2023 yil –quyon yilida bizni nimalar kutmoqda
Esingizda bo`lsin, bu yil nima qilsangiz ham, mutanosiblik va qadr-qimmat tuyg`usini saqlab qolish muhimdir.
MUCHALLAR HAQIDA
MUCHALLAR HAQIDA Juda qadim zamonlardan beri olkamizda muchal bo‘yicha yil ag’darish odati bor. Qariyalar muchaling nima, deb so’rab yoshingizni aytib berishadi.
Muchal — 12 ta hayvonning nomi bilan ataladigan yillar. Muchal hisobi Osiyo va Afrikadagi ko’pgina mamlakatlar xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan.
Yozma ma’lumotlarga qaraganda, muchal hisobini dastlab bizning olkamizda ko’chmanchi chorvador xalqlar ishlatgan. Keyin u Mo‘g‘uliston, Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Misr, Iroq, Eron, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
Odamlarning tug’ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash odati ayrim hayvonlarga sig‘inish oqibatida kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Shuning uchun qaysi mamlakatda qanday hayvon hosiyatliroq hisoblansa, u 12 yillik yil hisobiga kiritilgan.
Masalan, Xitoyda baliq o‘rniga afsonaviy ajdaho, Afrikadagi ba’zi xalqlarda baliq o‘rniga timsoh, Misrda sichqon o‘rniga mushuk, ot o’rniga eshak va hokazo hayvonlar nomlari qo’llanilgan. 0‘lkamizda esa mana bu hayvon- lar muchalni ifodalaydi.
1. Tovuq, 2. It, 3. To‘ng‘iz, 4. Sichqon, 5. Sigir, 6. Yo’lbars, 7. Quyon, 8. Baliq, 9. Ilon, 10. Ot, 11. Qo‘y va 12. Maymun. Odam shu hayvonlarning nomi bilan atalgan yilning qaysi birida tug‘ilgan bolsa, uning muchali shu hayvon nomi bilan ataladi. Dastlab, muchalning birinchi yili deb sichqon yili olinardi.
Keyinchalik muchal hisobini biz ishlatadigan milodiy hisobga bog’lash maqsadida teskarisiga hisoblansa, milodiy hisobning birinchi yili tovuq yili ekan.
Shuni nazarga olib muchalning hisob boshi tovuq yili desak, grigoriy taqvimi bo’yicha yozilgan yilni 12 ga bolganimizda hosil boladigan qoldiq son muchal yili tartibini bildiradi.
Masalan, 2000 yilning qanday yil ekanligini bilish uchun uni 12 ga bolamiz: 2000 = 166 .12 + 8 boladi. Bunda qoldiq 8 bolgani uchun 2000 yil baliq yili ekan. Tabiiyki, agar qoldiq nol bo‘lsa, yit 12, ya’ni maymun yili boladi.
Muchal hayvonlarining tasviri turmushda ishlatiladigan turli-tuman buyumlarga chizilgan, ayollarning bezaklariga tushirilgan. 12 yillikning har bir yili tabiatdagi ulkan tabiiy hodisalar bilan bog‘liq degan qadimiy rivoyatlar ham to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Quyoshdagi chaqnash, portlash hodisalari, doglarning ko’payib-kamayib ketishi va shularga bogliq holda Yerda ham ob-havo sharoitlaridagi o‘zgarishlar, magnit bo‘ronlari hodisalari va hokazolar ham 12 yillik davr bilan o‘zgaradi.
Qurg‘oqchilik, namgarchilik, qahraton qish, iliq qish, jazirama yoz va hokazolar, bularga bogliq holda qimmatchilik, arzonchilik kabi jamiyatdagi hodisalar bilan boglanib ketadi.
Hatto tug‘ilgan bolaning taqdiri, fe’l-atvori uning muchaliga bogliq bo’ladi, deguvchilar ham bor. Chunonchi, ilon yilida qurg’oqchilik, qimmatchilik bolarkan, qish sovuq kelarkan, tug’ilgan farzand nodon bo‘larmish, to‘ng‘iz yilida yog’ingarchilik ko‘p, narx-navo arzon, farzand tug’ilsa, u davlatmand va dono bolarmish, quyon yilida tug‘ilgan bola uzoq umr ko rib, badavlat, oqil va odil inson bo’lib yetisharmish va hokazo.
Muchal hisobi bo‘yicha yil boshi deb ko‘pchilik sharq mamlakatlarida, jumladan, 0‘zbekistonda ham 22 mart olinadi.
Shuning uchun tug‘ilgan bolaning muchal hisobidagi yilini aniqlashda ehtiyot bo‘lish kerak, navro’zning birinchi kuniga qadar o‘tgan yilning muchali hisobga olinadi.
Endi, bolalar, muchal- ingizni aniqlashni istasangiz, tug’ilgan yilingizni 12 ga boling, shunda hosil bolgan qoldiq son sizning muchalingizni ko‘rsatadi. Aytaylik, siz
1987-yilda tug‘ilgansiz. Uni (1987 ni) 12 ga bo’lsangiz, 7 qoldiq qoladi. Demak, sizning muchalingiz quyon ekan.
2023 yil –quyon yilida bizni nimalar kutmoqda?
2023 yil Suv quyoni yili bo`ladi. Yil jonivorining rangi qora, ko`k, och va to`q ko`k, lojuvarddir. Negaki Venera 2023 yilning hukmron sayyorasi bo`ladi. Yil homiysi Venera shaxsiy hayotdagi yoqimli o`zgarishlarga hissa qo`shadi, umuman ko`plab burj vakillari uchun bu yil omadli bo`ladi. Bu yil tinch-xotirjamligi va uyg`un qiziqarli xususiyati bilan ajralib turadi. Chunki yil timsoli – Quyonning o`zi ham muloyim, yumshoq, barakali hayvondir.
Bunday oldingi “Quyon” muchalidagi yillar quyidagilar: 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011.
2023 yil ramzi – Qora suv quyoni
Kelayotgan yil eng baxtli yillardan bo`lishi kutilmoqda. U noxush voqealardan yiroq. Quyon muchali ostidagi yilda hayot o`lchovli va xotirjam bo`lishi kuzatilgan.
Quyon shovqinli ziyofatlarni yoqtirmaydi ham shinam uchrashuvlarni afzal ko`radi.
Nikoh uchun 2023 yil juda qulay, chunki Quyon oilani qadrlaydi!
Esingizda bo`lsin, bu yil nima qilsangiz ham, mutanosiblik va qadr-qimmat tuyg`usini saqlab qolish muhimdir.
- Shuningdek, Quyon yili sayohat va yangi bilimlarni o`rganish uchun qulay. Ammo bu borada eng mayda masalalargacha hisobga olish zarur.
- Bu yil uy-joy muammosini hal qilish uchun ham omadli. Lekin esingizda bo`lsin, siz Yangi yilga hech qanday qarzsiz kirishingiz kerak. Bu kreditlar, turli to`lovlarni to`lash va, eng muhimi, munosabatlarga tegishli.
“Quyon” yilida tug`ilgan bola qanday bo`ladi?
2023 yil farzandli bo`lish uchun yaxshi vaqt, negaki bu yil Suv quyoni yili. Xitoy astrologiyasida esa SUV uzoq umr va tinchlikni anglatadi, QUYoN esa hushyorlik, zukkolik, ehtiyotkorlik, epchillik va o`zini himoya qilish timsoli. Suv quyoni yilida tug`ilganlar butun umri davomida omadli bo`lishadi. “Quyon” xitoy astrologiyasiga ko`ra, Oy ma`budasi bilan chambarchas bog`liq.
QUYoNLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
- Quyonlar odatda juda ko`p dushmanlar bo`lishiga qaramay (deyarli barcha yirtqichlar quyonlarni eyishadi!) tabiatda o`z sergakligi va chaqqonligi bois omon qoladilar.
- Quyonlar 150 xil rangda bo`lishi aniqlangan!
- Quyon sekundiga ikkita chaynash harakatini bajaradi. Va u bir necha soat to`xtamasdan chaynashi mumkin. Uning uchun qattiq ovqatni chaynash muhimdir. Aks holda, tishlarida muammolar paydo bo`ladi.
- Bu hayvonlar 56 km/soat tezlikda chopa oladi.
- Quyonlarning ayrim turlari daraxtlarga chiqishni ham uddalaydi.
- Ko`pincha quyonlar guruh bo`lib yashaydilar.
Manzura BAXTIYoR qizi tayyorladi
2023 qanday muchal yili
Bugungi sanada: 14 ta
Bugungi sanada: 2 ta
Bugungi sanada: 4 ta
BUGUN: 18-Aprel, 2023-yil. Seshanba
- Asosiy
- Yangiliklar
- Muchal va burjlar
- “Maymun muchali” yilida tug’ilganlar
“Maymun muchali” yilida tug’ilganlar
1908, 1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016 yillarda tavallud topganlar
Mazkur muchal yilining timsollari ko’p qirralidir. Maymun- qorong’ulik, ongsiz faollikni namoyon etib, bunyodkor yoki aksincha, buzg’unchi kuch bo’lishi mumkin. Mantiq, aql va ongsizlik chegarasida turgan kuchni qaysi yo’nalishga qaratilishi bilan bog’liq bo’lgan muchal yilidir. Qadimdan Xitoyda maymunlarga yaxshi sog’liq, har tomonlama muvaffaqiyat va himoya vositasi sifatida qaralgan. Maymunlar xayoliy belgi ostida tug’ilganlar sarasiga kirgan. Ular juda ham qiziquvchan va sodir bo’layotgan voqea-hodisalardan ogoh bo’ladilar. Maymunlar o’ziga xos aqlga ega bo’lib, mustaqil bo’lishga intiladi. Ular ajoyib xotiraga ega va kimlardir tomonidan qilingan yaxshilik yoki yomonlikni bir umr yodida saqlaydilar, hattoki, aytilgan bir og’iz so’zni ham. Shuning uchun mazkur muchal yilida tug’ilganlar bilan xoh u yosh bola yoki o’quvchi bo’lsa ham juda ehtiyotkorlik bilan muomala qilish talab etilasi. Tartib-qoidalar ular uchun ahamiyatsizdir, hech qanday tartib-qoidalarga amal qilmay, o’z bilganlaricha hayot kechiradilar. Maymun muchal yilida tavallud topganlar-tabiatan xushbichim, chiroyli va ajoyib xususiyatlarga ega bo’ladilar. O’zigaxos qiliqlari bilan yaqinlarida, atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldiradilar. Boshqalarga kerakli maslahatlar bersalar-da, o’z bilganlaricha ish tutadilar. Umrining birinchi yarmida yengil-yelpi hayot tarzi bilan kun kechiradilar. Ikkinchi yarmida esa asosan hayot tashvishlari, mehnat va oila yumushlari, farzandlarini uylab-joylash kabi turmush tashvishlari bilan band bo’ladilar. Hayotning turli muammolariga duch kelganda, zudlik bilan qaror qabul qilishga qodirdirlar. Hayoti davomida o’zining xatti-harakati, mashaqqatli mehnati bilan kun kechiradilar. Sevgi bobida ko’pincha baxti kelishmaydi. O’z yo’liga sola olmagan, aytganini bajarmagan umr yo’ldoshidan ko’p bor ranjiydi va uzil-kesil qaror qabul qilishga qodir emas. O’zgalarning kamchiliklarini, xatolarini darhol sezadilar va ularga toqat qila olmaydilar. Chunki barcha ishlarni o’zlari to’kis bajarishlariga ishonasilar. Ulardan o’zini baland tutadi. Hazil-mutoyibaga ham moyildirlar.
Maymun muchalidagi erkaklar: mazkur muchaldagi erkaklar, atrofdagilar oldida yaxshi taassurot qoldirishni istaydilar va bunga erishadilar ham. Yaxshi xotiraga, ilmga ega bo’lib, hazil-mutoyibaga ham moyildirlar. Shuning uchun o’zgalar ishonchiga tez kiradilar. Oilada baxtli hayot kechirishlari uchun esa ularga ko’proq erkin faoliyat yuritishlariga imkon berish maqsadga muvofiq. Mazkur muchal sohiblari xali hech kim qilmagan ishlarni amalga oshirishga va shu bilan hammani lol qoldirishga intiladilar va bu ularning qo’llaridan keladi. Maymun muchalidagi erkaklar mehnatsevar bo’lib, mansab-martabalarga u qadar intilmaydilar. O’zlari qiziqqan va egallagan sohasi, kasbi va ixtisosliklari bo’yicha yuksak muvaffaqiyatlarga erishadilar. Hayoti davomida ba’zan moliyaviy qiyinchiliklarga uchrasa-da, jamiyatda yaxshi mavqega ega bo’la oladi.
Maymun muchalidagi ayol(qiz)lar: Ular aqlli, farosatli va ziyrakdirlar. Ularning fikr va mulohazalari, o’rinli takliflari yaqinlari tomonidan yaxshi qadrlanadi. Aniq va ishonchli xatti-harakatlari tufayli o’z maqsadlariga erisha oladilar. Mazkur muchaldagi ayol(qiz)larning qiziqish doiralari keng bo’lib, o’z g’oyalarini hayotga joriy etishga shoshiladilar. Maymun muchalidagi ayol(qiz)lar bir narsaga juda tez qiziqib, bel bog’lab, undan tez soviydilar. Eski narsalardan voz kechib, yangi marralarni dadillik bilan egallashga harakat qiladilar. Ularning eng ishongan makoni oilasidir. Shuning uchun ham ular erta turmushga chiqib, mansab-martabalarga intilmaydilar. Farzandlari ko’p bo’lishini istab, ularga yaxshi tarbiya beradilar. Mazkur muchaldagi ayollar quvnoq va hammaning havasi kelarli darajada baxtli oila barpo qila oladilar.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.