Press "Enter" to skip to content

Лланма: Автокредит нима, уни олиш тартиби ва муддатлари қандай

Қандай автотранспортларни сотиб олиш мумкин?

Avtokredit necha foizdan va kimlarga beriladi ?

Hozirda Oʻzbekistonda mavjud 3 ta bank boshlangʻich badalsiz avtokredit xizmatidan foydalanishni taqdim etmoqda. Toʻlovni qaytarish muddati 5 yil. Yillik stavka 22% dan 26,9% gacha.

Foto: Dinora Ziyayeva / Spot

Bugunga kunga kelib, Oʻzbekistonda har 1000 kishining qariyb 90 tasida yengil avtomobil mavjud. Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra aholida eng koʻp Chevrolet “Nexia” mashinasi borligi qayd etilgan.

Kundalik turmushda biz faol foydalanadigan mahalliy avtomobil rusumlarini sotib olishning bir necha usullari bor. Eng koʻp tarqalgani — ma’lum boshlangʻich badal evaziga avtokredit xizmatidan foydalanish yoki lizing orqali boʻlib toʻlash.

Ammo barcha ham bunday imkoniyatga ega emas. Shuni hisobga olgan olgan holda, ayrim banklarda boshlangʻich badalsiz avtokredit xizmati yoʻlga qoʻyilgan.

Spot ushbu banklar haqida batafsil ma’lumot toʻpladi.

Bank Saderat Tashkent

Bank oldindan to`lovsiz “AVTO” tarifi asosida kredit taqdim etadi. Shartlar quyidagicha:

  • Maksimal summa: 2000 BHM gacha.
  • Muddat: 4 yil.
  • Imtiyozli davr: Mavjud emas.
  • Kredit foizi: 26%.
  • Boshlang’ich badal: Kаmidа 0%.
  • Talab etiladigan ta’minot turi: Xarid qilinadigan avtomobil garov sifatida qabul qilinadi.
  • Kredit maqsadi: Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar uchun.
  • Kredit rasmiylashtirish usuli: Bank bo’linmalari orqali.
  • Kredit oluvchining yoshi: Mavjud emas
  • Kredit oluvchining fuqaroligi: O’zbekiston Respublikasi Fuqarosi
  • Kredit layoqatligiga talablar: Oylik ish haqi minimum 8 mln so`m bo`lishi kerak.
  • Boshqa shartlar: Mijoz tomonidan 6 oy davomida Bankda mavjud bo’lgan deposit qoldig’ining 5 barobari miqdorida kredit ajratiladi.

Kerakli hujjatlar

  1. Pasport nusxa va 12 oylik ish haqida ma`lumotnoma.
  2. Kafil shaxs pasport nusxa va 12 oylik ish haqida ma`lumotnoma.

Ipak yo’li bank

Taqdim etiladigan boshlang’ich badalsiz avtokreditni olish uchun bankning istalgan filialiga murojaat etish mumkin.

  • foiz stavkasi — 26,9%;
  • kredit muddati — 60 oygacha (kredit miqdoriga qarab);
  • maksimal kredit miqdori — 450 mln so‘mgacha.

Kreditga ega bo‘lish uchun pasport, daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda avtomobil xarid qilish to‘g‘risida shartnomani taqdim etish kerak. Badal sifatida kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan likvid ta’minot qabul qilinadi.

“Poytaxt Bank” dan avtomobil kreditlari

Kredit O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va “General motors” AJ vakolatli dilerlar tarmog‘i orqali sotilgan transport vositalarini xarid qilish rezident jismoniy shaxslarga taqdim yetiladi.

  • Kredit maqsadi — Avtomobil qiymatining 70% dan kam bo‘lmagan miqdorda qarz oluvchi tomonidan pastga to‘lovni amalga oshirishning majburiy sharti bilan berilgan kredit.
  • Kredit bo‘yicha foiz stavkasi — 22%
  • Kredit muddati — 48 oy
  • Kredit valyutasi — O‘zbekiston so‘mi
  • Dastlabki to’lov — 30% umumiy miqdoridan yoki boshlang`ich to`lovsiz kvartira garovga qo`yilgan holda
  • Kredit ta’minoti — Kafil va / yoki sug‘urta polisi / ko`chmas mulk garovi (ko`p qavatli turar joylardagi xonadonlar)
  • Kredit sug‘urtasi — Sug‘urta kompaniyasi shartnomasiga ko‘ra
  • Kredit berish komissiyasi — Mavjud emas
  • Imtiyozli davr -3 oy

Maqola aynan chiqarilgan vaqtda aktual hisoblanadi. Spot ma’muriyati shartlar tez-tez o’zgarib turganligi bois kredit bo’yicha bank filiallariga murojaat qilishni maslahat beradi.

  • # avto
  • # boshlang’ich to’lovsiz avto

Қўлланма: Автокредит нима, уни олиш тартиби ва муддатлари қандай?

Автокредит – бу истеъмол кредитининг бир тури бўлиб, тижорат банклари томонидан жисмоний шахсларга айнан автомобиль сотиб олиш учун ажратилади.

Автокредит кимларга берилади?

18 ёшдан катта, мунтазам расмий даромадга эга Ўзбекистон фуқароларига ва мамлакат ҳудудида расмий фаолият олиб бораётган норезидент шахсларга автокредит ажратилади.

Қандай автотранспортларни сотиб олиш мумкин?

Ҳозирги кунда, автокредит Ўзбекистонда ишлаб чиқарилган автотранспортларни сотиб олиш учун ажратилмоқда.

Баъзи тижорат банклари иккиламчи бозордан автомобиль сотиб олиш учун автокредит ажратади.

  • шахсни тасдиқловчи ҳужжат;
  • даромадлар ҳақида иш жойидан маълумотнома;
  • автомобиль сотиб олиш шартномасининг нусхаси;
  • кредит қайтарилиши таъминотига доир ҳужжатлар.
  • Кредит ҳисобига сотиб олинаётган автомашина;
  • Кўчмас ва кўчар мулк;
  • Суғурта полиси;
  • Учинчи шахс кафиллиги;
  • Ўзбекистон Республикаси қонуни билан тақиқланмаган бошқа гаров турлари.

Кредитни тўлаш усули – аннуитет (кредит муддати давомида бир хил тўлов) ёки дифференсиал (ойма-ой камайиб бориш тартибида) бўлиши мумкин.

Имтиёзли давр – банк кредит бўйича асосий қарз тўловларини талаб этмайдиган давр. Ушбу давр мобайнида фақатгина кредит фоизлари тўланади.

Бошланғич тўловни амалга ошириш учун маблағ етарли бўлмаган ҳолда, бошқа кредит (масалан, микроқарз) олиш маслаҳат берилмайди, чунки бу қарздорнинг қарз юкини ошириб юборишга олиб келиши мумкин.

Автокредит – бу жавобгарлик. Агар кредит бўйича тўловлар ўз вақтида амалга оширилмай қолса, бу салбий кредит тарихига сабаб бўлиши мумкин. Бундай вазиятда муддати ўтган қарздорликлар кредит таъминоти бўлган машинани сотиш эвазига қопланиши мумкин.

Февралда автокредитлар бўйича фоиз ставкалар 19 фоиздан 27 фоизгача бўлган эди. Асосий ставка кўтарилгандан кейин улар яна 2-3 фоизга ошган.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.