Press "Enter" to skip to content

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

1909, 1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017 yillarda tavallud topganlar

–>Furqatbek Jabbarov shaxsiy blogi –>

Inson xarakteri qanday ekanligini va u inson sizga qanchalik darajada to’g’ri kelishini muchallar va burjlar orqali bilish.

Sevgi borasida muammolarga duch kelyapsizmi? Balki bizning maslahatlar sizga kerak bo’lar.
Mustahkam oila sirlari
Saytda onlayn: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Каталог статей

Tovuq muchali yilida tug’ilganlar qanday insonlar bo’ladi?

“Tovuq muchali yilida tug’ilganlar

1909, 1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017 yillarda tavallud topganlar

Mazkur muchal yili Xitoy iyerogliflarida ulkan daraxt shaklida belgilangan va u nurafshon tong, bahor hamda Sharq degan ma’nolarni o’zida mujassam etgan. Daraxt esa yashnash va yasharish, yaratish ishtiyoqining kuchayishi, rivojlanish va intilishlarning a’lo samarasi sifatida tavsiflangan. Tovuq muchal yili qatiyatli kishilarga muvaffaqiyatlar keltiradi. Qadimgi manbalarda Tovuq muchal yili yangilanish, o’zgarishlar yili deb ham yuritilgan. Zero, Tovuq muchalida tavallud topgan kishilarning ko’pchiligi ushbu yilda kiyinishdan tortib, odamlar ichida o’zlarini tutish, ovqatlanish va hattoki so’zlashish uslublarida ham yangi qiyofa kasb etishadi. Qadimgi Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, tovuq (xo’roz) – mag’rur, o’ziga ishongan va hamisha xushkayfiyatda yuradigan kishilar timsoli. Tovuq muchal yilida tug’ilganlar maqtanchoq kekkaygan va kalondimog’ bo’lsalarda, matonatli, jasur va to’g’ri so’zdirlar. Mazkur muchalda tug’ilganlarga dovyurakliq jur’atliliq mardlik xos. Ular chuqur fikrlovchi va iste’dodli shaxslardir. Hayotning har bir masalasiga, xodisalariga jiddiy munosabatda bo’ladilar. Mehnatsevar, o’zlari qiziqan soha bo’yicha hormay-tolmay ishlaydigan kishilardir. Har qanday yumushni qilishga kirishadilar va boshlagan ishini oxirigacha olib boradilar. O’zini boshqalar sezishlarini, izzat-ikromni sevadilar. O’ziga xos tashqi ko’rinishga, kiyinishga e’tibor beradilar. Muvaffaqiyatsizlikdan ham cho’chimaydilar va boshqalarga tushgan har qanday qiyinchilikni mardonavor turib, yenga oladilar. Ularning irodalari juda ham kuchli bo’lib, bitmas-tuganmas kuvvatga egadirlar. Nima o’ylasalar, shuni ro’y-rost gapiradilar. Haddan tashqari to’g’ri so’z bo’lganliklari tufayli haqiqatni suymaydiganlar bilan tuqnashuvlarga ham sababchi bo’ladilar. Tovuq muchalidagilar tug’ma yetakchilardir. Biroq qo’l ostidagi kishilar bilan til topishishlari qiyin. Ular voqyealar rivojini aniq hisob-kitoblarga asoslanib baholashsada, vaziyatga qarab ish tuta olmaydilar. Bu ular­ning o’ta qaysarliklari tufaylidir. O’z dunyoqarashlarini erkin ifodalash uchun jonidan ham kechishga tayyor turadigan kishilarning aksariyati shu muchal vakillari ekanligi ham yuqoridagi fikrimizga asos bo’la oladi. Ushbu muchal yilida tug’ilganlar o’zaro bir-birlariga toqat qila olmaydilar, tengdoshlar o’zaro birlasha ol­maydilar. Faraz qiling, yuz ta tovuq va xo’rozni keng dalaga qo’yib yuborsangiz, ular har tomonga tarqalib ketadi, o’z rizqini terish bilan band bo’ladi. Xo’rozlar esa bir- birlari bilan ayovsiz «jang» qilishga shay bo’ladi. Ikkita xo’roz bir-biri bilan hyech qachon murosaga kela olmaydi. Insonlar hayotida ham shundaydir. Tovuq muchalidagilar ichki dunyosi bilan eskilik tarafdoridirlar. Hyech kimga ishonmaydilar. Xamma narsada, hayot muammolarini hal etishda ham faqat o’zlarigagina ishonadilar. Sarguzashtlarni sevadilar, ayniqsa, muhbbat bobidagi sarguzashtlarga o’ch buladilar. Yodingizda saklang, hayotda xo’rozlar, butun boshli “xaramiga” ega bo’lishni xoxlaydi. Sevgi bobida omadlidirlar. Xo’roz­lar ayollar davrasida bo’lishni yoqtiradilar va ularning barchasiga egalik qilishni orzu qiladilar. Ayniqsa. xo’rozlar ko’pchilikning diqqat markazida bo’lishni yoqtiradi, shu boisdan maqtov eshitish ularning jonu dilidir. Pul, boylik ularga o’z-o’zidan kelavermaydi. Mashaqqatli va tinimsiz mehnati evaziga mablag’ topadilar. Shunga monand mazkur muchaldagilar ham shunday tinimsiz halol mehnatlari evaziga ro’zg’or tebratadilar. Ushbu muchal egalari o’zlarini qiziqtirgan muayyan soha va mutaxassislik bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lsalar, ularning hayoti, ayniqsa, keksalik davri halovatli o’tadi va ko’p narsalarga, xususan, moliyaviy mablag’ga, shon-shuxratga ega bo’ladilar. Aks holda, oddiy, o’ziga bino qo’ygan, mutakabbir, hayotdan alamzada shaxs bo’lib kolaveradi.

Tovuq muchalidagi erkaklar: xo’roz kabi savlat to’kib yuradilar. Yon-atrofidagilar e’tiborini tortadigan darajada did bilan kiyinadilar. O’zlarini mutlaqo haqman, deb biladilar. Mazkur muchal sohiblari qilayotgan ishlari mohiyatini va uning oqibatini yaxshi bilishadi. O’zlariga bino qo’yishlarining sababi ham shunda. Xaqiqatan ham ko’p hollarda ular haq bo’lib chiqadilar. Aql-zakovatlari tufayli tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan qiziqish uyg’onadi. Ularga maqtanchoqlik ham xosdir. Ko’p ishlab toliqadilar va toki salomatliklarini tiklamagunlaricha hyech narsaga ko’li bormay di. Fikru xayollari faqat o’z salomatliklarini qanday qilib bo’lmasin, tiklash haqida bo’ladi. Bu esa o’zlariga jiddiy e’tibor bilan qarash kerakligini anglatadi. Tovuq muchalidagi erkaklar ayollarga alozhida e’tibor bilan qaraydilar va (go’yoki xurozlar kabi) «o’z haramiga» ega bo’lishni bir umr orzu qilib yashaydilar. Ularning ichida bu orzuga erishganlar ham talaygina. Ko’proq ayol(qiz)lar davrasida bo’lish instinkti kuchli. Hayotlari da vomida moliyaviy-iqtisodiy, shon-shuhat va sevgi-muhabbat sohalarida yaxshi kunlarni ham, mahzun kunlarni ham boshlaridan kechiradilar. Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar: mazkur muchal sohibalari go’zal, tarovatli, orzu-havasli, nozik ta’blidirlar.

Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar:o’z uyi, oilasi bo’lishini orzu qiladilar. Ammo sevimli yorni izlab topishda qiyinchilikka duch kelishadi. Chunki ularning jushqinligi, tovukday «qaqqillashlari» pand berishi mumkin. Shuningdeq oilada ularning yetakchilik qilishga bo’lgan mayllari ham o’z baxtiga zomin bo’lishi mumkin. Mabodo, umr yo’ldoshi sevsa, bunga kunikishi mumkin, aks holda esa, bunday «daxmaza»ning bahridan o’tadi. Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar ajoyib tashkilotchi bo’ladilar. Ularning uyi doimo saranjom-sarishta, a’lo darajada tartibli va shinam bo’ladi.

Tovuq -Sichqon muchali. Sic hqon mucha­lidagilar bilan oila kurishlarida o’zaro uyg’unlik kam. Sichqon muchalidagilar Tovuq muchalidagilarni sevib qol­gan taqdirdagina oila qurish mumkin. Buning boisi, ular o’zaro farq qiluvchi xususiyatlarga ega: birlari ishlab pul topsalar, boshqasi juda tezlik bilan sarf-xarajat qilishga moyildirlar. Sichqon muchalidagilar pulga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladilar, tejab-tergab sarf-xarajat qiladilar. Mabodo, Sichqon muchalidagi Tovuq muchalidagini sevib qolsa, o’z juftining pulga bo’lgan munosabatiga chiday oladi.

TOVUQ MUCHALI-SIGIR MUCHALI. Mazkur muchalda tug’ilganlar o’zaro muvofiq bo’lib, ikkisi ham eskicha qarashlarga moyildir. Tovuq muchalidagilar o’zlarini har jihatdan namoyon qilishga intilsalar, Sigir muchalidagi turmush o’rtog’i bunga yo’l qo’yadi va o’z imkoniyatini ishga solishiga yordam beradi. Oilada kim yetakchilik qilish lozimligini aniq belgilab olsalar yoki bir-birlariga kamroq buyruq bersalar bas. Shu shart bilan o’zaro oila kurishlari tavsiya etiladi.

TOVUQ MUCHALI-YO’LBARS MUCHALI. Yo’lbars muchalida tug’ilganlar bilan oila qurishlari tavsiya etilmaydi. Chunki Tovuqlar birovga bo’ysunishni istamaydilar va yarq etib ko’zga tashlanishni xush ko’radilar. Yo’lbarslar esa Tovuqlarning, ayniqsa, oiladagi «yaraqlashi»ni nazar-pisand qilmaydilar. Ikkisi ham bir-birlariga bo’yin egishni istamaydi. Jinsiy mayllari ham o’zaro muvofiq emas.

TOVUK MUCHALI-QUYON MUCHALI. Doimiy izlanishda, behalovat bo’lgan Tovuq muchali sohiblarining hayoti Quyon muchalidagilarni qoniqtirmaydi va ularning turmush tarzi boshqa-boshqa bulganligi sababli ham o’zaro bir oilada begonalardek yashashlariga to’g’ri keladi. Ularning jinsiy mayllari ham o’zaro mos emas. Bunday oilaviy xayotni hyech kimga ravo ko’rib bo’lmaydi. O’zaro oila qurishlari tavsiya etilmaydi.

TOVUQ MUCHALI-AJDARHO (BALIQ) MUCHALI. Ajdarho (Baliq) muchalidagilar bilan ko’ngil rishtalarini bog’lashlari mumkin. Ikkisi ham faol, o’zlariga e’tiborlidirlar. Ushbu nikoh juftligida Ajdarho (Baliq) mu­chalidagilar Tovuq muchalidagi juftiga nisbatan kuchliroq sanaladilar, garchi bu Tovuqlarni u qadar qo’rqitmasa ham. Bunday juftlikda er-Ajdarho (Baliq) muchalida, xotin esa Tovuq muchalida bo’lsa, oilaviy muvofikdik birmuncha yuqori bo’ladi. Aks holda esa, oilada bir-biridan o’tish, o’zaro mensimaslik kabi ko’ngilsizliklar yuzaga kelib turadi.

TOVUQ MUCHALI-ILON MUCHALI. Ilon muchalidagi­lar bilan qurilgan oila muvaffaqiyatli sanaladi. Ik­kisi ham doimo bir-biri bilan har sohada musobaqalashadilar. Bu kurash yaratuvchilikka qaratilgan bo’lganli­gi sababli ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bir-birlaridagi kamchilik va nuqsonlarni yo’qotishga ko’maklashadilar. Ilon muchalidagilar o’z juftiga aqlli maslahatlari bilan har jihatdan yordam beradilar. Oila qurishlari tavsiya etiladi.

TOVUQ MUCHALI – OT MUCHALI. Ikkisi ham boshqa-boshqa dunyo vakillaridir. Ot muchalidagilar tabiatan xudbinlikka moyil bo’lib, ularning bu xususiyati sevgi-muhabbatda ham o’z aksini topadi. Tovuq muchalidagilar esa boshqalar ko’ziga yarq etib tashlanishni yoqtiradilar. Ot muchalidagilarning mustaqil bo’lishga intilishlari Tovuq muchalidagilarning o’z jufti ustidan hukmronlik qilishga intilish xususiyati mos kelmaydi. Ularning jinsiy mayllari ham o’zaro mos emas. O’zaro oila kurishlari tavsiya qilinmaydi.

TOVUQ MUCHALI – KO’Y MUCHALI. Qo’y muchalidagilar bilan qurilgan oilada ham turli murakkabliklar yuzaga kelishi kutiladi. Qo’y muchalidagi (ayolini) juftini to’kis baxtli qilishi uchun Tovuqlar moliyaviy jihatda baquvvat bo’lishlari talab qilinadi. Tovuq muchalidagilar Qo’ylarni tushuna olmaydilar. O’z juftidan moddiy-moliyaviy jihatdan ta’minlangan Qo’y muchalidagilar buning evaziga juftiga hyech bir narsa bera olmay­dilar. Oilada er – Qo’y, xotin esa Tovuq muchalida tug’ilgan bo’lsa, bir-birlarini tushunishlari qiyin kechadi. Oilada er – Tovuq, xotin esa Qo’y muchalida tug’ilgan bo’lsa bir-birlariga toqat qila olmaydilar. Tovuq muchalida er har yumushda ayoliga dashnom beradi. Buni ko’tara olmaydigan Qo’y muchalidagi ayoli ko’p ko’z yosh to’kadi va o’z uyidan beziy boshlaydi.

TOVUQ MUCHALI – MAYMUN MUCHALI. O’zaro baxtli bo’la olmaydilar, Maymun muchalidagilar qulay fursatdan foydalanib, o’z juftining bor bisotini tortib olib boz ustiga, yana undan minnatdor ham bo’lmaydilar. Ishonuvchan Tovuqlar bunga chiday olmaydi. O’zaro oila kurshlari tavsiya etilmaydi.

TOVUQ MUCHALI – TOVUQ MUCHALI. Ularning o’zaro hayoti muvofiq emas. Bunday oilada turli dilxiraliklar, o’zaro chiqishmovchiliklar, urush-janjal arimaydi. Shu bilan birga, mazkur muchal sohiblaridan biri kechirimli, chekinuvchan va itoatli bo’la olsa, birga yashashlari mumkin.

TOVUK MUCHALI – IT MUCHALI. It muchalidagilar bilan ham oilaviy rishtalarni bog’lash maqsadga muvofiq emas. Chunki Itlar Tovuqlarning kalondimog’liklarini ko’tara olmay, ularning sha’niga qarshi ish ko’rsalar juftlari buni kutara olmaydi. O’zaro oila kurishlar tavsiya kilinmaydi.

TOVUQ MUCHALI – TO’NG’IZ MUCHALI. To’ng’iz muchalidagilarning sabrli, og’ir-vazminliklari tufayli o’zar oila qurishlari mumkin. Ularning oilaviy birligida ko’proq Tovuq muchalidagilar manfaatdordir. O’zaro turmush qurishlari mumkin.

Tovuq muchalidagilar – Sigir, Ilon, Ajdarho (Baliq) muchalida tug’ilganlar bilan turmush kurishlari maqsadga muvofiq bo’ladi va ular uzoq yillar o’zaro baxtli hayot kechiradilar. Sichqon, Tovuq It, Quyon muchallarida tug’ilganlar bilan oila qurganlar o’rtamiyona umr kechiradilar. Yo’lbars, Ot, Maymun, Qo’y va To’nriz muchallarida tug’ilganlar bilan qurilgan turmush ziddiyat, o’zaro tushunmovchiliklar bilan o’tadi.

Manba: taqvim.uz saytidan olindi.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

UMUMIY TA’RIF: Bu muchal sohiblari juda ochiqko’ngil, sezgir va xayolparastdirlar. Bu odamlar atrofvdagilarga g’alati va tushunarsiz ko’rinishadi.”Qisqichbaqa” xushchaqchaqligi bilan boshqa muchal sohiblaridan ajralib turadi. Yoq, u o’ta xushchaqchaq odam emas, shunchaki bosiq va ta’sirchan, xolos. Ular “tabiat”idagi ishonchsizlik, xavfsirash tufayli ham buyuklikka intilmaydilar. Shuningdek, istamaydilar ham.”Qisqichbaqa”lar ko’pincha yolg’izlikni yoqtiradilar. Ularni salgina e’tiborsizlik, beparvo nigohingiz bilan ham xafa qilib qo’yishingiz hech gap emas. Bu muchal sohiblarining hissiyotlari shu qadar kuchliki, kayfiyatlari beixtiyor sizga ham ta’sir qiladi .Shuning uchun ko’pgina ruhiy ta’sirlovchilar shu muchal sohiblaridirlar. “Qisqichbaqa”lar sir saqlashni uddalaydilar. Ularning xayollariga kirib borish qiyin, chunki “Qiqichbaqalar”lar o’z sirlari, orzu-umidlarini doimo begona ko’zdan asraydilar. Ular o’z xayotlari haqida gapirishni yoqtirmaydilar. Muchal sohiblari o’z uylarini juda sevadilar, o’z uyidan boshqa hech qayerda o’zlarini erkin his eta olmaydilar. Ular suvni jon dildan xush ko’radilar. Ularni ko’pincha ko’krak qafasi, tizza, jigar, shuningdek, bosh og’riq, oshqozon va boshqa ovqat hazm qilisha’zolari dardi bezovta qilib turishi mumkin. “Qisqichbaqa”larning kasal bo’lishlari ham, tuzalib ketishlari ham shaxsiy kechinmalari va kayfiyatlariga bog’liq. Pul jamg’arish muchal sohiblarining sevimli mashg’ulotlari. Nonko’rlikni yomon ko’radilar, shuning uchun ularni-kida mehmon bo’lganingizda kosangizdagi ovqatni oxirigacha yesangizgina uning ko’ngli ko’tariladi. Ular bolalariga juda mehribondirlar. ERKAKLAR. Bu muchal sohibining kayfiyati o’zgaruvchandir. Hozirgana kulib, xushchaqchaq kayfiyatda o’tirgan odam bir daqiqaning o’zidayoq indamas, jiddiy, xayolchan kishiga aylanadi. Agar “Qisqichbaqa” sevsa, uning xavsirashi yanada ortadi. Chunki u sevgisini yoqotib qo’yishdan juda-juda qo’rqadi. Shunday paytlarda siz unga dalda bo’lishingiz, ko’nglini ko’tarishga harakat qilishingiz kerak. Hayotingiz davomida har qanday qiyinchiliklarga, to’siqlarga duch kelishi mumkin, ammo iqtisodiy tomondan sirayam kam bo’lmaysiz. Chunki “Qisqichbaqa” pul topish yo’llarini yaxshi biladi. Chunki yoshlikdan bunga qiziqadi. “Qisqichbaqa” sizga arzon kiyim olgandan ko’ra, qimmat, chiroyli, qulay va ko’pga chidaydiganidan olishni afzal deb biladi. Ko’pincha u sizga:”bugun juda bo’yanib olibsanmi, nima keragi bor, mening onam sendayligida tabiiy go’zal edi”, “Shuni ham sotib oldingmi, onam har qanday shirinlikni o’zi pishirar edilar”, deb sizni ranjitsa-da, u sizdan qo’lingizdan kelmaydigan ishni talab qilmaydi. “Qisqichbaqa” ajoyib otadir. U bolalarni juda sevadi, o’g’illari bilan faxrlansa, qizlarini tish-tirnog’i bilan himoya qiladi, garchi farzandlariga hush kelmasa-da, ular bilan bir umr birga bo’lishni istaydi. AYOLLAR. U muloyim yo qiziqqonmi buni hech qachon bila olmaysiz. Ammo u qanday holatda bo’lsa, sizga ham ta’sirini ko’rsatadi. Ayol “Qisqichbaqa”lar oqshom oy chiqqanda butunlay boshqacha bo’lib qoladi. U tanqidni ko’tara olmaydi, shuningdek, ko’pchilikning orasida izza bo’lib qolgudek bo, xo’rlikka chiday olmay davradan chiqib ketishi mumkin. Uning onasi bilan ham, albatta, yaxshi munosabatda bo’ling, “Qisqichbaqa” onasini xafa qilgan odamni bir umr yomon ko’radi va o’ch olish uchun qulay vaziyatni kutib yashaydi. “Qisqichbaqa” ayolning “men unchalik chiroyli emasman, men u qadar yosh emasman, men aqlli emasman” degan gaplaridan zerikishingiz mumkin. Bunday paytlarda iloji boricha o’zingizni tuting. U sizni sevganidan va yo’qotib qo’yishidan qo’rqadi. Bu ayol qiyinchilikka tushib qolsa ko’p yig’laydi, ammo sabr-toqat bilan hammasining o’tib ketishini kutadi. U o’z sevgasi uchun qurbon bo’lishga ham tayyor. Siz uni tashlab ketishingiz mumkin, ammo ertami-kech yana ortingazga qaytasiz. Chunki siz uchun undan ham yaxshiroq, undan ham go’zalroq, undan ham aqlliroq ayol yo’q dunyoda. Salbiy xislatlari: öta ta’sirchan, shubhachi, beriluvchan, xasis,qörqöq. Unsuri: Suv Baxtli raqami: 2. Astrolog ramzi: qisqichbaqa Astrolog rangi: och binafsharang, kumushrang, to’q sariq rang Yoqtirgan va unga hamisha yo’ldosh bo’lgan toshlar: opal (bezak buyumlariga ishlatiladigan mineral – billur.)

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.