O‘zbekistonda banan va papaya yetishtirilmoqda
Shuningdek, OAVda Venesuelada tuproq qo‘ziqorinlarini rivojlantiruvchi Fusarium oxysporum TR 4 kasalligi kuzatilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bu Venesuela hukumati tomonidan rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan fotosuratlar hamda videolar banan plantatsiyalaridagi ayanchli vaziyatning sababi nima ekanligi haqida hech qanday shubha qoldirmaydi. Natijada dunyodagi eng yirik banan eksportchisi bo‘lgan Ekvador TR 4 virusi holatlari allaqachon tasdiqlangan mamlakatlar tomonidan to‘liq o‘ralgan.
Bananlarni yetishtirish va terish jarayoni
Bananlar asosan tropik mintaqalarda o’sadi. Ular hali yashil rangdaligidayoq terib olinadi va transportirovka jarayonida yetiladi.
Ko’pincha bananlar yetilmagan holda sotilishi mumkin. Ularning pishib yetilishi uchun uy haroratida saqlash lozim. Bananlarning terish jarayoni qanday kechadi? Quyida biz sizlarga shu haqda ma’lumot berib o’tamiz.
Boshoqlarda meva tuguni paydo bo’lishi bilanoq ular biror narsa ta’sirida zararlanmasligi uchun polietilen g’ilof bilan o’rab chiqiladilar.
Shu g’iloflar ichida bananlar o’n bir hafta davomida o’sadilar. Ular yetilmaslaridanoq terib olinadilar, chunki bananlar dunyoning turli burchaklariga eksport qiladilar, yo’lda esa ular yetilish jarayonida ozgina kichrayadilar.
Bananning terish jarayonida ham hech qanday sir yo’q. Buning uchun ikki kishining o’zi kifoya. Birinchisi uzun tayoqqa o’rnatilgan pichog’i bilan boshoqni kesib oladi, ikkinchisi esa uni ehtiyotkorlik bilan yelkasiga qo’yadi.
Banan terib olingandan keyin meva bergan o’simlik butunlay olib tashlanadi, chunki u boshqa meva bermaydi. Plantatorchilar bunga achinmaydilar: eski banan o’rniga darhol yangisi o’tkaziladi. U ham bir necha haftadan keyin meva beradi. Darvoqea, banan aslida daraxr emas, o’t hisoblanar ekan.
Terib olingan banan boshoqlari qadoqlash stantsiyasiga olib boruvchi kanat yo’lakchasiga osiladilar.
Qadoqlash stantsiyasida banan boshoqlari oqar suvli hovuzga 20-30 daqiqaga solinadi. Bu bilan boshoqning kesilgan yeridan meva sharbatining oqib chiqib ketishining oldi olinadi.
Qadoqlash stantsiyasida bor-yo’g’i 5-6% meva sifat nazoratidan o’tmaydi. Eksport uchun yaroqsiz banan mahalliy bozorda sotiladi. Bunday mevadan bolalar ozuqasi yoki maxsus banan uni tayyorlanadi.
Banan yuvish bilan asosan ayollar shug’ullanadilar.
Bananlar hovuzda ishlov berib olingandan keyin quritiladi, polietilenga o’ralib, firma muhri tushirilgan maxsus yashiklarga joylanib, dengiz yo’li orqali jo’natiladi. Shu yo’l arzonroq aylangani uchun ko’proq mahsulot jo’natish mumkin.
O‘zbekistonda banan va papaya yetishtirilmoqda
O‘zbekistonda ko‘p miqdorda banan, mango, papaya kabi mevalar yetishtirilmasa-da, ammo ular tajriba tariqasida ekilayotgan yer maydonlaridan yaxshi hosil olinmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qovun daraxti yoki papaya — tropik va subtropik issiq mintaqalarda o‘suvchi mevali daraxt bo‘lib, sovuqqa chidamsiz. Ushbu daraxt 25 yildan oshiqroq muddat mobaynida gullab-yashnaydi.
“Papain”, ya’ni qovun daraxti mevasini oziq-ovqat sanoatida go‘shtni yumshatish, pivo tayyorlash, saqichlar tayyorlashda ishlatiladi.
Tibbiyotda esa undan qorason yaralarni, onkologik kasalliklarni hamda bo‘g‘im, yurak-qon tomir tizim xastaliklarini davolashda foydalaniladi. To‘qimachilik sanoatida ipak ishlab chiqarish, junlarni yumshatishda asqotadi. Kosmetikada undan ajoyib sovun va shampunlar olinadi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qovun daraxtining pishgan mevasi insonga C vitaminini 100 foiz, provitamin A ning esa 60 foiz kunlik me’yorini berishi mumkin. Bundan tashqari, uning tarkibida kalsiy, magniy, kaliy, natriy, temir, fosfor va boshqa ko‘plab mikroelementlar mavjud.
Papain mamlakat yer maydonlarida ham sinov-tajriba tariqasida ekilmoqda. U asosan Hindiston, Braziliya, Indoneziya, Avstraliya, Nepal, AQSH, JAR, Nigeriya kabi mamlakatlarda ko‘p miqdorda yetishtiriladi.
Yetishtirish
Qovun daraxti asosan, urug‘idan ko‘paytiriladi. Ammo uni qalamchalash va payvand qilish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Urug‘i eti va plyonka qobig‘idan ajratiladi va so‘ngra soyada quritiladi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Ular zich yopiladigan idishda saqlanadi, bunday holatda ularning unuvchanligi uzoq vaqt saqlanadi. Qovun daraxti tuproqqa u qadar talabchan emas, lekin uni qumoq tuproqqa ekmaslik kerak.
Uni ekayotganda tuproqni ortiqcha namlash kerak emas, bunday sharoitlarda qovun daraxtining ildizi chirish kasalligidan zararlanadi. Qovun daraxti ko‘chatlarini yilning istalgan vaqtida yetishtirish mumkin. Buni bahorda, sernam ob-havoda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Tuproq-iqlimga mos navlar
Har bir mamlakatda shu joyning tuproq-iqlimiga mos va kasallik hamda zararkunandalarga chidamli muayyan turlar yetishtiriladi.
Qovun daraxtining mevalarini bir necha kungacha saqlash mumkin va u qaynatilgan holida oziq-ovqatga ishlatiladi. Uning ko‘pgina madaniylashgan va yovvoyi turlari mavjud: “Garleaguercifolia Solms”, “Carica”, “Bourgani Solms”, ekvador qovun daraxti – “Chiysopetala Hells” va boshqalar.
Qovun daraxtining g‘o‘za singari bir yillik shakllari ham bor bo‘lib, ular urug‘idan sepiladi va yil oxirida yig‘ib olinadi. Tez hosilga kiradi. U urug‘i ekilgach, taxminan bir yildan so‘ng, gullay boshlaydi. Biroq ekilganidan uch oy o‘tib, gullagan holatlari ham bo‘lgan.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qovun daraxti issiqsevar o‘simlik bo‘lib, uning faol o‘sishi uchun keskin o‘zgarmaydigan 23-27 darajadagi harorat zarur. Qishki davrdagi salqin havo oqimi barglarining to‘kilishiga olib keladi.
Harorat 15 darajadan pasayganda esa, o‘simlikning umumiy o‘sishi ham sekinlashib qoladi. Havo harorati 29-31 darajadan oshsa, qovun daraxti uchun salbiy holatlar yuzaga keladi va natijada hosildorlik pasayishi mumkin.
“Papain” yil bo‘yi hosil beradi. E’tiborlisi, uning mevalari bir-biridan farq qiladi. Erkak mevalar umuman boshqacha shaklga ega bo‘ladi: ular dumaloq, uzunligi 15-20 santimetr, vazni 300-600 gramm bo‘ladi. Mevalari har xil o‘lchamda, vazni va shakl ham turlicha.
Ular 170-230 kunda pishadi. Mevalari uzun shoxchalarda osilib turadi. Pishgan mevaning rangi urg‘ochi mevanikiga o‘xshab ketadi. Bunday mevalarni iste’mol qilish mumkin, ular sersuv, etdor, juda mayin bo‘lib, mazasi qovoqni, xurmoni va biroz tezpishar qovunlarni eslatadi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Po‘sti yupqa bo‘lgani bois, tez buziladi. Mevalarni sarg‘aya boshlagan vaqtda uzib olish va ularni to‘liq pishgunga qadar qorong‘u joyda 3-5 kun saqlash ham mumkin.
Mevalari yangiligida iste’mol qilinadi. Ulardan jele, sirop, sharbatlar tayyorlanadi. Qovun daraxtining mevalari juda foydali va to‘yimli bo‘lgani uchun ko‘pgina tropik va substropik mamlakatlarda nonushtada sevib iste’mol qilinadi. Shuningdek, undan turli salatlar, piroglar, sharbatlar va qandolatchilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Baxtiyorlik hissini beruvchi banan
Foydali mevalardan biri banandir. Ayniqsa, u bolalarning salomatligini mustahkamlashda asqotadi. Banan banansimonlar oilasiga mansub ko‘p yillik tropik o‘simlik hisoblanadi. U dastlab Afrika, Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagida yetishtirilgan. Hozirda asosan Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘stiriladi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Banan daraxtining bo‘yi 15 metrgacha yetadi. Bir tup daraxt 300 donagacha, ya’ni 60 kilogrammgacha meva tugadi. Mevasi ho‘l va quritilgan holda iste’mol qilinadi.
Banan tarkibida A, С vitaminlari, fosfor, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar mavjud. U qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga ko‘maklashadi.
Shuningdek, ko‘pgina kasalliklarga davo bo‘la oladi. Banan oshqozon kislotasini zararsizlantirib, jig‘ildon qaynashini bartaraf etadi. Uning tarkibida suv kam bo‘lsa-da, shakari va kaloriyasi yuqori. Jismoniy mashg‘ulotlar oldidan bir dona banan iste’mol qilish quvvatning to‘liq tiklanishiga yordam beradi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Garchi banan foydali meva bo‘lsa-da, uning iste’molga yaroqsiz navlari ham bor.
U ildiz bachkilari yordamida ko‘payadi. Ayrim turlaridan baliqchilikda foydalaniladigan arqonlar, baliq ovlash to‘rlarida ishlatiladigan tola (abaka) olinadi.
Banan dunyo bozorida keskin qimmatlashmoqda. Uning ba’zi navlari butunlay yo‘qolib ketishi ham mumkin
East Fruit tahlillariga ko‘ra, ayni paytda banan narxlari butun dunyoda o‘tgan yilga nisbatan ancha qimmat hisoblanadi. Bu barcha mamlakatlar uchun dolzarb tendensiyadir.
Ayni paytda bananlarning o‘rtacha narxi Rossiyada bir yarim baravar oshdi va mamlakat ulgurji bozorida o‘rtacha 1 kg banan 1,44 dollar atrofida sotilmoqda. Shu bilan birga, bananlarni moddiy-texnika jihatidan olisligi sababli Markaziy Osiyo mamlakatlarida an’anaviy narxlardan ancha qimmatroq sotib olish mumkin. Tojikistonda ushbu mevaning ulgurji narxi kilogrammi uchun 1,57 dollar, O‘zbekistonda esa 1,99 dollarni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, Belarusda ushbu mevalar o‘rtacha 25 foizga, Polsha va Gruziyada esa 21 foizga qimmatlashgan.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda banan narxi ko‘tarilishiga nima sabab bo‘lmoqda?
Butun dunyoda bananlarning juda katta qismi Ekvadorda yetishtiriladi va Markaziy Osiyo hamda Sharqiy Yevropa mamlakatlariga ushbu davlatdan import qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotining pasayishi, Sovid-19’ning tez tarqalishi, shuningdek, 2020 yilda global talabning pasayishi sababli bananlarning jahon bozoridagi narxi keskin tushib ketdi. Bu esa ushbu mevani yetishtirishga manfaatdorlikni kamaytirdi.
Bundan tashqari, joriy yil mart oyida mamlakatda Sangay vulqonining otilishi banan hosiliga jiddiy zarar yetkazgan. Shuningdek, Ekvador bananlariga kutilmaganda AQSh bozorida kuchli talab paydo bo‘ldi. 2020 yil noyabrida Markaziy Amerika bo‘ylab ro‘y bergan toshqinlardan so‘ng, banan ishlab chiqarilishi Gvatemala, Honduras va mintaqaning boshqa mamlakatlarida jiddiy darajada kamayib ketdi va AQSh ichki bozor talablarini o‘zi uchun noodatiy bozor hisoblangan Ekvador mahsulotlari bilan ta’minlay boshladi.
Ishlab chiqarish qisqarishi, boshqa muqobil qulay bozorlar paydo bo‘lishi va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning aksariyati milliy valutasining dollarga nisbatan qadrsizlanib ketishi ichki bozorda import qilinadigan mahsulotlar qimmatlashishiga olib kelgan.
Bu tendensiyalarning barchasi hamma joyda banan narxining asta-sekin o‘sib borishiga yordam bermoqda va so‘nggi vaqtlarda Janubiy Amerikada bananlarning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ham ko‘paymoqda.
Banan sanoati uchun katta tahdid hozirda Tropical Race 4 (TR4) kasalligi bo‘lib, u birinchi navbatda eng ko‘p eksport qilinadigan Cavendish naviga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Janubiy Amerika plantatsiyalarida kasallikni yuqtirish hollari 2019 yildayoq qayd etilgan va joriy yil aprelida ushbu holat Ekvador va Peruda ham tasdiqlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lumot uchun, Cavendish 1950-yillardan beri eng ko‘p eksport qilinadigan banan turi hisoblandi. TR4 tarqalishi ilgari mintaqada asosiy nav hisoblangan Gros Mishel plantatsiyalarining juda katta qismini yo‘q qilib yuborgan.
Shuningdek, OAVda Venesuelada tuproq qo‘ziqorinlarini rivojlantiruvchi Fusarium oxysporum TR 4 kasalligi kuzatilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bu Venesuela hukumati tomonidan rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan fotosuratlar hamda videolar banan plantatsiyalaridagi ayanchli vaziyatning sababi nima ekanligi haqida hech qanday shubha qoldirmaydi. Natijada dunyodagi eng yirik banan eksportchisi bo‘lgan Ekvador TR 4 virusi holatlari allaqachon tasdiqlangan mamlakatlar tomonidan to‘liq o‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Ekvador har yili 6,5 million tonnadan ortiq banan eksport qiladi. Bundan tashqari, aynan shu mamlakat Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eng katta banan yetkazib beruvchi hisoblanadi. Hozirgacha Ekvador Fusarium oxysporum TR 4 tuproq qo‘ziqorini bilan kasallanish o‘choqlari haqida xabar bermagan bo‘lsa-da, vaziyatning bunday rivojlanish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi.
East Fruit hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari banan iste’mol qilish bo‘yicha eng past yoki o‘ta past toifadagi mamlakatlar sirasiga kiradi. Biroq, bu yerda ham banan odatda supermarketlarda eng ko‘p sotiladigan mevalar toifasiga kiradi va meva importida eng katta ulushlardan birini egallaydi. Shunga ko‘ra, banan bozoridagi narxlar o‘zgarishi iste’molchilarga bevosita ta’sir qiladi. Shuningdek, bu olma va boshqa an’anaviy va ayniqsa mavsumiy mevalarga bo‘lgan talabning o‘sishini rag‘batlantiradi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.