Press "Enter" to skip to content

5 ta muhim tashabbus (Tadbir ssenariysi)

2-O‘quvchi: ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Prezident 5 tashabbusga bag‘ishlab she’r yozgan o‘quvchining otasiga avtomobil sovg‘a qildi

Prezident Bo‘ka tumanida 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bo‘ka tumani davlatimiz rahbarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusni hayotga joriy etish bo‘yicha namuna qilib olingan. Bugun ushbu tashabbuslar ijrosi bo‘yicha boshlangan ishlar bo‘kaliklar hayotiga tom ma’noda yangi davr ruhini olib kirdi.

Birinchi tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida 280 ga yaqin to‘garak tashkil etildi. Bir paytlar to‘xtab qolgan madaniyat markazlari, kutubxonalar faoliyati tiklanmoqda. Maktablardagi to‘garaklarni musiqa asboblari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu kabi tadbirlar orqali tumandagi 10 mingga yaqin o‘g‘il-qizni san’at yo‘nalishiga qamrab olish maqsad qilingan.

Ikkinchi tashabbus asosida farzandlarimizni jismoniy chiniqtirish, sportdagi qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida maktablardagi sport to‘garaklari 35 tadan 64 taga yetkazildi. Mahallalardagi sport maydonchalari ta’mirlanib, obodonlashtirilmoqda. Rovot, Katta Rovot, Navobod mahallalarida tadbirkorlar tomonidan zamonaviy futbol va voleybol maydonchalari barpo etilmoqda.

Uchinchi tashabbus bo‘yicha tumandagi barcha maktablarni kompyuter texnikasi va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Tuman markazida yaqinda tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi yoshlarning, umuman aholining kompyuter savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

To‘rtinchi tashabbus doirasida tumanda “Kitob karvoni” tadbirlari tashkil etilib, 20 mingdan ziyod badiiy kitob aholi, jumladan, yoshlarga sovg‘a qilindi. 5 ta mahalla kutubxonasi tashkil etildi. “Yosh kitobxon”, “Kitobxon oila” tanlovlari o‘tkazilmoqda. Buning samarasida kitobxonlar soni ortib bormoqda.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda Bo‘ston, Chavlisoy, Ramadon, Katta Rovot mahallalarining har birida 300 ish o‘rniga ega 4 ta tikuvchilik korxonasi barpo etildi. Tuman tadbirkorlari tashkil etgan tikuvchilik korxonalarida 1 ming 200 dan ziyod xotin-qiz ishli bo‘ldi. Yana ikkita tikuvchilik sexi ishga tushish arafasida.

Hunarmand ayollarga 585 nafar turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ishsiz xotin-qiz “ustoz-shogird” an’anasi asosida biriktirildi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 452 xotin-qizga 9,7 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, 1,3 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi. “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” binosi ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Davlat rahbari Bo‘ston mahallasida bo‘lib, 5 ta muhim tashabbusga hamohang amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Bo‘stonda ham Jizzax viloyatining Manas qishlog‘i, Gagarin shaharchasida bo‘lgani kabi ulkan bunyodkorlik ishlari bajarildi. Uylarning tashqi qismi ta’mirlanib, tomlari yangilandi, yangi darvozalar o‘rnatildi. Yo‘llarga asfalt yotqizildi, ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi. 4,3 kilometr gaz quvuri demontaj qilindi, 2,3 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Xonadonlarga gaz ballonlar tarqatildi.

Mahalla markazidagi Yoshlar istirohat bog‘ida yoshlar voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, stol tennisi bilan shug‘ullanadi, attraksionlar, raqs maydoni, internet kafeda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazadi. Bog‘da tashkil etilgan Vatanparvarlik burchagi yoshlar qalbida fidoyilik, jasurlik hissini ulg‘aytirishga xizmat qiladi. Mahallada kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida 4 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatadigan Xalq kutubxonasi tashkil etildi. Yangi mahalla binosi qad rostladi. 450 tomoshabinga mo‘ljallangan “Bo‘ston arena” stadioni rekonstruksiya qilindi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi balansiga o‘tkazilgan stadionda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 100 dan ziyod o‘quvchi-yosh futbol bilan shug‘ullanadi.

Ilgari hudud aholisi oddiy tashxis uchun ham 15 kilometr yo‘l bosib, tuman markaziga borishga majbur edi. 1960 yilda qurilgan 7-qishloq oilaviy poliklinikasi mukammal ta’mirlanib, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangani bu muammoga chek qo‘ydi. 100 qatnovga mo‘ljallangan shifo maskani beshta mahalladagi 14 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona, elektron poliklinika tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev poliklinikadagi sharoitni ko‘zdan kechirib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida unumli foydalanish zarurligini alohida ta’kidladi.

Mahalla markazida tashkil etilgan “Bo‘ston baraka chevarlari” MChJga qarashli tikuvchilik sexida 150 xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Bu yerda tikilgan tayyor trikotaj mahsulotlari qo‘shni davlatlarga eksport qilinadi.

Mening niyatim sizlarni rozi qilish, ayollarning charaqlagan baxtli ko‘zlarini ko‘rish. Sizlar xursand bo‘lsangiz, oilalaringiz xursand bo‘ladi, bolalarning dunyoqarashi, ma’naviyati o‘zgaradi, dedi davlatimiz rahbari chevarlar bilan suhbatda.

Mahalla guzarida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash dasturi doirasida go‘zallik saloni ochildi. Bir zamonlar mahallada bog‘cha bo‘lgan. O‘n yillar ishlamagan ushbu bog‘chaga ham yangi hayot keldi. Ta’lim-tarbiya maskani qayta ta’mirlanib, yaqin kunlarda 150 bolani o‘z bag‘riga oladigan bo‘ldi.

Guzardagi 1978 yilda qurilgan kinoteatr binosi shu kunga qadar qarovsiz holda edi. Birinchi tashabbus doirasida tubdan ta’mirlanib, zamonaviy madaniyat markaziga aylantirildi. Bugun bu yerda 150 o‘rinli kinoteatr, raqs, doira, rubob, tasviriy san’at, fortepyano kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada mahalladagi 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi. To‘garaklarda xalq artistlari, taniqli san’atkorlar mahorat darslarini o‘tadi.

Prezident bu yerda san’atning turli yo‘nalishidagi to‘garaklarga qatnayotgan o‘g‘il-qizlar bilan suhbatlashdi. Tumandagi 27-umumta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova beshta muhim tashabbusga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi.

Davlatimiz rahbari qiziga yaxshi ta’lim-tarbiya, ijodiy muhit va sharoit yaratib bergani uchun Fazilatning otasiga avtomobil sovg‘a qildi. O‘ziga esa uyida “Fazilat” nomli kutubxona ochib berishini aytdi. “Yangi kelajak nihollari” ansambli tashkil etib, uni zarur musiqa asboblari, texnika bilan ta’minlash haqida topshiriq berdi. San’at sirlarini o‘rganayotgan yoshlarga sovg‘alar ulashdi.

Shavkat Mirziyoyev Bo‘ston mahallasida beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida amalga oshirilgan shu kabi ishlar bilan tanishar ekan, shu paytgacha Bo‘kaga e’tibor berilmay kelinganini ta’kidlab, bugun tumanda, Bo‘ston mahallasida qilingan obodlik ishlari ko‘p xayrli ishlarning boshlanishi bo‘lsin. Xalqimiz turmushi farovonligi yo‘lida hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Har bir mahalla markazi Bo‘stondagi kabi obod bo‘lishi kerak, dedi.

– Uzoq yillar Bo‘ka tumaniga yetarli e’tibor berilmagani uchun xalqimizdan qarzimiz bor edi. Bugungi o‘zgarishlar – rahbarlar xohlasa nimalar qilishi mumkinligiga misol, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

5 ta muhim tashabbus (Tadbir ssenariysi)

1-O‘quvchi: Ehe he heeeeee. Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar, bugungi tadbirimizni ko’rolmay keyin attang deb qolmang.

2-O‘quvchi: Ehe he heeeeee.!Odamlaru odamlar mehri daryo insonlar bugungi tadbirimizda Xush kelibsizlar! (O‘quvchilar sahnani tark etadi. so‘ngra sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar)

1-boshlovchi:

SALOM berib sehr bilan,

Dil to’rida MEHR bilan.

Tilab sizga tillo TAXT,

Hamroh bo‘lsin OMAD BAXT.

Aytib dildan xush kalom,

Sizga samimiy «SALOM».

2-boshlovchi:

Salom sizga yurak to‘ridan,

Davramizga yig‘ilgan do‘stlar.

Ko‘ksimizga qo‘limiz qo‘yib,

Deymiz sizga «Xush kelibsizlar!».

Assalomu – alaykum aziz ustozlar, mehribon ota-onalar, davramizga kelgan jamiki mehmonlar, barcha-barchangiz bugungi ”Ma’naviy yuksaklik – nurli kelajak garovi“ deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.

Hozir davramizga tadbir ishtirokchilarini taklif etamiz (musiqa sadolari ostida)

1-boshlovchi: Umr deb atalmish cheksiz ummonda bir zot yashaydi, ul zot sham yanglig` butun olamga ziyo taratadi, kamtarin, hokisor bu zotlar- ustozlardir.

2 – boshlovchi: Qo`limizga qalam ushlashni ham o`qishni ham yozishni ham, hatto o`z ismimizni to`g`ri talaffuz qilishni ham bilmay shu dargoh ostonasiga qadam qo`yganimizda bizlarni ona kabi o`z quchog`ingizga oldingiz aziz ustozlar.

Qadri bilinadi menga endi goh,

Olis maktabimning o‘sha behasham…

Navoiy-ku bizga ustozdir biroq,

Kimdir o‘qitganku Navoiyni ham.

Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Tuproqdek hokisor bezovta jonlar,

Ammo qanotida tog‘dek ulug‘vor

Ammo Temurdayin Sohibqironlar

Pirim deb, etagin o‘pgan bor.

Qaysar Jahongirga yo‘l ko‘rsatgan kim?

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Yo‘qdan Beruniylar binolar qilgan,

Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan

Husaynni – Ibn Sinolar qilgan

Iloh so‘z o‘rgangan kim?

Oddiy muallimda, oddiy muallim

Lekin bu hayor nish – sanchiqlardan,

Qoqilsa ko‘targan qo‘ltiqlaridan

Otadek ezilgan g‘ussaga botsa,

Boladek quvongan yutuqlaridan

Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Ulfat ko‘pu ammo bir do‘sti hamroh

Halim topolmadim undan halimroq

Qancha ustoz ko‘rdim qancha oliygoh

Olim topolmadim undan olimroq

Bola yuragimda bebaho tilsim

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

Yuzga kiraman men Xudo hoxlasa

Yuz yildan kiyin bir mo‘min o‘rtog‘im

ko‘zim yopib qo‘ysa, jag‘im bog‘lasa,

so‘nggi safar sari otlangan chog‘im

faqat bir kimsadan bo‘ladi qarzim

Oddiy muallimda, oddiy muallim!

1-boshlovchi: Mana bugun ilk bor qadam qo’ygan boshlang‘ich dargohdan yuqori sinf safiga qo‘shilmoqdamiz. Mana shu to’rt yil davomida ustozimizning o‘rgatgan o‘gitlari bizning kelajakda sog‘lom, barkamol va mard insonlar bo‘lib yetishishimizga poydevor bo‘ladi.

2-boshlovchi: Shu bilan birga ustozimiz bizda bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlar, muhtaram prezidentimiz qaror va farmoyishlari bilan ham tanishtirib bordilar.

1-boshlovchi: Kechagina prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha ham ustozimiz muhim axborotlarni berdilar. Ushbu qaror yoshlarni ma’naviy yuksaklikka yetkazuvchi qadamlardan biri bo‘lib, biz yoshlarni mustaqil Vatanimizning nurli kelajagi sari odimlashimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.

1-O‘quvchi:Prezidentimizning birinchi tashabbusi yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

2-O‘quvchi: ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.

3-O‘quvchi: Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

4-O‘quvchi: To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

5-O‘quvchi: Prezidentimizning beshinchi tashabbusi xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi

1-boshlovchi: (Raqs Popuri)

Boshlovchi she’rlari

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

2-boshlovchi: (Raqs Gajak)

Boshlovchi she’rlari

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

1-boshlovchi: Biz mana shu 4 yil davomida o‘zimizning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi bilimlarimizni ham oshirib bordik. Qanday qilib deysizmi? Marxamat tomosha qiling. (Musiqiy qo‘g‘irchoq teatri)

2-boshlovchi: (Raqs Surxoncha)

1-boshlovchi: Sinfimizda o‘zgacha iqtidor egalari mavjud. Ular ijrosida ROBOT raqsi.

2-boshlovchi: (Raqs Chamanda gul)

2-boshlovchi: Qaranga aziz mehmonlar bugun zamonamizning shiddatli rivojlanishi o‘quvchilar saviyasini yanada oshirmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida hajviya va taqlid yo‘nalishidagi san’atlarni olishimiz mumkin. Xozir sizlarga namoyish etadigan chiqishimiz ana shu taqlid va hajviya san’atiga bag‘ishlanadi.(Mo‘ylov)

1-boshlovchi: (Do‘ppi raqsi)

2-boshlovchi:

Partalar oralab o`tadi umri,

O`chirib qoralab o`tadi umri,

Bag`rini poralab o`tadi umri,

Ajib hayoti bor o`qituvchining.

Uzatsa qo`llari osmonga yetar,

Yo`llari yulduzlar oralab ketar,

Ko`ngilni kamolot mulkiga eltar,

Ajib hayoti bor o`qituvchining.

1-boshlovchi: (Raqs lezginka)

2-boshlovchi: (Millatlar raqsi)

1 – o’quvchi: Qo‘llarimga tutqazib, daftar va qalam,

Yuragimga quvonch berib biro lam.

Goh erkalab, goh koyib, go‘yoki onam,

Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim!

Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim!

2 – o‘quvchi: Sizdan oldik odob – axloq hayoni,

Ongimizga joylab har so‘z ma’noni.

So‘zingizdan angladik biz dunyoni.

Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim!

Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim!

3 – o‘quvchi: Siz tufayli bugun baland parvozim,

Ustoz desam jaranglaydi ovozim.

Bu qo‘shig‘im sizga hurmat – e’zozim,

Rahmat, ilk bor ko‘rim ochgan ustozim!

Dilimga nur – ziyo sochgan ustozim!

1-boshlovchi: Aziz ustoz, sizni ulkan chinorga, uning shoxlarini esa minglab shogirdlaringizga o‘xshatamiz. Ildizi baquvvat, mustahkam chinorning shoxlari ko‘payaversin. Baxtimizga sog‘-omon bo‘ling.

2 – boshlovchi: Bizning bolalarcha injiqligimizni, erkaligimizni ko‘targan qadrdon birinchi muallimimiz! Bergan bilimingiz va mehringiz uchun sizga hamisha bosh egib ta’zim qilamiz! (Barcha o‘quvchilar ustoziga bosh egib “TA’ZIM QILAMIZ!” deya barobar aytadilar)

1-boshlovchi: Bizni oq – yuvib oq taragan, o‘z mehri bilan yuksaklik tomon chorlagan onajonlarimiz hamisha baxtimizga sog‘ – omon bo’lsinlar. (Qo‘shiq bu mening onam)

Oxshash xabarlar:

  • Prezident tomonidan 5 ta muhim tashabbus
  • 5 ta muhim tashabbus rasmlari
  • 5 ta muhim tashabbus (ko’rgazma)
  • “ Sizga ta’zim, ustozu muallim!” tadbir ssenariysi
  • Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
  • SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi
  • 8-mart xotin-qizlar tadbir ssenariysi
  • “Navro’z” bayrami tadbir ssenariysi
  • Fizika fanidan tadbir ssenariysi
  • Biologiya fanidan tadbir ssenariysi
  • “Kitob mening do‘stimsan” tadbir ssenariysi
  • “Assalom fizika” tadbir ssenariysi. Fizika fani oyligi uchun
  • “Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi
  • ”Vatan himoyasi muqaddas burch” nomli tadbir ssenariysi
  • “Kim bo’lsam ekan?” nomli tadbir ssenariysi

5 muhim tashabbus yoshlarga qanot

Bugun Milliy matbuot markazida “Prezidentning 5 muhim tashabbusi” doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.

Matbuot anjumanida “Prezidentning 5 muhim tashabbusi” ijrosi yuzasidan masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, jumladan, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi xodimlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻz hisobotlari bilan ishtirok etdi.

  • Besh muhim tashabbus dastlab Toshkent viloyatining Boʻka tumani va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tajriba sifatida joriy etildi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatining besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi Mansur Masharipov. — 42 ta tuman va shaharlarning 168 ta olis va ogʻir ahvoldagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shuningdek, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha yurtimizdagi mavjud 800dan ortiq madaniyat markazlarida 4522 ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularga 1762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan 36503 ta toʻgarakka 1 million nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan. Umumtaʼlim maktablarida tasviriy sanʼat va musiqa yoʻnalishidagi 36 503 ta toʻgaraklarga 1,1 mln.nafar (18%) oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan. 3 mingdan ortiq musiqa jihozlari yetkazib berilgan.

Shu bilan birga matbuot anjumanida qolgan 4 yoʻnalish yuzasidan ham qilingan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Jumaladan ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha umumtaʼlim maktablarida 10 ta sport turi boʻyicha 49 196 ta sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1,2 mln nafar oʻquvchi-yoshlar muntazam shugʻullanib kelishayotganligi hamda 254 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga 328 875 nafar, 54 ta Sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 33 438 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb qilinganligi haqida maʼlumotlar aytib oʻtildi.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish boʻyichayoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishini tashkil etish maqsadida 72 ta “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi ham yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 mln dan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomdagi 590 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.

Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2019-yillar davomida 2 mln. 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 8 nafar tanlov gʻoliblari boʻlgan yosh kitobxonlar Prezident sovgʻasi “Spark” avtomashinasi sovrindori boʻlganligi ham yoshlarimizni kitobxonlik ruhiga yana qaytganini yorqin isbotidir.

Tadbirda “Yosh kitobxon” tanlovining 2020-yilgi saralash bosqichlari
23-25-dekabrʼ kunlari barcha tuman (shahar)larda oʻtkazilishi toʻgʻrisida ham maʼlumot berildi va bu jarayon online tarzda amalga oshirilishi aytib oʻtildi.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish yoʻnalishi ham eng dolzarb yoʻnalishlardan biri boʻlib bugunga kelib Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan sohaga oid tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi hususida qizgʻin muzokaralar boʻldi.

  • Ilk marotaba yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiri, gender tenglik va ular bandligini taʼminlash maqsadida “Qizlar ovozi” platformasi yaratildi,— deydi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshligʻi Mukarram Nurmatova. — Forum doirasida mamlakat istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tengligini taʼminlash, shuningdek demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda qizlar faolligini oshirish maqsadida joylarda “Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi.

Oʻtgan davr mobaynida xotin-qizlar uchun jami 170 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi. Tijorat banklari va Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion soʻm kreditlar ajratildi.

Hozirgi kunda respublikamizda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar soni 3 596 406 nafarni tashkil qilmoqda. Joriy yilda 76,2 mlrd. soʻm imtiyozli mablagʻlar evaziga 76 198 nafar yosh xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi, shuningdek, 15 935 nafar yosh xotin-qizlar kasb-hunarga oʻrgatildi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.