Press "Enter" to skip to content

Збекистонда жигар кўчириб ўтказиш нархи қанча

1945 yilning 5 dekabri. 14 nafar ekipaj a’zosi bilan uchgan 5ta “Evenjer” va uni qidirgani 13 kishilik ekipaji bilan chiqqan “Mariner” samolyoti halokatga uchradi. Asosiy taxminga ko‘ra barcha samolyotlar bir vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan.

Bermurd uchburchagiga sayohat narxi qancha?

Atlantika okeanida maydoni uncha katta bo‘lmasa-da, boshqa okean mintaqalariga qaraganda anchagina mashhur bo‘lgan hudud bor. Bu taxminiy uchburchakning bir uchi Bermud orollariga, bir uchi Florida yarim oroliga yana bir uchi esa Puerto-Rikoga tutashadi. Bermud uchburchagi deb nom olgan bu hudud nafaqat Atlantika okeanidagi, balki butun yer yuzi okeanlaridagi eng jumboqli va xavfli joy hisoblanadi.

Bundan yarim asr oldin, aniqrog‘i 1945 yilning 5 dekabrida ayni shu joyda Amerika armiyasiga qarashli 6 ta samolyot g‘oyib bo‘ladi. Na samolyotning, na halok bo‘lgan 27 nafar kishining xabari topiladi. Hech qanday iz yo‘q edi. Bu voqeadan keyin uchburchak hududida sodir bo‘lan barcha halokatlar jiddiy o‘rganila boshlaydi va shu bilan o‘tgan asrning afsonasiga aylangan muammo yuzaga chiqadi.

Oldin ham bu hududda turli halokatlar sodir bo‘lib turgan, lekin ularda voqea maydoni kvadrat yoki oval shaklida bo‘lgan.

Lekin Bermud uchburchagida halokatlar tez-tez va g‘ayritabiiy tarzda sodir bo‘ladi. Ularning bari Ch. Berlits degan odam tomonidan kitob qilib yozilgan va bu narsa afsonaning tug‘ilishiga asos bo‘lgan. Berlits surgan eng asosiy da’vo bu yerdagi hodisalarni aniq sabablar bilan isbotlab bo‘lmasligi edi.

1945 yilning 5 dekabrida yuz beran hodisa haqiqatan ham ajablanarli edi. Shu kuni ertalab Ford-Loderdeyl harbiy-havo bazasidan 19-qiruvchi zvenoning 5 ta “Evenjer” samolyoti 14 ta ekipaj a’zosi bilan uchib chiqadi. Ularning vazifasi AQSh hududiga tegishli bo‘lgan suv havzasini tekshiruvdan o‘tkazish edi. Biroq samolyotlar bazaga qaytib kelmaydi, radistlarning oxirgi olgan axboroti shu edi “Biz qayerdaligimizni bilmaymiz. Aftidan. ” O‘sha kuni havo ochiq, uchuvchilar katta tajribaga va stajga ega edilar. Keyingi qidiruv ishlari ham samara bermaydi, aksincha, 13 nafar ekipaj a’zosi bilan birgalikda “Mariner” samolyoti ham aynan o‘sha joyda – Bermud uchburchagi hududa g‘oyib bo‘ladi.

Belits va keyinchalik boshqa mualliflar ham bu kabi o‘nlab halokatlarni misol qilib keltiradi. Halokatlar bitta printsipga asoslanardi – kema yoki samolyot qulay ob-havo sharoitiga qaramasdan izsiz yo‘qolardi. Kemalar topilgan taqdirda ham unda birorta tirik jon bo‘lmasdi.

19-zveno bilan sodir bo‘lgan sirli voqea shunday tushuntiriladi: uchuvchilar qandaydir noma’lum joyga tushib qolgan va haliyam o‘sha yerda kun kechiryapti. Ular qandaydir vaqt tez o‘tadigan makonda va qachondir biz ularni yana uchratamiz! Bermud uchburchagida g‘ayrioddiy magnit tortishuvi bor va u sababli samolyot kompaslari noto‘g‘ri ishlagan. Uchuvchilarni boshqa sayyoraliklar o‘g‘irlab ketgan bo‘lishi kerak.

Oxir-oqibat: “Aslida, bu yerda hech qanday g‘ayritabiiy narsa bo‘lmagan, faqat kema va samolyotlarning halokati boshqa joylardagiga qaraganda ko‘p uchraydi, xolos. Kemalarning odamlari bilan yo‘qolishi bu hududda qaroqchilik avj olib ketgani bilan bog‘liq. G‘oyib bo‘lgan dengizchilar haqidagi dahshatli tafsilotlar, kapitan stolidagi kofe chashkasining o‘z-o‘zidan yonib ketishi kabi vahimalar sariq matbuotning uydirmalaridan boshqa narsa emas”, degan qarorga kelinadi.

19-zvenoning siri ochilmasdan qoladi. Samolyotlarning texnik holati yomon bo‘lgani yoki kimdir urib tushirgani haqidagi faraz hech kimning kallasiga kelmaydi. Balki bu narsa baza ofitserlari tomonidan biror-bir sirni yashirish uchun o‘ylab topilgandir.

Bermud uchburchagidagi halokatlar statistikasi

1945 yilning 5 dekabri. 14 nafar ekipaj a’zosi bilan uchgan 5ta “Evenjer” va uni qidirgani 13 kishilik ekipaji bilan chiqqan “Mariner” samolyoti halokatga uchradi. Asosiy taxminga ko‘ra barcha samolyotlar bir vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan.

1948 yilning yanvari. Bermud orollari – Azor orollari reysi bilan uchgan Angliyaning “Star tayger” samolyoti, keyinroq esa Azorga borishi kerak bo‘lgan yana bir samolyot – “Star Eriel” ham g‘oyib bo‘ladi. Ikki samolyot ham xuddi 19-zvenoda bo‘lgani kabi normal ob-havo sharoitida to‘satdan aloqani yo‘qotadi.

1954 yil. “Super Konstelleyshn” samolyoti va oltingugurt yuklangan “Sautern Diskrikt” kemasi dom-daraksiz ketdi. Nomalum sabablarga ko‘ra hech qanday axborot kelmagan. Radistning taxminiga ko‘ra unga qaroqchilar hujum qilgan.

1955 yil. Yo‘qolgan “Konnemara-IV” kemasi ekipajsiz topildi. Peredatchik soz holatda edi. Ekipajdan tashqari vaxtaning navbatchilik jurnali, seyfdagi boshqa hujjatlar va pul ham g‘oyib bo‘lgandi. Biroq seyf yopiq holda topilgan.

1962 yil. Benzin tashuvchi KV-50 kemasi 9 nafar ekipaj a’zosi bilan birga izsiz ketdi. Yana o‘sha holat – radioaloqa kutilmaganda uzilgan.

1965 yil. S-119 harbiy-tashuvchi samolyoti halokatga uchradi.

Bermud uchburchagi haqidagi afsonaning paydo bo‘lishi ancha vaqt oldingi sirli fojealarni ham o‘rganishga olib keldi. 1909 yili bu uchburchak hududida “Sprey” yaxtasi izsiz ketgandi. Uni taniqli dengizchi Joshua Slokam boshqargan. U yer yuzini kemada bir o‘zi aylanib chiqqan va dong qozongandi. Tanish-bilishlarining ko‘rsatmasiga ko‘ra, dongdor uncha-munchaga halokatga uchrashishi mumkin emasdi. 1918 yilda “Siklop” uglevozi 309 nafar (!) ekipaji bilan yo‘qoladi. “Siklop” radioperedatchik bilan ta’minlangan dastlabki kema edi, biroq SOS signali negadir yetib kelmagan. Na o‘lganlarning tanasi, na halokatga uchragan kema haqida biror ma’lumot topilgan. Bundan ham ancha oldin 1781 yildan 1812 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 4 ta Amerika harbiy kemasi sirli ravishda g‘oyib bo‘lgandi.

Bermud uchburchagida har yili bir necha kema va 1-2 ta samolyot halokatga uchraydi. Uchburchak orqali Karib dengizidagi kurort orollariga o‘tadigan o‘nlarcha avialiniya bor. Bu hududda tez-tez tayfun-to‘fonlar sodir bo‘lib turadi, sohil atrofida sayozliklar va marjon riflari ko‘p. Bir qancha samolyot va kemalarning halokati hali-hanuzgacha sir bo‘lib qolyapti.

Ўзбекистонда жигар кўчириб ўтказиш нархи қанча?

Ўзбекистонда жигар трансплантацияси нархи 18–20 минг долларга (192–214 миллион сўм атрофида) тўғри келиши маълум бўлди. Бу ҳақда Соғлиқни сақлаш вазирлиги матбуот хизмати хабар берди.

Фото: ССВ ахборот хизмати

Маълум бўлишича, айни пайтда республикада 5 минг нафар бемор жигар циррозидан азият чекяпти. Улардан 500 нафари жигар трансплантациясига муҳтож. Шу кунгача Академик В.Воҳидов номидаги Республика ихтисослаштирилган Хирургия илмий-амалий тиббиёт марказида 10 нафар беморга жигар кўчириб ўтказилган.

«Бундай ноёб операция учун Ҳиндистонда ўртача 45 минг доллар маблағ талаб қилинади. Россияда эса янаям қимматроқ — 70 минг доллар атрофида. Беларусь давлатида жигар трансплантациясини ўтказмоқчи бўлганлар қарийб 165 минг доллар тўлаши керак. Энг юқори нарх АҚШда — тахминан 200 минг доллар. Бизда эса бу турдаги операцияни ўтказишга сарфланадиган сарф-харажатлар донор ва бемор учун ўрта ҳисобда 18–20 минг долларга тўғри келиши ўрганилган. Аммо буни янлиш тушунмаслик керак. Гап шундаки, мамлакатимизда жигар циррози билан касалланган юртдошларимизни ордер тизими асосида даволаш йўлга қўйилган. Бу ҳолатда фақат донор операцияси, яъни жигарнинг бир бўлагини олиш учун беморнинг оиласи томонидан маълум миқдорда маблағ тўланади, холос», — дейди марказ директори Саидмурод Исмоилов.

Унинг маълум қилишича, юрак ва ўпка етишмовчилиги терминал босқичидаги беморлар орасида ҳам трансплантация амалиётига муҳтожлар кўп. Бироқ бундай операциялар баҳоси Россияда 100 минг, Беларусда 200 минг, АҚШда 250 минг доллар атрофида. Ўзбекистонда эса нарх кўрсаткичи океанорти мамлакатига нисбатан қарийб 10 баравар арзон. Таъкидланишича, бугунга келиб мамлакатда йилига ўртача 750 мингта жарроҳлик амалиёти бажарилади. Уларнинг 24 мингтаси республика тасарруфидаги клиникаларда, 550 мингтаси вилоятлар марказида, 170 мингтаси эса туман миқёсида ўтказилмоқда.

«Соҳадаги ислоҳотлар натижасида имкониятимиз ҳам, салоҳиятимиз ҳам ошиб бормоқда. Биргина марказимизнинг ўзида йилига қилинаётган жарроҳлик амалиётлари сони ўртача 6,5 мингта, операциялар тури 350 та, шунингдек, вилоят марказларида 130 та, туман шифохоналарида эса 60 тага етди. Келгусида туманлараро марказларда қилинадиган жарроҳлик амалиёти турини 79 тага, вилоят даражасида эса 168 тагача етказиш режалаштирилмоқда», — дейди марказ раҳбари.

Шунингдек, аорта-коронар шунтлаш операцияси ҳам мураккаб кардиохирургик амалиёт ҳисобланади. Бундай операция учун Россия ва Ҳиндистонда 8 мингдан 18 минг долларгача тўлов қилиш зарур. Европа давлатларида эса 20–30 минг доллар талаб қилинади. АҚШда 40–50 минг доллардан арзонга тушмайди. Ўзбекистонда эса юрак соҳасидаги мураккаб операциялар учун кўпи билан 3-4 минг доллар тўлов қилинади.

Аввалроқ Ўзбекистонда буйрак ва жигар бўлагини кўчириб ўтказиш тартиби белгиланганди. Шунингдек, Самарқандда жигар ва юрак трансплантацияси йўлга қўйилиши маълум қилинган.

“Bugun.uz” янгиликларини “Telegram”да кузатиб боринг

Bermud uchburchagida vaqt tuynugi bormi?

Bermurd uchburchagi Atlantika okenining bir chetida joylashgan. Uning bir uchi Bermud orolida, ikkinchi uchi Florido, uchinchi uchi esa Puerto-Rikoning Mayami orollariga borib tutashadi. Bu yerda necha zamonlardan beri g‘aroyib hodisalar sodir bo‘lmoqdaki, ularning siri hanuz noma’lum. Bu xususda olimlar xilma xil fikrlar bildirishyapti.

Ayrim olimlarning fikricha, bundan 11 ming yil avval bu yerga olis koinotdan qudratli elektromagnit kuchiga ega juda katta meteroit tushgan. Uning ta’sirida bu hududdan uchib o‘tgan samolyotlarning elektr apparatlari va dvigatellari ishdan chiqar ekan. Oqibatda ular boshqaruvini yo‘qotib, dengizga qularkan.

Bermurd uchburchagida nega ko‘plab kemalarning halokati kuzatilyapti?

Olimlarning aytishicha, bu yerdagi dengiz tubidadan gidrat metan gazi ajralib chiqadi va gaz to‘la pufakchalar hosil qiladi. Gidrat metan gaziga to‘lgan pufakchalar yorilishi natijasida dengizda katta voronkalar hosil bo‘lib kemalarni suv ostiga yutib yuborar ekan. Yana bir afsonasimon taxminga ko‘ra, dengiz ostida o‘zga sayyoraliklar bazasi bor emish.

Bermurd uchburchagining yana bir sirli tomoni shundaki bu yerda kompuslar ishlamaydi, soatlar to‘xtab qoladi. Bu joy go‘yoki bizni o‘zga dunyo bilan bog‘lab turgan darvozaga o‘xshaydi. Bu yerdagi vaqt bizning yerdagi vaqtimizdan farq qiladi. Shu boisdan bu yerda vaqt tuynugi borligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

1970 yilda Florido orolidan Peymin oroliga uchgan samolyot Bermurd uchburchagi tepasidan uchib o‘tayotgan paytda vaqt tuynugiga duch keladi va uning ichidan o‘tib Mayami shahriga borib qoladi. Uchuvchining aytishicha, u bir necha soatlik masofani tuynuk orqali bir necha daqiqada uchib o‘tgan.

Bermurd uchburchagida tez tez bo‘ron va to‘fonlar bo‘lib turadi.Kuchli shamollar bu yerdan uchib o‘tayotgan samolyotlar yoki suzib ketayotgan kemalar uchun juda xatarli.

To‘lanboy Abdusattarov tayyorladi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.