Press "Enter" to skip to content

Belara tabletkasi — gormonlar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi vosita

Ushbu kimyoviy moddalar tuzilishi bo`yicha quyidagicha tasnif qilinadi:

Bachadon faoliyatiga ta‟sir etuvchi dori vositalari

O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent farmatsevtika instituti

Bachadon faoliyatiga ta‟sir etuvchi dori vositalari

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Internet saytlari 11. http://www.ziyonet.uz 12.
  • 23-Mavzu: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalar. Sulfanilamidlar, nitrofuran, 8 oksixonolinlar, ftorxinolonlar. Reja
  • 23.1 Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalar.

22.4.Bachadon faoliyatiga ta‟sir etuvchi dori vositalari.

Ayollarning chanoq bo`shlig`ida joylashgan bachadon homilaning o`sishini,

voyaga etishini va tug`ilishini ta’minlaydi. Uning silliq mushakli qavati

(miometriy) kuchli taraqqiy etgan, qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan. Ushbu

silliq mushaklar hisobiga bachadon ikki xil tarzda qisqaradi: ritmik va tonik

Bachadonning ritmik qisqarishi (qisqarish bo`shashish bilan almashinib turadi)

asosan homila voyaga etganida sodir bo`ladi. Buning natijasida homila bachadon

bo`shlig`idan asta-sekin tashqari tomonga siljiy boshlaydi va bola tug`iladi.

Bachadonning tonik qisqarishi esa (mushak tonusining sekin-asta kuchaya

borishi) bola tug`ilib, yo`ldosh tushganidan keyin boshlanadi. Natijada bachadon

o`zining ilgarigi holatiga qaytadi. Ushbu holat bachadon involyutsiyasi deyiladi.

Miometriy tonusining oshishi juda ham katta ahamiyatga ega. Chunki silliq

mushaklar qisqarishi natijasida ularning tolalari orasidan o`tayotgan qon tomirlari

siqiladi va bola tug`ilib, yo`ldosh ko`chganidan keyin yuz beradigan qon ketish

xavfi o`z-o`zidan bartaraf etiladi.

Demak, bachadon mushaklarining qisqarishi ona va bola hayoti uchun ahamiyati

katta fiziologik jarayondir. Ba’zan, bu fiziologik jarayon ayrim sabablarga ko`ra

buziladi. Ko`pincha bachadon qisqarishining susayishi yoki umuman sodir

bo`lmasligi har xil asoratlarga, hayot uchun xavfli holatlarga olib keladi. Bunda

ona charchaydi, holsizlanadi, bola esa kislorod etishmasligi (asfiksiya) tufayli

halok bo`lishi mumkin.

Bachadonning tonik qisqarishi kech boshlansa va cho`zilib ketsa, unda

bachadondan ko`p qon ketishi mumkin. Bu ona hayoti uchun xavfli. Bundan

tashqari, har xil mikroblar bachadonni yallig`lantirib, yiringli holatlarni, sepsisni

keltirib chiqarishi mumkin.

Yuqorida ta’riflangan bachadon faoliyati o`zgarishlarini bartaraf etish uchun

ko`pincha har xil dori preparatlari qo`llaniladi. Bachadon mushagiga tanlab ta’sir

qilgani uchun ular miometriyga ta’sir etuvchi preparatlar deb yuritiladi. Ular ta’sir

etishi va ishlatilishi bo`yicha quyidagi guruxlarga ajratiladi:

Bachadon mushaklarini rag`batlantiruvchi vositalar

A. qoramug` va uning alkaloidlari-ergometrin, metilergometrin, ergotamin,

B. Oksitotsin guruhi preparatlari-oksitotsin, metiloksitotsin

V. Prostaglandinlar guruhi preparatlari-dinoprost, dinoproston, prostenon

G. Bachadonni rag`batlantiruvchi boshqa vositalar-kotarnin xlorid, sterofizin,

oddiy zirk nastoykasi, jag`-jag` o`ti, tog` qudus ekstrakti

mushaklarini

bo`shashtiruvchi vositalar-partusisten,

Miometriyni rag`batlantiruvchi vositalar. Oksitotsin, pituitrin, prostoglandinlar

bachadonga tanlab ta’sir qilib, uning davriy yoki ritmik qisqarishini kuchaytiradi.

Ularning bu ta’siri miometriy qisqarishi susayganida yaxshi seziladi. Tug`ish

jarayoni ayrim sabablarga ko`ra uzoq vaqtga cho`zilsa, bu preparatlar naf qiladi.

Zero, ular bachadon mushaklarining qisqarishini oshirib, bola tug`ilishini

tezlashtiradi. Shuning uchun ham ular tug`ruqni osonlashtiradigan preparatlar

deyiladi. Ular bachadon innervatsiyasiga va qisman to`g`ridan-to`g`ri mushaklarga

miotrop ta’sir ko`rsatadi. Ushbu preparatlar sun’iy ravishda tug`ruq jarayonini

chaqirish maqsadida ham ishlatilishi mumkin. Masalan, homilalik davrining

cho`zilishida, onaning kasalligi tufayli (gipertoniya, nefropatiya) va boshqa

Oksitotsin-gipofiz orqa qismidan ajralib chiqadigan gormon. Kimyoviy tuzilishi

bo`yicha oktapeptid hisoblanadi. Hozirgi vaqtda sintez qilingan, oksitotsin ta’sirida

miometriy davriy qisqaradi va qisqarish kuchi oshadi .

Terapevtik dozada qisqarish amplitudasini va tezligini, katta dozalarda esa

Nazorat savollari

Surgi dorilar kimyoviy tuzilishi, ta’sir mexanizmi va ishlatilishi bo`yicha tasnifi?

Xoleretiklar sifatida ko`proq ishlatiladigan preparatlarga?

Qustiruvchi dori preparatlari ta’sir mexanizmi ?

Qustiruvchi moddalar ta’sir mexanizmi?

Qusishga qarshi vositalar turli farmakologik ta‟siri?

Oksitotsin guruhi preparatlari?

Bachadon mushaklarini bo`shashtiruvchi vositalar?

Miometriyni rag`batlantiruvchi vositalar ta’sir mexanizmi?.

Oksitotsin ta’sir mexanizmi?

Foydalanilgan adabiyiotlar

Xorij adabiyoti

Lippincott illustrated Reviews: Farmacology 6-Edition –KarenWhalen,

Farm. D., BCPS – printedinChina.- 2015. – P.666

Author: Bullock, Shane, author. Title: Fundamentals of pharmacology /

Shane Bullock, Elizabeth Manias. Edition: 7th edition.

Asosiy adabiyotlar

1.Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y.

2.Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g.

3.Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2005 y.

Qo„shimcha adabiyotlar

O„zbekistondasog„liqnisaqlash, 2005, № 1.

Samura B.A. va boshќalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom.

VengerovskiyA. I. Leksiipofarmakologiidlyavracheyifarmatsevtov. M. 2006.

Yunusxodjaev A. N. i dr. Gosudarstvennыy reestr lekarstvennыx sredstv i

izdeliy meditsinskogo naznacheniya. T. 2004.

Aliev.X.U. Farmakologiyadanma‟ruzalarmatni. 2000.

Yunusxodjaev.A.N. i dr. Spravochnik osnovnix lekarstvennыx sredstv

Respubliki Uzbekistan. T. 1998 g.

Klinicheskie rekomendatsii i farmakologicheskiy spravochnik. Pod red. I.N.

Denisova, Yu.l.Shevchenko, F.G.Nazirova. M.2005 g.

Internet saytlari

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru

http://www.chemist.com

http://www.himiki.ru

http://www.organicchem.com

http://www.rutrecker.org

23-Mavzu: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalar. Sulfanilamidlar,

nitrofuran, 8 oksixonolinlar, ftorxinolonlar.

23.1Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalar.

23.3. Nitrofuran, 8 oksixonolinlar, ftorxinolonlar.

Tayanch iboralar: Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar, galogenlar,

aldegidlar va spirtlar, Domagk, sulfanilamid, PABK, furatsilin, 5-NOK, naftiridin

23.1 Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalar.

Antiseptika grek so`zidan olingan bo`lib, anti-qarshi, septikas-chirish ma’nosini

bildiradi, dezinfektsiya esa dez-yo`q qilish, infetsere-yuqtirish degan so`zlardan

Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar mikroblarga qarshi ta’sirga ega

bo`lgan moddalar bo`lib, ular ta’sir etish kuchi va qo`llanish usuli bo`yicha bir-

biridan qisman farq qiladi. Ushbu ikki guruhga kiruvchi preparatlar

kimyoterapevtik vositalarga qarshi o`laroq mikroorganizmlarning turiga qarab,

tanlab ta’sir qilmasdan, umumiy antimikrob farmakologik ta’sir etadi.

Antiseptik moddalar deb tana yuzasidagi (teri, shilliq qavatlar), bo`shliqlardagi

mikroorganizmlarni yo`qotish uchun ishlatiladigan, dezinfektsiyalovchi vositalar

deb esa, tashqi muhitdagi (kasalning kiyimi, buyumlari, xona va hakozo)

mikroorganizmlarni o`ldirish maqsadida qo`llaniladigan preparatlarga aytiladi.

Ularning mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi bakteriostatik va bakteriotsid

xususiyatga ega. Bakteriostatik ta’sir mikroblarni o`ldirmasdan ularning

ko`payishini to`xtatib qo`yadi, bu xil ta’sir ko`proq antiseptik moddalarga xos.

Bakteriotsid ta’sir esa mikroblarni halok etadi, bu asosan dezinfektsiyalovchi

vositalarga taaluqli xususiyat.

Ushbu guruhga kiruvchi preparatlarning ko`pchiligi bir vaqtning o`zida

antiseptik hamda dezinfektsiyalovchi moddalar sifatida qo`llanilishi mumkin.

Chunki ular antiseptik modda sifatida kichik kontsentratsiyada, dezinfektsiyalovchi

vosita sifatida katta kontsentratsiyalarda qo`llaniladi.

Antiseptik va dezinfektsiyalovchi preparatlarning qo`llanish tarixi XIX asrning

30-yillaridan boshlanadi. N. P. Nelyubin 1828 yili turli buyumlarni

zararsizlantirish uchun ohakdan foydalanishni taklif etgan. Keyinroq esa

Zemiulveis ohakni tibbiyot xizmatchilarining qo`lini yuvish uchun taklif etdi. 60-

yillarda J. Lister fenolni “zarasizlantiradigan” modda o`rnida jarrohlik amaliyotiga

kiritdi. Lister tomonidan joriy etilgan bu usul (antiseptika) jarrohlik amaliyotidan

keyin hosil bo`ladigan yiringli asoratlarning keskin kamayishiga sabab bo`ladi.

Uning taklifi tufayli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda katta

yutuqlarga erishildi. Listerning xizmati faqat jarrohlik amaliyotida emas, balki

yuqumli kasalliklar bilan kurashish amaliyotida ham juda katta samaralar berdi.

Bundan tashqari taklif etilgan usul mikroblarga qarshi ta’sirchan yangi kimyoviy

moddalarni topish va amaliyotga joriy etishda ham katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Shu tufayli qator kimyoterapevtik preparatlar kashf etildi. Bunda L. Paster, I.

Mechnikov, R. Kox, P. Erlix kabi olimlarning xizmatlari alohida ahamiyatga

Antiseptik preparatlarga qo`yiladigan asosiy talablar: mikroblarga qarshi ta’siri

yuqori bo`lishi kerak, to`qimalarga mahalliy qitiqlovchi yoki kuydiruvchi ta’sir

etmasligi shart. Hozirgi vaqtda antiseptik va dezinfektsiyalovchi preparatlar

tibbiyot amaliyotida keng ko`lamda ishlatiladi. Antiseptiklar asosan eritma,

surtma, liniment shaklida qo`llaniladi.

Ushbu kimyoviy moddalar tuzilishi bo`yicha quyidagicha tasnif qilinadi:

A. Galogenlar-xloramin B, pantotsid, xlorgeksidin, yodoform, yodinol,

B. Oksidlovchilar-vodorod peroksid eritmasi, gidroperit, kaliy permanganat,

V. Kislota va ishqorlar- salitsil kislota, benzoy kislota, bor kislota, natriy

tetraborat, piotsid, “Tratseptin” tabletkalari

G. Aldegidlar va spirtlar – formaldegid, lizoform, geksametilentet-ramin,

siminal, etil spirti

D. Og`ir metall tuzlari-kumush tuzlari:kumush nitrat, protargol, kollargol, mis

tuzlari: mis sulfat, rux tuzlari: rux sulfat, rux oksidi, qurg`oshin preparatlari:

E. Fenollar-karbol kislota, trikrezol, rezortsin, fenilsalitsilat, vagotil,

J. Bo`yoqlar-metilen ko`ki, brilliant yashili, etakridin laktat,

Z. Detergentlar-kationli sovunlar: serigel, demitsid, etoniy, dekametoksin,

rokkal, domifen bromid, anionli sovunlar: kaliyli sovun, sovunli spirt.

I. qatronlar, neftni qayta ishlash mahsulotlari-qayin qatroni, ixtiol, vinilin, sitral,

sigerol, tozalangan oltingugurt, sulsen,

Har xil tabiiy vositalar-lizotsim, umkalor, evkalimin, ASD-3 preparati, tomitsid,

yapon soforasi tindirmasi, “Elekasol” yig`masi,

Y. Bit va qo`tir kanasiga qarshi vositalar-nittifor, pedilin, rid, antibit, itaks,

Ushbu kimyoviy moddalarning antiseptik va dezinfektsiyalovchi ta’siri bakteriya

proteidlarining koagulyatsiyalanishi, bakteriyalar pardasining buzilishi, ozod

sulfgidril guruhning bog`lab olinishi, bakteriya fermentlari bilan raqobatlashishi

tufayli yuzaga chiqadi.

23.2 Sulfanilamidlar

Sulfanilamidlar deb, amid sulfanil kislotaning unumlari bo`lgan, har xil

mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko`rsatadigan, tibbiyot amaliyotida keng

ishlatiladigan kimyoterapevtik preparatlarga aytiladi.

Bu guruh preparatlarining tarixi Domagk nomi bilan bog`langan. U

to`qimachilik sanoati uchun zarur bo`lgan azobo`yoq prontozilning (qizil

streptotsid) streptokokk infektsiyasiga qarshi ta’sirini topdi. Prontozilning bunday

ta’siri “n vitro” “(probirkada) va ”in vivo” (tanada) kuzatilgan va bu hol

streptotsidlarning sulfanilamidlarga o`tishi bilan tushuntirilgan. Shundan so`ng

juda ko`p miqdorda sulfanilamid preparatlari sintez qilinganiga qaramay, hozirgi

vaqtda tibbiyot amaliyotida faqat 20 ga yaqin sulfanilamid preparatlari ishlatiladi,

mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko`rsatishdan iborat. Sulfanilamidlar ko`pchilik

grammusbat, grammanfiy kokklarga va ayrim ichak kasalligi bakteriyalariga

bakteriostatik ta’sir ko`rsatadi. Bu degan so`z sulfanilamid preparatlari ta’sirida

ushbu mikroorganizmlarning bemor tanasida ko`payishi va o`sishi to`xtab qoladi,

rivojlanishi susayadi. Ayniqsa, yiringli yallig`lanish jarayonini keltirib chiqaruvchi

kokklar (strepto-, stafilo-, meningo-, gono-, pnevmokokklar) va ayrim manfiy

bakteriyalar (dizenteriya) sulfanilamidlarga sezuvchandir

Sulfanilamidlar ta’sir mexanizmi. Ularning kimyoviy tuzilishi bo`yicha,

paraaminobenzoy kislotaga (PABK) o`xshaydi. PABK esa mikroorganizmlarning

ko`payishi uchun zarur bo`lgan folat kislotaning sintezi uchun kerak modda

hisoblanadi. PABK bilan sulfanilamidlarning o`zaro raqobati natijasida preparat

uni siqib chiqarsa yoki kislota o`rniga o`tirsa, folat kislotadan mikroorganizmlar

ko`payishi uchun zarur bo`lgan «o`sish omili»ning hosil bo`lishi to`xtaydi. Bu

mikroblarning tuzilishi uchun kerak bo`lgan nuklein kislotalar sintezining buzilishi

oqibatida mikroblar o`sishini to`xtatadi.

Ushbuni hisobga olgan holda ular quyidagi guruhlarga bo`linadi:

Belara tabletkasi — gormonlar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi vosita

��Belara tabletkasi — gormonlar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi vosita.

#Belara tabletkasi
#Белара таблеткаси

��Dori shakli : tabletka

Xlormadinon atsetat va etinilestradiol moddalari.

��Ta’sir qilishiga ko’ra :

Progestogenlar va estrogenlar. Gormonlar faoliyatini normallashtiruvchi vosita

— Gormonal almashinuvlar buzilganda.
— Xayz siklini muddatidan oldin boshlanishi kabi xayz buzilishida.
— Terining ahvolini yaxshilaydi.
— Bachadonning ishlamay qolishini kamaytiradi ya’ni bachadon faoliyatini yaxshilaydi.
— Tuxumdon va sut bezlarida bo’ladigan kasalliklarni oldini oladi.
— Suyaklardagi mineral metabolizmini yaxshilaydi.
— Chanoq a’zolaridagi yalliglanish va boshqa kasalliklarga davolovchi ta’sir ko’rsatadi.

��Qabul qilish usuli va dozasi ��

Tabletkani xar kuni bir vaqtda ( kechqurun ma’qul ) 21 kun davomida ketma ket qabul qilinadi . Keyin tabletkani qabul qilishda 7 kun tanaffus qilinadi. Oxirgi tabletkani qabul qilgandan 2 — 4 kundan keyin xuddi xayz qon ketishidek qon ketishi paydo bo’ladi. 7 kunlik tanaffus tamom bo’lgandan keyin qon ketishi to’xtashi yoki to’xtamasligidan qat’iy nazar Belara tabletkasini keyingi qutidan qabul qilishni boshlash kerak.

Qabul qilish vaqti va dozasini shifokor bilan yana bir maslahatlashing.

— Shiddatli qon ketish
— Qindan ahamiyatsiz qonli ajralmalar.
— Bosh og’rig’i
— Sut bezida sohasida noqulaylik.
— Kayfiyat tushishi, asabiylik
— Bosh aylanishi , migren yoki migrenning kuchayishi
— Ko’ngil aynish ,qusish
— Qorinni pastki sohasida og’riq.
— Qon bosimi oshishi.

❌Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar : ��

— Miokard infarkt , insult kabi kasalligi bor bemorlarda
— Tromblar bilan aziyat chekkanda , ya’ni qon tomir trombi bor bemorlarda
— Operatsiyalardan kamida 4 hafta oldin qabul qilish mumkinmas .
— Qon tomirlar yetishmovchiligida
— Qandli diabetda mumkinmas
— Qon bosimi baland kishilarga qabul qilish mumkinmas.
— Gepatitda
— Qorin bo’shlig’ida qon ketishlarda
— Xavfli o’smalarda va sut bezi va bachadon o’smalarida ( rak).
— Migrenda va bosh og’riqda
— Depressiya da
— Tutqanoq kasalligida mumkinmas
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.