Press "Enter" to skip to content

Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni taklif etdi

Axbor Imomxo‘jayev

Ortda qolayotgan 2022 yil: O‘zbekiston va dunyo kimlarni yo‘qotdi?

O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova fevral oyida 85 yoshida vafot etdi.

U raqqosa va baletmeyster sifatida qator raqs va baletlar ijro etib, o‘ziga xos maktab yarata olgan.

To‘ti Yusupova

Ustoz san’atkor, o‘zbek teatr va kino san’atining yirik namoyandasi To‘ti Yusupova mart oyida 86 yoshida vafot etdi.

To‘ti Yusupova teatrdagi rollaridan tashqari, ko‘plab filmlarda turli obrazlarni yaratgan: «To‘langan qarz»da Zebi, «Qora mushuk»da Salima, «Abdullajon»da Xolida, «Ipak daraxti»da To‘ti, «Seni izlab»da ona, «Oyijon»da Buvijon, «Dilxiroj»da momo rollari shular jumlasidan. Aktrisa «O‘zbekfilm»da yuzdan ortiq badiiy filmlarga ovoz bergan.

Maryam Ixtiyorova

Teatr va kinoaktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova mart oyida 82 yoshida vafot etdi.

Maryam Ixtiyorova faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 100 dan ortiq spektakllarda rol o‘ynagan, bundan tashqari kino va televideniyeda ham sermahsul ijod qilgan.

Lutfilla Sa’dullayev

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10 aprel kuni 81 yoshida vafot etdi. O‘zbek kinotomoshabini uni «Bahor qaytmaydi» videofilmidagi Alimardon To‘rayev, «Odam bo‘lish qiyin»dagi Abdulla, «Shaytanat» serialidagi Qilich Sulaymonov, «Otalar so‘zi»dagi ishtiroki, shuningdek, «Osmondagi bolalar», «Fotima va Zuhra» va «Tsunami» kabi filmlaridagi rollari orqali eslab qolgan.

Ravshan Namozov

Xonanda o‘z faoliyatini 1989 yili tashkil etilgan «Qars» guruhida boshlagan. 1991 yildan buyon yakkaxon ijod qilgan xonanda 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

Davron G‘oipov

O‘zbek rok-pop qo‘shiqchisi Davron G‘oipov 1980 yilgacha «Yalla» guruhida gitarist sifatida ijod qilgan. 1981 yilda «Original» guruhiga asos solgan va tez orada mashhurlikka erishgan. U «Kerak emas shahlo ko‘zlaring», «Qaydasan», «Bu nima bu?», «Shoshmagin» singari yuzlab xit qo‘shiqlar yaratgan.

Jasur Rafiqov

Noyabr oyida sobiq «Ummon» guruhi xonandasi Jasur Rafiqov saraton kasali sabab vafot etdi.

Jamoatchilik faollari

Lola Murotova

O‘zbekiston qahramoni, Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova 40 yildan ortiq qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelgan. U may oyida 64 yoshida vafot etdi.

Axbor Imomxo‘jayev

Taniqli futbol sharhlovchisi, O‘zbekiston sport jurnalistlari otaxoni Axbor Imomxo‘jayev may oyida 86 yoshida olamdan o‘tdi. U umrining 60 yildan oshiq qismini o‘zbek futbol rivoji va o‘zbek sporti jurnalistikasiga bag‘ishlagan.

Umid Davlatov

Taniqli advokat Umid Davlatov sentabr oyida vafot etdi. U ko‘plab shov-shuvli sud ishlarida advokatlik qilgan. Xususan, bloger Otabek Sattoriyning advokati sifatida sudda uning huquqlarini himoya qilgan. Davlatov xorazmlik bloger va huquq faoli Nafosat Olloshukurova ishida ham advokat sifatida ishlagan.

Adabiyotchilar

Sharof Boshbekov

2022 yil boshida, 26 yanvar kuni taniqli dramaturg Sharof Boshbekov vafot etgandi.

Sharof Boshbekov yozuvchilik ijodini 1980 yilda «Taqdir eshigi» nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan «G» varianti» (1981), «G‘urur» (1982), «Jumboq» (1986) hikoyalari, «Tikansiz tipratikanlar», «Musiqa sayyorasi», «Tentak farishtalar», «Tushov uzgan tulporlar» (1983) dramasi, «Eshik qoqqan kim?» (1987), «Eski shahar gavroshlari» (1998), «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalari o‘zbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. «Temir xotin» komediyasi nafaqat respublikamiz, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qo‘yilgan.

Umarali Normatov

29 yanvar kuni adabiyotshunos olim, akademik Umarali Normatov vafot etdi.

Olim zamonaviy o‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek romanchiligi masalalari bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida tanilgan. Filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatovni nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyo davlatlari filologik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari ham murabbiy, taniqli adabiyotshunos olim sifatida e’tirof etgan.

Jamol Kamol

Shoir 1992 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan. U tarjima sohasida ham o‘chmas iz qoldirgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning olti kitobdan iborat «Masnaviyi ma’naviy» asarini, Shayx Fariduddin Attorning asarlarini, Abdurahmon Jomiyning g‘azallar kitobini, buyuk ingliz dramaturgi Uilyam Shekspirning o‘ndan ortiq asarlarini bevosita ingliz tilidan tarjima qilgan.

Fan sohasi vakillari

Rahim Hayitov

Asli samarqandlik taniqli immunolog Rahim Hayitov mart oyida 78 yoshida Moskvada vafot etdi. U Rossiya allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi prezidenti, JSST immunologiya bo‘yicha eksperti bo‘lib faoliyat yuritgan, OIVga qarshi rus vaksinasining ishlab chiquvchilaridan biri sifatida tanilgan.

Ibrohim Haqqul

Olim, adabiyotshunos Ibrohim Haqqul 74 yoshida vafot etdi. U 1972 yildan to vafotiga qadar Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritib kelgan.

Edvard Rtveladze

Fevral oyida 80 yoshida olamdan o‘tgan akademik Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yo‘lining eski va yangi marshrutlarini o‘rganib chiqqan. Jumladan, uning rahbarligida Tohariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampirtepada olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda ilk marta Kushonlar davriga oid qadimiy shahar xarobasi to‘liq ochilgan.

Bu yil vafot etgan dunyo mashhurlari

2022 yilda dunyoga taniqli bir qator shaxslar ham olamdan o‘tdi.

Yelizaveta II

Sentyabr oyida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi.

Yelizaveta II 70 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va yana 12 mustaqil davlatni boshqardi. U taxtga 1952 yil 6 fevralida, Uinston Cherchill bosh vazir ekanida chiqqan.

Mixail Gorbachyov

Avgust oyida sovet davlatining so‘nggi rahbari va KPSS markaziy qo‘mitasining so‘nggi bosh kotibi Mixail Gorbachyov vafot etdi.

Gorbachyov davrida Afg‘onistondagi o‘n yillik harbiy kampaniya yakunlandi, u yerdan sovet qo‘shinlari olib chiqildi. 1990 yilda Mixail Gorbachyov SSSRning birinchi prezidenti bo‘lib, bu lavozimni egallagan yagona siyosatchi sifatida tarixga kirdi. Xuddi shu yili u tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Sindzo Abe

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri, mamlakatni 2006-2007 va 2012-2020 yillarda boshqargan Sindzo Abe avgust oyida suiqasd sabab vafot etdi.

Yuriy Shatunov

Rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Yuriy Shatunov iyun oyida 48 yoshida vafot etdi. U 90-yillarning mashhur «Laskovyy may» guruhi solisti bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni taklif etdi

Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Marosimdan so‘ng davlat rahbarlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seul Toshkent bilan hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganini ta’kidladi va bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

“Biz O‘zbekiston bilan yelkama-yelka turib, global iqlim o‘zgarishlariga qarshi turishga, ‘aqlli’ shaharlar, fermalar, AKT va elektrik avtomobillar ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz. Kelayotgan yilda biz diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Umid qilamanki, yangi yilda biz birgalikda farovonlikning yangi sahifasini ochamiz”, — degan Mun Chje In.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Janubiy Koreya 15 yildan buyon strategik sherik ekanligini qayd etib, ochiqlik va o‘zaro ishonch ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘lib kelayotganini ta’kidlagan.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari to‘rtinchi bor uchrashmoqda. 2017-yil oktabrida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ldi. 2019-yil aprel oyida prezident Mun Chje Inning O‘zbekistonga javob tashrifi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida Alohida strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. 2021-yil yanvaridagi onlayn sammitda esa yetakchilar o‘zaro aloqalarni yanada faollashtirish bo‘yicha qator yangi va dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Koreyaga bu galgi tashrif faol muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti yaqin davrga mo‘ljallangan hamkorlikda uchta asosiy yo‘nalish: “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash masalalari kun tartibida turganini ta’kidladi. Istiqboldagi barcha qo‘shma loyihalar, dastur va harakatlar rejalarini shu asosiy ustuvorliklardan kelib chiqqan holda ishlab chiqish taklif etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning inson kapitali va tabiiy resurslari Janubiy Koreyaning istiqbolli texnologiyalari va bilimlari bilan birlashsa, jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yaxshi zamin yaratish mumkinligini alohida qayd etdi.

Shu munosabat bilan, davlat rahbari Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish fondini (EDPF) jalb qilgan holda Toshkent viloyatida yarimo‘tkazgich va elektronika ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston—Koreya klasterini tashkil etish taklifini bildirdi. Uning hududida fan-ta’lim muassasalari, ilg‘or texnologiyalar sohasidagi tadqiqot va ishlanmalar markazlarini joylashtirish mumkin bo‘ladi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Koreyaning raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, “aqlli” shaharlar, autsorsing, aloqaning yangi avlodi va internet-texnologiyalar borasidagi yutuqlaridan o‘z amaliyotida foydalanishdan manfaatdor.

O‘zbekiston prezidenti universitetlar o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini ta’kidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish, kelgusi yilda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.

Muzokaralar chog‘ida pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasi iqtisodiy o‘sish lokomotivlaridan bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining mehmonxonalar va infratuzilma obyektlari qurilishi bilan bog‘liq loyihalardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Foto: Prezident matbuot xizmati

2022-yilda mamlakatlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va koreys diasporasi O‘zbekistonda istiqomat qilishining 85 yilligini nishonlaydi. Davlat rahbari 2022-yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni, Toshkentda Koreyslar tarixi muzeyi hamda Koreys madaniyat va san’at uyi qoshida kutubxona tashkil etishni taklif etdi.

Shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

  • Seulda Alisher Navoiyga byust o‘rnatildi
  • Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Prezident 2022 yil nomini e’lon qildi

Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘llamoqda.

Unga ko‘ra, 2021 yil – Inson manfaatlari va mahhallani rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Xato topd I ngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar
AQSH maktabidagi otishmadan keyin Tramp o‘qituvchilarni qurollantirishni taklif qildi
15-04-2023, 13:41, Dunyo
Finlyandiya Rossiya bilan chegarada panjarali devor qurishni boshlaydi
15-04-2023, 11:35, Dunyo
O‘n yoshli bolaning miyasidan 15 donagacha qurt olib tashlandi
Bugun, 05:16, Dunyo
O‘zbekiston U20 jamoasining Ispaniya yig‘ini uchun kengaytirilgan tarkibi
16-04-2023, 04:48, Sport
Qarshida shatakka olib ketilayotgan Labo yonib ketdi
16-04-2023, 10:50, Jamiyat
Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi
15-04-2023, 18:43, Jamiyat
Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan geymerning 20 yildan keyingi qiyofasi qanday bo‘ladi?
15-04-2023, 21:42, Jamiyat
Futzal. Bugun O‘zbekiston MTJ Osiyoning eng kuchli jamoasi bilan o‘ynaydi
16-04-2023, 16:23, Sport
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident 2022 yil nomini e’lon qildi
So’nggi yangiliklar
O‘n yoshli bolaning miyasidan 15 donagacha qurt olib tashlandi
Bugun, 05:16, Dunyo
FIFA O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan jahon chempionati mezbonini e’lon qildi
Bugun, 05:12, Sport
Muborak oy ichiga yashirilgan marvarid
Bugun, 02:59, Jamiyat
Parrandachilik xo‘jaliklariga 35 million dollar yo‘naltiriladi
Bugun, 00:39, Iqtisodiyot
Qadr kechasining alomatlari
Bugun, 00:28, Jamiyat
Qadr kechasini munosib o‘tkazish uchun o‘n tavsiya
Bugun, 00:03, Jamiyat
Qozog‘iston fuqarolarining Ukrainadagi urushda ishtiroki bo‘yicha 10 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Kecha, 23:47, Dunyo
Shavkat Mirziyoyev muhim taqdimot bilan tanishdi
Kecha, 22:45, Iqtisodiyot
Pentagon maxfiy hujjatlarida Ukraina qarshi hujumining taxminiy sanasi ko‘rsatilgan
Kecha, 22:22, Dunyo
Vitaliy Levchenko: “E’tiborsizlik oqibatida ochko yo‘qotdik”
Kecha, 22:00, Sport
Ko’p o’qilganlar
Jang qilishni istamaganlar uchun Rossiyadan chiqish yopiladi
Kecha, 14:13, Dunyo
Samarqandlik san’atkor “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuviga chiqaman deb chuv tushdi
Kecha, 16:39, Jamiyat
Ukraina: «Baxmut va Marinka – jangovar harakatlar markazida»
Kecha, 13:06, Dunyo
Saakashvilining onasi: «O‘g‘lim skeletga aylandi»
Kecha, 17:23, Dunyo
O‘FA U-20 terma jamoamiz a’zosi Shahriyor Jabborov bo‘yicha ma’lumot berdi
Kecha, 19:48, Sport
Ro‘ziqul Berdiyev: “Ergashev bizning o‘yinchilarga qiliq ko‘rsatdi”
Kecha, 21:46, Sport
O‘zbekiston bo‘yicha 18 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti
Kecha, 15:05, O‘zbekiston
Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida ikki amaldor qo‘lga tushdi
Kecha, 12:24, Jamiyat
Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishadi
Kecha, 14:43, Jamiyat
Pentagon maxfiy hujjatlarida Ukraina qarshi hujumining taxminiy sanasi ko‘rsatilgan
Kecha, 22:22, Dunyo

Jamiyat yangiliklari

Bugun, 02:59
Bugun, 00:28
Bugun, 00:03
Kecha, 20:38
Kecha, 19:23
Kecha, 18:24
Kecha, 17:43
Kecha, 16:39
Sayt haqida

© 2014-2023 «Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: [email protected]

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bizning nashriyot

  • Biz haqimizda
  • Reklama joylash
  • Biz bilan bog‘lanish
  • Ma’lumotlardan foydalanish
  • Ishga taklif etamiz

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.