Press "Enter" to skip to content

3-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zgidromet 2-aprel kuni Toshkentda deyarli uch soat davom etgan yomg‘ir miqdori turli hududlarda 10 millimetrdan 33 millimetrgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi. Kunlik yog‘ingarchilikning mutlaq rekordi (65 mm) 1990-yil 8-aprelda qayd etilgan. Aprel oyining normasi 63 mm.

Bucha fojiasi. 3-aprelning asosiy voqealari

Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan Kiyev viloyatining Bucha va boshqa aholi punktlarida o‘nlab tinch aholining o‘ldirilishi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning eng dahshatli lahzalaridan biriga aylandi. Ko‘chalarda yotgan jasadlarning (ba’zilarining qo‘llari bog‘lab tashlangandi) suratlari 2-aprel kuni kechqurun tarqaldi. Ertasi kuni Buchadan yangi dalillar hamda Ukrainaning bosib olingan hududlarida sodir etilgan boshqa jinoyatlar haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi; Rossiya rasmiylari esa Bucha materiallarini feyk deb ishontirishga urinmoqda. Meduza 3-aprel kuni bo‘lib o‘tgan voqealar haqida asosiy ma’lumotlarni jamladi.

Bucha ko‘chalarida o‘lik holda yotgan odamning qo‘lidagi arqonni kesishmoqda. 3-aprel, 2022-yil Foto: AFP

Kiyev viloyatining Rossiya harbiylaridan ozod qilingan tumanlaridan 410 nafar qurbonning jasadi sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun olib ketildi, deya ma’lum qildi Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev va Chernigov viloyatlarining rus qo‘shinlaridan qaytarib olingan hududlarida tergov guruhlari ishlamoqda, ular “Rossiya bosqinchilarining barcha jinoyatlarini” aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Hududlarni minalardan tozalash ishlari ham olib borilmoqda — Venediktovaning so‘zlariga ko‘ra, gap portlamay qolgan o‘q-dorilar va rossiyalik harbiylarning minalangan jasadlari haqida ketmoqda. “Bu — do‘zax, uni bizning yerimizda hosil qilgan yirtqichlarni jazolash uchun hammasi hujjatlashtirilishi kerak”, — dedi bosh prokuror.

Vladimir Zelenskiy: “Endi Rossiyani shunday eslab qolishadi. Sizning madaniyatingiz va insoniy qiyofangiz ukrainalik ayol va erkaklar bilan birga halok bo‘ldi”. Ukraina prezidenti navbatdagi videomurojaatida Kiyev yaqinida tinch aholining o‘ldirilishi haqida gapirar ekan, rus tilida shunday dedi:

Men har bir rus askarining onasi Buchada, Irpenda, Gostomelda o‘ldirilganlarning jasadlarini ko‘rishini xohlayman. Ular nima qilgandi? Nega ular o‘ldirildi? Ko‘chada velosipedda ketayotgan odam nima ayb qilgandi? Nima uchun tinch shaharda oddiy fuqarolar qiynoqqa solingan? Nima uchun ayollar quloqlaridan sirg‘alari tortib olinib, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirilgan? Qanday qilib ayollarni bolalarning ko‘z o‘ngida zo‘rlash va o‘ldirish mumkin? Hatto o‘lganidan keyin ham ularning jasadlari masxara qilinadimi? Nima uchun odamlarning jasadlarini tanklar bilan ezib tashlashdi? Ukrainaning Bucha shahri sizning Rossiyangizga nima qilgandi? Qanday qilib bularning barchasiga qo‘l urish mumkin?

Rus onalari, agar siz talonchilarni tarbiyalagan taqdiringizda ham, ular qanday qilib jallodga aylanishdi? Farzandlaringizning ichida nima borligini bilmasligingiz mumkin emas. Ular insoniy hamma narsadan mahrum ekanini payqamasligingiz mumkin emas. Na ruh, na yurak bor. Ular ataylab va zavq bilan odam o‘ldirgan.

Men Rossiyaning barcha rahbarlari o‘z buyruqlari qanday bajarilayotganini ko‘rishini xohlayman. Mana buyruqlar, mana ijro. Va birgalikda javobgarlik. Bu qotilliklar uchun, qiynoqlar uchun, ko‘chalarda sochilib yotgan, portlashlardan yirtilgan qo‘llar uchun. Odamlarni bog‘lab, boshining orqasidan o‘q uzishlar uchun javobgarlik.

Rossiya davlati endi shunday eslab qolinadi. Bu sizning tasviringiz. Sizning madaniyatingiz va insoniy qiyofangiz ushbu ukrainalik ayol va erkaklar bilan birga halok bo‘ldi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya harbiylari tomonidan Buchada tinch aholining o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni “provokatsiya” va “sahnalashtirish” deb atadi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, Bucha rus harbiylari nazorati ostida bo‘lgan davrda “birorta ham mahalliy aholi zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan”, Ukraina harbiylari esa shaharning janubiy tumanlarini “kun-u tun” o‘qqa tutgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 30-mart kuni shahar rus harbiylari tomonidan tashlab ketilganini ta’kidlab, Buchadagi barcha jinoiy dalillar Ukraina xavfsizlik xizmati zobitlari va Ukraina televideniyesi vakillari shaharga kelgan to‘rtinchi kunda paydo bo‘lganini shubhali deb hisoblamoqda. Mudofaa vazirligi, shuningdek, jasadlar o‘limdan “kamida to‘rt kun o‘tgandan keyin” go‘yoki bunday ko‘rinishda bo‘lmasligi kerakligini aytib, “alohida xavotir” bildirgan.

Rossiya “Ukraina radikallarining Buchadagi dahshatli provokatsiyasi munosabati bilan” 4-aprel kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa Buchadagi tinch aholi o‘limiga oid dalillardan “chuqur hayratda qolganini” aytdi va mustaqil tergov o‘tkazish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Rossiyaning hukumatparast OAVlari feyk video haqidagi argumentlarni tarqatmoqda. Ular “Mediazona” nashri tomonidan ishonchli tarzda rad etildi. Ilgari Mariupoldagi bolalar kasalxonasidan olingan tasvirlarning “soxtaligi” haqida yolg‘on da’volarni tarqatib kelgan “Feykga qarshi kurash” Telegram kanali 3-aprel kuni ertalab Buchada rus qo‘shinlari chekinganidan keyin shahar bo‘ylab harakatlanayotgan mashina ichidan olingan videotasvirlarning go‘yoki soxtaligini “fosh qildi”.

Telegram kanalda aytilishicha, kadrlardan birida yo‘l chetida yotgan marhum go‘yo qo‘lini qimirlatadi, mashinaning orqani ko‘rish oynasidan esa boshqa bir o‘likning go‘yoki o‘tirgani ko‘rinadi. Ushbu xabarlarni Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z Telegram kanaliga repost qildi; bu dalillar hukumatparast OAVlarda, masalan, “RIA Novosti” agentligining kechki xabarida aylandi. “Mediazona” esa “Feykga qarshi kurash” tomonidan davo qilingan dallilar aslida qanday ekanini sifatli kadrlarda tahlil qilib berdi. Nashr ko‘rsatganidek, “qimirlagan qo‘l” tasavvuri avtomobilning old oynasiga tushgan shu’la sabab, “o‘tirgan odam” esa orqani ko‘rish oynasidagi buzilish sabab yuzaga kelgan. Buni yuqori sifatli videoning sekinlashtirilgan shaklida bemalol ko‘rish mumkin.

G‘arb davlatlari Ukrainada tinch aholi o‘ldirilgani sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel, Germaniya kansleri Olaf Shols, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi. Ko‘plab Yevropa yetakchilari voqea haqida bayonotlar berdi; Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Rossiya hukumati ushbu jinoyatlar uchun javob berishi kerakligini” aytdi.

3-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Respublikaning deyarli barcha hududlarida 3-aprel kuni soat 20:00 dan 23:00 ga qadar jala yomg‘irlari yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zbekiston shaharlarining o‘sishi — mamlakat taraqqiyoti uchun boy bermaslik zarur bo‘lgan noyob imkoniyat

Jahon bankining shaharlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxassisi Dmitriy Sivayev “Gazeta.uz” uchun maqolasida mamlakatdagi shaharsozlik bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlar haqida hikoya qiladi.

Baxmal tumani bosh arxitektori o‘z joniga qasd qildi

Jizzax viloyati Baxmal tumani bosh arxitektori vafoti munosabati bilan “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘lim yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Martda inflyatsiya 1 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda

Mart oyida inflyatsiya darajasi 1,01%ni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu oyidagidan past, lekin 2021-yildagidan ko‘p. Sut narxining oshishi davom etdi, shakar 4,7%ga, guruch 4,6%ga qimmatladi. Meva-sabzavotlardan qovoq, pomidor va karam eng qimmatlagan mahsulot bo‘ldi. Toshkentda palov narxi 4,5%ga oshdi.

Toshkentda o‘tishi aytilgan “JARA” festivali boshqa vaqtga qoldirilishi mumkin

20−21-may Toshkentda bo‘lib o‘tishi aytilgan “JARA” musiqa festivali boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin, deya “Gazeta.uz”ga tadbir targ‘ibotchilari xabar bermoqda. iTicket sayti chiptalar savdosini to‘xtatdi, festivalning Instagram`dagi sahifasi bloklandi. Avvalroq tadbir Boku va Almatada bekor qilingandi.

O‘zbekistonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilganlar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezident qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilanadi. Shuningdek, Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va foydalanuvchilarga suv yetkazib berish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda hafta yomg‘irli o‘tadi

Hafta davomida O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar, do‘l yog‘ishi kuzatiladi. Harorat +15…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Hokimlarning targ‘ibot guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi qarorlari E-Qaror portalidan g‘oyib bo‘ldi

Hokimlik qarorlari e’lon qilinadigan E-Qaror portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini targ‘ib etish bo‘yicha guruhlar tuzish to‘g‘risidagi hokimlar qarorlari berkitildi, bu haqdagi Toshkent shahri hokimi v.b.ning qarori esa o‘chirib tashlangan.

Ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson hokimi ustidan Bosh prokuraturaga shikoyat qilindi

Fermerlar kengashi ro‘zador fermerlarni suv ichishga majburlagani aytilgan Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayevning xatti-harakatlari yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi. BP matbuot xizmati holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Taxmina Ikromova badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida 3 ta medal oldi

Bolgariyada o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida Taxmina Ikromova 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. U Gretsiyada o‘tgan 1-bosqichda kumush medalni olgandi. Musobaqaning 3-bosqichi Toshkentda bo‘ladi.

Poytaxt hokimligi — kuchli yomg‘irlardan so‘ng suv bosgani haqida

2-aprelda Toshkentda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, shahar ko‘chalari, tunnellar va hatto metro bekatlarini suv bosdi. Hokimlik holatga munosabat bildirib, buni “lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani” bilan izohladi.

Toshkentda qulagan balkonlarga uy qoplamasi tufayli suv to‘planib qolgan

Yakshanba kuni kuchli yog‘ingarchilik paytida Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan turar joy binosida ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyiga borib, ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha aholi bilan suhbatlashdi.

Toshkentda yakshanba kuni yog‘gan yomg‘ir kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi emas — O‘zgidromet

O‘zgidromet 2-aprel kuni Toshkentda deyarli uch soat davom etgan yomg‘ir miqdori turli hududlarda 10 millimetrdan 33 millimetrgacha bo‘lganini ma’lum qildi. Do‘lning diametri 11 millimetrga yetdi. Kunlik yog‘ingarchilikning mutlaq rekordi (65 mm) 1990-yil 8-aprelda qayd etilgan. Aprel oyining normasi 63 mm.

Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka qulashi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi jarlikka qulab, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holatga uning harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurgani va boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

Urganchdagi mehribonlik uyining 3 nafar tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi

Urganchdagi mehribonlik uyining zo‘ravonlikka uchragan 3 tarbiyalanuvchisi himoyaga olindi. Prezidentning qizi Saida Mirziyoyeva ular xavfsizlikda ekanini bildirdi. “Barcha darajadagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq toqatsizlik normalarini yaratish vaqti keldi”, — dedi va OAV hamda faollarga minnatdorlik bildirdi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Toshkent ramzlariga chizgilar: Teleminora

Toshkent teleminorasini uning foyesidagi hashamatli panno va yuqoridan ko‘rinuvchi shahar manzarasi uchun qadrlashadi. 110 metr balandlikdagi “Koinot” restorani esa minglab juftliklar uchun oilaga tamal toshi qo‘yilgan maskan hisoblanadi. Teleminora xodimlari uni nima uchun yaxshi ko‘rishi — maxsus materialimizda.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.