Press "Enter" to skip to content

2. qanday hunarmandchilik sohalari bor

keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Masalan, AQShdan

Tarix iplari, oltin urf-odatlar: Qadimiy Buxoroda hunarmandchilik bayrami

978 Ehtimol, chet ellik kishiga O‘zbekistonda madaniyat va san’at festivallari haddan tashqari ko‘p bo‘lib tuyulishi mumkin. Ayniqsa, bahor oylari bunday tadbirlarga boy. Har bir festivalga katta miqdordagi mablag‘ sarflanadi, ishtirokchilar soni esa yuzlarcha bo‘ladi. Bu fikr noto‘g‘ri. Birinchidan, bayram hech qachon ko‘plik qilmaydi. Ikkinchidan, har bir hudud o‘zigagina xos an’analari, tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ega: U Xorazmmi, Farg‘ona vodiysimi, Surxondaryo vohasimi yoki ertaknamo Buxoromi, har bir zamin o‘z bag‘rida dunyoga namoyish etishga munosib boyliklarini saqlaydi. 21-25-may kunlari Buxoroda 1-Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir birinchi marta bo‘lib o‘tayotganligiga qaramay, juda ko‘p mehmonlar va ishtirokchilarni to‘play oldi. Festival O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 29-avgustdagi tegishli qarori bilan tashkillashtirilgan bo‘lib, Ipak yo‘lidagi eng qadimiy san’at va madaniyat markazlaridan birining hunarmandchilik an’analarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Festival O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Respublika “Hunarmand”uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi, u xorijlik mehmonlar orasida mashhurlikka erishgan Silk and Spices (Ipak va ziravorlar) festivali bilan almashinib, har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Yaqinda mazkur festivalning faxriy mehmoni va hakamlar hay’ati a’zosi, Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Kaddumiy Buxoro “Hunarmandlar shahri” nufuzli unvoniga sazovor bo‘lganini ma’lum qildi. Bunday maqomni respublikada birinchi bo‘lib Qo‘qon shahri olgan edi. Bu esa shunday keng ko‘lamli va qiziqarli voqealarga boy tadbirning o‘tkazilishiga asosiy sabab bo‘ldi. Ma’lumki, Buxoro zardo‘zlik san’atining poytaxti bo‘lib, buxorolik hunarmand ayollarning yaratgan asarlari milliy brend hisoblanadi. ( Mashhur yulduzlarga zarrin naqshli durdonalar beriladi: masalan, Ronalduning buxorocha zarbof chopondagi mashhur suratlarini eslang). Buxoro butun tarixi davomida hunarmandlar shahri bo‘lgan: har bir mahallada tor doiradagi mutaxassislar o‘rnashib, asrlar davomida ma’lum uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasaganlar, ajdodlar an’analarini saqlagan holda, savdo aloqalarini rivojlantirganlar. Shunday qilib, zargarlar, zardo‘zlar va kashtado‘zlarning avlodlari o‘z shahrini dunyoga tanitdilar. Bugungi kunda Buxoro faqatgina har qanday sayyohlik marshrutining markaziy nuqtasigina emas. Chet elliklar bu yerga kelib, bir necha haftaga, baʼzan esa osoyishtalik aurasi va buyuk shaharning qadimiy devorlari nafasiga maftun boʻlib, bir umrga qolib ketishadi. Keksalar aytadilar: biz millatga bo‘lingan emasmiz, hammamiz buxoriymiz. Axir, bu ham tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan axborot texnologiyalari va kosmik turizm olamida davom etayotgan an’anadir. Eski shaharda u yer-bu yerda rus, o‘zbek, fransuz, nemis tillari aralashgan tojik tilidagi nutqni eshitish mumkin. Buxoro yahudiylarining tarixiy mahallasida eski ibodatxona bor, u yerga Isroildan mehmonlar va ko‘plab sayyohlar kelishadi. Do‘konlarda siz dunyoning ko‘plab tillaridagi kitoblarni topishingiz mumkin. Festivalga hatto Laos va Janubiy Amerikadan ham hunarmandlar kelishdi! “Mana, men ko‘rgan eng ochiqko‘ngil va mehribon odamlar!”, – deydi avstraliyalik mehmon Enn Dileyni. “Men oilaviy mehmon uyida yashayman, xonadon egalari bilan umumiy stolda ovqatlanaman va juda ko‘p his-tuyg’ularga egaman! Buxoro madaniyatini bir-ikki kunda o‘rganib, anglab bo‘lmaydi. Men uzoqroq qolishga qaror qildim, ayniqsa festivalda har kuni qiziqarli, iqtidorli odamlar bilan uchrashaman va ko‘plab yangi narsalarni kashf qilaman”. Bu yil festivalda dunyoning 58 davlatidan 221 nafar xorijlik ishtirokchi, shuningdek, O‘zbekiston hududlaridan bundan kam bo‘lmagan vakillar –artistlar, hunarmandlar va san’at namoyandalari ishtirok etdilar. Tadbirni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 200 dan ortiq xodimlari yoritdi. Festivalning birinchi kuni ishtirokchilarning rang-barang va tantanali paradi bilan boshlandi. Ark qal’asi yaqinida ustalarning asarlari aks ettirilgan chodirlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular orasida noyob mahsulotlar, jumladan Falastin, Marokash, Shvetsiya, Rossiya va Avstraliya kabi mamlakatlarning mahsulotlari namoyish etildi. Nafaqat chodirlar soni – 500 ta! – hayratga soldi, balki o‘zlari bilan 20 kg kumush va 10 kg oltin buyumlar olib kelgan ishtirokchilarning geografiyasi ham kata taassurot qoldirdi. Bu xilma-xillikka talab katta bo‘lgani ajablanarli emas: joriy yilda O‘zbekiston shaharlariga sayyohlar oqimi “pandemiyadan oldingi” davrga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Buxoroning tarixiy markazida tom ma’noda har bir burchakda, karnay va doira sadolari ostida, olomonning g‘ala-g‘ovurida qo‘yilayotgan jarangdor folklor tomoshalar oralig‘ida ustalar bilan suhbatlashamiz. Samarqandlik zargar Suxrob Ahramov eski o‘zbek zargarlik buyumlaridan nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanadi. Sharq uslubi birinchi navbatda chet elliklarni o‘ziga jalb qiladi. –“ Bizning XVIII-XIX asrlarga xos anʼanaviy mahsulotlarimiz butun dunyoga mashhur. Endi ular asosan to‘y uchun marosim libosining bir qismi sifatida kiyiladi, chet ellik mehmonlarda esa hech qanday to‘siq yo‘q – ular ushbu buyumlardan har kuni foydalanishlari mumkin. Qadimgi namunalarda shisha va marjon ishlatilgan, zamonaviylarini esa biz tabiiy toshlardan yasaymiz. Mana, chakka bezagi – gajak, biz uni sirg‘alar formatida takrorladik”. Men oval shaklidagi asl sirg‘alarga e’tibor beraman, ularning markazida marvariddagi Eron miniatyurasining kichkina nusxasi tushirilgan. Asl, nihoyatda nozik ishni ota kasbining davomchisiga aylangan Suxrobning o‘g‘li bajargan. Jizzaxlik hunarmand Gavhar Asanaqulova besh yoshidan boshlab kashtachilik bilan shug‘ullanadi. U ko‘rgazmaga an’anaviy zardo‘zlik turlari – kashta, iroqi va boshqa juda qadimiy kashtachilik turlaridan iborat buyumlarni olib keldi. –“Ota-bobolarimiz kashtachilik, gilamdo‘zlik bilan shug‘ullangan. Kasbim gidrotexnik-muhandis bo‘lsam-da, nafaqaga chiqqanimdan so‘ng “Hunarmandlar” uyushmasiga a’zo bo‘lib, yetti yildan buyon an’anaviy kashtachilik va uni ommalashtirish bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Bizning hududda biz, masalan, Toshkentdagi kabi, ilgak bilan to‘qib emas, igna bilan kashta tikamiz. Mana eski paranji va jelak bosh (boshdagi xalat), mana bu esa lola gullari bilan bezatilgan Jizzax do‘ppisi”. Gavhar opa nafaqat o‘zining ajoyib dizayndagi kashtali buyumlarini sotadi, balki bu jarayon qanday amalga oshirilishini ham ko‘rsatadi. Interaktivlik Festivalning ajoyib xususiyatlaridan biridir. Mehmonlar taomlarni tatib ko‘rishadi, raqsga tushishadi, milliy liboslarni kiyib ko‘rishadi hamda unutilmas tarixiy joylarda suratga tushib, mahorat darslarida noyob bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Rassomlar 9 kun ichida “Buxoro – plener-2022” loyihasi doirasida Eski shaharning diqqatga sazovor joylariga bagʻishlangan 40 ga yaqin kartinalarni chizishadi. Festival doirasida san’atshunos va amaliyotchilar uchun “Kashtachilik san’ati tarixi – dizayn va innovatsion yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayevning ta’kidlashicha, zargarlik va zardo‘zlik san’ati festivali hunarmandchilikni ham, hunarmandlarning o‘zini ham ommalashtirishga kuchli turtki beradi. – “Okean ortida ham hunarmandlarimiz qadrlanadi va kutiladi: masalan, AQShning Texas shtati Santafe shahrida har yili ko‘pchiligi buxorolik bo‘lgan O‘zbekistonlik hunarmandlar xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi. Zardo‘zlik va boshqa mahsulotlarimizning asl shakli yuqori baholanadi, ularga talab kuchli. Biz an’anaviylikni zamonaviylik bilan uyg‘lashtirishga, qadimiy hunarmandchilikka yangi hayot bag‘ishlashga harakat qilamiz. Badiiy hunarmandchilikni ommalashtirish qadimiy hunarmandchilikni to‘liq mexanizatsiyalashdan asrash yo‘llaridan biri bo‘lib, milliy o‘zlikni, an’analar ruhini asrab-avaylash demakdir”. Buxoro shahrining qoq markazidagi Ko‘kaldosh madrasasi hovlisida bo‘lib o‘tgan “Buxoro moda kunlari” dizayn ko‘rgazmasi an’anaviy estetikaning zamonaviy shakllarda gavdalanishini yaqqol namoyon etdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan iqtidorli modelyerlar ishtirok etdilar. Ular o‘z kolleksiyalarida zardo‘zlik, so‘zana, jun namat va boshqa an’anaviy texnikalarni jasorat bilan talqin qilib, ajoyib yorqinlik, uy‘unlik va rangdagi buyumlarni yaratdilar, ularda har qanday millat ayoli zamonaviy va muhtasham ko‘rinishi tabiiy. Buxoroda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nishonjon Otamurodovning an’anaviy musiqa uy-muzeyi, Davlat Toshev nomidagi iqtidorli bolalar uchun “Usto-Shogird” san’at maktabi kabi ajoyib kamera maydonlariga tashrif buyurish mumkin. Ustozni ulug‘lash, o‘z mahoratini yosh avlodga yetkazish “Yangi O‘zbekiston”da e’zozlanayotgan muqaddas an’analardan biridir. O‘tmish sohiblarining shon-shuhratini asrab-avaylash va yuksaltirish respublika miqyosidagi vazifa bo‘lib, u ko‘z o‘ngimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Sayyohlar uchun bunday “qo‘riqlangan” joylar tirik tarix orollari va an’anaga tom ma’noda – mo‘yqalam, torlar bilan teginish imkoniyatidir . Bayram yakunida, Ark qal’asi devorlari ostida raqs ansambllari, xonandalar va taniqli estrada ijrochilari ishtirokidagi muhtasham gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar Buxoro diyori tarixi, uning buyuk shaxslari – Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Al-Forobiy, ulug‘ kuylari – mavrigi va shashmaqomlari bilan chuqur tanishdilar. Konsert doirasida g‘oliblar – zargarlik va zardo‘zlik ustalari, eng yaxshi hunarmandchilik ustaxonalari taqdirlandi. Konsert davomida tomoshabinlarga milliy taomlar tortildi va hududiy naqshli do‘ppilar tarqatildi. Kecha so‘ngida esa Eski shaharni chaqmoqdek salyutlar jilosi yoritib yubordi. Festivalning xorijlik mehmonlarda qanday zavq-shavq uyg‘otganini ta’riflash ortiqcha bo‘lsa kerak. Ranglar va urf-odatlarning boyligi, muloqotning iliqligi, mazali taomlar va Ipak yoʻli meʼmoriy durdonalari orasidagi hayot – bu Buxorodagi diqqatga sazovor joylarning toʻliq roʻyxati emas. Bugun ham Buxoro qadimiylik, buyuk tarix va ma’rifat ruhi bilan nafas olmoqda, ayni paytda ko‘plab mehmonlarning qulay dam olishi uchun barcha zarur infratuzilmalar mavjud. Sayyohlarga ajoyib mehmonxonalar va mehmon uylari, restoranlar, kafelar, bankomatlar, servis xizmatlari va rivojlangan transport taklif etiladi. Festival kunlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro-Toshkent va Farg‘ona-Buxoro-Farg‘ona yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yildi. Baribir, Buxoroning asosiy boyligi uning qo‘li gul odamlaridir. Ustalarning har biri alohida hikoyaga, shaxsiy ko‘rgazmaga va samimiy minnatdorchilikka loyiqdir. Ularning har biri o‘z mahorati, mehmondo‘stligi, o‘z san’atining nurini atrofidagilarga taratadi va o‘z ona yurtiga muhabbatini abadiy singdiradi. Festival va bu to‘rt kunlik sarguzashtlar yakuniga ko‘ra, men kutilmagan kashfiyotga duch keldim: nega endi tirik tarix bilan hamnafas bo‘lish foydasiga poytaxt hayotining ritmini qurbon qilib, Buxoroga ko‘chib o‘tmasligim kerak? Mariya Maksimycheva

Hunarmandchilik

mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.

Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi

davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar

doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik,

duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik,

tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik,

tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga

qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda kulolchilik, jun va

teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda

yogʻochsozlikgmaʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo

boʻylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat

taqsimoti bilan aloqador holda Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2)

buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik 3) bozor uchun mahsulot

tayyorlaydigan hunarmandchilik. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda

hunarmandchilikning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. Hunarmandchilikning bu turi natural

xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik

mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal

oʻsishi bilan uzviy bogʻliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar

ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga

keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar.

Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan ( 20-asrning boshlarida

Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan).

Ayrim mahalla, kvartal, shahar, oʻlkalar hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat

Hunarmandchilik tovar — pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari

tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʻarilishi tufayli

kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va fabrikalar vujudga keldi,

bu korxonalarda kambagʻallashgan hunarmandlar yo’llanib ishlay boshladi. Natijada

hunarmandchilikning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi.

Hunarmandchilik Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshdi (toʻqish

dastgohlari takomillashdi, 14-asr oʻrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʻlishi

metallurgiyapa jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. 14—15-asrlarda oʻq otar qurollar ishlab chiqarila

boshlandi). Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari H.ning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi,

hunarmandchilikning koʻpgina sohalari tush-kunlikka uchradi. Sanoat toʻntarishi oqibatida tez va

arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan fabrika, zavod mahsulotlari hunarmandchilik

mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.

Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan

hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, oʻymakorlik va

boshqalar) saqlanib qoldi.

20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyilishi bilan

hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. 20-asr

davomida va 21-asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab chiqarish qaror topgan boʻlsa-da,

hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. Hunarmandchilikning bozorda segmenti kichik

boʻlganidan yirik ishlab chiqarish egallay olmaydigan, talab individuallashgan oʻz oʻrni bor. Mini

texnologiyaning paydo boʻlishi hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab

chiqarish imkonini beradi. Bunga milliy ustboshlar, milliy cholgʻu asboblari, mayda asbob-

uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni kiritish mumkin. Hozirgi

hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat.

Oʻzbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmogʻi

hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va toʻqimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi

Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar). Miloddan avvalgi 2-asrdan

boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yoʻli muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida poʻlat,

Oʻrta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qogʻoz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda

paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato toʻqiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va Oʻrta

Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi.

9—10-asrlarda Oʻrta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo boʻldi. Ip mato, gilam

(Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarogʻ-aslaha, pichoq tayyorlash (Fargʻona),

shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. 13-asrda moʻgʻullar bosqini

hunarmandchilik rivojiga zarba berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi hunarmandchilik

rivojiga juda katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Oʻrta Osiyoda hunarmandchilikning barcha turlari 20-asrning 20-yillarigacha saqlandi. Buxoro,

Samarqand, Qoʻqon, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosa-batlarida

hunarmandlik katta rol oʻynadi (19-asrning 60-yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi rivoj

topgan, shahardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 doʻkoni boʻlgan, 80-yillarda shaharda 2528

xoʻjalik hunarmandchilik bilan shugʻullangan).

Oʻzbekistondagi huanrmandchilik chuqur ixtisoslashgan boʻlib, oʻzida xilma-xil kasbkorlarni

birlashtirgan. Masalan,terini qayta ishlash sohasida koʻnchilar, etikdoʻzlar, maxsidoʻzlar,

kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, poʻstinchilar, kamarchilar, toʻqimachilik sohasida

boʻzchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar,

taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar boʻlgan. Bular hunarmandchilikning

tarmoq strukturasini belgilangan.

Sharqdagi musulmon ustaxonalarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan

ayollar uyda oʻtirib shugʻullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va

shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud boʻlgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning

nizomi sifatidagi “Risolalar” belgilab bergan. Har bir kasbning oʻz rahnamosi, yaʼni piri va “Risolasi”

boʻlgan, avloddan-avlodga oʻtuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish

boshlashdan oldin usta oʻz pirini yodga olib undan madad soʻrash, shogirdiga fotiha berish kabi

odatlarga amal qilingan.

Oʻzbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, hunarmandchilik metropoliya sanoatining

raqobatiga duch kelib, oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotgan boʻlishiga qaramay, uning koʻp

tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunonchi, kiyim-

kechak, idish-tovoq, turli uy-roʻzgʻor buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy

bozorga yetkazib berdi. Hunarmandchilikning yashovchanligini taʼminlashda chet eldan

keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Masalan, AQShdan

keltirilgan teri boʻyogʻidan foydalanib koʻnchilar amirkon deb nomlangan yupqa charm ishlab

chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va kovushlar paydo boʻldi.

Germaniyadan “Zinger” firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng

20-asrning 20-yillarida shoʻrolar hokimiyati qaror topishi bilan hunarmandlarning asosiy qismi

dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi.

Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan

mahsulotlar doʻkonlar va matbubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan boʻldi. Isteʼdodli

hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak sanʼati rivojlantirildi (masalan, 30-

yillarda Toshkentda oʻquv ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda

taʼlim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 yilda Qoʻqonda yogʻoch

oʻymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi).

Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi,

xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat

korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-

mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi.

Hunarmandchilik faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi.

Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi

mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning

Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va

hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy sanʼati va

hunarmandlari ustalarining “Usto” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika

birinchi Prezidenti 1997 yil 31 martidagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada

rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va

boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning

unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab

Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar.

Ular maxsus tashkilot — “Hunarmand” Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik

subʼyektlari Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili

oʻtkaziladigan “Tashabbus” respublika koʻrik-tanlo-vida ishtirok etadilar. 1996—2005 yillar

mobaynida 10 nafar hunarmand xalq hunarmandchiligida erishgan yutuqlari uchun “Tashabbus”

tanlovining gʻolibi deb topildi.

Soʻnggi tahrir 2 oylar avval 188.113.201.180 tomonidan amalga oshirildi

Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Hayotga qaytayotgan qadimiy meros: O‘zbekistonda hunarmandchilik rivojlanyaptimi?

Ma’lumki yurtimizda hunarmandchilik qadimdan taraqqiy topgan, turli bejirim buyumlar yaratish, kundalik hayotda asqatadigan jihozlar tayyorlash, shu orqali o‘z mehnati bilan odamlarga naf keltirish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yo‘nalishlari 25tadan 34taga yetdi. Hozirda ular ichki va tashqi bozor uchun mahsulotlar ishlab chiqarishmoqda. Bu mahsulotlar o‘zining sifati, badiiy jihatdan yuksakligi, tabiiyligi va milliy o‘zligimiz, tarixiy an’analarimizni o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan ham ahamiyatlidir.

Jahon bilan hamnafas

Hozirgi kunda hunarmandchilik mahsulotlarini chetga eksport qilish va hunarmandlar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida 2018 yilda dunyoning 20dan ortiq davlatida (Germaniya, Shveytsariya, Rossiya, Italiya, Angliya, Koreya, Malayziya, Ozarboyjon, Latviya, Finlyandiya, Hindiston, Fransiya, Gretsiya, Turkmaniston, Eron, AQSh, Ukraina, Turkiya, Xitoy, Ispaniya) 113ta ko‘rgazma va yarmarka o‘tishi rejalashtirilgan.

PF-3393 – sonli Qarorning 5-bandida O‘z.SSP, “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik mahsulotlarini uzoqdagi tuman (shahar)lardan sotib olish va kelgusida yirik shaharlarda sotish hamda eksport qilish uchun “Hunarmand” uyushmasi huzurida savdo-xarid korxonalari tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

Uyushma ta’sischiligida “Sraft and art” MChJ tashkil etilgan bo‘lib, mazkur korxona kelgusida Respublikaning turistik obektlari, diqqatga sazovor joylari, hududlardagi hunarmandchilik markazlarida hamda bir qator bozorlarda “Art salon”lar ya’ni amaliy va tasviriy san’at asarlarining savdo xarid ishlari bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar tashkil qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari korxona chet el vakolatxonalari, galereyalar va turistik firmalar bilan hamkorlikda ish olib borish, chet ellarda o‘z filiallarini ochish huquqiga xam egadir.

Yangi nizom

Shuningdek, bir qator tashkilot va vazirliklar bilan hamkorlikda “Xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov, yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlarini olib chiqishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqish belgilangan.

Nizomda qiymati 5000 AQSh dollarigacha bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlari “Hunarmand” uyushmasi Badiiy Kengashi xulosasi va Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasining tegishli sertifikati asosida hech qanday bojxona deklaratsiyalari va yuk xati rasmiylashtirmasdan olib chiqilishi belgilandi. Mahsulotlarning qiymatini aniqlash hamda ko‘rgazma haqida ma’lumotlar berish Badiiy Kengash zimmasiga yuklatildi hamda Kengash xulosasi yuk xati sifatida qabul qilindi. Endilikda xorijga chiqmoqchi bo‘lgan hunarmandlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Hunarmand” uyushmasiga murojaat qilib, Uyushmaning o‘zida Badiiy Kengash xulosasi va Badiiy ekspertiza sertifikatini rasmiylashtirib bojxona organiga taqdim etilishiga tayyor hujjatlar bilan boradi.

Uyushma faoliyatiga nazar

Bugungi kunda “Hunarmand” uyushmasining respublika hududlarida 13ta viloyat boshqarmasi va 92ta bo‘limlari mavjud bo‘lib, uyushma a’zolari soni 20 761 nafarni tashkil etadi. 3735 nafar hunarmandlarga imtiyozli kreditlar olib berishga ko‘maklashildi. 2017 yil dekabr holatiga uyushma a’zolari soni 10 247 nafar bo‘lib, 2018 yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida 10000dan ortiq hunarmandlar uyushmaga a’zo qilindi.

2017 yilda hududiy bo‘linmalarda 1326ta “Usta-shogird” maktablari tashkil etildi, unda 3846 nafar yoshlarga hunar o‘rgatildi. 2018 yilning birinchi choragida usta-shogird maktablari soni 2000taga ko‘paydi. Shogirdlar soni esa 7356 nafarni tashkil etdi.

Farg‘onada milliy matolar to‘qilishining yo‘lga qo‘yilishi (Rasuljon Mirzahmedov tashabbusi bilan), Oqdaryo tumanida yog‘och o‘ymakorligi maktabining shakllanishi va rivojlanishi, O‘zbekiston xalq ustasi xattot Salimjon Badalboyev tomonidan yosh yigit qizlarga xattotlik sir asrorlari bo‘yicha, o‘rda hunarmandlar markazida gilamchilik, kashtado‘zlik, kulolchilik sir-asrorlari bo‘yicha kasb hunar o‘rganib kelishmoqda.

Usta-shogirdlar qonun himoyasida

Bugungi kunda uyushma tomonidan usta-shogird maktablari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Usta hunarmand va shogird o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ishlab chiqildi. Endilikda usta va shogird o‘rtasidagi munosabatlar qonuniy kuchga kiradi.

Uyushmaning barcha hududiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida mehnatga layoqatli va hunar egallash istagini bildirgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish hamda doimiy yangilab borish ishlari olib borilmoqda.

Xattotchilik san’atiga e’tibor

Uyushma tashabbusi bilan joriy yilning 1–3 fevral kunlari poytaxtimizdagi “Yoshlar Ijod saroyi” binosida “Hikmatlar olami” deb nomlangan I Respublika xattotlik festivali o‘tkazildi.

Mazkur festival doirasida 100 nafarga yaqin xattotlar va hunarmandlarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda “Eng mohir xattot”, “Yangi yozuv turini yaratgan eng mohir xattot”, Amaliy san’at asarlarida xattotlik namunalaridan foydalangan eng mohir hunarmand”, “Eng yosh xattot”, “Nasx xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Nasta’liq xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Suls xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Devoniy xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Xattotlik bo‘yicha eng mohir ustoz” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va ularga uyushmaning maxsus sertifikatlari va diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Hayotga qaytayotgan qadimiy meros

Marg‘ilonlik hunarmandlarimiz eng qadimgi matolarimizdan Banoras va adraslarni unutilib ketgan Kudin usulida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Buyuk sohibqiron Amir Temur davridagi sipohlarning tagiga to‘shalgan gilam Farg‘onalik hunarmandlar tomonidan qayta tiklandi. Bundan 100 yil ilgari ipakdan to‘qiladigan G‘ajari bo‘g‘jama Boysun hunarmandlari tomonidan qayta tiklandi.

Samarqand viloyati “Hunarmand” boshqarmasi a’zosi Xolmamat Ismatillayev tomonidan o‘rta asrlarda ishlatilgan bir tomonida pilik uchun cho‘zinchoq burunchasi bo‘lgan yog‘ chiroqlar ( Qora chiroqlar) va o‘sha davrda ishlatilgan siyohdonlar qayta yaratildi. Qadimiy uslubda ishlangan suv qaynatish uchun samovar nusxasi samarqandlik usta-misgar Mehriddin Xaitov tomonidan qayta tiklandi.

Usta-hunarmand Sharif Azimov II- III asrlarda yo‘qolib ketgan Kushon davlati davrida yaratilgan kulolchilik mahsulotlarini qayta tikladi. Bu mahsulotlarga oyog‘i uzun qadahlar, turli shakldagi va hajmdagi kosalar va ko‘zalar kiradi. Bu mahsulotlarning asl nusxalari Surxondaryo viloyati hududidagi Kushon va Afrosiyob xarobalarida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan hamda Respublika muzeylarida saqlanmoqda. O‘rganish ishlarini olib borgan Sharif Azimov Kushon podsholigi davriga xos 40ga yaqin asarlar yaratdi va u bu kulolchilik asarlarini yaratish vaqtida ularga rang va bezak berish usullarini ham tikladi.

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 1925-1952 yillar davrida faoliyat yuritgan 1952 yildan boshlab unutilib ketgan chitgarlik hunari (Solijon ota Axmadaliyevlar oilasi asos solgan) qayta tiklandi, Xiva tumanidan gilam to‘quvchi hunarmand Madrim Matkarimov va bir guruh xivalik hunarmandlar tomonidan iste’dodli rassom Begzod qalamiga mansub bo‘lgan tasvir aks ettirilgan gilam qayta tiklandi. Ushbu dizayn XV asr miniatyurasidan olingan bo‘lib, she’riyat va tarixiy kitoblarning nusxalariga bezak berish uchun ishlatilgan, bizning dizaynlarimiz tomonidan bir qanchasi 500 yil ichida birinchi marta qayta jonlantirildi.

Sohibqiron Amir Temur davridagi badiiy asarlarga chizilgan miniatyura asarlari qayta tiklanib 30dan ortiq turdagi xalq amaliy san’ati asarlari poytaxtdagi Amir Temur muzeyiga sovg‘a qilindi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.