Press "Enter" to skip to content

Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima

Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma`naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o`zi ko`rsatib turibdi.

5 ta muhim tashabbus

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbushni ilgari surgan edi

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta ustuvor tashabbusi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot.

Talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish masalalari bo‘yicha:

  • Filialning “MED STARS” quvnoqlar va zukkolar jamoasi muntazam ravishda tanlovlarda ishtirok etib respublika miqyosida 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
  • “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovida “Zukko shifokor” jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘l
  • Har oyda bir marotaba Termiz shahridagi viloyat musiqali drama teatriga tashriflar amalga oshiriladi.
  • Har oyda Viloyatda joylashgan tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etilgan.
  • Filialda tashkil etiladigan barcha tadbirlar va bayramlarda talabalar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan doimiy ishtirok etadilar.

Talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha:

  • Filialda voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka to‘garagi faoliyat yuritadi. Sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan 2021 yil noyabr oyida filialdagi 50 ta guruh o‘rtasida futbol bo‘yicha filial chempionat tashkil etildi.
  • 2020 yil yanvar oyida “Universiada 2020” spot musobaqalarining viloyat saralash bosqichidasportning shaxmat turi bo‘yicha Xaqnazarov Parviz fahrli 3-o‘rinni egalladi, badminton sport turi bo‘yicha Shokirov Bobur Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan “Universiada” musobaqalarida viloyat terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etib keldi.
  • “Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida mini futbol, voleybol, shashka, shaxmat” sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. va filialning kuchli terma jamoalari shakllantirildi .

Talabalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha:

  • Axborot-resurs markazi yangi elektron tizimida 1200 dan ortiq kitobxonni a’zo qildi. Bundan tashqari umumiy fonddagi barcha adabiyotlar elektron shaklga keltirib ARMAT dasturiga joylashtirmoqda.
  • Markazda axborot texnologiya zali mavjud bo‘lib, ulardagi 35 ta kompyuterlar lokal tarmoq va internet tizimiga ulangan. Bundan tashqari filial hududida 5 ta WiFi zonalari tashkil qilingan.
  • Filialida xozirgi kunda 137 ta kompyuter mavjud. Hozirgi kunda filialda internet tarmog‘ining tezligi 100 mb tezlik mavjud. Filialda hozirda 4 ta kompyuter sinflari faoliyat ko‘rsatgan.
  • “Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida “Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ilm olishga qiziqishini oshirishga qaratilgan eng foydali ijtimoiy dastur” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha:

  • 2019 yilda filial mablag‘lari hisobidan 100 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib 85 nomdagi 1700 dan ortiq yangi darslik, o‘quv qo‘llanma va badiiy adabiyotlar harid qilindi.
  • Aprel oyida kitobxonlik bo‘yicha “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda 203 guruh talabasi Qo‘ziboev Otabek 1-o‘rin, 110 guruh talabasi Safarova Zarnigor 2-o‘rin va 104 guruh talabasi Ulug‘berdieva Kumush 3-o‘rinni egallab tanlovning Termiz shahar bosqichiga chiqqan. Shahar bosqichida ham sovrindor bo‘lib, viloyat bosqichida munosib ishtirok etdi.
  • Noyabr oyida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida filialda “Talabalar festivali” tashkil etildi. Festival doirasida eng ko‘p kitob o‘qigan faol talabalar o‘rtasida “Faol kitobxon” tanlovi tashkil etilib, ishtirokchilarga badiiy kitoblar jamlanmasidan iborat kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
  • “Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha:

  • TTA Termiz filialida “Zulfiyaxonim izdoshlari” va “Ayolga ehtirom” mavzularida bo‘lib o‘tgan ijodiy kecha o‘tkazildi.
  • Filial talaba-qizlari viloyat yoshlar markazida “Qizlar ovozi” forumida ishtirok etdi.
  • Xotin-qizlarni ish bilan bandligini ta’minlash sohasida turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
  • Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sport musobaqalarida filial xodimlari va talabalari ishtirok etmoqda.

“Besh tashabbu-besh imkon” shiori ostida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalar turar joylarida amalga oshirilgan ishlar “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni amalda tatbiq etish uchun TTA Termiz filialida yaratilgan sharoitlar

  • Axborot resurs markazining 130 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
  • ARM binosida axborot texnologiyalari mavjud bo‘lib, ulardagi 35 ta kompyuter internet tarmog‘iga ulangan.
  • Filial hududida joylashgan TTJ №1 va TTJ №2 binosida 5 ta muhim tashabbus xonalari tashkil etildi hamda banner, plakatlar, anjomlar bilan jihozlandi.
  • Filial sport zalida trenajyor xonasi tashkil etildi.

Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima?

Kuni kecha davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.

Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.

Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.

Taniqli san’atkor va iste’dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san’atni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Musiqa va san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta’lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.

Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo`lida

Keyingi yillarda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash,ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 30 iyunda tashkil etilgan O`zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarning talab va istaklarini birlashtirgan holda faoliyat olib boryapti. Bu jarayonda “O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonun dasturilamal bo`lmoqda.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida yoshlarimizga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg`u berildi.

Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma`naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o`zi ko`rsatib turibdi.

Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma`lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To`rtinchi tashabbus yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash masalalarini nazarda tutadi.

Prezidentimizning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar etkazib berildi. “Ma`rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari etkazib berildi.

Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchiligimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Madaniyat vazirligi va Xalq ta`limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta`lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo`shimcha 1,5 mingta to`garak tashkil etish vazifasi qo`yildi.

Tashabbuskor iste`dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta`kidlandi.

Taniqli san`atkor va iste`dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko`makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o`sha joylarda madaniyat va san`atni rivojlantirishga mas`ul bo`ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Musiqa va san`at sohasida oliy ma`lumotli kadrlarni ko`paytirish masalasiga ham e`tibor qaratildi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Xalq ta`limi vazirliklariga muayyan mavzular bo`yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o`tkazilishini tashkil qilish topshirildi.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi etarli emasligi qayd etildi. Umumta`lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko`rsatkichi mamlakat bo`yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog`istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Yig`ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o`rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag`lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.

Olis va chekka qishloqlarda engil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun`iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun er ajratish zarurligi ta`kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O`zmilliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g`olib bo`lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o`quv yurtlarining maxsus sirtqi bo`limlarida maqsadli o`qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o`smirlar sport maktablari sonini ko`paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o`rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.