Press "Enter" to skip to content

Xitoy taqvimi bo‘yicha 2023 yil qanday yil bo‘ladi

В эту ночь, согласно писанию, в мечети Аль Акса состоялась совместная молитва пророков — Ибрагима, Моисея, Иисуса и Мухаммада. Дату отмечают чтением Корана, вспоминают и рассказывают детям историю чудесного путешествия.

Muchal nima degani? Muchalingiz qaysi yil?

Muchal — yil hisobini yuritishning o‘ziga xos tizimi. Unga ko‘ra, har qaysi yangi yil 22 martdan boshlanadi hamda sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo‘y, maymun, tovuq, it va to‘ng‘iz kabi o‘n ikki hayvondan birining nomi bilan ataladi. Shunga mutanosib ravishda har o‘n ikki yilda yangidan takrorlanadi.

Moziyshunoslar fikricha, Muchalning tub negizida aslida bundan qirq asrcha burun xitoyliklar tuzgan, yil nomlari har oltmish yilda muntazam takrorlanib turishiga asoslangan taqvim yotadi. Uning vujudga kelishiga o‘sha kezlardagi olam suv, olov, tuproq, metall va yog‘ochdan tashkil topgan hamda ular o‘zida ijobiy va salbiy xususiyatlarni mujassamlantiradi, degan tushuncha turtki bo‘lgan. Bu besh unsur “osmon shoxobchasi” deb nomlangan. Samoning eng yorug‘ yoritqichlaridan Mushtariyning 12 yillik harakati yo‘li esa shuncha bo‘lakka bo‘lingan va harbiriga “yer shoxobchasi” deb ataluvchi 12 oy belgilari qo‘yib chiqilgan. Milodning boshlarida ularga kalamush, sigir, yo‘lbars, quyon, ajdaho, ilon, ot,qo‘y, maymun, tovuq, it, cho‘chqa kabi hayvonlar nomi qo‘shilgan. Bu belgilar Quyoshning yillik ko‘rinma harakati yo‘lida joylashgan Hamal, Savr, Javzo,Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dalv va Hut yulduz turkumlari egallagan hududlarga mos kelgan.

Shu zayl qadimgi xitoyliklar besh belgili “osmon shoxobchasi” va 12 belgili “yer shoxobchasi”dan tashkil topgan hamda ularning ko‘paytmasi bo‘yicha oltmishyilni qamrab oluvchi, hozir ham Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vetnam va Mongoliyada qo‘llaniluvchi siklik jadval taqvimini yaratishgan. Mohiyatan yondoshganda, bu aslida shamsiy-qamariy taqvim bo‘lgan. Chunki unda Oyning Yer atrofida aylanish davri, ilmiy tilda aytganda, sinodik oy 29 kecha-kunduz 12 soat 44 daqiqa 3soniya, Quyosh yassi doirasi markazining 21 martda ro‘y beradigan bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket ikki marta o‘tishi uchun zarur vaqt 365 kecha-kunduz 5 soat 48 daqiqa 46 soniya deb olingan. Shundan kelib chiqqan holda, yilning uzunligi oddiy yillarda 12 oylik qilib 354 kunga, kabi sayillarda 13 oylik qilib 384 kunga tenglashtirilgan. Taqvimdagi yillardan qaybiri 12 oylik, qay biri 13 oylik bo‘lishi ma’lum Oy fazasi, masalan, yangi oyning yilning aniq bir sanasiga to‘g‘ri kelishi davriga qarab belgilanadi. Budavr 19 yilga teng bo‘lib, shundan yettitasiga, ya’ni 2, 5, 7, 10, 13, 15- va 18-yillarga 13-oy qo‘shiladi, qolganlari 12 oydan iborat bo‘ladi. O‘tgan asrda ushbu taqvimning 19-yillik sikllari boshi 1924, 1943, 1962, 1981, 2000 yillarga to‘g‘ri kelgan.

Ba’zi qadimiy yozma manbalarga qaraganda, Muchal dastlab miloddan avvalgi III-II asrlarda yoxud Yunon – Baqtriya podsholigi davrida ko‘chmanchi chorvador xalqlar, ayrim dalillarga ko‘ra, misrliklar va xitoyliklar tomonidan joriyetilgan. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha esa, mazkur yil hisobi barcha turkiy, forsiy-qobuliy xalqlar, shuningdek, mo‘g‘ul, xitoy, tuva, oltoy, xakas, buryat, qalmoq va o‘zga millatu elatlar orasida qadimdan amalda bo‘lgan. Qandayligidan qat’i nazar, u keyinchalik Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Misr,Iroq, Eron, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo mamlakatlariga keng tapqalgan. O‘tmishdoshlarimiz odamning yoshini, tug‘ilgan va vafot etgan vaqtini, tarixiy janglar va buyuk voqealarni, yil va fasllarning nechog‘li kelishini shu taqvim asosida “yil ag‘darib” aniqlashgan.

Shubhasiz, inson yorug‘ dunyoga ko‘z ochgan yilni hayvonlar nomi bilan atash odati o‘tmishda ayrim mahluqlarga sig‘inish oqibati o‘laroq kelib chiqqan. Qaysi yurtda qaysi jonzotlarga ko‘proq sajda qilinsa, ular Muchal yili hisobiga kiritilgan. Macalan, Xitoyda bizdagi baliq o‘rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba’zi xalqlarda timsoh, Misrda sichqon o‘rniga mushuk, ot o‘rniga eshak tanlangan. Bora-bora ayrim joylarda, jumladan, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston vaXitoyda ham turli qimmatbaho buyum-jihozlarni Muchal yillariga nomi berilgan hayvonlar rasmi bilan bezash urf bo‘lgan. Natijada oltin va kumushdan ilon shaklida yasalgan bilaguzuklar, baliq va boshqa hayvonlar tasviri o‘yib ishlangan mis idishlar ko‘paygan.

Albatta, Muchal yillari to‘g‘risida turli millatlar turlicha fikr-xulosaga ega bo‘lishgan. Shu bois bir xalqning muayyan yil to‘g‘risidagi tasavvuri gohida ikkinchi xalqnikiga mos kelmagan. Ammo barchasida Muchal hisobiga kiritilgan hayvonlar xosiyatli va muqaddas sanalgan. O‘z navbatida, yillarning ba’zilari qut-barakali, ba’zilari qutsiz-barakasiz deb ta’riflangan va har birida ko‘p yillik hayotiy kuzatuvlarga tayangan holda oldindan bashorat qilingan qandaydir voqea-hodisalar sodir bo‘lishi kutilgan. Bu o‘rinda ko‘pincha ob-havoning qulay yo noqulay kelishi, qaysi yil kishilarga quvonch, omad va baxt ato etishi, qay biri g‘am-tashvish, omadsizlik va kulfat keltirishinazarda tutilgan. Aytaylik, Baliq yili seryog‘in keladi va ekinlardan mo‘lhosil ko‘tariladi. Negaki, bu “luqmai halol” suvda yashaydi. Tovuq yilida ham oziq-ovqat seroblashadi, lekin odamlarning tashvishi ortadi. Sababi, bu parranda asosiy ozig‘i bo‘lmish donni topib yeyish uchun hamma yoqni oyog‘i vatumshug‘i bilan obdon titkilab tashlaydi. Xuddi shuningdek, To‘ng‘iz yilida yog‘ingarchilik ko‘payib, narx-navo arzonlashsa-da, tez-tez qor yog‘ib, sovuq zabtiga oladi, boz ustiga, fitnalar avjiga chiqadi. Ilon yilida esa qishning qahri qattiqlashib, qurg‘oqchilik va qimmatchilik ro‘y beradi. Sigir yili kirsa, urush ko‘payadi, chunki bu zabonsiz jonivorlar bir-biri bilan tez-tez suzishib turadi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida yozilishicha, bunga o‘xshash e’tiqodiy tushunchalar turkiy xalqlar orasida ancha ommaviylashgan. Ular yillarning har birida o‘ziga yarasha betakror hikmat bor deb hisoblashgan va shunga taalluqli taxminlarni ilgari surishgan. Etnograf T.Potapovning aniqlashiga ko‘ra, qadimgi tuvaliklar sichqon, ot, qo‘y, it va to‘ng‘iz yillarini qutli, sigir, baliq (mahalliy aholi talqinida — ajdaho), ilon, maymun, tovuq yillarini qutsiz, yo‘lbars va quyon yillarini mo’tadil debbilishgan.

Bulardan tashqari, ajdodlarimiz insonning taqdiri va fe’l-atvori ham ko‘p jihatdan uning muchaliga bog‘liq bo‘lishini mudom eslatib kelishgan. Chunonchi, Quyon yilida dunyoga kelgan o‘g‘il bola yaxshi odam bo‘lib voyaga yetadi, jamiyat uchun foydali ishlar qiladi, to‘kin-farovon hayot kechirib, uzoq umr ko‘radi, degan fikrni avlodlar qulog‘iga quyishgan.

Tabiiyki, Muchal yillari to‘g‘risidagi tasavvurlar va ibratli bashoratlar turli millatlarning xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham o‘z ifodasini topgan.Adashmasak, asrlar osha sayqal topgan “Bars (ya’ni, yo‘lbars yoki ilvirs) yili— boylik, Quyon yili – qahatlik”, “Bars yilida boring soch, hech bo‘lmasa tariq soch”, “Sigir yili — to‘qlik, Qo‘y yili — yo‘qlik”, “It yilida bo‘ron bo‘lar”,“It yilida ekkaningni to‘ng‘iz yilida o‘rasan”, “Bars yilida boring o‘sar, Ityilida moling o‘sar”, “Sichqon yili — to‘qlik, Quyon yili — ochlik”, “Quyonyilida yut bo‘ladi” singari o‘zbek maqollari bunga yorqin misol bo‘la oladi. Zahmatkash tadqiqotchilar Shotursun Shomaqsudov va Shuhrat Shorahmedovning 2001yili “O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi” nashriyoti tomonidan chop etilgan”Ma’nolar maxzani” kitobida minglab boshqa so‘z durdonalari qatori ushbu naqllarning ham cho‘ng ma’no-mazmuni teran ochib berilgan. Shuningdek, mohiyatan Muchalga daxldor “Tuya bo‘yiga ishonib, yildan quruq qolibdi” degan maqolning xalq afsonalariga uyqashib ketgan yaratilish tarixi haqida so‘z yuritilgan.

Bu rivoyatning muxtasar tafsiloti quyidagicha: qadimgi odamlar Muchalni o‘ylab topib, unga kiritilgan o‘n ikki yilning har biriga biror jonivor nomini qo‘ymoqchi bo‘libdilar. Ayni maqsadda hamma turdagi hayvonlarga daryo bo‘yiga to‘planishni buyuribdilar. Shuning barobarida “Qaysi biringiz oldin ko‘rinsangiz, muchalning dastlabki yili sizning nomingiz bilan ataladi”, deb e’lon qilibdilar. Bu xabardan ogoh topgan daroz bo‘yli tuya o‘zida yo‘q quvonib ketibdi. ”Birinchi yilga baribir mening nomim loyiq qo‘riladi” degan xomxayolga borib, bo‘ynini g‘urur ila olg‘a cho‘zgancha, lo‘killab yo‘lga tushibdi.

Hayvonlarning eng mittisi sichqon boyaqish bundoq qarasa, boshqa mahluqlar oyog‘i ostida qolib ketib, hakamlar nazariga tushmasligi tayin. Shunda u o‘zi uchun nihoyatda foydali aqlli bir ish qilibdi. Chaqqon sakrab, yonidan o‘tib borayotgan tuyaning ustiga chiqibdi-da, uning qulog‘i uchiga o‘tirib olibdi. Qarabsizki, hayvonlar aytilgan manzilga yaqinlashganlarida hammadan ilgari sichqon ko‘zga tashlanibdi. Shartga binoan, muchalning birinchi yiliga uning nomi berilibdi. Bo‘yiga ishongan laqma tuya esa yildan quruq qolibdi.

Albatta, bu naqlning ma’joziy ma’nosi ham bor. Ayrim kishilar qilday amalga o‘tirsa, bamisoli filday aqlga ega chiqqanday, manmanlikka berilib, yon-atrofidagilarni mensimay qo‘yadilar. Ayrimlari o‘z o‘tkinchi mol-dunyosi yoki soxta obro‘-e’tiboriga mahliyo bo‘lib, “Falon narsa menga tegmay, kimga tegardi?” yoki “Piston joyga mendan bo‘lak kim ham aytilardi?” deya katta ketadilar.Alqissa, amalda teskarisi bo‘ladi. Ular o‘sha joyga aytilmaydilar yoki beriladigan narsadan quruq qoladilar. Oxir-oqibat sharmanda bo‘lib, qattiq pushaymon chekadilar. Tabiiyki, “Bo‘yiga ishongan qamish bo‘yra bo‘libdi” degan maqol ham istehzo tariqasida mana shunday kimsalarga nisbatan ishlatiladi.

Quyida muchal yilining milodiy taqvim bo‘yicha qaysi yillarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatuvchi jadvalni e’tiboringizga havola qilayotirmiz

Agar siz muchalingizni topmoqchi bo‘lsangiz, avval tavallud yilingizga 9 sonini qo‘shing, so‘ngra yig‘indini 12 ga bo‘ling. Qoldiq sonni esa muchalingiz deb biling. Aytaylik, siz 1972 yili tug‘ilgansiz. Bu sanaga 9 ni qo‘shsak, 1981 gaaylanadi. Uni 12 ga bo‘lsak, 165 soni kelib chiqadi va qoldiq sifatida 1 qoladi. Jadvalda esa ushbu raqam qarshisida “Sichqon” yozuvi turibdi. U sizning muchalingizdir. Bordi-yu, amallar natijasi “nol”ga teng bo‘lsa, 12-muchalyilida dunyoga kelgan hisoblanasiz. Misol uchun, siz 1959 yili tug‘ilgan bo‘lsangiz, bu songa 9 qo‘shilganda, yig‘indi 1968 ga tenglashadi. U 12 gataqsimlansa, hech qanday qoldiq chiqmaydi, aniqrog‘i, “nol” paydo bo‘ladi. 1959 raqami esa jadvalning o‘n ikkinchi qatoridan o‘rin olgan. Demak, muchalingiz to‘ng‘iz ekanligi o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi.

Siz oila a’zolaringiz va qarindosh-urug‘laringiz muchallarini ham shu asosda bemalol aniqlashingiz mumkin.

Xitoy taqvimi bo‘yicha 2023 yil qanday yil bo‘ladi?

Xitoy taqvimida 12 ta burj belgisini bildiruvchi hayvon bor. Nega aynan 12 ta? Gap shundaki, qadimgi davrlarda xitoyliklar Yupiter sayyorasi yaxshilik va fazilat olib keladi, 12 yil ichida Quyosh atrofida aylanadi deb ishonishgan. Shuning uchun Yupiterning har bir aylanishi yangi siklni anglatadi.

2023 yil Xitoy taqvimiga ko‘ra, Qora suv Quyoni yoki mushuk yili bo‘ladi. Yil 2023 yilning 22 yanvaridan boshlanadi va 2024 yilning 9 fevraliga qadar davom etadi. Kelayotgan yil qanday bo‘lishni va’da bermoqda.

Quyon
Quyon – mayin jonivorlar. Shuning uchun 2023 yil xotirjamlik olib kelishga va’da bermoqda. Bundan tashqari, quyon o‘z bolalariga g‘amxur, shuning uchun ham astrologlar 2023 yilni turmush qurish uchun barakali yil bo‘ladi deyishmoqda. Juftliklar bu yilda ko‘proq g‘amxur bo‘lish kerakligini yodda tutishlari lozim.

Shuningdek, Quyon yili do‘stlar topish uchun yaxshi fursat. Umuman quyonning o‘zi do‘stlashishini yaxshi ko‘radi. Suv ramzi esa harakat va rivojlanishni bildiradi.

2023 Quyon yilida kimlarni omad kutyapti?

Ho‘kiz
Qora suv Quyoni Ho‘kiz yilida tug‘ilganlarga o‘z yangi ishini boshlashga va muhim loyihaga rahbarlik qilishni ko‘rsatmoqda. Natijada esa- daromad oshadi, agarda bu uchun Xo‘kiz dangasalik qilmasa. Yolg‘iz burj vakillarida muhabbat borasida omadi kulib boqadi- yil davomida ular qiziqarli tanishlar orttirishlari mumkin.

Yo‘lbars
2023 yil Yo‘lbarslarga xotirjamlik, dam olish va sayohat qilish davri bo‘ladi. 2024 yil Yo‘lbarslar uchun o‘sish va marralar yili bo‘lishni va’da qilmoqda. Bunga esa tayyorgarlik ko‘rish kerak. Bundan tashqari, oilaviy hayotda ham yo‘lbarslarda shu yili yaxshi bo‘ladi.

Quyon
Yil egasiga albatta o‘z yilida omad kulib boqishi kerak. Shuning uchun 2023 yilda Quyonlarni har jabhada- ishda ham oilada ham xotirjamlik kutmoqda. Ayniqsa, yolg‘iz Quyon muchalida tug‘ilganlar – yangi yilning boshidan o‘z muhabbatlarini uchratishlari mumkin.

Ajdarho
2023 yil Ajdarholar uchun baxt yili bo‘ladi. Birinchidan, va nihoyat ularning mehnatlarini ishda e’tirof etishadi- aprelda muvaffaqiyat kulib boqadi. Shuning uchun dastlabki uch oyda tinimsiz mehnat qilishga to‘g‘ri keladi, hattoki bu yo‘lda hasadgo‘ylar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ammo tashvishlanishga hojat yo‘q. Sabr qilish va xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Biroq, apreldan boshlab dekabrga qadar faqat omad kulib boqadi.

Qo‘y
So‘nggi vaqtlarda ushbu muchalda tug‘ilganlarga omad kulib boqmayotgan edi. Ammo 2023 yilga kelib barcha ishlar o‘z iziga tushadi. Ishda marralarga erishish uchun yaxshi hamkor topish imkoni paydo bo‘ladi. Shaxsiy frontda hammasi yaxshi: munosabatda bo‘lgan yoki oilalilar ko‘p vaqtini o‘z juftlari bilan o‘tkazishadi. Yolg‘izlar esa bahor faslida muhabbatlarini uchratadi.

It
2023 yilda ushbu muchal egalari turmush qurishi uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Oila ham baxtli, o‘zaro hurmat, muhabbat va xotirjamlikka asoslangan bo‘ladi. 2022 yilda It tinmay mehnat qiladi, shuning uchun 2023 yil mehnat mevasini terib olish, shuningdek o‘z ustida ko‘proq shug‘ullanish vaqti. Ishda ham ularni muvaffaqiyatlar kutyapti.

To‘ng‘iz
Ushbu muchal yilida tug‘ilganlar uchun 2023 yil burilishlar yili bo‘ladi- karerada uzoq kutilgan omad, shaxsiy hayotda esa xotirjamlik va baxt va’da qilinmoqda.Oilalilarni tinch va osuda hayot, juftini topmaganlar uchun esa yangi tanishlar uchun yaxshi yil bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Мусульманский календарь с праздниками

Информативный мусульманский календарь с основными исламскими праздниками. Календарь сформирован на основе обычного Грегорианского календаря по дням, каждому из которых соответствует определенный день по Хиджре. Кроме того, доступен сервис — конвертер с Грегорианских дат в дату по Хиджре и наоборот.

Раджаб месяц 2023 ▶
Ережеп айы 2023 ▶
Календарь мусульманский 2023 ▶
Когда начинается месяц раджаб 2023 году ▶
Мусульманский календарь 2023 ▶

2023

Мусульманский календарь на 2023 год
(по хиджре 1444 – 1445 года)
Январь 2023
Джумада ас-сани (6) 1444 –
Раджаб (7) 1444
Февраль 2023
Раджаб (7) 1444 –
Шаабан (8) 1444
Март 2023
Шаабан (8) 1444 –
Рамадан (9) 1444
Апрель 2023
Рамадан (9) 1444 –
Шавваль (10) 1444
Май 2023
Шавваль (10) 1444 –
Зуль-каада (11) 1444
Июнь 2023
Зуль-каада (11) 1444 –
Зуль-хиджа (12) 1444
Июль 2023
Зуль-хиджа (12) 1444 –
Мухаррам (1) 1445
Август 2023
Мухаррам (1) 1445 –
Сафар (2) 1445
Сентябрь 2023
Сафар (2) 1445 –
Раби аль-авваль (3) 1445
Октябрь 2023
Раби аль-авваль (3) 1445 –
Раби ас-сани (4) 1445
Ноябрь 2023
Раби ас-сани (4) 1445 –
Джумада аль-уля (5) 1445
Декабрь 2023
Джумада аль-уля (5) 1445 –
Джумада ас-сани (6) 1445

один месяц
по хиджре
21 14
другой месяц
по хиджре
21 14
праздничный день 21 14
по грегорианскому
календарю
21 14 по хиджре

* существует вероятность погрешности в один день

Конвертер дат

Грегорианский – Хиджра Хиджра – Грегорианский

Исламские праздники

Раджаб (Начало трех священных месяцев)
23 января (1 Раджаб)

1 число Раджаб является началом трех священных месяцев (Раджаб, Шаабан, Рамадан), являющихся величайшей милостью Всевышнего Аллаhа к Своим рабам. В эти месяцы вознаграждение за добрые деяния и поклонение Всемогущий Аллах увеличивает многократно и прощает грехи тем, кто искренне в них раскается.

Один из хадисов Пророка (мир ему и благословение) гласит: «Если хотите успокоения перед смертью, счастливого конца (смерти, будучи мусульманином) и защиты от шайтана — уважайте эти месяцы, соблюдая пост и сожалея о грехах». Согласно другому хадису, воздаяние (вознаграждение за добрые деяния и наказание за грехи) в месяц Раджаб увеличивается в 70 раз. Раджаб также является одним из 4-х запретных месяцев (Раджаб, Зуль-Каада, Зуль-Хиджа, Мухаррам), в которые Всевышний особенно запретил грехи и конфликты.

Лейлят аль-Мирадж (Ночь вознесения пророка Мухаммада, Миғраж түні) – 1
17 февраля (26 Раджаб)

В ночь cо 2 на 3 Апреля или в ночь с 26 на 27 число священного месяца Раджаб этот праздник празднуется в ознаменование путешествия пророка Мухаммеда из Мекии в святой город Иерусалим, где произошло его вознесение на седьмое небо к престолу Аллаха.

В эту ночь, согласно писанию, в мечети Аль Акса состоялась совместная молитва пророков — Ибрагима, Моисея, Иисуса и Мухаммада. Дату отмечают чтением Корана, вспоминают и рассказывают детям историю чудесного путешествия.

Лейлят аль-Мирадж (Ночь вознесения пророка Мухаммада, Миғраж түні) – 2
18 февраля (27 Раджаб)
Лейлят аль-Бараат (Ночь Бараат түні) – 1
6 марта (14 Шаабан)

Праздник Лейлят аль-Бараат отмечается в ночь с 14 на 15 число месяца Шаабан. В доисламском календаре древних арабов на месяц шаабан приходилось летнее солнцестояние, с которого начинался отсчет нового года. В этот день арабы возносили молитвы идолам и поминали усопших.

В настоящее время мусульманский праздник Лейлят аль-Бараат отчасти сохранил черты древнего новогоднего торжества: после ночной молитвы и посещения могил родных у мусульман начинается праздничное застолье, во время которого принято веселиться, танцевать и петь песни.

Согласно мусульманским преданиям, в эту ночь происходит сотрясение древа жизни, на листьях которого написаны имена живущих. Считается, что люди, чьи имена отмечены на опавших листьях, умрут в течение года.

В ночь Лейлят аль-Бараат (эта ночь упоминается в Коране как священная) Аллах опускается на нижнее из семи небес, чтобы услышать молитвы грешников. Поэтому в эту ночь все мусульмане возносят особые молитвы за умерших, прося Аллаха отпустить грехи, совершенные ими в земной жизни.

Лейлят аль-Бараат (Ночь Бараат түні) – 2
7 марта (15 Шаабан)
Рамадан (Начало поста, Оразаның басталуы)
23 марта (1 Рамадан)

Рамадан — месяц обязательного для мусульман поста (саум), является одним из пяти столпов ислама.

В течение месяца Рамадан правоверные мусульмане в дневное время отказываются от приёма пищи, питья, курения и интимной близости. Пост начинается с начала рассвета (после утреннего азана) и заканчивается после захода солнца (после вечернего азана).

Ежедневно перед тем, как совершить пост, мусульмане произносят намерение (ният) приблизительно в следующей форме: «Я намереваюсь завтра (сегодня) совершить пост месяца Рамадан, ради Аллаха». Мусульманам желательно за полчаса до рассвета закончить утренний приём пищи (сухур) и начать разговение (ифтар) сразу после наступления времени разговения. Разговляться рекомендуется водой, молоком, финиками и т. д. Ежедневно после ночной молитвы (иша) мусульмане коллективно совершают добровольную молитву таравих, состоящую из 8 или 20 ракаатов.

Лейлят аль-Кадр (Ночь Предопределения, Қадір түні) – 1
17 апреля (26 Рамадан)

Праздник Лейлят аль-Кадр отмечается в мусульманских странах 27 числа месяца Рамадан. В этот день мусульмане совершают пропущенные намазы, читают Коран, просят друг у друга прощения, анализируют свои ошибки и строят планы на будущее.

Считается, что в ночь на 27 число Рамадана Аллах принимает решение о судьбе каждого человека, учитывая совершенные им поступки, а также желания, высказанные в молитвах. Согласно мусульманским преданиям, в ночь Лейлят аль-Кадр могут происходить всевозможные чудеса и знамения.

Этот день принято проводить в молитвах и, разумеется, в течение всего светового дня воздерживаться от еды и питья, а к торжественной трапезе приступать только после захода солнца.

Лейлят аль-Кадр отмечается в большинстве мусульманских стран: нарядные толпы людей всю ночь гуляют по городу, поперек улиц и на фасадах домов накануне праздника развешивают гирлянды цветных лампочек. Всю ночь не закрываются кафе и рестораны, а на площадях идет торговля фруктами, сладостями и безалкогольными напитками.

Праздничная трапеза, как правило, состоит из овощных и фруктовых салатов, супа-пюре, плова и всевозможных сладких блюд. На стол обязательно ставят вазы с фруктами.

Лейлят аль-Кадр (Ночь Предопределения, Қадір түні) – 2
18 апреля (27 Рамадан)
Ураза байрам (Ид аль-Фитр, Ораза айт)
21 апреля (1 Шавваль)

Ураза байрам (Ид аль-Фитр, Праздник разговения) – исламский праздник, отмечаемый в честь окончания поста в месяц Рамадан. Отмечается в первый день месяца Шавваль.

Верующие поздравляют друг друга словами: «Ид мубарак!» (благословенного праздника!). Накануне и в день праздника собирается обязательная милостыня (закят аль-фитр). Собранные средства идут в пользу общины (малоимущим, путникам и др.) в виде сухих продуктов питания, либо денежного эквивалента этих продуктов (в ханафитском мазхабе).

В день праздника мусульмане совершают праздничную ритуальную молитву (ид-намаз), надевают лучшую одежду, готовят традиционные блюда, а после праздничной молитвы накрывают праздничные столы, приглашают в гости соседей, родственников и друзей, совершают ответные гостевые визиты с подарками, радуются и веселятся.

В счастливый для всех мусульман день праздника дети принимают участие в различных играх, посещают соседей, которые раздают им сладости. В это время принято также раздавать пожертвования бедным, дарить подарки и просить друг у друга прощения.

День Арафат (Арапа)
27 июня (9 Зуль-хиджа)

Отмечается в 9-й день 12-го месяца Зуль-хиджа, примерно через 70 дней после окончания месяца Рамадан[1]. В этот день участники Хаджа посещают гору Арафат возле Мекки и совершают намаз у её подножия.

День Арафат является самым памятным из дней Аллаха. Согласно мусульманской религии, в этот день вознаграждение или кара мусульманам за благие или греховные поступки увеличивается многократно. Равно, как и вес грехов в этот день увеличивается в несколько раз. До заката солнца верующие стоят и замаливают грехи.

За свои благочестивые деяния человек, стремящийся к Аллаху с чистым намерением, в Судный день он увидит вознаграждение за него. Пост в день Арафат считается самым важным из тех поступков, которые приближают верующих к Аллаху. Пророк Мухаммед о посте в день Арафат сказал: «Это очищение грехов за предыдущий и последующий год».

День Арафат предшествует празднику Курбан-байрам. В этот день паломники, совершающие хадж, стоят на горе Арафат. Для всех мусульман, кроме паломников, желательно в этот день поститься.

Курбан байрам (Ид аль-Адха) – 1 день празднования
28 июня (10 Зуль-хиджа)

Праздник жертвоприношения Курбан Байрам (или Ид аль-Адха) является частью мусульманского обряда паломничества в Мекку. Отмечается праздник в долине Мина вблизи Мекки в 10-й день 12-го месяца мусульманского лунного календаря Зуль-хиджа и длится 2-3 дня.

Праздновать день жертвоприношения, даже если это не происходит в Мекке, начинают с раннего утра. Чуть свет мусульмане идут в мечеть к утренней молитве, но прежде необходимо совершить полное омовение, надеть новую и опрятную одежду, по возможности умастить себя благовониями. Перед молитвой есть не рекомендуется. По окончании утреннего намаза (молитвы) верующие возвращаются домой, а затем, по желанию, собираются группами на улице или во дворах, где поют хором славословие Аллаху (такбир). Затем они снова отправляются в мечеть или на специально отведенную площадку, где мулла или имам-хатыб произносит проповедь.

По окончании проповеди мусульмане идут обычно на кладбище молиться за умерших. Вернувшись с кладбища, приступают к жертвенному обряду, в знак готовности служить богу. Для принесения жертвы мусульмане специально откармливают выбранное животное.

Мусульманин, совершив заклание, не должен скупиться на угощение, необходимо обязательно накормить бедных и голодных. Ритуальное угощение — худойи, садака — устраивается также во избежание всевозможных несчастий и болезней.

Близким, друзьям и родственникам в дни праздника стараются сделать подарки. В последующие после праздника дни обычно наносят визиты к родным и близким знакомым, так как посещение в дни праздника жертвоприношения считается благословенным и желательным.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.