Кун тарихи: 16 ноябрь – Қўл меҳнати байрами, анорексияга қарши курашиш ва фаст-фуд куни
Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalarda yoshlarning faol ishtiroki alohida e’tiborga molik. Demak, bugungi yosh avlod tinchlik va barqarorlik masalasiga o‘zini daxldor deb biladi va bu buyuk ne’matlarni asrab-avaylashning naqadar muhimligini chuqur anglaydi. Tadbir davomida mazkur sanaga bag‘ishlab tayyorlangan videofilmlar namoyish etildi. Mehmonlar “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.
16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita tashabbusi va rahnamoligida mamlakatimizda milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga bekamu ko‘st va sof yetkazish, konfessiyalararo muloqot, millatlar va dinlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat. Bugun uning hududida 130dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka, O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan milliy siyosat ishlab chiqildi.
1992-yilda tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi Birinchi Prezidentning millatlararo munosabatlarga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligi nishonasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yil mazkur tashkilot negizida, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.
O‘tgan yillar davomida milliy-madaniy markazlarning 150 dan ziyod faollari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Alohida ta’kidlash lozim, turli millatga mansub 14 nafar mamlakatimiz fuqarolari Davlatimizning oliy mukofoti-“O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 2200 dan ortik diniy tashkilotlar mavjud. Ular qatorida diniy ta’lim muassasalari ham o‘rin egallagan.
1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Mazkur davlat boshqaruv organiga har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berildi.
Muborak Ramazon va Qurbon hayitlarining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ramzi ekanini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maqsadida “Diniy bayram – Ro‘za va Qurbon hayitlarini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida”gi Farmon e’lon qilindi.
1999-yilda Birinchi Prezidentning tashabbusi bilan Toshkent islom universiteti ta’sis etildi. 2017-yilda mazkur oliygoh negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Bu yerdagi talabalar ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni uyg‘unlikda olmoqdalar.
Masjid imom-xatiblarining maxsus o‘quvlarini tashkil etish hamda buyuk ajdodlarimizning merosini puxta va chuqur o‘rganish maqsadida 2008-yilda Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro markazi ta’sis etildi.
Davlat tomonidan islom diniga mansub fuqarolarning haj va umra safarlarini tashkil etish ishlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.
Har yili Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi tomonidan Isroilning Iyerusalim shahriga, shuningdek, Rossiya va Gretsiya davlatlariga ziyoratlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi.
Istiqlol davrida Qur’oni karim, hadislar to‘plamlari, Bibliya tarkibidagi Yangi ahd va Qadimiy ahdning ba’zi qismlari o‘zbek tilida chop etildi.
Bugun vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari Konstitutsiya va mustaqil O‘zbekiston qonunlarida belgilab qo‘yilgan teng huquqlilik va keng imkoniyatlardan foydalanib, totuvlik va hamjihatlikda yashamoqdalar, Vatanimizning ravnaq topishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
14-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasida ushbu sanaga bag‘ishlangan «Milliy va diniy bag‘rikenglik-mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Tadbirda Parlament a’zolari, idora va tashkilotlarning rahbarlari, milliy-madaniy markazlarning vakillari, olimlar, soha mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Yodgorlik majmuasi rahbari, professor Temur Shirinov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, senator Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, professor Shuhrat Yovqochev, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Yodgorlik majmuasi rahbarining o‘rinbosari, akademik Tursunali Qo‘ziyev, Jahon tillari universiteti professori Narzulla Jo‘rayev va boshqalar O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, mustaqillikka qadar va istiqloldan keyingi davrda millatlararo munosabatlar, O‘zbekistonda siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda Islom Karimovning roli kabi bir qator mavzularda fikr-mulohazalar bildirishdi.
Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalarda yoshlarning faol ishtiroki alohida e’tiborga molik. Demak, bugungi yosh avlod tinchlik va barqarorlik masalasiga o‘zini daxldor deb biladi va bu buyuk ne’matlarni asrab-avaylashning naqadar muhimligini chuqur anglaydi. Tadbir davomida mazkur sanaga bag‘ishlab tayyorlangan videofilmlar namoyish etildi. Mehmonlar “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.
F.Kurbanbayev suratlari
Кун тарихи: 16 ноябрь – Қўл меҳнати байрами, анорексияга қарши курашиш ва фаст-фуд куни
Бугун, 16 ноябрь санасида анорекцияга қарши курашиш куни, Бутунжаҳон қўл меҳнати байрами, АҚШда эса фаст-фуд куни нишонланади. 1938 йилнинг шу кунида Венгрия Республика мақомини олган, 1945 йили эса ЮНEСКО ташкилотига асос солинган.
Қўл меҳнати куни
Қўл меҳнатининг йўналишлари ҳаддан ташқари кўп. Кимдир тўқишни, кимдир тикишни, яна кимдир тақинчоқлар ясашни хуш кўради. Қўл меҳнатини ҳаёт мазмунига айлантирган одамларнинг қанчалар кўп эканлигини тушунган ЮНEСКО ташкилоти улар учун махсус байрам таъсис қилиш қарорига келган. Шу куни қўл меҳнати билан шуғулланувчи одамлар табрикланади, ЮНEСКО эса қўл меҳнатининг йўқолиб бораётган йўналишларини сақлаб қолиш масаласига ўз эътиборини қаратади.
Бутунжаҳон анорексияга қарши курашиш куни
Ҳар йилнинг 16 ноябрь санаси анорексияга қарши курашиш куни деб эълон қилинган. Жамоатчилик эътиборини ушбу касалликнинг аянчли оқибатларига қаратиш учун керакли чоралар кўрилади.
Анорексия – иштаҳа ва организмнинг овқатланишга бўлган эҳтиёжи йўқолиши билан намоён бўлувчи касаллик. У одатда метаболизмнинг бузилиши, овқат ҳазм қилиш билан боғлиқ муаммолар, турли инфекциялар билан биргаликда кузатилади.
Ушбу хавфли касаллик ёш қизлар ва аёллар орасида кенг тарқалган. Мутахассислар анорексияга олиб келадиган асосий сабаблардан бири – ўзини борича қабул қила олмаслик, озишга муккасидан кетиш ҳолати эканлигини айтишади.
Статистик маълумотларга кўра, анорексиядан вафот этиш кўрсаткичлари руҳий бузилишлар туфайли ўлиш ҳолатлари орасида биринчи ўринда туради.
Анорексия касаллиги психотерапевт ва руҳшунослар ёрдамида даволанади.
АҚШда фаст-фуд куни
Агар мазали бургер ва фри картошкаларини яхши кўрсангиз, байрам муносабати билан бугун ўзингизга икки ҳисса фаст-фуд буюртма қилишингиз мумкин. Америкаликлар фаст-фуд маҳсулотларини шунчалик яхши кўришадики, унинг шарафига махсус байрам ҳам ўйлаб топишган. Қизиқарли факт: ўтган йили америкаликлар томонидан фаст-фуд учун сарфланган пул миқдори олий таълим, шахсий компьютерлар, дастурий таъминот ва янги машиналар учун сарфланган пул миқдоридан ҳам ошиб кетган.
ЮНEСКО ташкил топган кун
ЮНEСКО ташкилоти ҳақида эшитмаган одамнинг ўзи бўлмаса керак. “United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization” бу йили ўзининг 76-туғилган кунини нишонлайди.
ЮНEСКО БМТ қошидаги ташкилот бўлиб, таълим, фан, маданият ва алоқа соҳасидаги халқаро ҳамкорлик учун масъул ҳисобланади.
ЮНEСКО ҳар бир бола ва катта ёшли одамнинг сифатли таълим олиш, маданий мерослардан баҳраманд бўлиш, илмий ютуқлардан фойдаланиш, тўлақонли сўз эркинлиги ҳуқуқига эга бўлиши устида ишлайди.
Бу видео кўриниши учун сизнинг браузерингиз JavaScript’ни қўллаб қувватлаши керак.
Kun tarixi: 16-noyabr – Qoʻl mehnati bayrami, anoreksiyaga qarshi kurashish va fast-fud kuni
Bugun, 16-noyabr sanasida anoreksiyaga qarshi kurashish kuni, Butunjahon qoʻl mehnati bayrami, AQShda esa fast-fud kuni nishonlanadi. 1938-yilning shu kunida Vengriya Respublika maqomini olgan, 1945-yili esa YUNESKO tashkilotiga asos solingan.
Qoʻl mehnati kuni
Qoʻl mehnatining yoʻnalishlari haddan tashqari koʻp. Kimdir toʻqishni, kimdir tikishni, yana kimdir taqinchoqlar yasashni xush koʻradi. Qoʻl mehnatini hayot mazmuniga aylantirgan odamlarning qanchalar koʻp ekanligini tushungan YUNESKO tashkiloti ular uchun maxsus bayram taʼsis qilish qaroriga kelgan. Shu kuni qoʻl mehnati bilan shugʻullanuvchi odamlar tabriklanadi, YUNESKO esa qoʻl mehnatining yoʻqolib borayotgan yoʻnalishlarini saqlab qolish masalasiga oʻz eʼtiborini qaratadi.
Butunjahon anoreksiyaga qarshi kurashish kuni
Har yilning 16-noyabr sanasi anoreksiyaga qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilingan. Jamoatchilik eʼtiborini ushbu kasallikning ayanchli oqibatlariga qaratish uchun kerakli choralar koʻriladi.
Anoreksiya – ishtaha va organizmning ovqatlanishga boʻlgan ehtiyoji yoʻqolishi bilan namoyon boʻluvchi kasallik. U odatda metabolizmning buzilishi, ovqat hazm qilish bilan bogʻliq muammolar, turli infeksiyalar bilan birgalikda kuzatiladi.
Ushbu xavfli kasallik yosh qizlar va ayollar orasida keng tarqalgan. Mutaxassislar anoreksiyaga olib keladigan asosiy sabablardan biri – oʻzini boricha qabul qila olmaslik, ozishga mukkasidan ketish holati ekanligini aytishadi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, anoreksiyadan vafot etish koʻrsatkichlari ruhiy buzilishlar tufayli oʻlish holatlari orasida birinchi oʻrinda turadi.
Anoreksiya kasalligi psixoterapevt va ruhshunoslar yordamida davolanadi.
AQShda fast-fud kuni
Agar mazali burger va fri kartoshkalarini yaxshi koʻrsangiz, bayram munosabati bilan bugun oʻzingizga ikki hissa fast-fud buyurtma qilishingiz mumkin. Amerikaliklar fast-fud mahsulotlarini shunchalik yaxshi koʻrishadiki, uning sharafiga maxsus bayram ham oʻylab topishgan. Qiziqarli fakt: oʻtgan yili amerikaliklar tomonidan fast-fud uchun sarflangan pul miqdori oliy taʼlim, shaxsiy kompyuterlar, dasturiy taʼminot va yangi mashinalar uchun sarflangan pul miqdoridan ham oshib ketgan.
YUNESKO tashkil topgan kun
YUNESKO tashkiloti haqida eshitmagan odamning oʻzi boʻlmasa kerak. “United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization” bu yili oʻzining 76-tugʻilgan kunini nishonlaydi.
YUNESKO BMT qoshidagi tashkilot boʻlib, taʼlim, fan, madaniyat va aloqa sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul hisoblanadi.
YUNESKO har bir bola va katta yoshli odamning sifatli taʼlim olish, madaniy meroslardan bahramand boʻlish, ilmiy yutuqlardan foydalanish, toʻlaqonli soʻz erkinligi huquqiga ega boʻlishi ustida ishlaydi.
- Ulashing
Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.