro’yxatdan o’tishingiz lozim;
-fo.birdarcha.uz saytiga id.gov.uz sayti orqali login va parolingizni kiritgan holda kirasiz;
– tizimga kiriboq “Biznesni ro’yxatga olish” bo’limiga kirib, birma-bir barcha bosqichlardan o’tishingiz lozim.

Shaxsiy biznesni boshlash: O’z biznesingizni ro’yxatdan o’tkazish

Shaxsiy biznesimizni yo’lga qo’yish uchun olg’a qadam tashlashda davom etamiz. Xo’sh biznes reja tuzib oldik, bozorni tahlil qildik, biznes uchun kerakli mablag’ni ham topdik.

Endigi qadam esa biznesni ro’yxatda o’tkazish. O’z tadbirkorlik faoliyatingizni rasmiylashtirish uchun ikki usulda davlat ro’yxatidan o’tkazishingiz mumkin:

1. Shaxsan kelgan holda
2. Internet orqali

1-usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:

– talab etilgan ma’lumotlarni kiritish uchun tumaningizda (shahar) joylashgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilasiz;
– so’ng sizga to’lovni amalga oshirish uchun identifikatsion raqam beriladi;
– to’lov ijobiy amalga oshgandan so’ng, Guvohnomangiz avtomatik tarzda hosil bo’ladi va siz uni markaz xodimidan olishingiz mumkin.

Internet orqali esa, siz dastavval:

-elektron raqamli imzo olishingiz kerak. my.soliq.uz sayti orqali yoki istalgan Davlat soliq inspeksiyasining tuman (shahar) bo’limidan elektron raqamli imzo olishingiz mumkin;
-id.gov.uz saytidan login va parol olish uchun ro’yxatdan o’tishingiz lozim;
-fo.birdarcha.uz saytiga id.gov.uz sayti orqali login va parolingizni kiritgan holda kirasiz;
– tizimga kiriboq “Biznesni ro’yxatga olish” bo’limiga kirib, birma-bir barcha bosqichlardan o’tishingiz lozim.

Biznesni davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish internet orqali amalga oshirilganda belgilangan davlat bojining 90% miqdorini to’laysiz!

Biznesni davlat ro’yxatidan o’tkazish usullari

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro’yhatidan o’tkazish

O’zlashtirib olingan yerlar bo’yicha ariza
Ko’chmas mulk bo’yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish
Yer nazorat tadbirini tekshirish

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

  • Umumiy ma’lumot
  • Hujjatlar
  • Xizmat narxi va muddati
  • Natija olish

Xizmat tavsifi

Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.

Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori

Tashkilot

Bog`lanish

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, 100097, Toshkent sh., Chilonzor-S, Cho’ponota k-si.

Telefon: +998 71 202-56-04

Faks: +998 71 273-86-61

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Бино ва иншоотларга мулк ҳуқуқининг вужудга келишини ва бошқа шахсга ўтишини тасдиқловчи ҳужжатлар қуйидагилардан иборат:
қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бинолар ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш далолатномаси;
нотариал тартибда тасдиқланган бино, иншоотнинг олди-сотди шартномаси;
2019 йил 1 январгача тузилган бино ва иншоот бўйича топшириш-қабул қилиш далолатномаси билан бирга олди-сотди шартномаси;
корхонанинг топшириш-қабул қилиш далолатномаси билан бирга нотариал тартибда тасдиқланган олди-сотди шартномаси;
нотариал тартибда тасдиқланган лизинг шартномаси;
бино, иншоот, турар жойни ҳадя этиш тўғрисидаги нотариал тартибда тасдиқланган шартнома;
бино, иншоот, турар жойни айирбошлаш тўғрисидаги нотариал тартибда тасдиқланган шартнома;
турар жойни бошқа шахсга рента тўлови шарти билан ўтказилиши назарда тутиладиган нотариал тартибда тасдиқланган рента шартномаси;
хусусийлаштирилган давлат биноси, иншооти, турар жойини тасарруф этиш ҳуқуқи билан мулк ҳуқуқини берувчи давлат ордери;
нотариал тартибда тасдиқланган мерос қилиб олиш ҳуқуқи ва эр-хотинларнинг умумий мулки бўлган бино, иншоотнинг тегишли қисмига бўлган мулк ҳуқуқи тўғрисидаги гувоҳнома;
нотариал тартибда тасдиқланган кўчмас мулк объектини юридик шахсларнинг устав жамғармасига улуш сифатида бериш шартномаси;
кўчмас мулк объектини муассисга унинг улушини қайтариб бериш сифатида нотариал тартибда тасдиқланган шартномаси;
суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этишда кўчмас мулк объектини реализация қилиш бўйича аукцион натижалари ҳақида баённома;
туман (шаҳар) ҳокимининг тураржойни нотураржой тоифасига ўтказишга рухсати;
туман (шаҳар) қурилиш бўлимининг нотурар жой биносини тураржой тоифасига ўтказишга рухсати;
суд қарори ёки давлат ижрочисининг қарори ёхуд давлат ижрочиси томонидан тасдиқланган ундирувчи ва қарздор ўртасида тузилган бино ва иншоотни бериш далолатномаси.
Хорижий юридик ёки жисмоний шахснинг мулки бўлган бинолар ва иншоотлар сотилган тақдирда бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш бинолар ва иншоотларни сотишдан олинган даромадлар бўйича юридик шахслардан олинадиган фойда солиғи ёки жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи тўланганлиги тўғрисидаги маълумотнома тақдим этилган тақдирда амалга оширилади, бинолар ва иншоотлар Ўзбекистон Республикасида давлат рўйхатидан ўтган юридик шахсга сотилган ҳоллар бундан мустасно.
Бинолар ва иншоотларни сотишдан олинган даромадлар бўйича юридик шахслардан олинадиган фойда солиғи ёки жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи тўланганлиги тўғрисидаги ахборот солиқ органлари томонидан давлат рўйхатидан ўтказувчи органга ахборот-коммуникация тизими орқали бир кунлик муддатда тақдим этилади.

Xizmat narxi va to`lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo’yicha davlat xizmatlari narxlari belgilangan. Xizmatni ko`rsatish muddati 2 ish kuni.

Natijani olish usullari Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish Yagona portal orqali foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi Yagona portalda ro’yxatdan o’tishda ko’rsatgan pochta manziliga yuboriladi, shuningdek kadastrning hududiy organlaridan shaxsan kelib olib ketishi mumkin. Xizmat natijasi Arizachiga (arizachidan) ko’chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqining yuzaga kelishi (to’xtatilishi, ko’chirilishi) to’g’risidagi yozuvni ko’chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqi Yagona davlat reyestriga kiritish va Ko’chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish guvohnomasini taqdim etish. Rad etish sabablari Ko’chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar)ning tegishliligi to’g’risida kelishmovchilikning yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organda mavjudligi. Qonunchilikda belgilangan tartibda ko’chmas mulk (yer uchastkalari, bino va inshootlar)ni olib qo’yish to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organda mavjudligi. Huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayoni to’xtatilganida taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklar bartaraf etilmaganligi. Huquqni yuzaga kelish jarayonini belgilamaydigan hujjatlarni taqdim etilishi. Ko’chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni to’xtatilishi. Shikoyat arizasi berish tartibi Arizachi sifatsiz ko’rsatilgan xizmat uchun va mas’ul xodimning e’tiborsizligi ustidan qonun doirasida yuqori turuvchi tashkilotlarga shikoyat yuborish huquqiga ega.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.