Kuchli ayol qanday bo‘lishi kerak? Nurgul Yeshilchay karyerasi, hayotga qarashlari va boshqa mavzudagi savollarga javob berdi
Muzaffar Shodiyev, 28 yosh: — Uylanganimga 4 yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im o‘zimdan 6 yosh kichik, qo‘lidan hech bir ish kelmaydigan, g‘o‘rgina qizcha edi. Hozir ancha uquvli bo‘lib qolgan, ikki bolaning onasi. Ayollarni shirin ovqat pishirishga o‘rgatish mumkin ekan-u, ammo shirin so‘zli qilish judayam qiyin ekan. Ishdan kelganimda yoki biror bayram kunlari nimalardir deb kutib olgisi keladi-yu, lekin jur’ati yetmayotganini sezib turaman. Mendan uyaladimi, bilmayman… Ochiq aytaman, ayollar o‘z jufti halollariga har qancha shirin gapirib, erkalansa, tuyg‘ularini oshkora aytsa, erkak ham ayoliga shunchalik samimiy va mehribon bo‘ladi.
JINSIY OLAT O’LCHAMI UZUNLIGI QANCHA BO`LISHI KERAK
JINSIY OLAT O’LCHAMI UZUNLIGI QANCHA BO`LISHI KERAK
Erkɑklɑrning ɑsοsiy qismini, hɑyοti dɑvοmidɑ bir mɑrtɑ bο’lsɑ hɑm, quyidɑgi sɑvοllɑr tɑshvishgɑ sοlɑdi: jinsiy οlɑtimning ο’lchɑmi etɑrlimi, qοniqtirɑ οlɑmɑnmi, qɑndɑy qilib kɑttɑlɑshtirsɑm bο’lɑr ekɑn, ɑslidɑ nοrmɑsi qɑnchɑ?
1996 yilgi mɑ’lumοtlɑrgɑ kο’rɑ, jinsiy οlɑtning tinch hοlɑtidɑgi ο’rtɑchɑ uzunligi 8,8 vɑ 9,7 sm οrɑsidɑ bο’lsɑ, tοrtilgɑn hοlɑtdɑ (erektsiyɑgɑ muqοbil) esɑ 12,4 sm. 2001 yildɑ esɑ 3300 tɑ yοsh erkɑk kο’rikdɑn ο’tkɑzilgɑndɑn sο’ng 10 sm.dɑn 12,5 sm.gɑchɑ bο’lishi ilmiy ɑniqlɑndi.
Bɑrchɑ tekshiruvlɑrdɑ ɑntrοpοmetrik tekshiruvlɑr hɑm ο’tkɑzilgɑn vɑ kuchsiz kοrrelyɑtsiyɑ kuzɑtilgɑn.
Penis (οlɑt)ni kɑttɑlɑshtirish niyɑtidɑ shifοkοrgɑ murοjɑɑt qilgɑn erkɑklɑrdɑ jinsiy ɑ’zοsi ο’lchɑmi οdɑtdɑ nοrmɑdɑ bο’lɑdi. Bundɑy hοlɑtni mutɑxɑssislɑr erkɑklɑr echinish xοnɑsi kοmpleksi deb ɑtɑshɑdi.
Erkɑklɑr ο’z jinsiy ɑ’zοlɑrigɑ yuqοridɑn qɑrɑgɑni uchun kichikrοq tuyilɑdi, lekin yοnbοshdɑn qɑrɑlsɑ, bɑrchɑniki bilɑn bɑrοbɑrdir. Shuni hɑm ɑlοhidɑ tɑ’kidlɑsh kerɑkki, tinch hοlɑtdɑ kichik kο’ringɑni bilɑn erektsiyɑ hοlɑtigɑ ο’tgɑndɑ hech qɑndɑy prοpοrtsiyɑgɑ ɑmɑl qilmɑgɑn hοldɑ kɑttɑlɑshɑdi.
Erektsiyɑ pɑytidɑ 9,5 sm.dɑn kichik bο’lsɑginɑ, jinsiy οlɑt kichik deb hisοblɑnɑdi. Bɑ’zi mutɑxɑssislɑr esɑ 7,5 sm hɑm deyishɑdi. JINSIY OLAT
JINSIY OLAT kɑttɑlɑshtirish ikkigɑ bο’linɑdi:
Operɑtsiyɑsiz usullɑrgɑ vɑkuum vɑ trɑktsiοn usullɑr kirɑdi. Vɑkuum usuldɑ mɑxsus mɑnfiy bοsim hοsil qilɑdigɑn jihοzdɑn fοydɑlɑnilɑdi. Mɑnfiy bοsim hοsil qilish hisοbigɑ οlɑtgɑ qοn οqimi kuchɑyɑdi, guyοki tο’qimɑlɑrning chο’zilishigɑ οlib kelɑdi, deyilɑdi.
Nɑtijɑ οlish uchun kɑmidɑ 12 οy dɑvοmidɑ hɑr kuni qilishlɑri kerɑk bο’lɑdi. Lekin ishοnchli nɑtijɑgɑ erishilgɑnligi hɑqidɑgi mɑ’lumοtlɑr ɑdɑbiyοtlɑrdɑ yο’q, uzοq muddɑt ishlɑtish nɑtijɑsidɑ teridɑ jɑrοhɑtlɑnishlɑr, gemɑtοmɑlɑr vujudgɑ kelɑdi.
Yɑnɑ bir οperɑtsiyɑsiz usul bο’lgɑn trɑktsiοn (chο’zish) usul yuqοridɑgigɑ nisbɑtɑn effek- tiv hisοblɑnɑdi. Asοsidɑ jinsiy οlɑt tο’qimɑlɑrini kuch bilɑn uzοq muddɑt chο’zish, tοrtish yοtɑdi. Buning uchun ekstenderlɑr (Aps1gο-Rep18 vɑ h.k.)dɑn fοydɑlɑnilɑdi. Bu jihοz berilɑdigɑn kuchni nɑzοrɑt qilib turɑdi. JINSIY OLAT
Vɑ kuchni ɑstɑ-sekinlik bilɑn οrttirish tɑvsiyɑ qilinɑdi. Kerɑkli nɑtijɑgɑ erishish uchun kɑmidɑ οlti οy dɑvοmidɑ tɑshib yurishlɑri kerɑk. Kunigɑ sɑkkiz sοɑtgɑchɑ.
Ekstenderdɑn fοydɑlɑngɑnlɑr 2,5-3 sm.gɑchɑ uzɑygɑnini ɑytishɑdi, lekin bu usulni hɑm uzοq yillik nɑtijɑlɑri qɑyd qilingɑn mɑqοlɑlɑr yο’q. Kɑmchiliklɑri – hɑr kuni tɑshib yurish zɑrɑr keltirɑdi. Chο’zilgɑni uchun οg’riq, gemɑtοmɑ (qοn quyilishi), jinsiy οlɑt egriliklɑri vɑ peyrοni kɑsɑlligini keltirib chiqɑrishi mumkin.
Yuqοridɑ kο’rsɑtilgɑn usullɑrdɑn οperɑtsiyɑdɑn keyin fοydɑlɑnish, bɑ’zi mutɑxɑssislɑrgɑ kο’rɑ, οpertsiyɑning nοjο’yɑ ɑsοrɑtlɑrining οldini οlish uchun mumkin.
Xirurgik usullɑrgɑ:
– jinsiy οlɑtni uzɑytirish;
– jinsiy οlɑtni qɑlin (yο’g’οn)lɑshtirish;
– jinsiy οlɑt bοshchɑsini kɑttɑlɑshtirish;
– ushbu usullɑrning kοmbinɑtsiyɑsi kirɑdi.
Shuni tɑ’kidlɑsh jοizki, jinsiy οlɑtning uzunligi vɑ qɑlinligi jinsiy ɑlοqɑni sifɑtli qilmɑydi, ɑksinchɑ, qɑttiqligi vɑ shu qɑttiq hοlɑtdɑ uzοq turɑ οlishi muhimdir. JINSIY OLAT
Kuchli ayol qanday bo‘lishi kerak? Nurgul Yeshilchay karyerasi, hayotga qarashlari va boshqa mavzudagi savollarga javob berdi
O‘zbek teletomoshabinlariga “Ishkomli uy” serialidagi Bahor roli bilan tanish bo‘lgan, ayni vaqtda Turkiyaning Fox kanalida efirga ketayotgan “Gunohni yuvish” filmida suratga tushayotgan aktrisa Nurgul Yeshilchayning MAG jurnaliga bergan intervyusini o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etamiz.
— Aktyorlik mahorati siz uchun nimani anglatadi? O‘z ishingizni yaxshi bajarishga yordam beradigan detallar haqida aytib o‘tsangiz?
— Aktyorlik mahoratining 80 foizi zakovatdan iborat deb hisoblayman. Qahramonni gavdalantirishda mantiq va tasavvurning aniq bo‘lishi juda ham muhim. Atrofda nima bo‘layotgani haqida bilish, ko‘rish va yangi tendensiyalarni o‘rganish kerak.
— “Gunohni yuvish” serialida hech qachon o‘z e’tiqodidan voz kechmaydigan ona Zeynep rolini o‘ynayapsiz. Zeynepga qanday baho bergan bo‘lardingiz?
— Menga ko‘proq Zeynepning boshidagi ahvoli yoqadi. Uning o‘z kasbi bo‘lgan. U quvnoq, jahli chiqqanida esa qoplon singari bo‘lgan. Ammo endi u bosiq, yuvvosh. Siz qahramonni aktyor sifatida dastlabki holatini gavdalantirasiz, keyin esa siz tushunmaydigan televizion personaj paydo bo‘ladi. Begonalashgani uchun rol o‘ynash qiyinlashadi.
— Sizga farzandlari uchun tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan, shuningdek, sevgisini ham yo‘qotmaslikka urinadigan kuchli ayol rolini ijro qilish yarashadi. Nima deb o‘ylaysiz sevgining vaqti yoki shartlari bo‘ladimi?
— Ayol kishi avvalo o‘ziga vaqt topishi va nimani xohlashini bilishi kerak. Bolalarim nimani xohlaydi? Erim nimani istaydi emas, avvalo o‘zidan nima istayotganini so‘rashi kerak. Ayol hech kim uchun o‘zidan voz kechmasligi va polyuvgichga aylanmasligi kerak. Aynan shu sabab ham Zeynepni o‘ta kuchli deb hisoblamayman. Chunki u o‘zi uchun hech nima qilmayapti. Muratxon Munganning “Kiyiklar va la’natlar” spektakli bor. Unda kiyikni sevib qolgan erkak sehrgarga murojaat qiladi va kiyik ayolga aylanadi. Turmush qurib baxtli hayot kechirgan juftlikning farzandi bo‘lmaydi. Erkak bolali bo‘lishni istaydi, erkakning bu ahvolidan xafa bo‘lgan ayol sehrgarga takror murojaat qilib vaziyatni anglatadi. Afsungar ayolga agar uning ko‘zlari o‘yib olinsa, farzandli bo‘lishi mumkinligini aytadi. U ko‘zlarini o‘yib olganidan keyin bo‘lsa, eri uni ko‘zlari uchun yaxshi ko‘rganini ta’kidlaydi. Demoqchi bo‘lganim, hayotdagi istalgan munosabatlarning qadr-qimmati bo‘lmasligi mumkin. Agar o‘zingiz uchun yashasangiz, farzandlaringiz ham baxtli, sevgining ham eng yaxshisi bo‘ladi. Sevgi yosh tanlamaydi.
— Siz uchun sevgi nima? O‘zingizni sevib qolgan kishi sifatida qanday tasvirlab bera olasiz?
— Insoniyat tarix davomida topilmagan savolga javob berishimni so‘rayapsiz. Men sevib qolsam, o‘ta quvnoq bo‘laman, ko‘p kulaman. Menda yuqoriga liftda emas, zinapoyadan ko‘tarilishga tayyor bo‘ladigan darajada energiya paydo bo‘ladi.
— 2020-yildagi foto ko‘rgazmada ayollarning kuchiga urg‘u bergan edingiz. Sizningcha jamiyatda kuchli ayol fenomeni paydo bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
— Har qanday davrda turli ayollar ideallashtirishga harakat qilinadi. Bizga ideal emas, erkin yashaydigan ayollar kerak. Ayolning qanchalik kuchli ekanini ochib beradigan, larzaga keltiradigan va hatto dunyoni o‘rab turadigan qarashning kelib chiqishi shu zamin bilan bog‘liq. Anadoluda matriarxat 16 ming yildan buyon mavjud. Bu ming yillik tarix davomida hamisha qudratli ayollarning uyi bo‘lgan makon. Bu zamin kuchli ayollar, Kibele (barokat tangrisi), Afrodita (sevgi tangrisi) va Amazonka (yunon afsonalarida jangovar ayollar) avlodlarining yeri. Bizning genlar o‘ta kuchli.
— “Ishkomli uy” barchamiz uchun esda qolarli serial bo‘lgan. O‘sha yillarni yodga olganda nima haqida o‘ylaysiz?
“Ishkomli uy” vaqtida barchamiz juda ham yosh bo‘lganmiz. Bu Changin Irmakning birinchi ishi, kordinator esa Timur Savji bo‘lgan. Shundan keyin u o‘zining shaxsiy prodyuserlik markaziga asos solgan. O‘zjan Deniz singari men uchun ham birinchi loyiha bo‘lgan. Bu yoshlikning olovli loyihasi. Shu sabab ham men uchun barchasi juda qiziqarli kechgan.
— Qanday seriallarni tomosha qilasiz?
Men barcha fasllarini boshidan oxirigacha tomosha qilgan serialning o‘zi yo‘q. House Of Cards, Crown, Breaking Bad, The Handmaid’s Tale, Mad Man seriallari menga juda ham yoqadi.
— Yangi avlod yulduzlaridan kimlarni yoqtirasiz?
Jiyanim Buse Chelik, Neslihan Atagul, Hazal Kaya, Merve Dizdar, Jem Yigit Uzumo‘g‘lu va Burak Deniz yoqadi.
— Ko‘p yillardan buyon ekranda doimgidek go‘zal ko‘rinishingiz siri nimada?
Tongda yuzimni muz bo‘lagi bilan artaman. Gala konsertlardan avval tuxum oqidan niqob qilganimdan keyingina makiyaj qilaman. Kartoshka ko‘z ostidagi halqalarni yaxshi bartaraf qiladi.
— O‘ziga xos bo‘lishingizning sababi nimada?
— Uzoqni o‘ylab ish qilaman, emotsionalman, ammo hamma narsani nazorat qila olaman, sinchkovman va lanjlikka chiday olmayman.
— Odamlar sizni quvnoq va samimiy deb hisoblaydi. Suratga olish maydonchasida sahnalaringiz suratga olingunicha kimlar bilan va nima haqida gaplashasiz?
— Suratga olish maydonchasida bolalar bilan vaqt kechirishni yaxshi ko‘raman. Ular zerikarli ish haqida gapirmaydi, menga raqamli olamni o‘rgatadi, men ularning hayoti haqida tinglayman. Bolalardan tashqari menga hammadan ko‘p, so‘nggi vaqtlarda safarga chiqishni rejalashtirish yoqadi. Bu meni baxtiyor etadi.
— Muvaffaqiyatli aktrisa, go‘zal ona va o‘ziga xos ayol ekanligingizning siri nimada?
— To‘liq hayot kechirish siri: o‘zlikni anglash, mukammal bo‘lishga urinmaslik va boshqalarga taqlid qilmaslikda.
— Ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi sifatida uning ta’siriga qanday baho berasiz?
— Fikrimcha, ijtimoiy tarmoqlar istalgan narsa haqida birinchi bo‘lib, shaxsan o‘zi ma’lumot berish imkonini beradi. Vositachilar yo‘qligi uchun esa iliq muloqot qilish, dunyoda nima yuz berayotgani haqida oson tushunish mumkin.
— So‘nggi yillarda raqamli platformalarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida yanada jadal tarqalayotgan raqamli odatlar auditoriya va kinosanoatga nima olib keladi, deb o‘ylaysiz?
— Inson dilkash mavjudot va aynan shu sabab ham teatr, kinoteatr va konsertlar hamisha mavjud bo‘ladi. Kinoteatrda film tomosha qilish jarayonida barcha barobar yig‘laydi va kuladi. Jamoaviy reaksiya bag‘oyat go‘zal, shunday emasmi? Raqamli olamda esa his-tuyg‘ular individual his qilinadi. Ammo men tuyg‘ularni birgalikda boshdan kechirish muhim, deb o‘ylayman. Raqamli koinot qonimizga singib bo‘ldi. Aynan shu sabab ham qaram bo‘lib qoladigandek tuyuladi. Filmlar ham turli. Kinoteatrda ko‘rish istalgan va raqamli platformada tomosha qilish xohlanadigan filmlar boshqa-boshqa. Hozir hammasi tartibsiz ko‘rinishga ega, ammo ajratilsa yanada ravon ko‘rinadi. Shunda mening fikrimcha, tashvishlanishga hojat qolmaydi.
- Nurgul Yeshilchay shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi
- PR uchun ismidan foydalanilgan Neslihan, Nurgul Yeshilchayning yangi obrazi. Turk kinosi yangiliklari
- 44 yoshli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay turmushga chiqmoqda
- Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik
Erkaklar Nazdida Orzudagi Ayol Qanday Bo‘lishi Kerak?
20 ta ta’rif, 20 ta xulosa
Dunyoda hech bir ayol yo‘qki, yaxshi er, shinam uy, tarbiyali bolalarni orzu qilmagan bo‘lsa. Erkaklarning istagi ham xuddi shunday. Faqat ularning bu boradagi tasavvurlari juda sodda va ayni vaqtda nihoyatda haqqoniy. Erkaklar yaxshi xotin orqali qolgan hammasiga erishish mumkin, deb hisoblashadi. Ushbu maqolamizda siz turli yoshdagi kuchli jins vakillarining biz tomonga qaratilgan tasavvurlari bilan tanishib chiqasiz. Demak, yaxshi xotin bo‘lish sirlarini erkaklar istaklaridan o‘rganamiz.
Bahodir Hojiboyev, 28 yosh: — Ayollar arzimagan vaziyatlarda ham ko‘p yolg‘on gapirishadi. Buni tan olishlari juda qiyinligini bilaman, lekin «pashshadan fil yasash»ga ustaliklari tufayli oilaning tinchi buzilishiga o‘zlari sababchi bo‘lishadi. Deylik, onam rafiqamga ikkita gap aytsa, xotinim buni menga to‘rtta qilib yetkazadi. Ayollar erkaklarga hamma narsani oddiy, sodda qilib, boricha tushuntirishsa, yaxshi bo‘lardi. Chunki erkak zoti «kosa tagida nimkosa» gaplarni, «qog‘ozga o‘ralgan» istaklarni, gunohga botiruvchi g‘iybatlarni yomon ko‘radi.
1- xulosa: ko‘p yolg‘on gapirmang!
Qodirjon Nortoyev, 21 yosh: — Qizlarga hech tushunmayman. Bir qizga ko‘ngil qo‘yganman, u ham menga yaxshi munosabatda bo‘lishini orzu qilaman. Bunga har tomonlama harakat qilib ham ko‘rdim. U esa har safar «seni ko‘rgani ko‘zim yo‘q», deydi, so‘ng yana o‘zi izlab topadi. Qizlar o‘zi nima istashini aniq bilmaydi, beqarorligidan yigitlarni qiynayverishadi.
2-xulosa: niyatingizni ochiq ayting!
Sanjar Abduqayumov, 17 yosh: — Uyimizdagi barcha ayollar telefonda gaplashishni yaxshi ko‘rishadi. 15 yoshli singlimdan tortib, 65 yoshli buvimgacha. Telefonda muhim bir nimalarni hal qilishsa ham mayli edi. Singlim dugonalari bilan ertaga qanday ko‘ylak kiyishini maslahatlashsa, buvim qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlari bilan to‘yga qanaqa tog‘ora qilishni gaplashadi. Oyim esa turmushga chiqqan opamning qaynonasi haqidagi gap-so‘zlarni eshitib o‘tiradi. Hammasida qo‘l telefoni bor, kamiga uy telefoni ham tinmaydi. Meni «paynet»chilar ham tanib qolgan. Agar qo‘limda bo‘lganida hamma telefon simlarini uzib tashlagan bo‘lardim. Uylansam, xotinimga telefon ishlatishiga ruxsat bermayman!
3-xulosa: telefondagi suhbatlarni keskin qisqartiring!
Muzaffar Shodiyev, 28 yosh: — Uylanganimga 4 yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im o‘zimdan 6 yosh kichik, qo‘lidan hech bir ish kelmaydigan, g‘o‘rgina qizcha edi. Hozir ancha uquvli bo‘lib qolgan, ikki bolaning onasi. Ayollarni shirin ovqat pishirishga o‘rgatish mumkin ekan-u, ammo shirin so‘zli qilish judayam qiyin ekan. Ishdan kelganimda yoki biror bayram kunlari nimalardir deb kutib olgisi keladi-yu, lekin jur’ati yetmayotganini sezib turaman. Mendan uyaladimi, bilmayman… Ochiq aytaman, ayollar o‘z jufti halollariga har qancha shirin gapirib, erkalansa, tuyg‘ularini oshkora aytsa, erkak ham ayoliga shunchalik samimiy va mehribon bo‘ladi.
4-xulosa: jufti halolingizdan uyalmang, tuyg‘ularingizni bildiring!
Boisxon Ermatov, 45 yosh: — Menga qariganini erta tan olib, o‘ziga nisbatan umuman bee’tibor bo‘lib qoladigan ayollar yoqmaydi. «Biz endi yosh kelin bo‘larmidik», deb, pardoz qilishni, qomatni saqlab turish kerakligini unutib yuborganlar qancha. Birga uzoq yillar yashagan er-xotinlar orasida xiyonat aynan 40-45 yoshlarda ko‘proq kuzatiladi. Surishtirsangiz, ayoli eri haqida butunlay unutgan, o‘zini oilasiga bag‘ishlagan bo‘lib chiqadi. Axir oilaning asosi er, ayolning barcha harakatlari erning ko‘ngliga yo‘l topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
5-xulosa: ayolning qarishga haqqi yo‘q!
Hayotjon Burhonov, 24 yosh: — Qizlar ko‘proq tasavvurlariga ishonib yashaydilar. «Men turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigit unday bo‘lishi kerak, bunday yurishi kerak», deb orzularga erk berishadi. Orzu qilgan yaxshi, ammo taqdir ularga boshqacharoq turmush o‘rtoqni uchratsa, o‘shaning boriga qanoat qilmay, o‘zlari qayta tarbiyalamoqchi bo‘lishadi. Yigitlarga esa aql o‘rgataveradigan qizlar yoqmaydi.
6-xulosa: erkak kishiga o‘qituvchi sifatida emas, o‘quvchi bo‘lib ko‘rining.
Nodir Ergashev, 33 yosh: — Bozorda savdo qilaman. U yerdagi sotuvchilarni kollektivim deb atasak, ular orasida erkakshoda bo‘lib ketgan ayollar bilan muloqotda bo‘lgim kelmaydi. Albatta, bunday ayollar hayot taqozosi bilan bozorda rizqini terib yurishibdi. Ammo baribir erkak kishidan bir pog‘ona past tushib muomala qilgani durust. ziyo-music.com
7-xulosa: ayol kim bo‘lsa ham, ayollik nazokatini saqlab qolishi shart!
Hasan Shodiyev, 38 yosh: — Bugungi kun ayolida hamma erkinlik va imkoniyatlar bor: mashina haydaydi, pul topadi, mansab egasi bo‘ladi. Men istardimki, ular ayol bo‘lib yashashdan eng oliy maqsad nima ekanligini unutmasalar bas. Karera deb turmushga chiqishni kechiktirish yoki farzandli bo‘lishni ortga surish bizning o‘zbek ayollarimizga xos emas.
8-xulosa: ona va rafiqa bo‘lish — ayolning hayotdagi eng oliy mavqesi!
Bobur G‘anijonov, 30 yosh: — Erkaklarning ayollarga o‘xshab challari, chaqiriq, kelinsalom, hayitchoy kabi marosimlari birmuncha kamroq. Ularda faqat choyxona, osh va futbol bor. Xotinlar erlarining qiziqadigan narsalariga qarshi chiqmasdan, ochiq yuz bilan kuzatib, yaxshi kutib olsalar, hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi! ziyo-music.com
9-xulosa: eringizning qiziqishlarini inkor etmang!
Latif Rafiqov, 52 yosh: — Ayol — dunyodagi eng kuchli va eng ojiz mavjudot. Unda yig‘lab olish orqali hamma salbiy taassurotlarni o‘zidan soqit qilish imkoniyati bor. Lekin bo‘lar-bo‘lmasga yig‘lab, eriga aytganini qildiradigan ayollar xato qiladilar. Chunki erkak kishi chin yig‘ini ajrata oladi.
10-xulosa: yig‘idan qurol sifatida foydalanmang!
Eldor Hamidov, 18 yosh: — Men qizlar, ayollardagi ozodalikni qadrlayman. Shuning uchun ham qizlarning birinchi navbatda oyoq kiyimiga, tirnoqlariga, ziyo-music.com sochiga qarayman. Agar hammasi joyida bo‘lsa, tirnoqlarini o‘stirib olmagan, sochlari yog‘li bo‘lmasa, demak, bu qiz o‘zining yurish-turishini nazorat qila oladi, deb hisoblayman.
11-xulosa: Ozodalik — ayollikning muhim shartidir!
Hojiakbar Tursunboyev, 56 yosh: — Xotinlarning isrofgarchilikka yo‘l qo‘yib, to‘y-hashamda ko‘p dahmaza narsalarni o‘ylab topishiga qarshiman. Bu bilan o‘zlarini ham, oila boshliqlarini ham qiynab qo‘yadilar. ziyo-music.com
12-xulosa: rejali va tejamkor ayol — har bir erning orzusi!
Shodiyor Asanov, 36 yosh: — Xotinim bilan 12 yildan beri yashayotgan bo‘lsam, har mavsumda yangi ko‘ylak yoki mato chiqqanini aytib, «kiyimim yo‘q», deb noliyveradi. ziyo-music.com Modachilar xotinlar bilan til biriktirib, «erlaringning pulini shilinglar», deganmi, hayronman?
13-xulosa: kiyimga o‘ch bo‘lmang, chiroyli yurishni esdan chiqarmang!
Islomjon Qurbonov, 16 yosh: — Bolaligimda onam menga ko‘proq vaqt ajratardi. Hozir ulg‘ayib, mustaqil bo‘lsam ham onamning ko‘p ishlarda yordam berishini kutaman. Onam esa singillarimga sovchi kutish va uzatilgan opamning tashvishlari bilan yashaydi. ziyo-music.com
14-xulosa: oiladagi har bir erkak — ayolning g‘amxo‘rlik ob’ektidir!
Jamshid Bositov, 23 yosh: — Institutdagi kursdosh qizlar qayoqdagi virtual muhabbatlarga ishonib yurishadi. Undan ko‘ra, yonlarida yurgan yigitlarning qadriga yetishsin. ziyo-music.com Oq otdagi shahzoda kompyuterdan emas, yoningizdan topiladi!
15-xulosa: osmoniy orzularni emas, amalga oshadiganlarini ko‘zlang!
Diyorjon Mahkamov, 27 yosh: — Ayollarga qancha yaxshilik qilmang, baribir bir kunmas-bir kun «senga tegib nima ko‘rdim?» deb noshukrlik qilarkan. Ayollar, noshukrlik qilmang! Xotinidan shu gapni eshitgan erkakning butun hayotdan, qolaversa, sizdan ko‘ngli sovib ketadi. ziyo-music.com
16-xulosa: borining qadriga yeting!
Sardor Xalilov, 25 yosh: — Erining yaxshi-yomon kunida birdek, o‘zgarmasdan turadigan, suyansa, ishonsa bo‘ladigan ayollar saodatga erishadi, jamiyatda qadr topadi. Yengillik qilib, qiyinchilik sharoitida tashlab qochganlar esa oxir-oqibat xor bo‘ladi. Ayol eridan mehr istar ekan, avvalo uning o‘zi muhabbatli bo‘lsin. ziyo-music.com
17-xulosa: dard kelganda sabr qiling!
Doniyor Mahkamov, 19 yosh: — Mehnatkash qizlarni yaxshi ko‘raman. Chunki ular uy-joyni toza tutishadi. Ko‘chalarga ertalabdan suv sepib, supurayotgan, lekin hali turmushga chiqmagan qizlarni ko‘rsam, «men ham kelajakda qizlarimni ana shunday tarbiyalayman», deb niyat qilaman. ziyo-music.com
18-xulosa: Mehnatsevar ayollar — erkaklarning yarim baxti!
Oybek Abdurahmonov, 35 yosh: — Ayol kishi kamroq gapirib, ko‘proq eshitsa, erkak kishiga shuncha ko‘p yoqadi. Yana erkaklarni tez-tez maqtab turish kerak. ziyo-music.com Shundagina uyingizda buzilgan dazmol, ishdan chiqqan jo‘mrak bo‘lmaydi, hammasi o‘z vaqtida bajariladi.
19-xulosa: Erkakni aqlli va chaqqon ekaniga ishontiring, ishingiz bitadi!
“O‘zingizni hurmat qiling!”
Aziz Tolipov, 30 yosh: — Ayollar erlaridan shubhalanish va doimo «meni yaxshi ko‘rasizmi?» deb so‘rayvergandan ko‘ra o‘zlariga bahoni baland berganlari ko‘proq samara beradi. Masalan, erkak ayolidan «sizga ishonaman, siz meni yaxshi ko‘rasiz, chunki men bunga munosibman» degan gapni eshitsa, ayolining bu qadar ishonchidan hayratga tushadi va beixtiyor uning gaplarini ma’qullaydi. ziyo-music.com
20-xulosa: o‘zingizni hurmat qiling, shunda boshqalar ham hurmatda bo‘ladi!
Mana, so‘rovnomamizda ishtirok etgan 20 nafar erkakning 20 xil fikrini o‘qib ko‘rdingiz. Endi o‘zingizni taftish etib, qaysi fikrlarga qo‘shilishingiz, qay birini inkor etishingiz va sizda qaysi bir jihatlar topilmasligini sarhisob qilib ko‘ring. Xulosalaringizni umumlashtirib, «orzudagi ayol» bo‘lishingizga qancha qadam qolganini aniqlashtiring va olg‘a bosing. Shunda juftingiz sizdagi o‘zgarishni sezadi va sizni umrining oxirigacha sevishga minglab sabablar topa oladi!
-
Siz baxtlisiz!(3664)Sevgan yoringiz sizni doimo sevishini xohlaysizmi?(7247)AQShda smartfonga o’xshash to’pponcha yaratildi(3061)Bir-birini tanqid qiluvchi er-xotinlar(2978)Boshqirdistonlik o‘smir uzluksiz 22 kun kompyuter o‘ynagani oqibatida vafot etdi(4231)Hech qachon aytish kerak bo’lmagan 9 ta ibora(5109)Boy bo’lishning 15 siri (Napoleon Xill: qashshoqlikning sababi miyangizda)(10466)Xitoyda o‘quvchi qiz 20 nafar sinfdoshiga kalamushni o‘ldiradigan zahar ichirdi(4573)To‘y mavsumi avjiga chiqdi: sovchilikning qiziqarli usullari(3694)Bolalarning jinsiy tarbiyasi(6813)Наушник”ning zarari(4881)Makkadagi mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatida 1,5 ming ziyoratchi evakuatsiya qilindi(4796)Sibirlik oila mashinasi jarima maydonchasiga olib ketilmasligi uchun uni yoqib yubordi(3376)OAV: Nyu-Yorkda Rim papasi xavfsizligini 45 ming politsiyachi ta’minlaydi(4620)Hindistonlik mast erkak tiriklayin asfalt bilan tekislab yuborildi(3547)
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.