Press "Enter" to skip to content

Avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi ochish biznesi

JT ishlari kerak bo’lgan hollarda yoki TXK davrida, hamda diagnostikalash davrida ham bajariladi.

Avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi ochish biznesi

1. Avtomobillarni ishga yaroqli holda ushlab turish, ishdan chiqishini oldini olish va bartaraf etish asosiy vazifa hisoblanadi.

Shuning uchun TXK ning asosiy vazifasi avtomobillarni ishdan chiqishini oldini olish, JT ning vazifasi esa, ishlash davrida kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etish hisoblanadi.

Hozirgi vaqtgacha MDX da ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarga TXK va ularni JT reja asosida bajarilib kelgan va bajariladi, bu o’z navbatida TXK va JT tizimini tashkil etgan holda, bir-biriga bog’liq bo’lgan Nizom va me’yorlar, hamda TXK va JT ishlarining tartibini aniqlab beradi.

Ko’pgina mamlakatlarda avtomobil transportiga TXK va JT ning rejaviy-ogohlantiruvchi tizimi qabul qilingan bo’lib, unga quyidagi talablar qo’yiladi:

a) moddiy va ishlash harajatlarini kam sarflagan holda avtomobillarni ekspluatatsion xususiyatlarini saqlab turish;

b) TXK va JT ni rejalay va tashkil eta oluvchi rejaviy-me’yoriy xarakterga ega bo’lishi;

v) barcha avtomobil ekspluatatsiyasi korxonalari uchun majburiyligi;

g) barcha muxandis-texnik hodimlar uchun konkret va anglash mumkinligi;

d) ishlash sharoitiga qarab konkret me’yorlarni bir maromdaligi va egiluvchanligi;

e) avtomobillarni har xil sharoitda ekspluatatsiyasini hisobga oluvchanligi.

2. TXK va JT ishlarini tashkil etish va uning me’yoriy asoslari “O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to’g’risida Nizom” bo’yicha bajariladi.

Xarakatdagi tarkibga TXK va T to’g’risidagi NIZOM asosiy xujjat hisoblanib, unga asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda, qo’shimcha me’yoriy texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi.

Nizom ikki qismdan iborat:

1-qism -harakatdagi qismga TXK va JT asoslaridan iborat bo’lib, u tizim va texnik siyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va JT ning turlari, boshlang’ich me’yoriy ko’rsatgichlar, ekspluatatsiya sharoitlari va korrektirovka turlari, TXK va JT ni tashkil etish usullari va bajariladigan operatsiyalarning nomlari keltirilgan,

2-chi qismda har bir turdagi avtomobillar uchun alohida me’yoriy ko’rsatgichlar keltirilgan.

Avtomobillarga TXK va JT tizimining asosiy negizi, ularning texnik ekspluatatsiya, ekspluatatsiyaon sharoiti, ishonchliligi va sifat darajasi, tashkiliy texnik chegaralovlar hisoblanadi.

TX o’z ichiga 8-10 tudagi ishlarni oladi (moylash, qotirish, sozlash, nazorat etish va h.k.) va 150-280 dan ortiq agregat va mexanizm detallariga ogohlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

Har bir uzel va mexanizmga TXK o’ziga xos davrni tashkil etadi va bu davrni bir necha usullar bilan aniqlanadi:

a) texnik iqtisodiy usul – bunda biron bir guruh uchun TXK va JT ishlarini bajarishda eng kam harajatlar sarflash asosiy maqsad hisoblanadi,

b) TXK operatsiyalarini o’zaklari bo’yicha guruhlash – ma’lum bir optimal davr ichida bir guruh obyektlarning asosiy o’zaklariga quyidagi alomatlari bo’yicha texnik xizmat ko’rsatiladi:

– harakat havfsizligiga ta’sir etuvchi,

– ularga texnikxizmat ko’rsatmaslik, avtomobilning buzilmasdan ishlashiga, iqtisod va ishlay bilish qobiliyatiga ta’sir etuvchi,

– maxsus jihozlar va katta ish hajmini talab etuvchi,

– doimiy qaytariluvchi(bunga dvigatel va avtomobil uzellarini moylab turish misol bo’la oladi).

v) iqtisodiy ehtimollik usuli – bu usulda bajariladigan ishlarning maqsadga muvofiqligini optimal aniqlash emas, balki belgilangan oraliqda o’tkazish nazarda tutiladi. Bunda, avtomobil agregatlari ishdan chiqmasdan turib, qanday oraliqda TX ko’rsatilsa kamroq harajat sarflanishi aniqlanadi.

O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan, harakatdagi qismlarga TXK va JT Nizomiga ko’ra, SNG davlatlarida chiqarilgan ko’pgina avtomobillarga TXK ishlari quyida keltirilgan me’yoriy davriylikda o’tkaziladi.

Avtomobillarga TXK juda ko’p texnologik operatsiyalardan iborat bo’lib, o’zining maqsadi, xarakteri, bajarilish sharoiti, ishlatiladigan jihozlar, moslamalar va bajaruvchining kvalifikatsiyasi bo’yicha jamlashib, KXK, TXK-1, TXK-2, MXK turlariga bo’linadi.

1 va 2-TXK davrlar

Avtomobillar turi

KXK da umumiy tekshiruv, tozalash, yuvish, quritish va yoqilg’i, moy, maxsus suyuqliklarni me’yoriga keltirish ishlari bajariladi.

TXK-1, TXK-2 va MXK da asosan tozalash, yuvish, quritish, tekshiruv diagnostika, qotirish, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulator, moylash va agregat, mexanizmlardagi moylarni me’yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi.

Harakatdagi tarkibning muhim bo’g’ini diagnostikadir. Diagnostikaning vazifasi texnik xolati harakat havfsizligi talablariga javob bermaydigan avtomobillarni aniqlash, TXK dan so’ng yoki avval nosozliklarni aniqlash, joriy ta’mirlashdan oldin buzilish va nosozliklarni aniqlashdan iborat.

Tekshiruv-diagnostika ishlari avtomobil yoki uning agregatlari va mexanizmlarini bo’laklarga ajratmasdan turib texnik holatini aniqlashni o’z ichiga olib, u avtomobillarga TXK va JT ishlari texnologik jarayonining boshqarish elementlaridan biri hisoblanadi.

Tekshiruv-diagnoz qo’yish ishlarining hajmi barcha TXK va JT dagi ish hajmlarining 30% ni tashkil qiladi.

Tekshiruv-diagnoz qo’yish ishlari davrida avtomobilning harakat havfsizligini ta’minlovchi agregatlarni holati aniqlanadi, TXK dan avval diagnoz qo’yilib ish hajmlari aniqlanadi, TXK va JT dan so’ng bajarilgan ishlarning sifati tekshiriladi.

Bajariladigan ish hajmi, davriyligi, ish turlari, mo’ljal-langanligi va TXK, JT texnologik jarayonida tutgan o’rniga qarab, diagnoz qo’yish ishlari D-1 va D-2 ga bo’linadi.

D-1: dan asosiy maqsad harakat havsizligini ta’minlovchi agregat va mexanizmlarni texnik holatini, (tormoz, boshqarish mexanizmi, oldingi g’ildiraklarni o’rnatish burchaklari, yoritish asboblari) chiqindi gazlar zararligini va yoqilg’i sarfini aniqlashdan iborat.

D-2: dan asosiy maqsad avtomobilni tortish-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha to’liq texnik holatini aniqlash va asosiy agregat, sistema va mexanizmlarning nosozligini aniqlashdan iboratdir. D-2,TX-2 dan avval o’tkazilib, ish hajmi aniqlab olinadi, hamda ishlar tugagach uning sifati nazorat qilinadi. D-2 buyurtma bo’yicha JT dan avval ish hajmini aniqlab olish uchun ham bajarilishi mumkin.

TXK va JT ishlari o’tkazish uchun ma’lumotlar diagnostikalash jihozlari va ko’chma asboblar yordamida olinadi.

TXK va JT ishlari bajarish davrida nosozliklarni aniqlash uchun “operativ-texnologik” diagnoz qo’yish(Dr) usuli qo’llanilib, bunda ko’chma asboblardan foydalaniladi.

Sozlash ishlari deb, agregat, mexanizm va detallarni almashtirmay turib, ularni texnik holatini tiklash, ya’ni belgilangan oraliq, salt yurish kabi ko’rsatgichlarni me’yoriga keltirishga aytiladi. Bu ishlar diagnoz qo’yish yoki TXK va JT ishlarini natijalari asosida bajariladi.

Ta’mirlash ishlari o’zining xarakteri va yo’nalishi bo’yicha qayta tiklash (QT) va joriy ta’mirlash (JT) kabi turlarga bo’linadi.

QT ishlay bilish qobiliyatini yo’qotgan avtomobil va uning ag-regatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobil yoki uning agregatini qayta tiklashda bo’laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Agregat KT ga, uning o’zak va asosiy detallari ta’mirlab bo’lgan taqdirda jo’natiladi.

JT, avtomobil va uning agregatlarida paydo bo’lgan buzuqliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo’lgan me’yoriy davrni yurishini ta’minlash uchun bajariladi.

ATK da ishlab chiqarish texnik hizmatlarining eng asosiy vazifasi harakatdagi qismni JT ish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish va materiallar sarf harajatlarini kamaytirishdan iboratdir.

Ishdan chiqqan detallar, agregat va mexanizmlarni tiklash yoki almashtirish, o’z navbatida tekshiruv nazorat qilish, ajratish-yig’ish, sozlash va ustaxonalarda bajariladigan ishlardan tuzilgandir.

Avtomobillarni JT ning eng asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

– uning ishonchliligini oshirish;

– JT tannarxini kamaytirish, ya’ni JT dagi va ishdan majburan qaytib kelishdagi harajatlarni kamaytirishdan iborat.

Avtomobillarni JT, ularni ishlab chiqarish, KT va TXK sifatiga bog’liqdir.

JT dagi harajatlar, ish hajmiga va ish xarakteriga, diagnostika sifatiga, ta’minotga, ishlash sharoitiga, avtomobil yoshiga, ishlab chiqarish usuli va shakliga, qo’llaniladigan jihozlarga va ish haqini belgilash tizimiga bog’liqdir.

Avtomobillarni joriy ta’mirlashning quyidagi turlari mavjud:

– avtomobillarni ishlash davrida JT

– ishdan qaytgan avtomobillarni JT

– xaydovchi buyurtmasiga asosan JT

– TXK davrida JT (TXK ritmini buzmasdan turib)

JT ishlari kerak bo’lgan hollarda yoki TXK davrida, hamda diagnostikalash davrida ham bajariladi.

Ishlash sharoiti, iqlim sharoiti, avtomobil turi, yoshi va soni ish hajmiga ta’sir etishini hisobga olgan holda solishtirma ish hajmi korrektirovka qilinadi.

Bajarilish joyi va ish xarakteri bo’yicha joriy ta’mirlash postlarda bajariladigan ishlar va ustaxonalarda bajariladigan ishlar

Postda bajariladigan ishlarga: tekshiruv nazorat, sozlash, qotirish, ajratish-yig’ish kabi ishlar kiradi.

Ustaxonada bajariladigan ishlar quyidagilardan iborat:

Agregat ishlari – avtomobillardan yechilgan agregatlarni (dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalari qutisi, rul boshqarmasi, yetaklovchi ko’prik va h.k.) yuvish, ajratish-yig’ish va tashxislashdan iboratdir.

Dvigatellarni JT da asosiy ishlarga porshen halqalarini, porshenni, porshen barmoqlarini, shatun vkladishlari va bo’g’in podshipniklarini, klapanlarni, klapan o’tiro’ichlarni, itargich va vtulkalarni, prujinalarni almashtirish kiradi. Undan tashqari o’z holatiga keltiruvchi ta’mirlash, tekshirish va ajratish-yig’ish ishlari, masalan taqsimlash validagi shesternyani yechish va qo’yish, moy o’tish teshiklarini kengaytirish, klapanlarni tozalash, germetikligini tekshirish, yoriq va darz ketgan joylarini kavshanlash, payvandlash yo’li bilan to’g’rilash ishlari bajariladi.

Masalan, dvigatelni ta’mirlash jarayonini ko’rib chiqadigan bo’lsak, porshen halqalarni almashtirish ishlari tirqish 0,08 mm dan va diametr bo’yicha 0,12 mm dan oshiq bo’lganda bajariladi.

Elektrotexnik ishlar – bu ishlar TXK da, JT postlarida va ustaxonada bajariladi. Ustaxonalarda avtomobilni yechilgan va uning o’zida yoki TXK da to’g’rilab bo’lmagan ishlar bajariladi. Elektrotexnik ishlarga: qisqa tutashishlarni to’g’rilash, sim chulg’amlarini qayta o’rash, generator va starter yakorlarini silliqlash kabi ishlar kiradi.

Akkumulator ishlari – ularga batareyalarni zaradlash va ta’mirlash ishlari kiradi. Bu ishlarni bajarish uchun ayniqsa texnik xavfsizlik va mehnat muhofazasi keng e’tibor berish kerak.

Ta’minot tizimi bo’yicha – tekshiruv-nazorat, sozlash va ta’mirlash ishlari bajariladi. Ta’mirlash po’kaklarni germetikligini, ularning og’irligini aniqlash, diafragmalarni almashtirish, yonilg’i baklarini kavshanlash yoki yelimlash ishlarini o’z ichiga oladi.

Shina va kamera yamash ishlari – shinalarni ajratish va yig’ish, disklarni ta’mirlash, kameralarni yamash, g’ildiraklarni muvozanatlash ishlaridan iborat.

Temirchilik ishlari – detallarni qizdirish yo’li bilan tayyorlash, ta’mirlash, ressorlarni qizdirish, puxtaligini oshirib ta’mirlash.

Payvandlash ishlari – detallarni payvandlash, teshiklarni yo’qotish, kuzovdan ajralib ketgan qismlarni payvandlashni o’z ichiga oladi.

Misgarlik ishlari – radiator, yonilg’i baki va yonilg’i trubkalarini ta’mirlashdan iborat.

Chilangar-mexanik ishlari – qotirish detallarini tayyorlash (bolt, gayka, shpilka, shayba va hakazo), payvandlash va kavshanlashdan so’ng ishlov berish, tormoz barabanlarini tekslash, vtulkalar yasash, silindrlar blogi va kallagiga ishlov berish kabilardir.

Kuzov ishlari – o’z ichiga yog’ochsozlik, armatura, qoplamachilik, tunukasozlik va bo’yoqchilik ishlarini oladi.

Avtomobillarni JT dan tashqari ATK sida jihozlarni ta’mirlash va ularga TXK, avtomobillarni va binolarni isitish tizimi, suv ta’minoti, shamollatish qurilmalarini, elektr ta’minlovchilarni JT va qurilish-montaj ishlari ham bajariladi. Bu ishlar bosh mexanik bo’limi (BMB ) tomonidan amalga oshiriladi.

JT xarakteriga, harajatiga va ish hajmiga avtomobillarni ishlash sharoiti, yoshi, haydovchi va ishchilar kvalifikatsiyasi, ATK ni texnik qurollanganligi, bundan tashqari TXK sifati, avtomobillarni saqlash sharoiti, zuriqib ishlashi, ta’mirlashga moyilligi va boshqa omillar ta’sir etadi.

JT ishlari sonini va hajmini kamayishi haydovchilarni professional-mahorati bilan chambarchas bog’liqdir.

Avtomobillarni yoshi JT ish xajmi va sonini oshishiga bog’liq bo’lib, yurgan yo’li ko’payishi bilan ularning qiymati oshib boradi.

TX sifatini oshishi JT ishlarini 2 barobar kamayishiga, sovuq sharoitda avtomobillarni usti yopiq joyda saqlash JT ishlarini 15-40 % kamayishiga imkon yaratadi.

Avtomobillarni o’z vaqtida diagnostikalash, mayda buzuqliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, katta hajmdagi JT ishlarini kamaytiradi.

Avtomobillarga TXK va JT ishlarini o’z vaqtida olib borish, hamda ularni texnik tayyor holda ushlab turishda ATKlar va ularning ishlab chiqarish texnik bazalari katta ahamiyatga egadir.

3. Avtomobillarga servis kitobchasi bo’yicha xizmat ko’rsatish. Avtomobillarga TXK ning muqobil tartibi – bu, avtomobillarning yurgan yo’liga to’g’ri keluvchi TXK va ta’mirlash uchun sarf xarajatlarni eng kam sarf qilgan xolda, uning foydalanish davridagi ishonchliligini ta’minlash uchun bajariladigan ishlarning davriyligi va majmui xisoblanadi.

Har bir aniq xolat uchun muqobil tartibni aniqlash juda qiyin, chunki u ko’pgina omillarga, ya’ni avtomobilning tuzilishi va turiga, foydalanish sharoitiga, yangiligidan beri yurgan yo’liga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.

Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda aholiga qarashli yengil avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish tartibi avtomobilni xarid qilishda taqdim etiladigan servis kitobchasi bo’yicha belgilanadi.

Servis kitobchasi asosiy xujjat xisoblanib, u avtomobilga xizmat ko’rsatish tartibini hamda ishlab chiqaruvchi zavod va avtomobil egasi orasidagi munosabatni belgilab beradi. Ko’pincha kitobchaning birinchi varag’ida ishlab chiqaruvchi va xaridorning xuquqlari va majburiyatlari, avtomobildan foydalanish uchun ko’rsatmalar, shu jumladan kundalik xizmat ko’rsatish, kafolat shartlari, uni xatlash tartibi xamda avtomobil (sotib olingan vaqti va joyi, dvigatel va shassining raqami va markasi va h.k. ) va uning egasi (ismi sharifi, turar joyi, telefon raqami va h.k.) to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi (forma №1). Bu o’z navbatida, avtomobil TXKS ga kelganda buyurtma-naryadning avtomobil va uning egasi to’g’risidagi ma’lumotlarni tezda to’lg’azishga imkon beradi.

Avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi ochish biznesi

– Xozirgi vaqtda avtomobillarni ustaxonaga olib borishga vaqt yetmayapti. Siz mashina buzilgan joyga borib xizmat ko’rsatingishiz mumkin. Ustaxonagizda ham mijozlar qabul qilaverasiz.

�� Buning uchun bizga boshlash uchun 1550$ kerak.

– Ro’yxatdan o’tqazish — 150$
– Asboblar — 700$
– Reklama — 100$
– Veb-sayt — 300$
– Joy ijarasi — 300$

– Veb-sayt orqali mijoz sizning yoningizga qaysi vaqt kelishini belgilab olishi mumkin, sizni chaqirtirishi mumkin, bu orqali vaqtni tejash mumkin.

– Yana veb-saytga xaydovchilar o’zi qilsa bo’ladigan ishlarni joylaysiz va bu orqali mijozlar oqimini oshiriah mumkin.

Oxshash xabarlar:

  • Shisha yoriqlarini ta’mirlash biznesi
  • Telefonlarni ta’mirlash biznesi
  • Houzz – Interer dizayni, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha…
  • Kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash bo‘yicha sayt
  • Gmail ochish. Elektron pochta ochish
  • Bolalar do’koni ochish biznesi
  • Veterinariya klinikasi ochish biznesi
  • Muzqaymoq kafesi ochish biznesi
  • Poyafzal do’konini ochish biznesi
  • Bolalar sartaroshxonasi ochish biznesi
  • Qurilish mollari do‘koni ochish biznesi
  • Uyda bog‘cha ochish biznesi
  • Sportchilar uchun qo’shimcha ozuqalar do’koni ochish biznesi
  • Tea cafe ochish biznesi
  • Bolalar poyabzali do’konini ochish biznesi

Sayt Haqida

Assalomu alaykum, Savol-Javob.com saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.