Press "Enter" to skip to content

Berdaq (1827-1900)

Qarag‘ay emas, so‘kit bo‘ldim,
Qari emas, yigit bo‘ldim,
Tog‘dan uchgan burgut bo‘ldim,
Qo‘nar yerim bo‘lgan emas.

Berdaq (1827-1900)

Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli boʻlib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir toʻgʻrisida maʼlumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimai holi va ijodiga oid maʼlumotlarni, asosan, oʻzining asarlarida uchratish mumkin. U Orol dengizining janubida joylashgan Moʻynoq tumanining Oqqalʼa degan joyida dunyoga kelgan. Berdaq oʻn yoshligidayoq otasi Qargʻaboy Boʻronboy oʻgʻli va onasidan ayrilgach, amakisi Qoʻchqorboyning qoʻlida tarbiya koʻra boshlaydi.

Berdaq oʻn yoshidan ovul maktabiga, maktabni bitirgandan soʻng oʻz bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida oʻsha davrda yirik ilm maskani hisoblangan Qoraqum eshon madrasasida tahsil oldi.

U yoshligidan boshlab sheʼr yozishni mashq qila boshladi. Xalq qoʻshiqlari, turli afsonalar, ertaklar, maqol va matallar, dostonlar bilan tanishish, mashhur shoirlarning sheʼrlaridan bahramand boʻlish mutafakkir badiiy ijodini kamolga yetib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, Berdaq asta-sekin mashhur shoir va xalqqa tanilgan baxshiga aylana bordi. Eng muhimi, sheʼrlariga oʻzi kuy bastalab kuylay boshladi.

Berdaq koʻp shaharlarga sayohat qildi. Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida boʻldi. Urganch va Buxoroni ziyorat qilib, qadimiy yodgorliklar bilan tanishdi. Berdaq Alisher Navoiy, Fuzuliy va Maxtumquli ijodlarini chuqur oʻrganib, sheʼrlarini mutolaa qildi. Zamondosh shoirlar bilan musohib boʻldi. Berdaq sheʼrlarining aksariyati kambagʻal, beva-bechoralarning ayanchli hayoti, ularning ogʻir mehnati, boy-zodagonlarning ularga nisbatan qilgan shafqatsizligi, zoʻrovonligi va adolatsizligiga bagʻishlangan. Uning sheʼrlarida insonparvarlik, tenglik, saxiylik, adolat, vatanparvarlik, mehr-shafqat, qahramonlik va mardlik, mustaqillik, milliy ozodlik va haqiqat uchun kurash, mehr-muhabbat kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlar oʻz aksini topgan.

Berdaq asarlari

Berdaqning sheʼr va dostonlari xalq ommasining turmushini xolisona va haqqoniy tasvirlab berish bilan ajralib turadi. ayniqsa, Xiva xonligi va Chor Rusiyasi hukmronligi davrida oddiy xalqqa nisbatan oʻtkazilgan zulm-zoʻrliklar shoirning bir qator sheʼrlarida ochiq tasvirlab berilgan. Shuning uchun u oʻz zamonasidagi adolatsizlikdan, xon gumashtalaridan, soliq yigʻuvchilardan,miroblarning oʻzboshimchaligidan, zolimligidan noliydi, inson qancha mexnat qilmasin, muhtojlikdan chiqaolmasligidan zorlanadi:

Berdaq sherlari

Chaqqon odim tashlab, mehnat qilmasang,

Kun koʻrmoqlik qiyin boʻldi bu zamon.

Maqsadingga oʻylab-oʻylab yetmasang,

Qiyin boʻldi kun koʻrmoqdik bu zamon.

Berdaq oʻzining “Soliq”, “Boʻlgan emas”, “Bu yil” kabi sheʼrlarida xon va beklarning olib borayotgan siyosatini qoralaydi, ularning mehnatkash xalqqa oʻtkazayotgan zulmini, shafqatsizligini tasvirlaydi. Berdaq insonni yuksaklikka koʻtaradi, xalqni katta kuch ekanligini taʼkidlab, hukmron sinf vakillarini mehnatkash xalqni hurmat qilishga, ularga yordam berishga chaqiradi. Shoir oʻzini xalqning ajralmas bir qismi, deb tasavvur qiladi.

Soʻzim oʻlmas, doim tirik qolaman,

Xalqim borku, yovdan oʻchim olaman…

Berdaq oʻzi yashayotgan tuzumni, uning tartiblarini tanqid ostiga oladi. Shoirning fikricha, mavjud siyosiy tuzum mehnatkash xalqni haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya qila olmaydi. Bunday tuzumda faqat adolatsizlik, haqsizlik, taʼmagirlik, oʻzboshimchalik va boshqa insonga xilof illatlar hukm suradi. Shoir zolimlardan zorlanib bunday deydi:

Zolimlar tinglamas faqirning zorin,

Ular oʻylar oʻz foydasin, oʻz qornin,

Hech qachon zolimlar qoʻldagi borin,

Ep qoʻrmaslar, bor boʻlsada, xalq uchun.

Berdaq oʻzining ijtimoiy-siyosiy masalalarga bagʻishlangan asarlarida, Sharqning boshqa mutafakkirlari kabi jamiyatni odil va maʼrifatli podshoh boshqarishi lozim, degan fikrga keladi. U oʻz davridagi adolatsiz va zolim xon davlatni boshqarishga yaroqsiz, deb hisoblaydi.

Shoirning “Omongeldi”, “Xalq uchun”, “Aydosbiy”, “Yaxshiroq”, “Boʻlgan emas”, “Yernazarbiy” asarlarida qoraqalpoq xalqining xonlar zulmiga qarshi qahramonona kurashi, milliy-ozodlik harakati aks ettirilgan.

Berdaq inson oʻz faoliyatida, xatti-harakatida, maqsadiga erishishida erkin ekanligini yozadi. Masalan; u “Axmoq podsho” dostonida ayrim boylar va amaldorlarning jabr-zulmi oxirgi nuqtasiga borib taqalgandan soʻng sabr-toqati tugagan xalq oʻz ixtiyori bilan ularga qarshi bosh koʻtaradi, deydi.

Berdaq ijodiy merosida axloq, xulq-odob, nafosat va goʻzallik masalalari muhim oʻrinni egallaydi. Uning sheʼrlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, xalqlar doʻstligi, oddiy axloq qoidalari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar uchraydi. Shoirning aytishiga qaraganda, baʼzi mulla va eshonlar xalq oldida oʻzlarini halol va pok, adolatparvar etib koʻrsatadilar. Amalda esa buning aksini koʻramiz. Shoir ularning munofiqligini fosh etib tashlaydi.

Berdaq oʻzining axloqiy qarashlarida Sharqning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi. U “Izladim”, “Xalq uchun”, “Yaxshiroq”, “Menga kerak” kabi sheʼrlarida kishilarning halol mehnatini ulugʻlaydi. Uningcha, har bir odamning asosiy burchi xalqqa va uning farovonligi yoʻlida xizmat qilishdir. Berdaq axloqiy qarashlarining yana bir muhim tomoni – kishilarni hurmat qilish, ayniqsa, qarilar, zaif va nogironlar, kambagʻal va beva-bechoralarni izzat nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam koʻrsatishdir. Berdaq xuddi Navoiy kabi odamlarni axloq-odobiga qarab, ularni ikkiga: yaxshi va yomonga boʻladi. Yaxshi odam deganda, u butun insoniy fazilatlarni oʻzida toʻplagan dono, aqlli, bilimdon, oʻzgalarga yordam beruvchi, feʼl-atvori goʻzal kishilarni koʻz oldiga keltiradi. Yomon odam esa Berdaqning nazarida, xalqning ofatidir, u xalqni ham, ogʻa-inini ham qadriga yetmaydi. Umuman olganda, shoir axloqiy qarashlarining markazida insoniylik turadi.

Berdaq qoʻp sheʼrlarida bolalarni tarbiyalash, kattalarni hurmat qilish, yosh avlodga vatanparvarlik, oʻz xalqiga muhabbat, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va birodarlik gʻoyalarini singdirishga intildi.

Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri, asl farzandidir. Qoraqalpogʻistondagi koʻpgina maktablar, koʻchalar, kinoteatrlar, kutubxonalar shoirning nomiga qoʻyilgan. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat mukofoti taʼsis etilgan. Bu mukofot badiiy adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi eng yaxshi ishlarga beriladi.

Berdaqning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan adabiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy gʻoyalari hozirga mustaqillik sharoitida ham oʻz tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolmoqda.

“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.

BERDAQ

BERDAQ (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli) (1827— Moʻynoq tumani—1900)—shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, soʻng madrasada tahsil koʻrgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxoʻja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan oʻrgangan. U tarixni va xalk, ogzaki ijodini yaxshi bilgan. Berdaqning lirik sheʼrlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18 — 19-a. lardagi ijtimoiy hasti oʻz ifodasini topgan. U oʻz davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Berdaq ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir («Boʻlgan emas», «Soliq», «Bu yil», «Umrim» va b.). Shoir qaqiqat uchun, megʻnatkash ommaning baxti va kelajagi uchuy fidokor kurashchilarni orzu qiladi («Xalq uchun», «Menga kerak» va b.). Tarixni mavzudagi «Avlodlar», «Omongeldi», «Azadosbiy», «Ernazarbiy» asarlarida shoir xalq qaxramonlaripi faxr bilan kuylaydi. Berdaqning «Avlodlar» asari tarixiy voqealar solnomasi boʻlib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. Berdaq baʼzi taʼmagir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi («Yaxshiroq», «Shekilli» va b.), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni vatanni sevishga, maʼrifat choʻqqilarini egallashga chaqiradi («Oʻgʻlimga», «Ahmoq boʻlma» va b.).

Sheʼriy mushohadalari va hayotga karashlarvda Berdaq mehnatkashlarning baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida oʻylar ekan, Alloxdan madad soʻraydi («Yordam ber»), baxt haqida fikr yuritadi («Izladim»), odil podshoni orzu qiladi («Kerak»), baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi. Berdaq ijodi xalq ogʻzaki adabiyoti anʼanalariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqolpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning koʻpgina asarlari oʻzbek va b. xalqlar tillariga tarjima qilingan. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda Berdaq tavalludining 170-yilligi ksng nishonlandi (1998). Toshkent sh. dagi xisbonlardan biriga Berdaq nomi berildi va byusti oʻrnatildi. Shoir tugilgan joy — Boʻzatovda ham byusti oʻrnatilgan (1998). Nukus shla Berdaqga haykal qoʻyilgan, musiq,iti drama teatri, koʻcha va maktabga Berdaq no. mi berilgan.

As: Tanglaulы shigʻarmalarы, Nokis. 1956; Tanlangan sheʼrlar, T., 1958; Sheʼrlar, T., 1976.

Ad:. Qurbonboyev Berdaq, Berdaq va oʻzbek adabiyoti, T., 1986.

Lotin alifbosida maqola: BERDAQ haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)

8-05-2022, 21:24 61

Категории
Популярные тексты

Музыка очень многообразна в своих направлениях и жанрах, пожалуй, это единственный вид искусства столь многогранный. Музыка способна успокоить и зарядить энергией. Лирическая музыка расслабляет, ритмичная возбуждает это всем хорошо известно. Эти свойства музыки известны и используются нами еще с древних времен. Безусловно, первый вид искусства был музыкальным. Возможно, это была колыбельная песня или боевой марш. Редко встретишь человека, который был бы равнодушен к музыке. В настоящее время музыка перестала быть только искусством. Для многих музыка это стиль жизни, для других это имидж, для кого-то это порция адреналина или лекарство от депрессии. Первыми музыкальными дисками или скорее их прародителями можно считать музыкальные автоматы-проигрыватели с набором грампластинок. Назывались эти автоматы Juke Box, и они были популярны в Америке в 20-30 годах. Количество грампластинок обычно достигало сотни, но они вмещали только одну музыкальную композицию. Эти автоматы были очень популярны, и именно они дали толчок к развитию граммофонной промышленности и появлению первых студий звукозаписи. Особенно стоит отметить 60-е годы. Это время считают музыкальной революцией, именно в это время музыка покидает тесные бары и музыкальные клубы и выходит на улицу. Ее можно было услышать в парках, во дворах и на стадионах. Этому во многом способствовали современные технологии. В большом количестве появляются музыкальные радиостанции, на волнах которых постоянно проигрываются музыкальные диски. Чуть позже появляются первые компакт диски, которые по достоинству были оценены звукозаписывающими компаниями как удачная замена виниловым музыкальным дискам. Вся продукция нашего магазина лицензирована и имеет сертификаты качества. Прямые поставки от производителей позволяют нам торговать по разумным ценам. Мы постоянно проводим сезонные распродажи и всевозможные акции, информацию о которых мы высылаем всем зарегистрированным пользователям.

Почта для предложений: admin@uztext.com

Права на тексты песен и переводы принадлежат их авторам.
Все тексты и переводы представлены для ознакомления.

Berdaq (1827-1900)

Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq Qoraqalpog‘iston ning hozirgi Mo‘ynoq rayonida baliqchi oilasida tug‘ildi. Berdaq avval ovul maktabida, keyin madrasada tahsil oldi. Lekin madrasada o‘qishni oxiriga yetkazolmay, uni tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Berdaqning ijodi 18—19 yoshlaridan do‘mbira chertib she’r aytishdan boshlandi. 25 yoshida u iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi.
Berdaq «Shajara», «Xorazm», «Amongeldi», «Aydosbiy» va «Ahmoq podsho» dostonlarining ham avtoridir.
1961 yilda Berdaqning she’rlar to‘plami o‘zbek tilida bosilib chiqdi.

XALQ UCHUN

Yigit bo‘lsang arslon kabi tug‘ilgan,
Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun,
Yigit bo‘lsang arslon kabi tug‘ilgan,
O’zim demay, g‘amxo‘rlik qil xalq uchun.

Berdimurod, o‘ylab aytgil so‘zingni,
Ko‘tarma, lof urib, faqat o‘zingni,
Qizartmagay birov sening yuzingni,
Qo‘ldan kelsa, xizmat ayla xalq uchun.

Yetarsan murodga, gar xizmat etsang,
Eling yo‘llaganda har qayon ketsang,
Har qachon dushmanning boshiga yetsang,
Kuch ayamay, xizmat ayla xalq uchun.

Yigit kishi odam dilin eritar,
Aytgan so‘zin boldan shirinroq aytar,
Bir aytgan so‘zidan qaytmasdan ketar,
Aynimasdan xizmat etar xalq uchun.

Zolimlar tinglamas faqirning zorin,
Ular o‘ylar o‘z foydasin, o‘z korin,
Hech qachon zolimlar qo‘ldagi borin
Ep ko‘rmaslar, bor bo‘lsa-da, xalq uchun.

Yigit degan yaxshi bilimdon bo‘lur,
Bilim, hunar yigit uchun shon bo‘lur,
Aqlsizlar ishi ko‘p yoman bo‘lur,
Ahmoqlar hech xiemat etmas xalq uchun.

Xizmat qil-u, yurma tag‘in dod etib,
Dushmanni yig‘latgin, do‘stni shod etib,
Ota-yu onani doim yod etib,
Xizmat ayla ota-ona haqqi-chun.

Yigit kirmas fosiqlarning so‘ziga,
Aslo tushmas manmanlikning iziga,
G’ayrat berib o‘lganicha o‘ziga,
Xizmat etar mudom qondosh xalq uchun.

Bo‘ri hech vaqt o‘z dardini bildirmas,
Yaxshi odam dungmanini kuldirmas,
Qo‘ldan kelsa unga davron surdirmas,
Er yigitning joni qurbon xalq uchun.

Sen, ey ko‘nglim, o‘yla, osiylik etma,
Manmanlik aylab nohaqqa ketma,
Dushmanlarga aslo siringni aytma,
Yaxshi bo‘lur ishing chandon xalq uchun.

Yosh yigitga nomus kerak, or kerak,
Bo‘yi xipcha, go‘zal, nozli yor kerak,
Uzoq yo‘lga ketsa, qator nor kerak,
Yaxshi yigit xizmat etar xalq uchun-

Berayin bo‘lajak ishlarni so‘ylab,
Aslo ish qilmangiz yomonlik o‘ylab,
Yuz o‘lchab, bir kesing, ishni soz aylab,
Bor kuchinpni sarf aylagil xalq uchun.

Ey yigit, ishingda xomlik bo‘lmasin,
G’uichalasa guling, hargiz so‘lmasin,
Bilak kuchli bo‘lib, qo‘ling tolmasin,
Bor kuchingni sarf aylagil xalq uchun.

Do‘stlik bilan har bir ishda shay tursang,
Jon ayamay el-yurt uchun ish qilsang,
Qayg‘ulanmay, ulug‘ ishga qo‘l ursang,
Shunda mening ko‘nglim o‘sar xalq uchun.

Mard yigitni agar sevsa elati,
Kundan-kuyaga ortar uning quvvati,
Ortida qoladi yigitning oti,
Shuning uchun xizmat etar xalq uchun.

Bu zamonda jabru jafo chekarman,
Qora ko‘zdan qonli yoshlar to‘karman,
Zolimlarning zulmin ko‘rib so‘karman,
Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun.

Bo‘lmadi hech yerda manzil-makonim,
Zahru zaqqum bo‘ldi ichgan-eganim.
Aytsam-da, bo‘lmadi mening deganim,
Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun.

Berdimurod, haqiqatni izlading,
Mudom elga to‘g‘ri yo‘lni ko‘zlading,
Yovuzlardan qo‘rqmay, haqni so‘zlading,
Jon-taningni berding doim xalq uchun.

Quvvat bergay so‘zim nozik bellarga,
Madad bergay toza g‘uncha gullarga,
Baxt kelarmikin bizniyag ellarga?
O’lguncha aytarman so‘zni xalq uchun.

Yigitlar, aytayin, tinglang zorimni,
Men bayon etayin arzu xrlimni,
G’am-g‘ussalar olar bo‘ldi jonimni,
Berdimurod aytar dardin xalq uchun.

Ajal yetib o‘lsam shu kunda o‘zim,
Ketimda qoladi o‘lmayin oo‘zim,
Tiriklikda ko‘rdi ko‘plarni ko‘zim,
Farqin bilgan xizmat etar xalq uchun.

Berdimurod, o‘ylab so‘zingni ko‘rgil,
Yurgan so‘qmoqlardan izingni ko‘rgil,
Qayg‘u chekmay g‘ariblarga qo‘l bergil,
Shunda ishing bo‘lur faqir xalq uchun.

Ko‘p yig‘lama, o‘z bag‘ringni dog‘lama,
Sozni chertib, eldan o‘zga chog‘lama,
Dushmandan xavf etib, yo‘ling bog‘lama,
Umr bo‘yi xizmat ayla xalq uchun.

Yaxshi bo‘lsang murodingga yetarsan,
Necha manzil, xavfli joydan o‘tarsan,
Yomon bo‘lsang, ohu fig‘on etarsan,
Yomonni uchratsang daf qil xalq uchun.

Yomon odam bilmas so‘zning farqini,
Qadrin bilmas og‘a-ini, xalqining,
Ko‘tarmoqchi bo‘lar o‘zin dong‘ini;
Yomonni uchratsang daf qil xalq uchun.

Yaxshi odam so‘z ma’nosin anglaydi,
Yomon odam buzuq so‘zni tinglaydi,
Nodon odam aslo so‘zga kirmaydi,
Mening ko‘nglim vayron bo‘lar xalq uchun.

Yaxshi odam yoqar shirin joningga,
Yomon odam bo‘yar qizil qoningga,
Qo‘l cho‘zadi yana yegan noningga,
Yomondan nafratlan hamon xalq uchun.

Og‘alar, bo‘ldi-ku bag‘rim yuz pora,
Bu dunyoda qayg‘u oshar tobora,
El kezaman chinlik izlab, ovora,
Tinmay xizmat qilsam deyman xalq uchun.

Yaxshi yigitlarning fe’li tor bo‘lmas,
Yaxshilarga yomon ishlar kor bo‘lmas,
Beodoblik ishlar yodiga kelmas,
Shu sababli ko‘ngling to‘lar xalq uchun.

Rost ayt, Berdimurod, so‘zlama yolg‘on,
Bu dunyo — uzoq yo‘l, otangdan qolgan,
Yurar bu zamonda faqat aql olgan,
Yaxshilar xizmatin qilar xalq uchun.

Odam aytur odamga xush so‘zlarin,
Ma’lum etmas noxaqlarga izlarin,
Ko‘rganini aytur mening ko‘zlarim,
To o‘lguncha xizmat etay xalq uchun.

Aqllilar bilur so‘zning farqini,
Xafa qilmas unday kishi xalqini,
Bilur aql bilan uzoqchyaqinni,
Shunday odam ishlar doim xalq uchun.

Haq ishni yod etib bu Berdimurod,
Tavsif etib, oz emasdir, yozdi xat.
Aytib necha so‘zni, qilib ehtiyot,
Uning farqin o‘ylaganlar xalq uchun.

Shoir edim, ko‘zim ko‘rganin yozdim,
Ko‘nglimning bilganin, sezganin yozdim,
Zamon jafosidan sarg‘aydim, ozdim,
Kelurmu deb yaxshi kunlar xalq uchuya.

Otim Berdimurod, men xalqning o‘g‘li,
Sahroda sayrovchi, sayroq bulbuli,
Un gulidan ochilmadi bir guli,
Murodiga yetolmadi xalq uchun.

SOLIQ

Bulturgidan bu yil yomon,
Qanday bo‘ldi bu shum zamon.
Kambag‘allar qolmay omon,
O’n tilladan keldi soliq.

Buni soldi Nurimbet«jon».
Buyruq berdi otalik, xon,
Xalq bo‘lsin deb xonavayron,
O’n tilladan keldi soliq.

Menga hech gap, eshagim bor,
Sotib berarman bir bozor,
Attang, sho‘rli och Ernazar,
Unga qiyin bo‘ldi soliq.

U faqirning narsasi yo‘q,
Koshki qorni bo‘lsaydi to‘q,
Hattoki bir tovug‘i yo‘q,
Dovdiratdi uni soliq.

Uyida bor yetim bollar,
Tomoq, non deb zor yig‘larlar,
Yurak-bag‘rini tig‘larlar,
Juda qiyin bo‘ldi soliq.

Anov yotgan Palim laqqi,
Xaloyiqda bormi haqqi?
Berar edim unga zaqqi,
Darmonni quritdi soliq.

Anov yurgandir Elmurod,
Ostida yomon ola ot,
Unga nedir bu saltanat,
Kishi xuni bo‘ldi soliq.

Undiradi och xalqdan,
Yetimlar yig‘lar xorlikdan
Boy omon qoldi soliqdan,
Tuhmat to‘lov bo‘ldi soliq.

U o‘tirgan- Qulimbet boy,
Tayyor oldida oppoq moy.
Och xalq yurar topolmay joy,
Tuhmat bo‘ldi ushbu soliq.

Anov machit yorug‘langan,
Mehrobida chiroq yongan
Qur’on ochib, xalqni so‘rgan
Eshonlarga yo‘qdir soliq.

Oq namatli ulkan o‘tov
O’z oldiga bo‘lib atov,
Erman oxun turar anov,
Ularga ham yo‘qdir soliq.

Anov yurgan Pirim cho‘loq,
Ulgunday mumsik va yaloq,
Soliq yig‘ishga shay shu choq,
Bizlar uchun qiyin soliq.

YOZ KELURMI!

Dovul turdi, tuman yurdi,
Fuqaroga yoz kelurmi?
Qo‘shnimning qamishin surdi,
Fuqaroga yoz kelurmi?

Jon achitar qora sovuq,
Yoz kelmasday bo‘ldi yovuq,
Umr bo‘yi shunday xo‘rlik,
Fuqaroga yoz kelurmi?

Yovg‘onim yo‘q, ichay desam,
Ot-ulov yo‘q, tushay desam,
To‘shagim yo‘q, to‘shay desam,
Sho‘rlik elga yoz kelurmi?

Yurgan yerim Ayricha otov,
Qo‘lu oyog‘imda bo‘g‘ov,
Qachon bizda tugalar dov,
Sho‘rlik elga yoz kelurmi?

Oldimizda taqir sahro,
Orqamizda teran daryo,
Og‘ir mehnat bo‘ldi balo,
Bizga axir yoz kelurmi?

Cho‘zilay desam uyim yo‘q,
Egnimda iliq kiyim yo‘q,
Na mol, na don, na buyum bor,
Biz sho‘rlikka yoz kelurmi?

Haq qayda, haqiqat qayda?
Shunday azob hamma joyda,
To‘qlardan yo‘q qittak foyda,
Yashnab, yayrab yoz kelurmi?

Qaranglar asli zotimga,
Dodimga, ahvolimga,
Yupun, faqir elatimga
Yashnab, yayrab yoz kelurmi?

BO’LGAN EMAS

Dunyo yaralgandan beri
Podshoh odil bo‘lgan emas,
Shairlar qalam olganda
Xatga to‘g‘ri solgan emas.

Inaqu bekning bollari,
Har nega yetdi qo‘llari,
Ochiq, keng edi yo‘llari,
Hech vaqt horib, tolgan emas.

Bo‘lmadi qilgan niyatim,
Xo‘r bo‘ldi xalqim, himmatim,
Yig‘lay-yig‘lay o‘tdik yetim,
Yig‘lamas vaqt bo‘lgan emas.

Bizning xalqning biylari,
Sozdir jahonda uylari,
Doim tarala kuylari,
To‘g‘ri javob aytgan emas.

Mening bu aytgan chin so‘zim,
So‘zim emas, mening o‘zim,
Yumilgancha mk«i ko‘zim,
Hech vaqt yoshsiz bo‘lgan emas.

Birovlar juda zor bo‘ldi,
Birovlar juda xor bo‘ldi.
Lochinga qurgan to‘r bo‘ldi,
To‘rni hech kim uzgan emas.

Qarag‘ay emas, so‘kit bo‘ldim,
Qari emas, yigit bo‘ldim,
Tog‘dan uchgan burgut bo‘ldim,
Qo‘nar yerim bo‘lgan emas.

Gul bo‘ldimu, yayramadim,
Oqil bo‘lib, o‘ylamadim,
Bulbul bo‘lib sayramadim,
Hodisa kam bo‘lgan emas.

Qurg‘oq kunda yog‘in bo‘ldim,
Bo‘ron bo‘ldim, chaqin bo‘ldim,
Palak yozgan qovun bo‘ldim,
Betashvish kun bo‘lgan emas.

Zolimlarning jabri o‘tdi,
Yig‘lay-yig‘lay esim ketdi,
Nega muncha sho‘rlik yetdi,
Yorug‘ kunim bo‘lgan emas.

Qanchalar och, qanchalar to‘q,
To‘q odamlar qayg‘usi yo‘q,
Ochlarning hech uyqusi yo‘q,
Uni to‘qlar bilgan emas.

Qoraqalpoq ,— xalq bo‘lgandan,
Xalq atog‘in olgan kundan,
Haq taolo yo‘l solgandan —
Bir tenglikni olgan emas.

Eshonlarda muruvvat yo‘q,
Boy-biylarda adolat yo‘q,
Fuqaroda saodat yo‘q,
Xalq o‘ynab-kulgan emas.

Ey yoronlar, sirtim butun,
Bag‘rim yonib bo‘ldi tutun.
Zolim oshirib o‘z haddin,
Aslo rahm qilgan emas.

Bu dunyo dunyo bo‘lmadi,
Erkimizga hech qo‘ymadi,
Dushmanning guli so‘lmadi,
Tilagym hech bo‘lgan emas.

Bu dunyoning dardi yomon,
Quvon, boshing qolsa omon,
Tushdi boshga oxir zamon,
Inon, do‘stlar, yolg‘on emas.

Kundan-kunga bo‘ldi battar,
Har kim o‘z g‘amin tortar,
Qora tuman qachon ketar?
So‘ngan chiroq yongan emas.

Dunyoga keldim, ne ko‘rdim,
Qayg‘u-hasratlarda yurdim,
Ado bo‘lmas dilda dardim,
Hech kim nazar solgan emas.

Berdimurod — mening o‘zim,
Kunxo‘jani ko‘rdi ko‘zim,
Ojiniyozdan uqqan so‘zim,
Ular ham shod bo‘lgan emas.

Mirtemir tarjimalari

Yaxshiroq

Oq bug‘doyi turib, suli sepkandan,
Toza sholi turib, kurmak ekkandan,
Jo‘nsiz qirq kun qayg‘u-hasrat chekkandan,
Tan sog‘likda bir kun shodlik yaxshiroq.

Dunyoga chiqqan so‘ng, baxting ochilsa,
Dushmanlaring oyog‘ingga bosh ursa,
Yov bo‘ysunib, ikki qo‘lin qovshirsa,
Ko‘zni olaytgandan, izzat yaxshiroq.

Yumush ishla, tug‘ilgan so‘ng, el uchun,
Joningni ayama, elda er uchun,
Kindikdan qon tomib, tuqqan yer uchun,
O‘lib ketguningcha xizmat yaxshiroq.

Hech qachon do‘stlaring bo‘lmasin hayron,
Qo‘ldan kelsa soling dushmanga vayron,
Elu xalq bir bo‘lib aylangiz sayron,
Tug‘ilgan yer uchun hurmat yaxshiroq.

G‘ayri birovlarni etib qurdoshing,
Oqizmagin dilbaringning ko‘zyoshin,
Yomon bo‘lsa ham umrlik yo‘ldoshing,
Vaqtincha qo‘l bergan hurdan yaxshiroq.

Odam bolasinda bo‘lsin or-nomus,
Eng kami yuz bo‘lsin ko‘z ko‘rgan tanish,
Magar bilmay qo‘lni qiysa bir qamish,
Shul vaqt qonin tiygan ordan yaxshiroq.

Er yigitga nomus bilan or kerak,
Oqko‘ngil, qalamqosh sevar yor kerak,
Mehmon kelsa kutib olar hol kerak,
So‘ygani bir echki-moldan yaxshiroq.

Xush kelding, deb, otdan tushgan ul qo‘noq,
O‘tirgan bo‘lmasin shu uyni sinab,
Ko‘zli ham oyoqli, tilli bir cho‘loq,
Hunarsiz, bilimsiz qo‘ldan yaxshiroq.

Xiva xon qasd etib, po‘sdi qang‘ib yurt,
Mulksiz nochorlarga tushdi ko‘p solg‘irt,
Uzunasi tekis, yo‘g‘on bir arg‘it,
Soni yuz, sifatsiz toldan yaxshiroq.

Uyg‘onib, ertadan yumushga chiqib,
Qo‘lingni qabartib, belingni bukib,
Tizzangni sizlatib, mehnatin chekib,
Yegan bir zog‘orang boldan yaxshiroq.

Teran aql kerak so‘zni tizmoqqa,
Tiniq xayol kerak barin sezmoqqa,
Suv ichinda vahimasiz suzmoqqa,
Bir qayiq olti yuz soldan yaxshiroq…

…O‘zga kam-ko‘st kelib tushdi, oh-voyim,
Sababsiz tayoq yeb, nedur gunoyim,
Yerni, ko‘kni xalq aylagan xudoyim,
Bu yurishdan ajal kelgan yaxshiroq.

Bir oqshom ayttirib urdi yoziqsiz,
Ne chora boylog‘siz holda, qoziqsiz,
Qoraqalpoq kuning o‘tdi yorug‘siz,
Bul o‘tgan umrdan zindon yaxshiroq.

Ne asl so‘z aytdim, o‘tdi ayonsiz,
Ne xizmatlar etdim, ketdi poyonsiz,
Men ham bir jon edim yurtga ziyonsiz,
Xo‘rlik ko‘rdim, tek o‘lgandan yaxshiroq.

Berdimurod aytar, ko‘rolmay yog‘du,
O‘lib ketar bo‘ldi, ochilmay baxti,
Berdimurod – xalqni, xalqi – Berdaqni,
Yolg‘izinday ko‘rar jondan yaxshiroq.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.