Инструкция по применению АМИЗОН (AMIZONUM)
Вспомогательные вещества: лактозы моногидрат, целлюлоза микрокристаллическая, повидон, натрия кроскармеллоза, кальция стеарат.
Gripp va shamollashga qarshi dorilar — turlari va tanlash usullari
«Gripp yoki shamollashga qarshi dori bering» — dorixona xodimiga kuz-bahor faslida ko’pincha aynan shunday murojaat qilinadi. Gripp epidemiyasi mavsumida shamollashni uy sharoitida davolash usullari aholining deyarli yarmi tomonidan esga olinadi: ko’pchilik tezda va iloji bo’lsa, ko’p harajatsiz shifo topishni istaydi. Albatta, shamollash va grippga qarshi dorilar tanlashning eng yaxshi usuli — shifokor bilan maslahatlashishdir. Biroq, u yoki bu sabablarga ko’ra buning imkoni bo’lmasa, qanday davolanish usullari mavjudligini, grippga qarshi tabletkalarning qay holatda ishlatilishi va bir-biridan qanday farq qilishi haqida bilish ortiqchalik qilmaydi.
- 1 Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari: qanday davolash usullari mavjud?
- 2 Virusga qarshi preparatlar
- 3 Shamollash va grippga qarshi vaktsina guruhi
- 4 Virusga qarshi preparatlar guruhi
- 5 Interferon saqlovchi moddalar
- 6 Simptomatik terapiya
Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari: qanday davolash usullari mavjud?
Birinchidan, ko’pincha «shamollash» deb nomlanadigan bakterial yoki virus etioligiyali respirator infektsiyani gripp bilan adashtirmaslik kerak. Gripp, o’tkir respirator infektsiyadan farqli o’laroq, umuman boshqacha boshlanadi va davom etadi va ancha jiddiyroq asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Yengil darajasida ikkalasi ham organizmni qo’llab-quvvatlovchi va alomatlarni yengillashtiruvchi terapiya, yotoq tartibi va parhezga amal qilish yordamida, shamollashga qarshi (antibiotiklar) va grippga qarshi (antivirus) kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni qo’llamagan holda davolanadi.
Kuchli va samarali vositalarni tanlashdan oldin, kasallikning shaklini aniqlab olish kerak. Yengil va o’rtacha og’irlikdagi (surunkali bo’lmagan) bakterial infektsiyalar antibiotiklardan foydalanishni talab qilmaydi. Kasallikning og’ir shakllari, uzoq muddat davom etadigan «shamollashlar»ni shifokor nazorati ostida davolash shart. Shifokor kasallikning ehtimoliy qo’zg’atuvchilarini aniqlash uchun tegishli tahlillarni belgilab, laboratoriya tahlillari natijasi asosida aniqlangan patogen mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini baholaydi va mos ravishda tegishli dori-darmonlarni tayinlaydi.
Gripp, klinik tasvirining jiddiyligiga qarab uch darajaga bo’linadi. Eng og’iri — uchinchisi bo’lib, aksariyat hollarda kasallikni keltirib chiqargan virus shtammiga qarshi antivirus preparatlarni qo’llashni talab etadi. Bundan tashqari, virusga qarshi dorilar bemor xavf guruhida bo’lsa (kasalliklar, yosh, boshqa davolash choralari tufayli zaiflashgan bo’lsa), kasallikning yengil darajasida ham qo’llanilishi mumkin. Boshqa holatlarda gripp va shamollashga qarshi vositalarni qo’llash tavsiya etilmaydi: moddalarning nojo’ya ta’siri terapevtik ta’sirdan ustun kelishi mumkin.
Virusga qarshi preparatlar
Shamollash va grippga qarshi dorilar tibbiyot mutaxassislari tushunchasida — bu klinik jihatdan isbotlangan samaradorlikka ega bo’lgan dori hisoblanadi, shuning uchun biologik faol qo’shimchalar, gomeopatik vositalar bu tushunchaga kiritilmaydi.
Gripp va O’RVI`ni davolashda qo’llaniladigan va tasdiqlangan samaradorlikka ega bo’lgan preparatlar orasida bir necha guruh ajratiladi:
- Vaktsinalar, grippga qarshi emlas. Vaktsinaning asosiy komponenti kuchsizlantirilgan yoki inaktivatsiyalangan («o’lik») turli shtammdagi gripp viruslari hisoblanadi, ularni inson organizmiga kiritish ular immunitetining mos antitanalarini ishlab chiqarishga olib keladi. Ushbu guruh vositalari kasallikning oldini olish va asoratlar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan;
- Maxsus antivirus preparatlar va keng spektrli ta’sirga ega antivirus vositalar — terapevtik ta’sirga viruslarni zararsizlantirish va ularning ko’payish qobiliyatini bostirish yo’li bilan erishiladi;
- Immunostimulyator vositalar — organizmning himoya kuchlarini qisqa muddatga kuchaytirish imkonini beradi;
- Kasallik alomatlari jiddiyligini kamaytirishga qaratilgan dori-darmonlar — xususan varaja, bosh og’rig’i, isitma, shilliq qavatlarning shishishi va boshqalarni.
Virusga qarshi va immunostimulyator dori-darmonlarni ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak: ushbu guruh vositalari kashf qilinganiga hali ko’p bo’lmagan va viruslar bilan kurashish oqibatlari hali to’liq o’rganilmagan. Immunostimulyator vositalarni o’zboshimchalik bilan qabul qilish jiddiy autoimmun reaktsiyalar va kasalliklar, onkologik kasalliklar kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shamollash va grippga qarshi vaktsina guruhi
Bevosita «shamollash» va O’RK`ga qarshi vaktsina mavjud bo’lmasa ham, organizmga bakterial etiologiyali respirator kasalliklarning ma’lum patogenlariga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishga yordam beradigan vaktsinalar mavjud. Ularning samaradorligi patogen organizmning tarqalganligi va bemorni infektsiya tashuvchisi bilan kontakt qilish miqdoriga bog’liq.
Grippga qarshi emlashlar yaxshi tanilgan va ularning samaradorligi isbotlangan. Ushbu vaktsina majburiy emlash guruhiga kirmaydi, lekin JSST mutaxassislari va shifokorlar kishilarga o’zini grippdan oldindan himoya qilish imkoniyatidan foydalanishni tavsiya etadilar.
Bugungi kunda farmakologik bozorda asosan inaktivatsiya qilingan vaktsinalar mavjud bo’lib, ular preparatni qo’llashdan keyin asoratlarni keltirib chiqarmaydi. Eng keng tarqalganlari orasida quyidagilar ajratiladi:
- Inflyuvak;
- Grippol;
- Agrippal;
- Fovariks.
Shunisi e’tiborga loyiqki, vaktsinalarning tarkibi kelgusi mavsum uchun tadqiqotchilarning prognozi natijalariga qarab har yili o’zgarib turadi. Inson organizmi uchta eng tarqalgan gripp virusi shtammi: A, B va C bilan infektsiyalanishga moyil bo’ladi. Yaqinlashib kelayotgan sovuq mavsumda qaysi gripp shtammi faol bo’lishiga qarab, farmatsevtika kompaniyalari o’sha mavsum uchun mos bo’lgan emlashni yaratadilar.
Vaktsina va shtamm turining mos kelmasligida kasallanish sodir bo’lishi mumkin, ammo «noto’g’ri» emlanish holatida ham gripp ancha yengil kechadi.
Virusga qarshi preparatlar guruhi
Antivirus preparatlar guruhi davolanishning erta boshlanishida eng yuqori terapevtik samaradorlikni ta’minlaydi. Gripp aniq namoyon bo’ladigan kasalliklardan biri hisoblanadi, virus shtammiga qarab, infektsiyalanishdan kasallikning birinchi alomatlari kuzatilgungacha bo’lgan vaqt oralig’i bir necha soatdan 2 kungacha bo’lishi mumkin.
Birinchi alomatlar odatda tana haroratining keskin ko’tarilishi, varaja, bosh og’rig’i, bo’g’imlar, mushaklarning og’rig’i, umumiy ahvolning keskin yomonlashuvi bilan namoyon bo’ladi. Ushbu bosqichda virusga qarshi preparatlarni qabul qilish eng samarali bo’ladi, virus faolligini bostiradi va uning keyingi ko’payishiga to’sqinlik qiladi. Kasallikning keyingi bosqichlarida, qon va to’qimalarda ko’p sonli viruslar mavjud bo’lganda, ushbu dori vositalarining ta’siri sezilarli darajada kamayadi.
Virusga qarshi dorilarning o’ziga xosligi shundaki, hozirgi kunda gripp virusining barcha turlarini yengish uchun mo’ljallangan universal vosita mavjud emas. A va B viruslarining eng ko’p uchraydigan turlariga qarshi kurashadigan preparatlar ishlab chiqilgan, ammo tegishli tahlillarsiz infektsion agent turini aniqlash imkonsiz sanaladi.
Eng mashhur va topish oson bo’lgan virusga qarshi preparatlar orasida quyidagilar mavjud:
- Remantadin (analogi Rimantadin) — A tipli gripp virusiga qarshi samaradorligi va arzonligi sababli eng mashhur vosita hisoblanadi. Virus A — gripp epidemiyasining eng ko’p uchraydigan sababchilaridan biri bo’lib, uning faolligi har 2-3 yilda bir marta qayd etiladi. Qabul qilish qoidalariga rioya qilinganda, tasdiqlangan yuqori samaradorlik va minimal nojo’ya ta’siri sababli epidemiologik xavf davrida Remantadin talab yuqori bo’ladigan vositaga aylangan. Mazkur preparatni o’z vaqtida qabul qilishni boshlash og’ir asoratlarni kamaytirishga yordam beradi (bronxitni 3 marta, pnevmoniyani 6 martagacha). Preparat virusning faolligini pasaytiradi, bu esa tiklanishni tezlashtiradi va kasallik alomatlarini yengillashtiradi. U epidemiyalar davrida profilaktika chorasi sifatida qo’llanilishi ham mumkin. Chiqarilish shakli — tabletkalar va bolalar uchun sirop;
- Tamiflyu — parranda grippi epidemiyasidan keyin mashhurlikka erishgan medikement, shunga qaramay u bozorda 1996-yildan buyon mavjud. Eng keng tarqalgan A va B tipdagi gripp virusiga qarshi samarali. Ko’plab qarshi ko’rsatmalar va nojo’ya ta’sirlarga ega;
- Ingavirin — A va B tipdagi grippi viruslari, shunindek paragripp, adenovirus va ba’zi respirator infektsiya qo’zg’atuvchilariga qarshi yuqori samaradorlikka ega bo’lgan dori vositasi. Preparat nafaqat antivirus, balki qisqa muddatli immunomodulyator ta’sirga ham ega bo’lib, organizm tomonidan interferonlarning o’z-o’zidan ishlab chiqarilishini rag’batlantiradi. Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik va bolalar (18 yoshgacha);
- Kagotsel — virusga qarshi va immunitetni kuchaytiruvchi kompleks ta’sirli vosita, o’z vaqtida qabul qilish boshlanganda samarali hisoblanadi (kasallikning birinchi alomatlari sezilishidan boshlab 24 soatgacha). Bundan tashqari, gripp bilan kasallangan bemor bilan kontaktda bo’lganda favqulodda profilaktika uchun qo’llansa ham bo’ladi. Preparatning tarkibiy qismlariga allergik reaktsiya mavjudligida ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak, 3 yoshgacha bo’lgan bolalar va homilador ayollar uchun tavsiya etilmaydi;
- Sitovir 3 — siklovir guruhiga mansub kombinativ dori vositasi. Virusga qarshi kurashish, tabiiy immunitetni mustahkamlash, gripp va shamollash belgilari jiddiyligini kamaytirish uchun qo’llaniladi. Tarkibida timogen, bendazol va C vitamini mavjud. Preparat qon bosimining pasayishiga olib kelishi mumkinligi sababli, gipotonik bemorlar ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari kerak. 1 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador ayollar, qandli diabet bilan og’rigan, oshqozon yarasi bo’lgan, tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarga qarshi ko’rsatiladi;
Yangi avlod antivirus preparatlar — Ozeltamivir va Zanamivir — yaqinda ishlab chiqilgan. Ularning maqsadi — gripp virusining A va B shtammlari tomonidan chaqirilgan virusli infektsiyalarni oldini olish va davolashdir. Preparat shifokor ko’rsatmasiga binoan qabul qilinadi, o’z vaqtida boshlangan terapiya isitma, varaja qilish, umumiy holsizlik, tomoq og’rishi, bo’g’im va mushakdagi og’riqlar kabi alomatlarni tezda bartaraf qilishga yordam beradi. Preparat asoratlar rivojlanishi ehtimolini kamaytirishda samarali bo’ladi. Chiqarilish shakli: tabletka va ingalyatsiya uchun eritma. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Interferon saqlovchi moddalar
Interferon preparatlari guruhiga quyidagi dorilar kiradi:
- Viferon, alfa interferon, genetik muhandislik natijasida hosil bo’lgan. Preparat grippga va shamollashga qarshi dori vositasi sifatida samaradorligini isbotlagan. Organizmga so’rilishini yengillashtiradigan kattalar va bolalar uchun mo’ljallangan dozada anal shamchalar shaklida chiqariladi. Tarkibiy qismlariga allergik reaktsiya bo’lmaganida preparatni tug’ilishdanoq 5 kungacha bo’lgan muddat ichida tavsiya etilgan dozalarda (kuniga 2 marta 1 ta suppozitoriya) qo’llash mumkin. Preparatning tarkibiy qismlariga individual sezuvchanlikdan tashqari boshqa qarshi ko’rsatmalarga ega emas, nojo’ya ta’sirga olib kelmaydi;
- Sikloferon, tasdiqlangan immunomodulyator, yallig’lanishga qarshi, antivirus xususiyatlarga ega bo’lgan dori. Ta’sir qiluvchi moddaning faolligi bemorning organizmida interferon sintezi jarayonlarini boshlashiga asoslanadi. Gripp, o’tkir respirator virusli infektsiyalar, virusli gepatit, virus va bakterial etiologiyali siydik yo’llari kasalliklari, xlamidiozni davolashda ishlatiladi.Preparat bozorda malham, tabletka, in’yektsiya uchun eritma shaklida mavjud. 4 yoshgacha bo’lgan bolalar, homilador va laktatsiya davridagi ayollar, shuningdek, preparatning tarkibiy qismlariga nisbatan individual sezuvchanligi bo’lganlar uchun qarshi ko’rsatmaga ega;
- Grippferon (analogi Inferon) — insonning qon tarkibiy qismlaridan foydalanmasdan yaratilgan preparat. Asosi — virusli infektsiyalarni, jumladan grippning turli xil turlari, o’tkir nafas yo’llari infektsiyalari va boshqalarni davolashda ishlatiladigan rekombinant interferon alfa-2 hisoblanadi.Gripp va O’RVI`ni davolash uchun burun yo’llariga tomiziladigan eritma shaklida chiqariladi. Terapevtik ta’siri viruslar faolligini bostirishga, havo-tomchi yo’li bilan yuqadigan infektsion agentlar kirishiga to’siq yaratishga, mahalliy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan. Grippferon va uning sertifikatlangan analoglaridan foydalanishga qarshi ko’rsatmalar mavjud emas, shu jumladan, bolalar, homiladorlik va laktatsiya davrlarida bo’lgan ayollarga ham;
- Neovir — bu ham interferon guruhiga tegishli yangi vosita bo’lib, grippoz va boshqa respirator virusli infektsiyalarda, shuningdek, gerpes virusiga qarshi kompleks terapiyada ishlatiladi. Chiqarilish shakli — in’yektsiya uchun eritma.
Yuqoridagi barcha vositalardan foydalanishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Simptomatik terapiya
Simptomatik terapiya — kasallik belgilarining namoyon bo’lish jiddiyligini kamaytirishga qaratilgan davolash, bu organizm patogenga qarshi kurashish uchun qo’shimcha kuch beradi. Gripp va shamollashni davolash uchun ushbu guruh vositalariga analgetik dori-darmonlar, antipiretiklar (isitma tushiruvchi vositalar), yallig’lanishga qarshi, mukolitik va mukokinetik preparatlar hamda umumiy qo’llab-quvvatlovchi dori-darmonlar kiradi. Ularning asosiy vazifasi -kasallikning salbiy namoyon bo’lishi: bosh og’rig’i, mushak og’rig’i, titroq va isitma kabi alomatlarni bartaraf etish, burun bitishini kamaytirish, balg’am ko’chishini yaxshilash va hokazo.
Preparatlar monokomponent bo’lishi yoki kompleks shaklda taklif etilishi mumkin. Masalan, parasetamol — antipiretik, shuningdek og’riq qoldiruvchi ta’sirga ham ega. So’nggi yillarda keng tarqalgan, suyuqlikda eritib ichiladigan polikomponentli preparatlar (ko’pincha kukunlar shaklida) odatda o’zida antibiotik, analgetik, antigistamin (shishga qarshi) va umumiy qo’llab-quvvatlovchi (ko’pchilik hollarda askorbin kislotasi tufayli) vositalar ta’sirini birlashtirib, shamollash va gripp belgilarini tezda bartaraf etishga yordam beradi.
Eng ko’p uchraydigan isitma tushiruvchi va yallig’lanishga qarshi dorilarga quyidagilar kiradi:
- Koldreks;
- Parasetamol;
- Asetilsalitsil kislotasi (Aspirin) turli shakllarda va C vitamini qo’shimchalari bilan;
- Ibuprofen (nurofen);
- Teraflyu, Antigrippin va boshqalar.
Ta’kidlash kerakki, polikomponentli, qabul qilish qulay bo’lgan kukun shaklidagi vositalarning narxi qimmatlik qiladigan bo’lsa, ularning o’rnini monokomponentli analoglari bilan bosish mumkin. Masalan Koldreks vositasida isitma tushiruvchi sifatida parasetamol ishlatiladi, parasetamolni alohida xarid qilganda narxi ancha pastroq bo’ladi.
Gripp va o’tkir respiratorli virusli infektsiyalarni samarali davolashning asosiy qoidalaridan biri ichimlik tartibiga rioya qilishdir. Ichimlik shaklidagi preparatlar yuqori biologik o’zlashtiruvchanlikka ega, bundan tashqari issiq ichimlik sifatida ham ham yordam beradi. Har qanday holda ham, respirator kasalliklarda ko’p miqdorda suyuqlik ichish shart hisoblanadi.
Инструкция по применению АМИЗОН (AMIZONUM)
Код ATX: Противомикробные препараты для системного применения (J) > Противовирусные препараты для системного применения (J05) > Противовирусные препараты прямого действия (J05A) > Прочие противовирусные препараты (J05AX)
Форма выпуска, состав и упаковка
таб., покрытые оболочкой, 0.25 г: 10 или 20 шт.
Рег. №: 9030/09/14/16/19 от 11.04.2019 – Срок действия рег. уд. не ограничен
Таблетки, покрытые оболочкой желтого или желто-зеленого цвета, круглой формы, двояковыпуклые, на поверхности таблеток-ядер допускается наличие незначительных вкраплений.
1 таб. | |
энисамия йодид | 0.25 г |
Вспомогательные вещества: лактозы моногидрат, целлюлоза микрокристаллическая, повидон, натрия кроскармеллоза, кальция стеарат.
Состав пленочной оболочки: OPADRY II 85F19250 Clear (поливиниловый спирт – частично гидролизированный, тальк, полиэтиленгликоль, полисорбат 80).
10 шт. – упаковки ячейковые контурные (1) – пачки картонные.
20 шт. – упаковки ячейковые контурные (1) – пачки картонные.
таб., покрытые оболочкой, 125 мг: 10 или 20 шт.
Рег. №: 8932/09/14/17/20 от 07.04.2020 – Срок действия рег. уд. не ограничен
Таблетки, покрытые оболочкой желтого или желто-зеленого цвета, круглой формы, двояковыпуклые, на поверхности таблеток-ядер допускается наличие незначительных вкраплений.
1 таб. | |
энисамия йодид | 125 мг |
Вспомогательные вещества: лактозы моногидрат, целлюлоза микрокристаллическая, повидон, натрия кроскармеллоза, кальция стеарат.
Состав пленочной оболочки: OPADRY II 85F19250 Clear (поливиниловый спирт, тальк, полиэтиленгликоль, полисорбат 80).
10 шт. – блистеры (1) – пачки картонные.
20 шт. – блистеры (1) – пачки картонные.
Описание лекарственного препарата АМИЗОН создано в 2012 году на основании инструкции, размещенной на официальном сайте Минздрава РБ. Дата обновления: 24.04.2013 г.
Фармакологическое действие
Амизон ® – производное изоникотиновой кислоты. Осуществляет ингибирующее влияние на вирусы гриппа, обладает интерфероногенными свойствами, повышает резистентность организма к вирусным инфекциям, осуществляет противовоспалительное, жаропонижающее и анальгетическое действие.
Противовирусное действие Амизона ® связано с непосредственным его влиянием на гемаглютинины вируса гриппа, вследствие чего вирион утрачивает способность присоединяться к клеткам-мишеням для дальнейшей репликации.
Противовоспалительное действие является результатом стабилизации клеточных и лизосомальных мембран, замедления дегрануляции базофилов, антиоксидантного действия, нормализации уровня простагландинов, циклических нуклеотидов и энергетического обмена в очаге воспаления. Жаропонижающие свойства этого средства обусловлены влиянием на терморегулирующие центры мозга. Анальгезирующий эффект препарата осуществляется через ретикулярную формацию ствола мозга.
Амизон усиливает персистирующий иммунитет путем повышения уровня эндогенного интерферона в плазме крови в 3-4 раза, лизоцима и увеличения титра антител к возбудителям инфекций, а также клеточного – за счет стимуляции функциональной активности Т-лимфоцитов и макрофагов. Данное средство является мощным индуктором эндогенного интерферона.
Фармакокинетика
После перорального приема Амизон ® быстро попадает в кровь, C max в крови наблюдается через 2-2.5 ч после употребления. T 1/2 составляет 13.5-14 ч, метаболизируется в печени, но быстро выводится из тканей (T 1/2 составляет 2-3 ч). Выводится из организма на 90-95% с мочой в виде метаболитов.
Показания к применению
Лечение и профилактика:
— грипп и респираторные вирусные инфекции;
— корь, краснуха, ветряная оспа, паротитная инфекция;
— феллиноз (болезнь кошачьей царапины);
— неспецифическая химиопрофилактика гепатитов А, Е;
В составе комплексной терапии:
— вирусные, вирусно-бактериальные и бактериальные пневмонии и ангины;
— кожно-суставная форма эризипелоида;
— менингит и менингоэнцефалит вирусной этиологии;
— болевой синдром при остеохондрозе, грыжах межпозвоночных дисков, артрите, невралгиях.
Режим дозирования
Амизон ® принимают внутрь после еды, не разжевывая. Максимальная разовая доза – 1 г, суточная – 2 г. Рекомендованный курс лечения в зависимости от тяжести и этиологии заболевания от 5 до 30 дней.
Грипп и другие респираторные вирусные инфекции: с лечебной целью взрослым назначают по 0.25-0.5 г 2-4 раза/сут на протяжении 5-7 дней; детям в возрасте от 6 до 12 лет назначают по 0.125 г 2-3 раза/сут на протяжении 5-7 дней.
При менингоэнцефалитах Амизон ® принимают по 0.25 г З раза/сут на протяжении 10 дней.
Для лечения кори, краснухи, ветряной оспы – детям в возрасте 6-7 лет – по 0.125 г 3 раза/сут; детям в возрасте 8-12 лет – по 0.125 г 4 раза/сут; детям в возрасте 13-14 лет – по 0.25 г 3 раза/сут; подросткам от 14 до 16 лет – по 0,25 г 4 раза/сут; взрослым – по 0.5 г 3 раза/сут.
Для лечения паротитной инфекции взрослым назначают по 0.25 г 4 раза/сут при средней тяжести заболевания и по 0.5 г 3 раза/сут при тяжелом течении на протяжении 6-7 дней; подросткам в возрасте 12-14 лет назначают по 0.25 г 3-4 раза/сут на протяжении 6-7 дней.
Для неспецифической химиопрофилактики паротитной инфекции взрослым назначают по 0.25 г 2 раза/сут на протяжении 10-14 дней.
При инфекционном мононуклеозе средней тяжести – по 0.25 г Амизона ® 3-4 раза/сут взрослым и 0.125 г 3 раза/сут детям. При тяжелом течении – первые 2-3 дня 1.5-2 г в сутки взрослым , до 1 г в сутки детям . После достижения клинического эффекта дозу можно уменьшить вдвое. Для лечения феллиноза взрослым назначают по 0.25 г 3-4 раза/сут при средней тяжести и по 0.5 г 3 раза/сут при тяжелой форме заболевания. Детям в возрасте 6-9 лет – по 0.125 г 3 раза/сут; 10-14 лет – по 0.125 г 4 раза/сут.
При кожно-суставной форме эризипелоида взрослым – по 0.5 г 3 раза/сут на протяжении 7-14 дней.
Для неспецифической химиопрофилактики вирусных гепатитов А, Е – по 0.25 г 3 раза/сут, в комплексной терапии – по 0.25 г 3 раза/сут на протяжении первых 5 дней болезни.
В комплексной терапии пневмонии – по 0.25 г 3 раза/сут на протяжении 10-15 дней.
В комплексной терапии ангины – по 0.25 г 3-4 раза/сут на протяжении 5 дней при средней тяжести заболевания: по 0.5 г 3-4 раза/сут на протяжении 7 дней при тяжелом течении заболевания.
При болевых синдромах применяют по 0.25-0.5 г 3-4 раза/сут.
Для профилактики гриппа и ОРВИ Амизон ® рекомендуется принимать взрослым – по 0.25 г в сутки на протяжении 3-5 дней, в дальнейшем – по 0.25 г 1 раз в 2-3 суток на протяжении 2-3 недель; детям 6-12 лет – по 0.125 г через день на протяжении 2-3 недель; подросткам от 12 до 16 лет – по 0.25 г через день на протяжении 2-3 недель.
Побочные действия
Аллергические реакции. У отдельных больных может появляться легкий отек слизистой оболочки ротовой полости и ощущение горечи во рту.
Противопоказания к применению
— повышенная чувствительность к препаратам йода и другим компонентам препарата;
— наличие аллергических реакций независимо от природы аллергена в анамнезе;
— тяжелые органические поражения печени и почек;
— I триместр беременности;
— детский возраст до 6 лет.
Применение при беременности и кормлении грудью
Противопоказан в I триместре беременности. Данные относительно использования у женщин, кормящих грудью, отсутствуют.
Применение при нарушениях функции печени
Противопоказан при тяжелых органических поражениях печени.
Применение при нарушениях функции почек
Противопоказан при тяжелых органических поражениях почек.
Применение у детей
Противопоказан в детском возрасте до 6 лет.
Особые указания
Влияние на способность к вождению автотранспорта и управлению механизмами
Передозировка
При передозировке препарата возможное усиление побочных эффектов. При их появлении проводят промывание желудка, симптоматическое лечение.
Лекарственное взаимодействие
Амизон ® усиливает действие антибактериальных, иммуномодулирующих средств. Целесообразным является комбинация данного препарата с аскорбиновой кислотой и другими витаминами. Также Амизон ® можно назначать одновременно с использованием рекомбинантного интерферона.
Условия отпуска из аптек
Препарат разрешен к применению в качестве средства безрецептурного отпуска.
Условия хранения препарата
Препарат хранить защищенном от света и недоступном для детей месте при температуре не выше 25°С.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.