Ahmad al-Fargʻoniy (taxminan 797 – 865 yillar)
Jumladan, kremonalik Gerardo XII asrdayoq Ahmad Farg`oniyning «Javomi ilm an-nujum val harakat as-samoviy» asarini lotin tiliga o`girgan. XIII asrda esa mazkur kitob Yevropaning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. Bu asardan qariyb XV asrga qadar asosiy astronomiya darsligi sifatida foydalanilgan ham. Golland arabshunosi va matematigi Yakov Golius 1667-yilda Amsterdamda mazkur kitobni arab va lotin tilida nashr qildirib, Al-Farg`oniy (yevropacha Alfraganus) nomini butun dunyoga tanitdi. Hatto, italiyalik adib Dantening «Ilohiy komediya»sida ham ulug` Alfraganus nomi tilga olingan.
Ahmad Farg`oniy
Dunyodagi qator fanlarning rivojiga katta hissa qo`shgan ulug` allomalardan biri IX asrda yashab ijod etgan hamda geografiya, astronomiya, matematika va geometriya fanlari rivojiga salmoqli hissa qo`shgan yurtdoshimiz, G`arb mamlakatlarida Alfraganus nomi bilan mashhur Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Kasir al-Farg`oniydir.
Ahmad Farg`oniy 797-yilda Farg`onada tug`ilgan va dastlabki ilmni shu yerda olib, voyaga yetgan. So`ng o`sha zamonda sharqda mashhur bo`lgan Bag`doddagi «Bayt al-hikma» akademiyasida ilmiy ishlar bilan shug`ullandi. Ahmad Farg`oniy ushbu ilm dargohida mashhur olim, algebra fanining otasi hisoblangan yurtdoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy bilan birga faoliyat ko`rsatish baxtiga musharraf bo`lgan. Shuningdek, Farg`oniy Misrda, Nil daryosi bo`ylarida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirgan.
Mutaxassislarning fikricha, hozirgi vaqtda Ahmad Farg`oniyning 8 ta asari ma’lum, ammo Rizoulloh Ansoriyning yozishicha, uning qoldirgan asarlari soni 11 ta. Al-Farg`oniy asarlaridan «Al-Komil fil-usturlob» («Usturlob to`g`risida mukammal ma’lumot»), «Fi sanoat al-Usturlob» («Usturlob san’ati to`g`risida»), «Yetti iqlim», «Astronomiya ilmiy asoslari» va «Javomi ilm an-nujum val harakat as-samoviy» («Samoviy harakatlar va astronomiya kitobi») kabilar butun jahon astronomlari orasida ma’lum va mashhur.
Darhaqiqat, Ahmad Farg`oniyning astronomiya fani rivojiga qo`shgan hissasi beqiyos. U yo`lduzlarning orasidagi, Yerdan Quyosh, Oy va boshqa sayyoralargacha bo`lgan masofani va ushbu osmon jismlarining hajmini aniqlab, jadval tuzgan. Ushbu jadvaldan barcha astronomlar, jumladan, yevropaliklar astronomiyaning «asoschisi», deb hisoblaydigan Nikolay Kopernik ham foydalangan. Shuningdek, osmon jismlarining harakatlarini mukammal o`rgangan Ahmad Farg`oniy, Quyosh va Oy tutilish hodisalarini ham ilmiy asoslab bergan.
Ahmad Farg`oniy yo`lduzlar ilmining sultoni, deb tan olingan Mirzo Ulug`bekdan besh asr oldin Quyosh va yo`lduzlarning harakat yo`nalishini, shuningdek, Yerning shar shaklida ekanligi va u ikki qutbni birlashtiruvchi o`q atrofida harakatlanishini isbotlab bergan. Ahmad Farg`oniy bu haqda shunday yozgan: «Olimlarning masalaga qarashlari har xil bo`lishi mumkin, lekin haqiqat bitta. Mana shunday haqiqiy g`oyalardan biri – Yer va osmonning shar shaklidaligidir. Haqiqatan Yer osmondagi barcha yoritgichlar bilan birga, biri-shimolning boshida, ikkinchisi – janubning oxirida bo`lgan ikki harakatlanmaydigan qutb (orqali o`tuvchi o`q) atrofida harakat qiladi».
Ahmad Farg`oniy birinchi bo`lib ekvator doirasining Yerning ufq doirasi bilan ustma-ust tushadigan qutb doirasini, qutb tuni va qutb kuni mavjudligini hamda kun va tun tengligini ilmiy isbotlab bergan. Bu haqda u shunday yozgan: «Ammo shunday bir joy borki, unda qutb 90 darajada ko`rinadi va zenit bo`lib qoladi. Unda ekvator doirasi hamma vaqt Yerning ufq doirasi bilan ustma-ust tushadi. U holda osmonning ekvatorga nisbatan shimoliy yarmi Yer ustida abadiy ko`rinadi, janubiy yarmi esa abadiy ko`rinmaydi. Agar Quyosh saratonning boshida bo`lsa, kun 24 soat bo`lib, tun bo`lmaydi. Agar Quyosh Jadiyning boshida bo`lsa, tun 24 soat bo`lib, kun bo`lmaydi. Qutbning balandligi ekliptikaning ekvatorga og`ishiga teng bo`lgan joylarda Quyosh zenitdan bir yilda bir marta o`tadi».
Yerning shar shaklida ekanligiga asoslangan holda Axmad Farg`oniy Yer meridianining bir darajasi uzunligini aniqlashga muvaffaq bo`lgan. Oradan 800 yil o`tgach, Amerikani kashf etgan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb hamda XVI asrda Yer shari bo`ylab aylanma sayohatni amalga oshirgan Fernando Magellan Ahmad Farg`oniyning Yer shari hajmini hisoblash uchun ishlatgan bir daraja meridian uzunligi haqidagi hisob-kitoblarining naqadar to`g`ri ekanligi haqida yozib qoldirishgan.
Ahmad Farg`oniy Misrda, Nil daryosi bo`ylarida qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib bordi. Izlanishlarining natijasi o`laroq olim Nil daryosidagi suvning hajmi va tezligini o`lchaydigan inshoot – nilomerni yaratgan. Aynan shu nilomerning ko`rsatkichlaridan foydalangan holda Misrda qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`i hisoblangan dehqonchilikni samarali va oqilona tashkil etish mumkin bo`lgan.
Ahmad Farg`oniy tomonidan Nil daryosining Roda orolida yaratilgan nilomer daryo sathidan past qilib qazilgan to`rtburchak quduq bo`lib, 3 xil balandlikdagi kanallar orqali daryo bilan tutashtirilgan. Quduqning ichki qismiga tosh terilgan va pastki qismiga tosh zinalar orqali tushish mumkin. Inshootning o`rta qismiga sakkiz burchakli tosh ustun o`rnatilib, 19 tirsaqqa (1 tirsak taxminan 54 sm.ga teng) bo`lingan.
Manbalardan ma’lum bo`lishicha, agar sug`orish mavsumida Nil daryosida suv sathi 12 tirsakkacha ko`tarilsa, hosil bo`lmay, mamlakatda ocharchilik kutilgan, 13 tirsakda bug`doy hosil bermagan, 14 tirsakda o`rtacha hosil yetishtirilgan, 15 tirsakda ekinlar yaxshi hosil bergan va nihoyat, 16 tirsakda esa hosil nihoyatda ko`p bo`lib, mamlakatda mul-ko`lchilik boshlangan. Ammo suvning 19 tirsakdan balandga ko`tarilishi mamlakatda toshqinlar bo`lishi, ekin maydonlari va hosilga zarar yetishidan darak bergan.
Nilomer Nil daryosi suvidan oqilona foydalanish, dehkonchilik va aholining iqtisodiy holatini oldindan aniqlash imkonini berardi. Misrda dehqonlarga soliq solish masalalari ham nilomer ko`rsatkichlari asosida amalga oshirilgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Ahmad Farg`oniy yaratgan ushbu inshoot hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.
Misr hukumati vatandoshimiz Ahmad Farg`oniyning ushbu mamlakat oldidagi xizmatlariga yuksak ehtirom ramzi sifatida Nil daryosidagi Roda orolida uning haykalini o`rnatishga qaror qildi. Ushbu haykal Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yilda Misrga qilgan rasmiy tashrifi chog`ida tantanali ravishda ochilgan.
Ahmad Farg`oniyning nomi asrlar osha uning Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, Marokash, Misr, Hindiston, Germaniya, Eron, Rossiya va boshqa bir qator orolidagi Ahmad Farg`oniy mamlakatlarning yirik kutubxonalarida saqlanayotgan qo`lyozma asarlarida yashab kelmoqda. Mazkur qo`lyozmalar dunyoning bir necha tillariga tarjima qilingan va ulardan jahondagi yetakchi ilm dargohlarida uzoq vaqtlar o`quv qo`llanmasi sifatida foydalanilgan. Ushbu jarayon hozirda ham davom etayotir.
Jumladan, kremonalik Gerardo XII asrdayoq Ahmad Farg`oniyning «Javomi ilm an-nujum val harakat as-samoviy» asarini lotin tiliga o`girgan. XIII asrda esa mazkur kitob Yevropaning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. Bu asardan qariyb XV asrga qadar asosiy astronomiya darsligi sifatida foydalanilgan ham. Golland arabshunosi va matematigi Yakov Golius 1667-yilda Amsterdamda mazkur kitobni arab va lotin tilida nashr qildirib, Al-Farg`oniy (yevropacha Alfraganus) nomini butun dunyoga tanitdi. Hatto, italiyalik adib Dantening «Ilohiy komediya»sida ham ulug` Alfraganus nomi tilga olingan.
Respublikamizda dunyo fani rivojiga o`lkan hissa qo`shgan alloma Ahmad Farg`oniyning 1200 yillik yubileyi 1998-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO) bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan keng nishonlandi. Shu munosabat bilan buyuk yurtdoshimizga ehtirom sifatida Farg`ona shahrida me’moriy majmua barpo etilib, uning markazida allomaning yo`lduzlar xaritasini qo`lida tutgan holda viqor bilan turgan haykali mavjud. Bu joy nafaqat farg`onaliklarning, balki Farg`ona vodiysiga tashrif buyuradigan har bir kishining ziyoratgohiga aylandi.
Ahmad Farg`niyning nomi fazoda ham abadiylashtirilgan. Mashhur polshalik astronom Yan Gaveliy o`zining 1647-yilda chop etilgan «Selenografiya» kitobida yozishicha, XVI asrdayoq Oydagi kraterlardan biri Ahmad Farg`oniy nomi bilan atalgan.
„Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida“gi Qonuniga muvofiq foydalanilgan manba:
”Jahongashta sayyoh-olimlar” K.Gadoyev, S.Berdiyeva Toshkent “O`zbekiston” 2012-yil
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargʻoniy 797—865-yillarida yashab ijod qilgan buyuk ajdodimizdir
A bul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargʻoniy 797—865-yillarida yashab ijod qilgan buyuk ajdodimizdir. U oʻz asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika,geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Uning ijodiy faoliyati Bagʻdodda ulugʻ mutafakkir olim al-Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt ul-hikma» bilan bogʻliqdir.
Ahmad al-FARG‘ONIY (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxminan 797, Farg‘ona — 865, Misr) — astronomiya, mat., geogr. va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy oli-mi. Sharkda Al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy fa-oliyati to‘g‘risida juda oz, u ham bo‘lsa, uzuq-yuluq ma’lumotlar yetib kelgan. A. al-F. hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga ay-lanib, uning ijtimoiy-siyosiy va ma-daniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko‘plab mutafak-kirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tari-xiy davrda kechdi. A. al-F. Xalifa Xorun ar-Rashid (786 — 809) vorisla-857ri al-Ma’mun (813 — 833), Mu’tasim (833 -842) va Mutavakkil (846 — 861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay’at (fala-kiyotshunoslik — astronomiya), riyoziyot (mat.) va jug‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.A. al-F. dastavval (taxminan 811 y.) Farg‘onadan Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Marv sh. O‘rta Osiyoning yi-rik madaniy va ilmiy-ma’rifiy markaz-laridan biri bo‘lgan, bu maskanda o‘sha davrlardayoq Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan ko‘plab olimlaru fozillar va mutafakkirlar to‘planib, Ajamnij madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb et-ganlar. Hatto 651 yilda so‘nggi Sosoniylar shahanshohi Yazdigard III ibn Shahriyor (632 — 651) arablar ta’qibidan qochib, poytaxt kutubxonasidagi kitoblarni o‘zi bilan Marvga olib kelgan. Xalifalik qo‘l ostiga o‘tgach ham Marv o‘zining qad. mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy markazga, balki fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy markaziga aylangan.Horun ar-Rashid vafoti (809 y.)dan so‘ng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809 — 813) chiqadi. Uning aka-si Abdulloh bilan taxt uchun (809 — 813 yillarda) olib borgan kurashi (Xorun ar-Rashid o‘g‘li Abdullohni 806 yilda Movarounnahr va Xurosonning noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. O‘sha yili (813 y.) Abdulloh al-Ma’mun nomi bilan taxtga o‘tiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 819 yilga qadar Marv-da yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fo-zillarni to‘playdi. 819 y. al-Ma’mun barcha saroy a’yonlari va olimlari bilan birga Maradan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida A. al-F. ham bo‘lgan. Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beru-niy ma’lumotiga Karaganda, rasadxona-lardan biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘da joylash-gan edi. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz “Bayt ul-hikmat” (“Donishmandlar uyi”) olim-lari i. t.lar olib borardi. Ular orasi-da A al-F. x dm bor edi. A. al-F. avval Bag‘doddagi rasadxonada ish olib bordi, so‘ngra al-Ma’mun topshirig‘iga binoan Damashqsagi rasadxonada os-mon jism-lari harakati va o‘rnini aniqlash, yan-gicha “Zij” yaratish ishlariga rahbarlik qildi.A. al-F. yunon astronomlari, jum-ladan, Ptolemeyning “Yulduzlar jad-vali” asarida berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrdagi barcha asosiy joylarning jug‘rofiy koordi-natalarini yangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan arab tilidagi ilmiy atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot, riyo-ziyot va geogr.ga oid atamalarni belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amal-ga oshirishda ham A. al-F.ning xizmati katta. Bulardan tashqari, u ayrim astro-nomik asboblarni ixtiro etish, fala-kiyotshunoslikka doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlarni belgilash va tar-tibga solish ishlariga ham muhim hissa qo‘shdi. 832 — 833 yillarda A. al-F. Shom (Suriya) shim.dagi Sinjor dashtida Tad-mur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashdi. A. al-F.ning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumot 861 yilga man-subdir. O‘sha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Ja’far al-Mutavakkil (hukmronlik yillari 847 — 861) buyrug‘iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g‘oyat ulug‘vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar 858saqlanib qolgan. Garchi A. al-F. haqida ma’lumotlar juda oz bo‘lsada, ammo o‘rta asrlarda sharq ilmiy dunyosida uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn annadim (10-a.), Ibn al-Kiftiy (12 — 13-a.)lar, Abul Faraj Bar Ebrey (13-a.) va Xoji Xalifa (17-a.) kabi Sharq fihrastchilari uning nomini o‘z asarlarida qayd etganlar.Musulmon mamlakatlari bo‘ylab sa-farga chiqqan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi ekspeditsiya a’zolari 1997 y. 5 dek.da MARda bo‘lishib, A. al-F. hayotini o‘rganishlari natijasida u M isrning Fustat shahrida vafot etganligi, Munattam tog‘ining sharqiy qismidan sal narida joylashgan Imom ash-Shofe qabristoniga dafn etilganligini aniqlashdi. Vaqt o‘tishi bilan uning qabri yo‘qolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproq Farg‘ona vodiysining Quva shahrida 1998 y. barpo etilgan ramziy qabrga qo‘yildi.Ilmiy merosi. Yozma manbalarda qayd etilishicha, A. al-F. ilk o‘rta asr falakiyot, riyoziyot va geogr. ilmlari yo‘nalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astronomik asari — “Kitob al-harakot as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum” (“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”). Bu asar “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, 1145 va 1175 yillarda Yev-ropada lotin tiliga tarjima etiladi. Shundan so‘ng A. al-F. nomi lotinlash-tirilib, “Alfraganus” shaklida G‘arbda shuhrat topadi. Uning “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo‘lgan bilimlarni uz ichiga olgan. Uning geogr.ga oid bo‘limi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlang‘ich va zaruriy bi-limlarga bag‘ishlangan bo‘lib, “Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” deb ataladi. Asarda falakiyot va geogr. ilmlarining asosiy mazmuni, va-zifalari va qismlari tushunarli dalil-lar asosida sodda qilib bayon etiladi. Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilish-ning har bir joydan turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishi o‘zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi. Umuman A. al-F.ning “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” asari o‘rta asr musul-mon Sharqi mamlakatlaridagi, so‘ng Is-paniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Qad. yunon ilmi, jumladan, astro-nomik ilmlar ham birinchi bor arabcha-dan tarjima qilingan risolalar orqali ma’lum bo‘ldi. A. al-F. asarining lotin-cha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda tosh bosma usulida nashr etildi. 1669 y. mashhur golland matematigi va arab-shunosi Yakob Golius A. al-F. asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjima-si bilan nashr etganidan so‘ng A. a-F.ning shuhrati yanada ortdi. Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan 15-a.da Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini A. al-F. asarlari asosida o‘qigan. A. al-F. nomi Dante (14-a.) va Shiller (18-a.) to-monidan tilga olinadi.Yevropa olimlaridan D’alamber, Bro-kelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va boshqa A. Rozenfeld A. al-F.ning ijodiga va qoldirgan ilmiy mero-siga yuqori baho b erganlar.Bizning davrimizgacha A. al-F.ning 7 asari saqlanib qolgan (lekin bular hozirgi zamon tillariga tarjima qilin-magan). Asarlarning qo‘lyozmalari jahonning turli shaharlari — Berlin, Dushanba, London, Parij, Tehron, Tosh-kent, Mashhad, Patna, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda.Ahmad al-Fargʻoniy-F.ning boy ilmiy mero-sini chuqur o‘rganish O‘zbekistonda 859mustaqillikdan keyin boshlandi. 1998 y. A. al-F.ning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Farg‘ona shahrida A. al-F. nomi bilan ataladigan istirohat bog‘i va qad. Quva shahrida A.al-F. haykali o‘rnatildi. YUNESKO ning 1998 yildagi tadbirlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori (1997 y. 27 noyabr)ga ko‘ra allo-ma hayoti va ijodiga bag‘ishlangan il-miy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar o‘tkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar (dramaturg Hayitmat Rasul-ning “Piri koinot”, Yo‘ldosh Sulaymon-ning “Farg‘ona farzandi”, Nurulloxon hoji Abdulloh o‘g‘li “Bashar allomasi”) sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi. Oydagi 20 km li yirik krater-lardan biriga A. al-F. nomi qo‘yildi.
MAVZU: AHMAD AL-FARGʻONIY
Bajardi: G’ofurjonov J
Tekshirdi: __________________
AHMAD FARG‘ONIY (taxminan 798— 865-yillar)
Milodiy 861-yil. Bag’dod. Xalifalik saroyi. Turli martaba-mansabdagi odamlarning ko’zi olimona kiyingan nuroniy kishi — Ahmad Farg’oniyda. Xalifa al-Mutavakkil hozirgina unga al-Fustot shahrida Nil suvi sathini o’lchovchi qurilma—miqyosni barpo etishni topshirdi. Bu qanchalik ulug’, sharafli va savobli ish ekanligini alloma yaxshi biladi. Axir, Nil daryosining betiyiqligidan necha vaqt-necha zamonlardan buyon ozmuncha odamlar jabr ko’rmayaptimi?! Goh suvsizlikdan azob chekishsa, goh suv toshib, hamma yoqni xarob qiladi. Bu dam qachon kelishini bilish uchun qilingan barcha urinishlar behuda ketmoqda. Birdan-bir chora— Nil o’zanining eng qulay joyi bo’lgan al-Fustot shahridagi Ravzo (Ro’da) orolida maxsus inshoot barpo etib, Nil toshqinidan odamlarni vaqtida xabardor qilish. Ana shu inshootni qurish to’g’risida topshiriq olgan Ahmad Farg’oniy hamkasb, hambayt do’stlari bo’lgan olimlar bilan xayrlashib, yo’l taraddudini ko’rmog’i lozim… Ahmad Farg’oniy kim? Nima sababdan u xalifa saroyida bu qadar ishonch va e’tibor topgan? Ahmad Farg’oniy Davon (hozirgi Farg’ona) viloyatining Qubo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keldi. Uning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Farg’oniy. Yosh, qobiliyatli va tirishqoq Ahmad dastlab Quboda, so’ng o’sha davrning madaniy markazlaridan bo’lgan Axsi shahrida an’anaviy fanlardan ta’lim olib, olim bo’lib yetishdi. Taqdir taqozosi bilan xalifalikning muhim tayanchlaridan bo’lgan Marv shahriga kelib, Xorun ar-Rashidning o’g’li xalifa Abdulloh al-Ma’mun saroyidagi ilmiy doiraga tortiladi. Bu yerda Muhammad Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid ibn Abdulmalik al-Marvarrudiy, Abbos ibn Said al-Javhariy, Ahmad ibn Abdulloh Habash al-Hosib singari Movarounnahrda nom chiqargan olimlar bor edi. Al-Ma’mun o’z qarorgohini xalifalik poytaxti Bag’dodga ko’chirgach, barcha olimlarni, shu jumladan Ahmad Farg’oniyni ham o’zi bilan olib ketadi. Bu olimlar Xorun ar-Rashid asos solgan «Baytul hikma» — «Donishmandlar uyi» an’analarini davom ettiradilar. Bu davrda yunon, hind, xitoy olimlari asarlarini arab tiliga, arabnavis olimlar asarlarini esa yevropa va sharq xalqlari tillariga tarjima qilish keng avj olgan va bu ishning borishini xalifa al-Ma’munning o’zi nazorat qilardi. Keyinchalik «Baytul hikma» olimlari aniq fanlar yuzasidan tadqiqotlar bilan shug’ullanishdi. Jumladan, yer meridiani bir darajasining uzunligini, Quyoshning eng katta og’ishini o’lchash, yulduzlar o’rni ko’rsatilgan jadvalni yaratish singari ishlar bajarildi. Mashhur Shammosiya rasadxonasida boshqa tadqiqotlar olib borildi, astronomik asbob-uskunalar yaratildi. Bu ishlarda Ahmad Farg’oniy bevosita qatnashdi. Ahmad Farg’oniy samoviy yoritkichlar o’rnini aniqlab, ularning harakat yo’nalishini kuzatdi. Shuningdek, Quyosh va Oyning to’liq va to’liqsiz tutilishi sabablarini o’rganib, bu hodisa ular orasidan Yerning o’tishi bilan bog’liqligini aniqladi. Hatto navbatdagi Quyosh tutilishi vaqtini ham hisoblab chiqdi. Tarixiy manbalarda Ahmad Farg’oniy bir qancha astronomik asboblarni yaratganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Shuningdek u astronomik atamalarni ishlab, tartibga solgan va izohlab bergan. Ahmad Farg’oniy asarlaridan sakkiztasigina bizga ma’lum. Boshqa asarlari bizgacha yetib kelmagan. Uning asosiy asari «Ilmi nujum asoslari haqida kitob» bo’lib, unda olim Yerning dumaloq shakldaligini isbotlab bergan. Bu asar 12-asrda lotin tiliga, 14-asrda Yevropadagi boshqa xalqlar tillariga tarjima qilinib, 17-asrgacha Yevropada astronomiyadan yagona darslik hisoblangan. Ahmad Farg’oniy «Asturlob bilan amal tutish kitobi», «Al-Farg‘oniy jadvali», «Jady diametri uchun al-Farg‘oniy jadvali», «Oy Yer ustida va ostida bo’lgan vaqtida vaqtni aniqlash haqida risola», «Yetti iqlimni hisoblash», «Quyosh soatini yasash haqida kitob» singari asarlarni ham yozgan. Ahmad Farg’oniy nomini abadiylashtirgan yana bir narsa — Nil daryosi ustiga qurilgan suv o’lchash inshooti — «Miqyosi Nil» (Nilometr)dir. Bu inshoot 861-yildan 865-yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida qurilgan, deb hisoblanadi. O’n bir asrdan o rtiq vaqt mobaynida xalq xizmatida bo’lgan bu inshoot, Asvon to’g’oni qurilgach, o’z ishini to’xtatgan va hozir muzeyga aylantirilgan. Ahmad Farg’oniy — jahonga dong’i ketgan astronom, matematik, muhandis, gidrotexnik. Yevropada u Alfraganus nomi bilan mashhur. Ahmad Farg’oniy Qohiraga yaqin yerga dafn etilgan. 1998-yilda jahon ilmiy jamoatchiligi olimning 1200 yilligini keng nishonladi. Uning asarlaridan namunalar, o’zi haqida ilmiy va ommabop asarlar chop etildi. Respublikamizda ko’plab joylar va muassasalar uning nomi bilan yuritiladi. Farg’onada allomaning mahobatli haykali qad ko’tarib turibdi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.