Press "Enter" to skip to content

2 Jahon urushi yillarida o’zbek sanoati va qishloq xo’jaligi

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida qishloq xo‘jalik muammolari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi Sergiy Zorya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni tavsifladi.

Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushida ko’rsatgan yuksak jasorati.

Ikkinchi jahon urushi: ajdodlar jasorati va matonati raqamlarda.

11.05.2020 ~ 12.04.2023

Buyuk gʻalabaning 75 yilligi.

1941 – 1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekistonlik jangchilar ham tarifga sigʻmas qahramonligini namoyon etgan.

Oʻzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda ham nimaiki zarur boʻlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamgʻarmasiga 649,9 mln. soʻm naqd pul, 4 mlrd. 226 mln. soʻm zayom puli, 52,9 kg. oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 ta gimnastyorka, 2 636 700 ta paxtalik, 2 221 200 ta etik va qoʻnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 soʻmlik mahsulot joʻnatilgan. Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent toʻqimachilik kombinati front uchun 410 mln metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, koʻp miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari joʻnatildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna gʻalla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va hoʻl mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941-yilning ikkinchi yarmida 59 mingta ot frontga olib ketildi.

Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani jangchilarga yordam qoʻllarini choʻzishdi. Masalan, 1942-yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qoʻlqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 poʻstin, 18,5 ming litr vino va quruq mevalar olindi. 1943-yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bugʻdoy, 5496 kilo yorma bugʻdoy, 1160 kilo guruch, 418 qoʻy, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpogʻistondan 224916 soʻm naqd pul, 21614 kilo bugʻdoy, 5819 kilo goʻsht, 3700 kilo guruch joʻnatildi.

Qoraqalpogʻistondagi Moʻynoq baliq kombinatidan 20 mln.banka goʻsht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942-yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yogʻ, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943-yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 mln. soʻm naqd pul, 330 tonna goʻsht va yogʻ, 530 tonna bugʻdoy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.

Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga joʻnatib turganlar.

Ikkinchi Jahon urushining toʻrt yili davomida Oʻzbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna gʻalla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va hoʻl meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna goʻsht, 5 286 000 dona teri topshirgani maʼlum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida Oʻzbekiston aholisi mudofaa jamgʻarmasiga jami 649 900 000 soʻm naqd pul oʻtkazib bergan.

Shuningdek, Oʻzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldaviya va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʻamxoʻrlik namunalarini koʻrsatdi. Jang boʻlayotgan hududlardan koʻchirilgan bir million shaxs boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Minglab yetim bolalarni oʻzbek oilalari oʻz qaramogʻiga oldilar, farzandlaridan kam koʻrmay tarbiyaladilar. Oʻzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. 113 ta harbiy kasalxona-gospitalni ham otaliqqa oldi.

Fashistlarning tor-mor qilinishida Oʻzbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yoʻnaltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 million mina, 560 000 snaryad, 2 million 318 ming aviatsiya bombasi, 1 million dona granata, 100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostansiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milliondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom oʻrnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 koʻchma oshxona olib ketildi.

Oʻzbekiston 1943-yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida Oʻzbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944-yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qoʻy joʻnatildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu-qishloqlarga Qoraqalpogʻistondan 45 800 000 bosh qoramol va qoʻy yuborildi.

Toshkent temiryoʻlchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yuborishdi. Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xoʻjalik texnikasini joʻnatilgan.

1943-yil avgust oyida dushmandan ozod qilingan joylarga respublikadan 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar toʻldirilgan 374 vagon joʻnatildi. 12-oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovgʻalar bilan birga 300 tonna gʻalla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi.

Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna gʻalla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika boʻyicha 300 tonna gʻalla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming soʻm naqd pul, yuk mashinasi, telefon stansiyasi joʻnatildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol oʻlkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan joʻnatildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qoʻy va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944-yili 100 000 kitob sovgʻa qilingan edi.

1943–44 yillarda ozod qilingan yerlarga Oʻzbekistondan 13 000 dan ortiq temiryoʻl mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yoʻl oldi. Oʻzbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan koʻchirib keltirilgan oʻnlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminladi.

Oʻzbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, Respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda Oʻzbeklar salmoqli oʻrinni egalladilar. Oʻsha harbiy qismlardan tashqari oʻn minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi.

Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining oʻzidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Oʻzbeklar Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ham ishtirok etishgan, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar.

Shu tariqa Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini toʻrtga boʻlib, bittasini oʻziga, qolganini bevosita frontga, soʻng respublikaga koʻchirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi.Ayni paytda bir milliondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok boʻldi va jarohatlandi.

Bevosita janglarda 27 mln.kishining yostigʻi qurigan, boshqa talafotlarni ham qoʻshganda 30 mln. kishi nobud boʻlgan Ikkinchi jahon urushi Oʻzbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim boʻlib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dogʻida qaygʻu-alam bilan bu dunyodan koʻz yumdilar.

Bu maʼlumotlar botir jangchilar, sabrli Oʻzbek xalqi Ikkinchi jahon urushida yuksak jasorat koʻrsatganligidan dalolat beradi.

Hamid Ziyoyev. II jahon urushi va o‘zbeklar

Garchand chor hukumati ag‘darilgan bo‘lsa-da, lekin uning mustamlakachilik siyosati va milliy zulmi sho‘ro davlati tomonidan izchillik bilan davom ettirildi. Chorizm davridagi haq-huquqsizlik, adolatsizlik, qirg‘in-barot va milliy boyliklarning talanishi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Tarixda ko‘rilmagan bunday fojialarning barchasi saltanatparastlik va kommunistik g‘oyaning mahsuli edi, xolos. XX asr 30-yillarida Olmoniyada hokimiyatni egallagan fashistlarning g‘oyasi ham ulug‘millatchilik va saltanatparastlik asosiga qurilgan edi. Ularning irqchilik nazariyasi insoniyat boshiga ne-ne qirg‘in-barotlarni keltirmadi, deysiz.
Fashistlar 1939 yilda Ikkinchi jahon urushini boshlab yubordilar. 1941 yil 22 iyunda esa sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qildilar.
Ushbu urush bir xalq va bir mamlakatning boshiga tushgan ofat bo‘lmay, umumjahon hayoti va kelajagini barbod etuvchi dahshatli hodisa edi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning bu urushdagi ishtiroki qanday bo‘lgan, degan savol tug‘ilishi tabiiydir.
O‘zbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini ta’minlashda oldingi saflarda turib, nimaiki zarur bo‘lsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamg‘armasiga 649,9 milyon so‘m naqd pul, 4 milliard 226 milyon so‘m zayom puli, 52,9 kilo oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 gimnastyorka, 2 636 700 paxtalik, 2 221 200 etik va qo‘njli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 so‘mlik mahsulot jo‘natilgan.
Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent to‘qimachilik kombinati front uchun 410 milyon metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna g‘alla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va ho‘l mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941 yilning ikkinchi yarmida 59 ming bosh ot frontga olib ketildi. Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani hamda ayrim shaxslar jangchilarga yordam qo‘llarini cho‘zdilar. Masalan, 1942 yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qo‘lqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 po‘stin, 18,5 ming litr vino, quruq mevalar olindi. 1943 yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bug‘doy, 5496 kilo yorma bug‘doy, 1160 kilo guruch, 418 bosh qo‘y, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpog‘istondan 224916 so‘m naqd pul, 21614 kilo bug‘doy, 5819 kilo go‘sht, 3700 kilo guruch jo‘natildi. Qoraqalpog‘istondagi Mo‘ynoq baliq kombinatidan 20 milyon banka go‘sht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942 yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yog‘, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943 yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 milyon so‘m naqd pul, 330 tonna go‘sht va yog‘, 530 tonna bug‘doy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.
Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga jo‘natib turganlar. Shuningdek, hukumat vakillari tomonidan vagonlarda katta miqdorda sovg‘alar olib ketilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Masalan, 1942 yili respublikaning bir guruh vakillari Leningradga 600 vagon un va go‘sht, 100 vagon guruch, 60 vagon quruq meva olib borganlar.
Urushning to‘rt yili davomida O‘zbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna g‘alla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va ho‘l meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna go‘sht, 5 286 000 dona teri topshirgani ma’lum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida O‘zbekiston aholisi mudofaa jamg‘armasiga jami 649 900 000 so‘m naqd pul o‘tkazib bergan.
O‘zbek xalqi harbiy xizmatchilarning oilalariga ham katta yordam bergan. Chunonchi, 1943 yili ularga 13 858 500 so‘m pul, 1 308 400 kilo oziq-ovqat, 20 750 kiyim-bosh, 40 000 kubometr yoqilg‘i, 73 500 pud g‘alla, 10 000 bosh qo‘y, 2000 bosh qoramol topshirilgan, 350 uy qurib berilgan. Shuningdek, o‘zbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan o‘n minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va g‘amxo‘rlik namunalarini ko‘rsatdi. Jang bo‘layotgan hududlardan ko‘chirilgan bir milyon erkagu xotin va bola boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlandi. 200 ming yetim bolaning talay qismini o‘zbek oilalari o‘z qaramog‘lariga oldilar, farzandlaridan kam ko‘rmay tarbiyaladilar. O‘zbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. Minglab bolalar Bolalar uylariga joylashtirildi. Davlat tomonidan berilgan yordam yetarli bo‘lmagani uchun o‘zbek xalqi ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdi. O‘zbekiston 113 harbiy kasalxona — gospitalni ham otaliqqa oldi.
1943 yilning o‘zida harbiy xizmatchilarning oilalariga 24 milyon so‘m naqd pul, 300 ming kiyim-kechak, 50 ming bosh qoramol, 40 ming tsentner g‘alla, 20 ming tsentnerdan oshiq sabzavot berildi.
O‘zbeklarning talay qismi “Ishchi bataloni”ga — Rossiyaga safarbar qilindi. Ularning orasida 16 yoshdan oshgan va hunar bilim yurtini tamomlagan yoshlar ham bor edi. 1943 yilga tegishli ma’lumotda ko‘rsatilishicha, “Ishchi bataloni”dagilarning soni 155 ming kishidan iborat bo‘lgan. Ularning yoshi asosan 40-50 va undan ham ortiqroq edi. Ko‘pchiligi qishloq aholisi hisoblanib, rus tilini bilmasligi va sovuq havoga moslashmagani orqasida ko‘p qiyinchilik va mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Yashash sharoitlarining og‘irligi va o‘zlarining eskirgan kiyimlarida ishlashlari oqibatida nihoyatda azob-uqubat chekkanlar. Men o‘zim Sibir gospitalida davolanayotganimda, o‘lkamizdan borganlarning gadoychilik qilib yurganligining guvohi bo‘lganman. Ularning soch-soqollari o‘sgan, kiyimlari yamalgan va kir bosgan edi. Ularning aytishiga qaraganda, ochlik va kasallikdan o‘layotganlar oz bo‘lmagan. “Ishchi bataloni”dagi kishilar O‘rol, Qarag‘anda, Kuybishev, Saratov, Gorkiy, Omsk, Novosibirsk, Moskva, Tula, Yaroslavl, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Kemerovo, Chelyabinsk, Sverdlovsk, Perm, Irkutsk, Arxangelsk, Boshqirdiston, Tatariston, Udmurtiya va boshqa joylardagi sanoat korxonalari va konlarda yarim och holda mehnat qilganlar. Kim qanchasi ona yurtidan uzoq joylarda kafansiz ko‘milganlar.
Fashistlarning tor-mor qilinishida O‘zbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 milyon mina, 560 000 snaryad, 2 milyon 318 ming aviatsiya bombasi, 1 milyon dona granata,100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostantsiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milyondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom o‘rnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 ko‘chma oshxona olib ketildi.
Shuningdek, o‘zbek xalqining shaxsiy pullari hisobidan tayyorlanib, jang maydoniga yuborilgan qurol-aslahalar ham kam bo‘lmagan. Masalan, tank koloniyasi va aviaeskadiriliya qurish uchun aholidan 320 000 000 so‘m to‘plangan.
O‘zbekiston 1943 yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida O‘zbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944 yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna g‘alla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qo‘y jo‘natildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu qishloqlarga Qoraqalpog‘istondan 45 800 000 bosh qoramol va qo‘y yuborildi.
Toshkent temiryo‘lchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yubordilar. Sobiq Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xo‘jalik texnikasini jo‘natdilar. 1943 yil avgust oyida respublikadan ozod qilingan joylarga 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar to‘ldirilgan 374 vagon jo‘natildi. 12 oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovg‘alar bilan birga 300 tonna g‘alla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi.
Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna g‘alla, 24 tonna quruq meva olib ketildi. Bulardan tashqari, respublika bo‘yicha 300 tonna g‘alla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming so‘m naqd pul, yuk mashinasi, telefon stantsiyasi jo‘natildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol o‘lkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan jo‘natildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qo‘y va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944 yili 100 000 kitob sovg‘a qilingan edi.
1943-44 yillarda ozod qilingan yerlarga O‘zbekistondan 13 000 dan ortiq temiryo‘l mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yo‘l oldi. O‘zbek xalqining ozod qilingan joylarga ko‘rsatgan yordami aslida serob. Ammo umumiy tushuncha uchun keltirib o‘tilganlari yetarli, deb o‘ylayman. O‘zbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan o‘nlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minladi.
O‘zbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda o‘zbeklar salmoqli o‘rinni egalladilar. O‘sha harbiy qismlardan tashqari o‘n minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi. Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining o‘zidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan bir milyon kishi frontga olingan. Biroq bu raqam unchalik to‘g‘ri emas, deb hisoblayman. Chunki Olmoniyada tuzilgan “Turkiston legioni” 1 milyon 800 ming kishini o‘z ichiga olgan. Bu legionning rahbarlaridan birining so‘zicha, uning tarkibida tojik, qozoq, turkman va qirg‘izlardan tashqari o‘zbeklar ham bo‘lgan. Ma’lumki, jang maydonlarida yarim milyonga yaqin o‘zbek halok bo‘lib, qolgan yarim milyoni vataniga qaytgan. Bu ikki raqam bir-biriga qo‘shilsa, bir milyon bo‘ladi. Endi “Turkiston legioni”dagilar hisobga olinsa, jangga tortilgan o‘zbeklarning soni ancha oshib ketadi.
O‘zbeklar Ukraina, Belorussiya, Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ishtirok qildilar, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar.
Shu tariqa o‘zbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini to‘rtga bo‘lib, bittasini o‘ziga, qolganini bevosita frontga, so‘ng respublikaga ko‘chirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi. Ayni paytda bir milyondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi. Ayni paytda o‘zbeklardan tuzilgan “Ishchi batalon”lar Rossiya va boshqa turli joylarda front uchun fidokorona mehnat qildilar.
Bevosita janglarda 27 000 000 kishining yostig‘i qurigan, boshqa talofatlarni ham qo‘shganda 30 000 000 kishi nobud bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim bo‘lib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dog‘ida qayg‘u-alam bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. Urush yillarida chek-chegarasi yo‘q xarajatlar xalqni shu darajada qashshoqlashtirdiki, ta’riflashga qalam ojizlik qiladi. Qanchadan-qancha odamlar ochlik va kasalliklardan o‘ldi. Urush o‘zbek xalqining bor-yo‘g‘idan tamomila ayirdi, ko‘rpa-yostig‘i, boshqa ro‘zg‘or anjomlaridan mosuvo bo‘ldi, uy-joyi xarobaga aylandi, och va yupun bo‘lib qoldi. Ocharchilik va kasalliklar qishloqlarda avjiga minib, ko‘p odamlarning yostig‘ini quritdi. Bolalarning orasida ham o‘lim ko‘p uchrardi. Biroq sho‘ro davlatining e’tiborsizligi tufayli urush vaqtida orttirilgan qiyinchilik va azob-uqubatlar tamomila bartaraf qilinmadi. Ayniqsa, urush nogironlarining qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilmay, ular o‘z holiga tashlab qo‘yildi.
Xullas, urush yillarida mashaqqatli mehnat va azob-uqubatdan boshqa narsani ko‘rmagan odamlarning ko‘pchiligi qayg‘u-alam girdobida jon berdilar. Shunga o‘xshash urush qatnashchilarining talay qismi yorug‘ kunlarni ko‘rmadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, ota-bobolarimiz misli ko‘rilmagan azob-uqubatlar va talofatlar hisobiga butun insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf qilishga ulkan hissa qo‘shib, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirishdi.
Bugun Mustaqillik sharofati ila o‘sha mudhish urush yillarining azobini tortgan va tirik qolgan baxtli kishilar hayot gashtini surish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Men ham shular jumlasidanman. Shaxsan Yurtboshimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan urush qatnashchilari va mehnat faxriylarining qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilib, izzat va hurmat ko‘rsatilmoqda. Jang maydonlarida halok bo‘lganlarning ro‘yxatini o‘z ichiga olgan ko‘p jildlik “Xotira” kitobi chop etildi. Xotira maydonida ajoyib majmua qurilib, halok bo‘lgan har bir insonning nomi zar harflar bilan bitildi. Respublikaning boshqa shaharlarida ham Xotira yodgorliklari qad rostladi.
O‘ylaymanki, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari keltirgan dahshatli oqibatlar, umuman urush fojiasi haqidagi mulohazalarimiz hozirgi avlodlar uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, ular bilan tanishgan har bir shaxs bugun ozod yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning qadriga yetishi kerak.

Hamid Ziyoyev, professor
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2003 yil 25-sonidan olindi.

Yozuvni tanlang

Кирилл | Lotin

Mavzular

Adabiyot

  • O‘zbek mumtoz she’riyati
  • O‘zbek she’riyati
  • Jahon she’riyati
  • O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
  • O‘zbek nasri onlayn antologiyasi
  • Jahon nasri onlayn antologiyasi
  • Eng sara asarlar

So‘nggi kiritmalar

  • Klayd Robert Bulla. Bolalarni asragan sher (qissa)
  • Igor Klex. Masalning xazina dunyosi
  • Ozod Mo‘min Xo‘ja. Julqunboy bilan suhbat (fantastik hikoya)
  • Qushlar qanday qilib uchadi?
  • Sergey Antipov (1973)
  • Zubayda Zokir qizi. Dardga darmon istab
  • Umrboy Uteuliyev. Baqachanoqli kulbadagi qariya (novella)
  • Ahmadjon Meliboyev. “O‘tkan kunlar”ning o‘tmagan tili
  • Ko‘zoynakli ilon nega musiqani yoqtiradi?
  • Nozim Ahmadli (1953)

Sayt rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© Ziyo istagan qalblar uchun. 2004-2023
Portal O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 27.07.2011 da ro‘yxatga olingan. Guvohnoma № 0677
Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

2 Jahon urushi yillarida o’zbek sanoati va qishloq xo’jaligi

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida qishloq xo‘jalik muammolari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi Sergiy Zorya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni tavsifladi.

O‘zbekiston YAIMning 32 foizini tashkil qilib, mehnatga layoqatli aholining 27 foizini ish bilan ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi samarali davlat siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘lishi mumkin. Mazkur siyosatning samarali amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi hamda fermerlar va agrotashkilotlar daromadlari oshadi, qishloq joylarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu yerlarda yashash darajasi ko‘tariladi, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aholi uchun arzonroq bo‘ladi va mamlakat ishonchli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlay oladi.

Biroq qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh, shuningdek xususiy sektor, aholi va davlat manfaatlari uchun xizmat qiladigan sohaga aylantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish kerak. Jahon banki tahlillari hozirgi kunda mazkur maqsadga erishishning besh asosiy muammosi mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Bu maqolada mazkur muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘lida davlat tomonidan olib borilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy chora-tadbirlarni ko‘rsatishga harakat qildim.

1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni muvozanatlash lozim

2018 yilda O‘zbekistonning 70 foiz ekin maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirish uchun ishlatilgan. Oxirgi bir necha yillarda ba’zi yer maydonlari paxta va bug‘doy yetishtirishdan chiqarildi. Lekin qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda unumdorlikni oshirish uchun hozirgi kunda mazkur ikki mahsulot ekish uchun ishlatilayotgan qo‘shimcha maydonlardan keyinchalik boshqa yanada foydali ekinlarga, xususan, meva va sabzavotlar ekish uchun foydalanish lozim.

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta va bug‘doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.

Mazkur yerlarni yanada daromadli ekinlar ekishga qanchalik tez o‘tkazish kerak? Bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi va qo‘shni tarmoqlardagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Masalan, meva va sabzavot yetishtirish uchun yerni qayta taqsimlash davlatning ichida va uning bojxona chegaralarida agrologistikani takomillashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, tez ayniydigan meva-sabzavot mahsulotlarini fermerlardan mahalliy iste’molchilarga va xalqaro bozorga tezkor ravishda yetkazishni ta’minlaydi.

Aks holda meva va sabzavotlarni qayta ishlab chiqarishdan olingan foyda bug‘doy va paxta sotishdan olingan foydadan kam bo‘lib qoladi.

2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hosildorligini oshirish kerak

O‘zbekistonda paxta, bug‘doy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning o‘rtacha hosildorligi ularning real imkoniyatlaridan ancha past. Bu ko‘rsatkichni oshirish nafaqat fermer xo‘jaligi va agrotashkilotlar foyda va eksportlarini oshiradi, balki hozirgi kunda bug‘doy va paxta bilan band qilingan maydonlarni yanada foydali ekinlar uchun foydalanishga topshirish imkoniyatini ham yaratadi.

O‘n yillar davomida ilmiy tadqiqotlar va xizmatlar taqdim etilishining yetarlicha moliyalashtirilmasligi hamda sektorni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni yetarlicha ko‘rsatilmaganligi kabi masalalar hal qilinishi lozim. 2018 yilda O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti daromadining faqatgina 0,02 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi izlanishlarga sarflnadi. Shu bilan birga, hozirgi kunda mahalliy fermerlar uchun axborot-konsultativ xizmatlar mutlaqo mavjud emas.

Taqqoslash uchun, muvaffaqiyatli qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan o‘rta daromadli mamlakatlar qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 1 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga uchun sarflaydi, ko‘p daromadli mamlakatlar esa o‘rtacha 2,5 foiz sarflaydi.

3. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eksport imkoniyatlaridan maksimal foydalanish kerak

2018 yilda O‘zbekiston agro oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiymati bor-yo‘g‘i 1,3 mlrd dollarni yoki har gektar mahsuldor yerga nisbatan 330 dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘sha yili Vetnam 40 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotini eksport qilgan. Bu davlatning eksportdan olgan foydasi har bir gektar mahsuldor yerga 6100 dollarni tashkil qiladi.

Jahon savdo tashkiloti tarkibiga kirish uchun hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohot va chora-tadbirlar O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan meva-sabzavotlarni jahonning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilish imkonini beradi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy masalalardan yana biri — eksport tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlarni amalga oshirishda mehnat resurslarining keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlash zaruriyatidir. Hozirgi kunda meva-sabzavot mahsulotlarining 60 foizi katta bo‘lmagan dehqonchilik xo‘jaliklari va uy-joy uchastkalarida yetishtirilmoqda. Lekin ularning eksportga yo‘naltirilgan qo‘shimcha daromadli mahsulot ishlab chiqarish zanjiridagi ishtiroki hozircha past bo‘lib qolmoqda.

Qishloq xo‘jalik kooperativlarining agrobiznes va eksportchilar bilan kooperatsiyasi va hamkorligini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlari yordamida yuqorida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning mazkur zanjirlar bilan integratsiyalashuvi ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda kichik dehqon va xususiy mulkdorlar biznesining rentabelligini oshirishga yordam bergan bo‘lar edi.

Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi.

4. Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish kerak.

2018 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun davlat xarajatlari YAIMga nisbatan 1,8 foizni tashkil etdi (2016 va 2017 yillarda YAIMning 2 foizini tashkil etgan edi).

Boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligiga YAIMning nisbatan kichikroq ulushini ajratadilar. O‘rta daromadli mamlakatlar YAIMning o‘rtacha 0,6 foizini sarflaydi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) yuqori daromadga ega mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida mablag‘ ajratiladi. 2018 yilda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligiga YAIMning 0,8 foizini, Vetnam esa 0,5 foizini sarfladi. Xatto yigirma yil avval ham o‘rta daromadli mamlakatlar kambag‘al bo‘lganida, ularning qishloq xo‘jalik byudjetlari YAIMga nisbatan 1,3 foiz ni tashkil qilar edi.

Davlat xarajatlari yuqori darajali bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi hali yuqori samaradorlikni namoyish eta olmaydi. Misol uchun, 2018 yilda qishloq xo‘jaligi noldan biroz yuqori o‘sishni ko‘rsatdi.

Mazkur rukndagi davlatga qaratilgan chaqiriq shundan iboratki, uzoq muddatli istiqbolga ega tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan byudjet harajatlarini kamaytirish uchun qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga ega qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan moliyalashtirish hajmini oshirish kerak. Bunda asosiy e’tiborni byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish samaradorligiga qaratish zarur.

Masalan, hozirgi kunda byudjet mablag‘larining katta qismi yerlarga sug‘orish suvlarini chiqarib berish uchun talab etiladigan elektr energiyasiga, suvni paxta va bug‘doy ishlab chiqaruvchilariga yetkizadigan irrigatsiya tizimini boshqarish va ekspluatatsiya qilishga sarflanadi. Shu bilan birga, sug‘orish va melioratsiya infratuzilmalarini modernizatsiya qilish uchun juda oz mablag‘ sarflanadi. Bu shuni anglatadiki, qisqa muddatda hukumatning diversifikatsiyalangan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga xizmat qilish uchun ushbu infratuzilmalarni modernizatsiya qilishga ko‘proq mablag‘ ajratilishi talab qilinadi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun o‘ta muhim bo‘lgan ko‘plab davlat dasturlari har doim mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanmay kelgan. Mazkur dasturlarga qishloq xo‘jaligining amaliy tadqiqotlari, bilimlarni tarqatish, qishloq xo‘jalik fanlaridan ta’lim olish, tuproq unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi tizimini rivojlantirish, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish (qishloq xo‘jaligi kooperativlari, klasterlar, samarali sherikchilik munosabatlari), statistik va bozor ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, bozor infratuzilmasi va agrologistikasini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, siyosatni tahlil qilish, xodimlar malakasini har qanday darajaga oshirish va monitoring qilish kabilar kiradi. Kelgusida ushbu dasturlar davlat mablag‘larining katta miqdorini talab etishi mumkin.

O‘zbekiston uchun yaxshi xabar shundaki, mamlakat bug‘doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Ko‘pgina davlatlarda vaziyat butunlay teskari. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yilda paxta va bug‘doy narxlarining pasayishi hisobiga o‘zbek fermerlari yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizini yo‘qotdilar. Natijada fermerlarda hosildorlikni oshirishga rag‘bat bo‘lmaydi.

5. Fermer xo‘jaliklarining yerga egalik qilish huquqlarini himoya qilish kerak

Dehqon xo‘jaliklari (kichik dehqonlar) ning yerga egalik qilish huquqlari qonuniy himoyalangan. Bu moddiy-texnik resurslarga ko‘proq pul to‘lashlari, o‘zlarining kichik yer maydonlarida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash qiyin bo‘lsa ham, nima sababdan kichik dehqon xo‘jaliklarida yirik fermer xo‘jaliklaridagiga nisbatan hosildorlik o‘rtachadan yuqori ekanligining asosiy sabablaridan biridir.

Shu bilan birga, bir qator sabablar bilan va istalgan vaqtda yirik fermerlar davlatdan ijaraga olingan yerlarni yo‘qotishi mumkin. Bu fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish, ekinlarni joylashtirish rejasini bajarmaslik yoki paxta va g‘alla hosilini davlat rejasiga rioya qilmasligi tufayli sodir bo‘lishi mumkin, bu mas’uliyat mahalliy hokimiyat organlariga yuklangan.

Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardan foydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag‘batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan voz kechish zarur. Ushbu choralar sobiq Sovet Ittifoqining butun hududida, shuningdek, ko‘p yillar oldin Xitoy va Vetnamda amalga oshirilar edi.

Xitoy va Vetnam tajribasi fermerlarni rag‘batlantirishga yondashuvni qanday isloh qilish kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda davlat buyurtmasi tizimi allaqachon bekor qilingan, biroq bu qishloq xo‘jaligining barbod bo‘lishiga olib kelmadi. Bu yerda strategik ekinlarning bir qismini ishlab chiqarish ekinlarni joylashtirish tizimlari, fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet to‘lovlari hamda hosildorlikni oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, shuningdek ularni zararkunanda va kasalliklardan himoyalashga qaratilgan tegishli davlat dasturlari hisobidan rag‘batlantiriladi. Mazkur yondashuv O‘zbekistondagi mavjud paxta va bug‘doy tayyorlash bo‘yicha davlat rejasini qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan farq qiladi.

Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini oshirish hamda mahalliy hokimiyat foydalanishga taqdim etilgan yerlar hosildorligini yaxshilashga sarmoya kiritmaydi.

Albatta, yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar va chaqiriqlar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar uchun o‘ta muhim.

Ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan 2019−2030 yillarda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasi mazkur sohada Jahon banki Guruhi hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatga aylanishi lozim. Uning qabul qilinishi va keyinchalik hukumat tomonidan amalga oshirilishi yuqorida tilga olingan chaqiriqlarni mamlakatni rivojlantirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishga zamin yaratadi.

Muallif fikri tahririyat fikri bilan mos kelmasligi mumkin.

Maqolada Jahon bankining O‘zbekistondagi fermer va dehqon xo‘jaliklarida olingan fotosuratlaridan foydalanildi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.