Press "Enter" to skip to content

8 Mart bayrami qanday kelib chiqqan

1910 yil Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi. Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag‘allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatga ega bo‘lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.

Xalqaro xotin-qizlar kunini bayram sifatida nishonlash qachondan boshlangan? 8-mart tarixi

Xalqaro xotin-qizlar kunining ildizi ayollarning erkaklar bilan teng ravishda jamoat hayotida ishtirok etish huquqi uchun ko‘p asrlik kurashiga borib taqaladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni — bu ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yutuqlariga bag‘ishlangan global kun. Shuningdek, bu kunda gender tengligini tezlashtirish uchun harakatlarga da’vat etiladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-martda butun dunyoda keng nishonlanadi. “Daryo” kun tarixi haqida hikoya qiladi.

Foto: Google Photos

  • ayollarning erishgan va erishayotgan yutuqlarini nishonlash;
  • ayollar huquqlari tengligi to‘g‘risida xabardorlikni oshirish;
  • gender tengligi masalalarini keng tashviqot qilib, tezlashtirish;
  • ayollar xayriya tashkilotlari uchun mablag‘ yig‘ish.

Bu kunning o‘ziga xos ranglari ham mavjud. Xalqaro xotin-qizlar kunini ifoda etuvchi asosiy ranglar uchta: binafsha, yashil va oq ranglar. Binafsha rang adolat va qadr-qimmatni anglatadi. Yashil umidni anglatadi. Oq rang garchi u munozarali tushuncha bo‘lsa-da, poklikni anglatadi. Ranglar 1908-yilda Buyuk Britaniyadagi Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi (WSPU) tomonidan qabul qilingan.

Bo‘sh kastryulkalar marshi

Foto: Google Photos

1857-yil 8-martda Ayollar sotsial-demokratik tashkilotining chaqirig‘iga binoan Nyu-Yorkdagi to‘qimachilik fabrikasining ayol ishchilari Manhetten ko‘chalarida bo‘sh idish-tovoqlar, kastryulkalar bilan yurib, ayollarning mehnatiga ish haqining pastligi, ish sharoitining yomonligi va erkaklar bilan teng huquq berilishini talab qildi. O‘sha paytda ayollar kuniga 16 soatgacha ishlardi va mehnati uchun juda kam ish haqi olardi. Ungacha 16 soatlik ishga qarshi erkaklar ham bir necha bor qo‘zg‘alon qilgan bo‘lib, buning natijasida 10 soatlik ish kuni va mehnat huquqini himoya qiluvchi tashkilot tuzilishiga erishgan edi. Keyinroq Qo‘shma Shtatlarning ko‘plab fabrikalarida kasaba uyushma tashkilotlari paydo bo‘ldi va erkaklar bu uyushmalar a’zoligiga qabul qilindi. Ayollar qoshiqlarni bo‘sh kastryulkalarga urib, o‘zining noroziliklarini ifoda etib, turli mazmundagi chaqiriqlar va shiorlar aytdi. Bu marshda 15 mingga yaqin ayol qatnashdi. Bu hodisa nafaqat Amerika jamoatchiligi, balki butun dunyoning e’tiborini tortdi. Marshdan bir kun o‘tib Herald Tribune (hozirgi The New York Times) gazetasida “Bo‘sh kastryulkalar marshi” sarlavhasi ostida maqola paydo bo‘ldi va butun dunyoga ovoza bo‘ldi. 1857-yil 8-martdan keyin birinchi marta ayollar kasaba uyushmalariga a’zo bo‘ldi. Bundan tashqari, shu kuni Nyu-Yorkning ko‘plab shaharlarida yuzlab ayollar saylov huquqi berilishini talab qilib namoyishga chiqdi.

1910-yil 27-avgustda Daniya poytaxti Kopengagendagi Butun Yevropa ayollar forumida Nyu-Yorkdan kelgan ayollar delegatsiyasi ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida taniqli nemis inqilobchisi Klara Setkin ham bor edi. U forumda otashin nutq so‘zlab, shunday dedi: “Nyu-York ayollari haq edi, yevropalik ayollar ham bunday talablarni qo‘yishlari kerak. Men 8-martni ayollarning ijtimoiy huquqlari uchun kurash kuni deb nomlashni taklif qilaman”.

Klara Setkin. Foto: Google Photos

Mana shu nutq 8-mart bayramiga asos soldi.

Birinchi marta Xalqaro xotin-qizlar kuni 1911-yil 8-martda nishonlandi. Asta-sekin ushbu sanani u yoki bu darajada nishonlanadigan mamlakatlar soni ko‘payib bordi. 1957-yilda BMTda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar ijtimoiy huquqlari uchun kurash kuni, degan yozuv paydo bo‘ldi.

Rossiyada 1913-yilda 8-martdagi birinchi ayollar namoyishi Yevropa ayollari bilan birdamlikda bo‘lib o‘tdi. 1965-yilda SSSR 8-martni dam olish kuniga aylantirishga qaror qildi.

Bayramning ayollar hayotidagi orni

Xalqaro xotin-qizlar kuni tarix yaratilishiga munosib hissa qo‘shgan barcha ayollar uchun bayramdir. Tarixda ayollar sahna ortida juda ko‘p ezgu ishlarga sababchi bo‘lgani ham sir emas. Ammo XX asr boshlarida ayollarning jamoat hayotidagi o‘rni yaqqolroq yuzaga chiqa boshladi. 1906-yil yanvar oyida Sankt-Peterburgda ayollar uchun birinchi rus oliy texnik ta’lim muassasasi ochildi. Nyu-Yorkda 1909-yil yanvarda dunyodagi birinchi ayollar avtopoygasi boshlandi. 1989-yil aprel oyida ayollarning “Vivaldi orkestri”ning birinchi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni Rossiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va juda ko‘p davlatlarda rasmiy bayram sifatida tan olingan. Dunyoning bir qancha davlatlarida 8-mart bayram kuni deb hisoblanmasa-da, lekin har yili u feministik ruhdagi tarafkashlik bilan tobora ommalashib bormoqda. Bugungi kunda ushbu sananing asosiy targ‘ibotchisi BMTdir. 1977-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishtirokchi mamlakatlarni ayollar tengligi va dunyo tinchligi g‘oyalarini nishonlash uchun 8-mart kuni tanlab saylangan edi.

BMTni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlar, birinchi navbatda, ushbu bayramni ayollar uchun muhim ijtimoiy muammolarni ko‘tarish uchun bahona sifatida ishlatadi. Yildan yilga BMT ayollar manfaatlarini himoya qiluvchi ustuvor mavzularni tanlamoqda. 2013-yilda bu kunda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi chiqish mavzusi muhokama qilingan bo‘lsa, 2014-yilda Ayollar uchun tenglik — hamma uchun taraqqiyot mavzusi kun tartibiga qo‘yilgan edi.

2021-yilda ushbu bayram 111-marta nishonlandi.

8 Mart bayrami qanday kelib chiqqan?

Bahor — bayramlar bilan boshlanadi. Ko‘klamning ikkinchi haftasida — 8 martni nishonlaymiz. Xo‘sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug‘lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yoki. Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “ayol”arabcha so‘z bo‘lib, “oila” kalimasi bilan o‘zakdoshdir. Biroq 8 martga nisbatan “ayol” so‘zi emas, balki xotin-qizlar degan so‘z keng qo‘llaniladi.

Bu kun o‘tmishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o‘z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig‘iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug‘ va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o‘sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar.

Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo‘lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so‘ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar. Biroq bu kun birinchi marta 1891 yil 19 martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O‘shanda milliondan ortiq erkak va ayollar manifestlarda ishtirok etadilar. Saylash va joylarni boshqarish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan bir qatorda teng huquqli bo‘lishga harakat qiladilar.

1910 yil Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko‘tarildi. Shundan so‘ng ko‘pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag‘allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatga ega bo‘lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.

Rossiyada esa xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1913 yil Peterburgda bayram qilindi. Rossiya Dumasiga ayollar muammosi bo‘yicha ariza berildi va hukumat a’zolari 1913 yil 2 martda bir yarim ming aholini yig‘ib, bu masalani hal etishga ruxsat berdi. Unda ayollarning saylash huquqi, onalikni davlat tomonidan ta’minlash va muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yilda esa Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ayollar urushga qarshi namoyishlar uyushtiradilar.

1917 yil fevral oyining oxirgi yakshanbasida Rossiya ayollari “Non va tinchlik” shiori ostida ko‘chaga chiqdilar. To‘rt kundan keyin esa Nikolay II ayollarga saylash huquqini berishni va’da qildi. Bu kun Yulian yilnomasida 23 fevral hamda Grigorian yilnomasi bo‘yicha 8 martda nishonlana boshlandi.

8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.

Sobiq sho‘ro ittifoqi barham topgandan so‘ng 8 mart — xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH davlatlari: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekistonda bayram qilinadi.

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, MDHdan tashqari ushbu bayram asosan G‘arb davlatlarida nishonlanadi. Xo‘sh, Sharqda-chi?

Sharqda ham bu bayram o‘zgacha tarzda nishonlanadi. Masalan, Yaponiyada xuddi shunga o‘xshash bayram mavjud. Lekin u xotin-qizlar emas, balki faqatgina qizlar (Xina Matsuri) bayramidir. Bu ayyomni qo‘g‘irchoqlar bayrami deb ham atashadi. Bayram 3 martda o‘tkazilib, barcha yapon qizlariga baxt va sog‘lik tilaydi. Yaponlar qizi bor uy ostonasidagi qizil javonga chiroyli kiyintirib qo‘yilgan qo‘g‘irchoqni qo‘yishadi.

Mamlakatning ba’zi joylarida esa qog‘ozdan yasalgan qo‘g‘irchoqlarni suvga tashlaydilar. Bu bilan suvga tashlangan qog‘oz-qo‘g‘irchoq o‘zi bilan baxtsizlik va kasallikni ham olib ketsin, deyiladi. Qizlarga atalgan qo‘g‘irchoqlar odatda vasiyat qilib qoldirilgan bo‘ladi. Chunki bu qo‘g‘irchoqlar juda qimmat bo‘lib, narxi 1000 AQSH dollaridan kam bo‘lmaydi. Ular bir oy davomida ostonada turib, keyingi yil uchun yana yig‘ishtirib qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

8-mart tarixi. Xalqaro xotin-qizlar kuni qachondan nishonlana boshlagan?

Dunyo mamlakatlarida maxsus kunlar mavjud bo‘lib, ular biror voqea tufayli qabul qilinadi. Jumladan, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida bayram qilinishiga bir fojiali holat sabab bo‘lgan.

1857 yilning 8 mart kuni Amerikaning Nyu-York shahridagi poyabzal va tikuv fabrikasining 40 mingdan ortiq ishchilari mehnat sharoiti yaxshilanishini talab qilib, ish tashlaydi. Fabrika boshqaruvchilari namoyishda ishtirok etgan ayollarni korxona binosiga qamab qo‘yadi. Ayollar va qizlar qamalgan binoda yong‘in sodir bo‘lib, olov ichida qolgan 129 nafar ayol vafot etadi. Bu voqea butun mamlakatni larzaga soladi.
Yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumgan ishchi-ayollar xotirasi uchun Amerikada ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a’zo bo‘ladilar.
1891 yildan ushbu sana Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlana boshlaydi. 1910 yil BMTning Kopengagenda o‘tgan xalqaro konferensiyasida 8 martni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi bildiriladi.
Keyinchalik ko‘pgina mamlakatlarda ayollarning faollashuvi boshlandi, ular mehnat huquqi va hurmatiga ega bo‘lish, kambag‘allikka qarshi kurash hamda tinchlik uchun kurash olib borishdi. 1965 yildan esa bu sanada dam olish kuni e’lon qilinib, hukumatlar tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida hisobot berishga kirishdi. Asta-sekin Xalqaro xotin-qizlar kunini ayollarning o‘z huquqlarini talab qilganliklari uchungina emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e’zozlash kuni sifatida ham bayram qilish an’anaga aylandi.

В мире есть особые дни, которые отмечаются из-за события. Одной из причин трагедии стало празднование 8 марта – Международного женского дня.

8 марта 1857 года более 40 000 рабочих обувной и швейной фабрики в Нью-Йорке, США, объявили забастовку, требуя улучшения условий труда. Заводские власти заперли протестующих в здании завода. В здании, где содержались женщины и девушки, вспыхнул пожар, в результате которого погибло 129 женщин. Это происшествие потрясет всю страну.
В память о погибших в пожаре женщинах будет создана американская женская организация, и впервые к ней присоединятся женщины.
С 1891 года эта дата отмечается как женский праздник в Австрии, Дании, Германии и Швейцарии. На Международной конференции ООН 1910 года в Копенгагене было внесено предложение отмечать 8 марта как Международный женский день.
Позднее во многих странах женщины стали более активными, борясь за право на труд и уважение, борьбу с бедностью и борьбу за мир. В 1965 году был объявлен выходной день, и правительства стали отчитываться о политике государства в отношении женщин на церемониях. Постепенно Международный женский день стал традицией не только потому, что женщины требуют своих прав, но и как день их почитания, уважения и почитания.

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni uchun senariylar to’plami
  2. Tavsiyanoma xotin-qizlar uchun qancha joy ajratilgan?
  3. 8-mart ayollar uchun tabriklar va tilaklar to’plami
  4. Xotin-qizlar endi uydan chiqmasdan muammolarini hal qilishi mumkin
  5. Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar
  6. Xotin-qizlar uchun beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar diqqatiga!
  7. Ayollar va onalar haqida sara qo’shiqlar to’plami
  8. endi ehtiyojmand oilalar xotin-qizlari grant asosida o‘qitiladi
  9. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni tarixi haqida
  10. 13-Noyabr — Xalqaro ko’zi ojizlar kuni

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.