Press "Enter" to skip to content

14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni

Qirolicha bolalik yillaridan rassomchilik bilan shugʻullanadi, tasviriy sanʼatning turli yoʻnalishlarida ijod qiladi. Margrete tomonidan chizilgan koʻplab suratlar nafaqat Daniya, balki xorijiy mamlakatlardagi koʻrgazmalarda ham namoyish etilgan.

Kun tarixi: 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Bugun, 14-yanvar kuni Oʻzbekistonda Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi nishonlanadi. Shuningdek, 14-yanvar mashhur davlat arbobi va sarkarda Mark Antoniy dunyoga kelgan, Daniya qirolichasi Margrete II taxtga chiqqan, “Gyugens” zondi Saturnning yoʻldoshi – Titanga qoʻngan kun hamdir.

Vatan himoyachilari kuni

14 yanvar – Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinchligi va xavfsizligini himoya qiluvchi kasb egalari – Vatan himoyachilari kunidir. 1992-yilning 14-yanvar sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan. 1993-yilning 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb belgilangan.

Bu yili Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 30 yil toʻldi.

Mark Antoniy dunyo kelgan kun

Qadimgi Rim konsuli, davlat arbobi va siyosatchi Mark Antoniy miloddan avvalgi 84-yilning 14-yanvar kuni dunyoga kelgan. U tarixda uddaburon sarkarda va kuchli siyosatchi sifatida nom qoldirgan.

Antoniy 54-yilda Gay Yuliy Sezar bilan birga Galliya urushida ishtirok etadi. Mark Antoniy respublikachilar tor-mor keltirilgandan keyin sharqiy viloyatlarga hokim etib tayinlangan. Shu yerda Misr malikasi Kleoparta bilan tanishgan va unga uylangan. Mark Antoniy Rim imperatorlari Klavdiy, Kaligula va Neronning ajdodi hisoblanadi.

Daniya qirolichasi Margrete II taxtga chiqqan kun

Daniya qirolichasi Margrete II 1972-yilning 14-yanvar kuni 31 yoshida taxtga chiqqan. U otasi qirol Frederik IXning oʻlimidan keyin toj kiygan va Daniya tarixidagi birinchi ayol hukmdorga aylangan. Qirolicha Daniya Qurolli kuchlarining oliy bosh qoʻmondoni hisoblanadi.

Qirolicha bolalik yillaridan rassomchilik bilan shugʻullanadi, tasviriy sanʼatning turli yoʻnalishlarida ijod qiladi. Margrete tomonidan chizilgan koʻplab suratlar nafaqat Daniya, balki xorijiy mamlakatlardagi koʻrgazmalarda ham namoyish etilgan.

“Gyugens” zondi Saturnning yoʻldoshi – Titanga qoʻngan kun

2005-yilning 14-yanvar kuni “Gyugens” zondi Titan yuzasiga qoʻngan. “Gyugens” zondi Yevropa kosmik agentligi tomonidan yasalgan va gollandiyalik astronom Kristian Gyugens sharafiga nomlangan. Zond 2004-yilning 25-dekabr kuni oʻz tashuvchisidan ajralgan va Titan tomon mustaqil harakatlanishni boshlagan. 2005-yilning 14-yanvar kuni Titan atmosferasiga kirib, uning Ksanada deb nomlangan hududiga kelib qoʻnadi. “Gyugens” zondi Titanni tadqiq qilish bilan shugʻullanayotgan olimlarga qimmatbaho maʼlumotlarni yetkazib bergan.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni

O‘zbekistonda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy bayram. Ushbu sana bejiz tanlanmagan. 1992-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari shakllantirilgan kun. Shu kuni Mustaqillik maydonida tantanali marosim o‘tkaziladi, unda Respublika gimni yangraydi, harbiy orkestrning tantanali sadolari ostida harbiy bo‘linmalar marsh bilan o‘tadi. Monument poyiga gulchambarlar qo‘yiladi va Oliy Bosh qo‘mondonning Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan bayram nutqi yangraydi.

O‘zbekistonda ushbu bayram kunida aholi barcha erkaklarni tabriklaydi, sovg‘alar tayyorlab, mazali taomlarga to‘la dasturxon yozadi. Bayram kunida nafaqat harbiylar, balki turli yoshdagi barcha erkaklar tabrik nomalarini oladi. Har bir o‘g‘il bola yoki pensiyadagi qariya ham Vatan himoyachisi hisoblanadi, chunki kelajakda o‘sib kelayotgan avlod mamlakat qahramonlariga aylanadi, keksalar esa Vatan uchun o‘z xizmat burchlarini ado qilib bo‘lgan.

Ushbu sanada O‘zbekistonda Temuriylar imperiyasiga asos solgan buyuk sarkarda va jahongir Amir Temur (1336-yil 9-aprel – 1405-yil 18-fevral) xotirasi yod etiladi. Uni milliy qahramon sifatida qadrlashadi, chunki Amir Temur (Temurlang) sadoqatli askarlarni tayyorlagan. Ushbu sarkarda nafaqat qo‘shni mamlakatlar bilan, balki Oltin O’rda, Usmoniylar imperiyasi va Hindiston bilan ham janglar olib borgan. Temur uchun qo‘shni davlatlarning yerlarini talon-taroj qilish emas, balki Vatanni O’rdadan himoya qilish muhim bo‘lgan. Shu bois Vatan himoyachisi kunida odamlar buyuk sarkardaning xotirasini yod qilishni o‘zlarining burchi deb biladi.

Butun O‘zbekiston aholisi uchun Vatan himoyachilari kuni katta ahamiyatga ega. Ushbu bayram davlat erkinligi va mustaqilligining ramzidir.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.